I. G‘afurov, O. Mo‘minov, N. Qambarov tarjima nazariyasi


§7. 0 ‘zbekistonda tarjimonlik faoliyati



Download 1,41 Mb.
bet33/78
Sana31.12.2021
Hajmi1,41 Mb.
#261283
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   78
Bog'liq
Tarjima

§7. 0 ‘zbekistonda tarjimonlik faoliyati
Tarjimonlik ijtimoiy hayot taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq, ya’ni madaniyat, san’at va adabiyot tarixi bilan uzviydir. Arab yurishlari siljib borgan mamlakatlarda, shu qatorda hozirgi O‘zbekiston hududida Islom dini o‘rta asrlarda yagona dinga aylandi, arab tili esa ilm-fan tili maqomiga ko‘tarildi. 0 ‘rta asrlarda Markaziv Osiyo madaniy hayotida tarixiy-adabiy janrlarga daxldcr asarlar tarjimalari sezilarli o‘rin tutdi.
VIII-XI asrlarda fan, san’at, adabiyot, madaniyat yuqori darajada rivojlandi. Bu davrda Farobiy, Ibn Sino va Beruniy kabi mashhur olimlar yetishib chiqdi. Ularning barchasi arab tilida ijod qilishgan. Ularning faoliyatida yunon, rum va lotin yozuvchilaming

asarlari tarjimalari muhim o‘rin egallaydi. Biz ulami qadimiy tarjimachilik madaniyatimizni boyitgan ilk tarjimonlar sifatida qadrlaymiz va Sharq Renessans davrining vakillari deb qaraymiz. Bu allomalar ko‘p tillami bilishar va o‘z asarlarini turli xil tillarda-fors, arab, yunon, sanskrit, suryoniy tillarida yozishardi. Misol uchun, Farobiy bir qancha sharq tillarini bilgan va o‘z asarlarini asosan yunon va fors tillarida yozgan. Mashhur olim Abu Ali Ibn Sino o'zining ilmiy asarlarini arab tilida yozgan. Uning tibbiyotga oid mashhur asari “Tib qonunlari” va falsafiy asari “Davo haqidagi kitob” Yevropa tillariga tarjima qilingan.


Ahmad al-Farg‘oniy dunyo madaniyatini rivojlanishiga ul­ kan xissa qo‘shgan. Bizga faqatgina 8 ta kitobi ma’lum. Uning qo‘lyozmalari Parij, Berlin, London, Qohira va Hindiston kutubx-onalarida saqlanmoqda. Al-Farg‘oniy tarjimachilik rivojlanishi uchun ham sa’y-harakatlar qilgan. U qadimgi yunon olimlarining kashfiyotlarini lotin tilidan arab tiliga tarjima qilib ommaga tarqatdi. 1669-yilda allomf asarlari Yakob Gamus tomonidan lotin tiliga tar­ jima qilingan.
Buyuk olim, faylasuf va tarixchi Abu Rayhon Beruniy Markaziy Osiyo taijima tarixiga, ayniqsa 0 ‘zbekistonning tarjima tarixiga katta hissa qo‘shgan. Bu davming barcha olimlari kabi Beruniy ham o‘z asarlarini asosan arab tilida yozgan, arab tilidan fors tiliga ham tarjima qilgan.
Abu Rayhon Beruniy qomusiy olim bo‘lib, tarjimachilik haqidagi fikr-mulohazalarini yozib qoldirgan. Beruniyning to‘g‘ri tarjima haqidagi fikrlari uning ilmiy-ma’rifiy qarashlariga muvofiq bo‘lgan va uning falsafiy qarashlari esa X-XIII asrlardagi tarjimonlik faoliyatidagi muammolaming yechimini topishga yordam bergan. Beruniy o‘zining “Hindiston” asarida Gomeming “Iliada” va “Odisseya” asarlaridan parchalar keltirgan. Biz uning kitoblarida yunon, rum va hind yozuvchilarining asarlaridan tarjima qilingan parchalarni ko‘rishimiz mumkin. Mohirona adabiy tarjimadan Beruniy o‘z ijodiy faoliyatida samarali foydalangan. U arab, tojik, sug‘diy, xorazmiy, suryoniy, yahudiy, hind, sanskrit va yunon

tillaridagi asarlarni o‘qigan va ularga sharhlar yozgan. Uning tarjimalari orasida “Qissai Vomiqu Uzro”, “Qosimus-surur va aynul-hayot”, “Hurdmizdiyor va Mehriyor”, “Bomiyonning ikki sanami”, “Dah, Moh va Kiromiduht”, “Nilufar” eposlarining tarjima kitoblari bor. U bu asarlarni fors tilidan tarjima qilgan bo‘lib ular “qiziqarli va hayajonli hikoyalar” deb “Fehrast”da ta’kidlangan. Beruniy 60 dan ortiq asarlarni tarjima qilgan va hind tilidan arab tiliga o‘girilganlari “Patanjala”3nomi bilan mashhurdir.


Mahmud Koshg‘ariyning ham tarjimonlik faoliyati tarixda
katta iz qoldirdi, U qimmatli “Devonu lug‘atit-turk”ni yaratgan.
0‘zining lug‘atida turk qabilalarining shevalariga xos so‘zlarning
arab tilidagi ekvivalentlarini keltirgan. Yirik arabshunos olim Solih Mutallibov “Devonu lug‘atit-turk” asarini XX asr o ‘rtalarida arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilib uni buyuk olim sifatida ta’riflaydi. U XI asrda yashab ijod qildi. Koshg‘ariy turkiy tilida gaplashilgan ko‘p joylarga borgan va uni har tomonlama o‘rgangan. U turkiy qabilalarning til xususiyatlarini, ulardagi umumiylikni va farqlami aniq tavsiflagan. So'zlami ot va fe’llarga bo‘lgan. Bu esa Markaziy Osiyodagi qiyosiy tilshunoslikning boshlanishi edi.
Abulqosim Mahmud bin Umar Zamaxshariy XII asrda yashagan bo‘iib, ’’Jorulloh” hamda “Xorazm faxri” nomiga sazovor boMgan. U Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib arabcha-forscha “Muqaddimat-ul adab” (“Adab ilmiga kirish”) lug‘atini yaratgan shaxs edi. Unda arabcha so‘zlarning forscha va turkiycha tarjimasi berilishi leksikologiyada qimmatli hodisa bo‘ldi. Olim so‘zlarning etimologiyasiga alohida ahamiyat qaratdi. Uning asarlarini tahlil qilish 0‘zbekistonda tarjimachilikni o‘rganishga katta yordam beradi. Olim ko‘p sohalarga oid atamalar haqida ham qimmatli fikrlar, ma’lumotlar qoldirdi .
Sayfi Saroiy o‘zbek shoiri va tarjimonlaridan biridir. U Oltin


  1. ‘rda va Misrda yashagan. Fors va arab tillari, adabiyoti, xalq og‘zaki ijodiyotini chuqur bilgan va lirik she’rlar yozgan. U Misrda yashagan paytida Sa’diyning “Guliston” asarini turkiyga tarjima qilgan. Uning



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish