§3. Leksik transformatsiyalar
Tarjimaning leksik muammolarini hal etishda ikki tilli lug‘atlar m a’lum jihatdan ahamiyati katta hisoblanadi. Biroq odatda
lug‘atlarda so‘z m a’nosining muqobillarigina beriladi. Tarjima lug‘ati qanchalik mukammal boTmasin, unda so‘zlarning barcha m a’nolari yoki m a’no nozikliklarini qamrab olishning iloji yo‘q, chunki lug‘at ikki til tizimi unsurlari bilan ish ko‘radi. Tarjima uchun til tizimlari emas, balki nutq, aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, nutq mahsuli boMmish matn muhimroqdir. Tarjima jarayonida tarjimon ko‘p ma’noli so‘zning qaysi ma’nosi qo‘llanilganligini kontekst asosida o‘zi aniqlamog‘i lozim.
Tarjimada turli so‘zma-so‘z, g‘aliz birikmalami qo‘llashdan qochish, uning o‘miga adabiy. hammatushunadigan, yorqin so‘zlami tarjima qilish uchun leksik transformatsiyalardan foydalaniladi. Leksik tranformatsiyalar tarjima nazariyasida so‘zlarni kontekstda almashtirish deb ham yuritiladi. Bunday tranformatsiyalaming beshta turi mavjud.
Birinchi turdagi transformatsiyalar keng ma’noli yok ma’nosinianiqlashqiyinbo‘lganso‘zlarnitarjimaqilishdaqoilaniladi. Transformatsiyaning bu turi asliyat so‘ziga aniqlik kiritish yoki uni konkretlashtirganda qoTlaniladi. Bu aksariyat hollarda ingliz tilidagi fe’llami o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida ishlatiladi. Ingliz tilidagi fe’llar odatda umumiy va noaniq m a’noda qo‘llaniladi. Bu ayniqsa tarjimada yaqqol namoyon bo‘ladi. 0 ‘zbek tilidagi fe’llar aniq va konkret ish-harakatni ifodalaydi. Masalan, ingliz tilidagi
“to get” ko‘p ma’noli fe’lini tahlil qilib chiqaylik. Bu fe’lni tarjima qilish uchun kontekst albatta zarur bo‘ladi, chunki uning m a’nolari bir-biriga bog‘liq boTmagan jihatlari ham mavjud. Uni o ‘zbek tiliga “olmoq”, “ushlab olmoq”, “tushunmoq”, “o‘ylantirmoq”, “aloqa qilmoq”, “yetib olmoq”, “aylanmoq”, “o‘zgarmoq”, “ketmoq” (masalan, “oqarib ketmoq”) va boshqa bir qator ma’nolarini ingliz tilida predlog bilan qo‘llangan fe’l ma’nosi ham butunlay o‘zgarib ketish xususiyatiga ega. Masalan, shu fe’lning o‘zi “to get out” shaklida ham bir nechta m a’nosi mavjud. U “chiqmoq”, “chiqib olmoq”, “tushmoq” ma’nolariga ega. Xuddi shu fikmi boshqa bir qator ingliz tilidagi fe’llar haqida ham aytish mumkin. Bular sirasiga “to be”, “to have”, “to make”, “to become” va boshqa fe’llarni kirtish
mumkin. Gap faqat ko‘p ma’noli fe’lning umumiy emas, balki aniq m a’nosini tarjimada berish haqida borishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan “to be” fe’lini olsak, uning quyidagi xususiyatlarini aniqlash mumkin. Bu fe’lning asosiy ma’nosi o‘zbek tilidagi “bo‘lmoq” fe’liga to‘g‘ri keladi. Biroq bu fe’lning m a’nosi shunchalik kengki, o‘zidan keyin kelgan so‘zga qarab, ma’nolari turlicha tovlanadi. Fe’l ma’nosining kengligi uning qaysi so‘z bilan kelishiga bevosita bog‘liqdir. Yordamchi fe’l sifatida bu ingliz tilida eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng ma’noli bo‘lgani uchun turli transformatsiyalarga uchraydi. “He is in Hollywood” hamda “He is in Cambridge” gaplarining tarjimasini qiyoslasak, yuqorida aytilgan fikrlar o‘z tasdig‘ini topganining guvohi bo‘lamiz. Shunday qilib, birinehi gap “U Holivudda ishlaydi” va ikkinchi gap “U Kembrijda o‘qiydi “ deb tarjima qilinadi. Aksariyat hollarda bu yordamchi fe’l o‘zbek tilida tire (-) yoki —“dir” qo‘shimchasiga to‘g‘ri keladi. Bu fe’l bilan ot, si fat, son, ravish va boshqa so‘z turkumi qo‘llanishi mumkin va har gal fe’l ma’nosi shunga qarab o‘zgarib boraveradi. Tarjimada fe’llarning bu xususiyatlarini hisobga olish tarjimaning muvaffaqiyatli chiqishga zamin yaratadi.
Bundan tashqari semantik jihatdan neytral hisoblangan “thing”, “matter”, “stuff”, “challenge” va shu kabi keng m a’noli so‘zlami tarjima qilishda transformatsiyadan foydalanish tavsiya etiladi, chunki bu so‘zlar har gal kontekstdan kelib chiqilgan holda turlicha tarjima qilinadi. Masalan, “thing” o‘zbek tiliga kontekstga qarab, narsa, ne’mat, omil, jihat, tomon deb tarjima qilinishi mumkin. Ba’zan tarjimada butunlay tushib qolish holatlari ham uchraydi. Tarjimada bunday so‘zlarni tushib qolishini kontekst talab etadi va bu so‘z tarjimada ortiqeha hisoblanadi. Masalan, “I don’t know this thing” gapini ikki xil tarjima qilish