«В тот день, когда небо будет как мед расплавленная»
J1. Крачковский tarj.. 471-b.
“U kunda osmon erililgan mis kabi bo ‘lib qolur”.
Alouddin Mansur tarj., 458-b.
«Тот день, когда расплавленною медью станет небо».
Валерия Дорохова тарж., 613-Ь.
«Ul кип osmon bo Чиг eritilgan mis kabi”.
Sayyid Taroziy tarj.
«В тот день небо будет подобно расплавленному серебру «.
Sumayya Afifiy va Al-Mansiy tarj., 1168-b.
“Ul кип ко ‘к bo ‘lur erigan oltun kumush kabi”.
XII asr eski o‘zbek tili tarjimasi.
Qur’on asliyatidagi “kal-muxli” birikmasining qaysi bir tarjimasi to‘g‘ri? To‘rt tarjimon uni “eritilgan mis kabi” deb talqin etadi.
Nisbatan yangi va to‘la, jiddiy Qohira nashrida “eritilgan kumush kabi” deb o^giriladi.
Eritilgan mis bilan eritilgan kumushning farqi bormi? XII asrdagi noma’lum muallifimiz esa bu holni “erigan oltun kumush kabi” deb tasavvur qilmoqda. Eng yangi tarjimonimiz esa butunlay o‘zgacha tasavvurda: “’osmon yog‘ning quyqasidek bo‘lib qolur” degan talqinni taklif etmoqda.
X o‘sh, bu talqinlaming qay biri to‘g‘ri? Qay biri originalga у aqin? “Kal-muxli” birikmasining asl ekvivalenti qanday ifodalanadi?
84
Zamon o‘quvchilariga shu kabi-ko‘pdan ko‘p o‘rinlami aniqlab
berish uchun ilmiy akademik nashr zarur emasmi?
Barcha mufassirlar Qur’onni o‘qish va uqish Yaratganga
yaqinlashish yo‘li, zulmatdan yorug‘likka chiqish va yetishish yo‘ii,
deb to‘g‘ri tushuntiradilar. Qur’onning o‘z shahodatiga suyanib,
uni turli o‘zgarish va o‘zgartirisniardan Allohning o‘zi asraydi deb uqtiradilar. 2000 yil ruschaga qilingan tarjimaning Qohira nashrida doktor Muhammad Tantaviy so‘zboshida shunday haqqoniy fikrlarni aytadi: “Odamlar va xalqlar Qur’onni va uning yo‘l-yo‘riqlari, ahkomlarini o‘zlariga rahbar qilib olsalargina baxt-saodatga erishadilar. IJshbu hidoyatga Qur’onning, uning kalomlarining ma’nolari, ifodalarini talqin qilmasdan. tushuntirmasdan, tadqiq etrnasdan yetib bo‘ Imaydi, mana shu ilm-ta’ limotni tafsir deb atashadi (talqin deyishadi)” (Olzbekchaga tarjima. Qohira nashri, 2000 yil. 12— 13-b). Shunday tafsirlarsiz bu kitobni anglash mushkul, deb yozadi u yana. Islom ulamolari hazrat Tantoviy va hazrat Zarkoviy Qur’onni tafsir qilganda iloji boricha sodda va shu bilan birga iloji boricha aniq qilib tushuntirishga da’vat etadilar. Suyutiy, Ibn Batto! kabi u!ug‘ allomalar ilohiy kitobni boshqa tillarga tarjima qilish mumkin. Ammo bunda bir muhim shartga rioya qilish darkor. Birinchidan, asl matnni aniq va so‘zma-so‘z berib, uning ostida boshqa tilga o‘girilgan ma’nolarini aks ettirish lozim. Mana shu eng to‘g‘ri yo‘l deb, aytganlar. Har holda ilohiy matnlarning o‘zbek tiliga tarjimasi tamoyillari, qoidalari, yo‘l-yo‘riqlari muayyan tarzda aniq ishlab chiqilishiga zarurat tug‘i!ayotgani sezilmoqda. Bularga grammatik, badiiy tamoyillar, sharhlash, izohlash tamoyillari va ularning eng mukammal shakllari kiradi. Yevropa olimlari sinchkovlik bilan Qur’on atamalari, terminlari, realiylari ustida qunt bilan tekshirishlar olib borganlar. Hatto akad. N.YA. Marr “Arabcha “hanif’ termini va uning paleoantolgik yoritilishi” degan risola ham yozgan (1920).
Terminlarga boqaylik: “U osmonlar va yemi olti kunda yaratib, so‘ngra Arsh uzra mustaviy bo‘lgan zotdir” (“Al-xadid”, 4).
“Yaratdi ko‘k!ami taqi yerlarni olti kun ichinda ondin so‘ng arig‘lik bo‘ldi arsh uza” (“Tafsir”). “Arig‘lik” bu yerda sokinlik, tinchlik ma’nosida.
“Tafsir” so‘zma-so‘z tarjimani oyatlar ostida berib borayotgan bo‘lsa ham, “huallaziy” ni tushirib qoldiradi. Undan keyingi so‘zlami, juda sodda va aniq o‘giradi. Faqat ohangdorlikni saqlash uchun “arz” so‘zini “yerlami” deb ag‘daradi. “Ko‘klami va yerlami” - ju d a ohangdor.
Zamonaviy tarjimon bu yerda “osmonlar va yemi”, deydi. “Arz”ni “yerlar” deb olish to‘g‘ri bo‘ladimi? “Arz” matnda yer sayyorasi ma’nosida kelyapti. Uni “yerlar” deb olish unchalik to‘g‘ri emas. Boyxo‘janing yerlari deyish mumkin. Yer kurrasining qit’alari deyish mumkin. Lekin “Arsh”ni “yerlar” deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi. “Arsh” ni “yerlar” deb bergan holda “Tafsir” “Arsh” ni o‘z holicha aks ettiradi. Eng yangi tarjimalarda ham tushuncha o‘z holicha “Arsh” deb olingan. Endi juda qisqa bo‘lgan oyatni ko‘raylik:
“Hual-aziz ul-hakim” (“Al-hadid”).
“U qudrat va hikmat sohibidir” (1-oyat).
Tarjimon “aziz” va “hakim” ni “qudrat va hikmat sohibi” deb o‘giradi. Shu suraning uchinchi oyati: “U Avval, Oxir, Zohir va Botindir. U barcha narsani biluvchidir”, deb ag‘dariladi. Ya’ni asl matndagi A w al, Oxir, Zohir, Botin tushunchalari o‘z holicha keltiriladi. Nega oldingi oyatdagi. “Aziz” va “Hakim” tushunchalari tarjimada berildi-yu, keyingi oyatda o‘sha qatordagi Allohning to‘rt go‘zal sifati asl holicha olindi? Biz bu gapni tamoyillarning shakllanmaganligiga misol uchun olmoqdamiz. Noto‘g‘ri tarjima demoqchi emasmiz.
Yondoshuvlar turlicha. Shuning uchun tarjimada asliyatda yo‘q “zotdir”, “sohibidir” degan ortiqcha so‘zlar ko‘p ishlatiladi. Holbuki, bunga hojat yo‘q. “Oxir” va “Zohir” asl holicha olinganda, “Alim” - “biluvchi” deb ag‘dariladi. “Barcha narsalarni biluvchi Alimdir” - deb aslni saqlagan holda koloritini keltirib o‘girish ham mumkin. Buning uchun esa tarjima tamoyillari mukammal ishlangan bo‘lishi zarur. Sayyid Taroziy talqinida esa, aytaylik, “Avval” va “Oxir” o‘zicha olingan holda “Zohir” va “Botin” - “Oshkora” va
“Maxfiy” deb qayd etiiadi. Bu ham bir tamoyilga amal qilmaslikdan. Yoki bir tarjimon “Aziz” ni “G‘olib” deb o‘giradi, boshqa tarjimon uni “Qudrat sohibi” deb oladi. Xos otlami xilma-xil talqin etish joyiz emas. Bular tarjima matnlarini haddan tashqari soddalashtirishga olib boradi. “Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o‘shalar bilan atangizlar” (“A’rof”). Chiroyli ismlarga chiroyli rioyajoiz.
“Alloh, deb chorlangiz, yoki Rahmon deb chorlangiz. Qanday chorlasangizlar-da (joyizdir). Zero, uning go‘zal Ismlari bordir” (“Al-Isro”). Bu yerda “zero”, “joyiz” ortiqcha yuk. Gapning grammatik to‘g ‘ri qurilishi topilmagan. Ammo tarjimon “Alloh”, “Rahmon” so‘zlarini tarjima qilmasdan berish zarurligini bunda yaxshi his qilgan. Nega “Qur’on”, “Lavh ul-mahfuz” so‘zlarini tarjima qilishni aslo hayolimizga keltirmaymiz? Tarjima qilsa bo‘ladi-ku! Lekin bunga zarurat yo‘q. Qur’on tarjimalarida uslub yo‘q. U shakllanib yetmagan. Emotsionallikyo‘q. U ham shakllanib yetmagan. Shuning uchun Allohning janob Muhammadga murojaatlari “Siz” deb olinsa, boshqa elchilarga “Sen” deb aytiladi. Payg‘ambarlar esa Allohga “Sen” deb nido qiladilar. Qanday bo‘lishi kerak? Qaybir yo‘l to‘g‘ri? Andisha yo‘li to‘g‘rimi? Haqiqat yo‘limi? Tarjimani ilm, iiod, m a’rifat deb anglash yo‘limi?.
Do'stlaringiz bilan baham: |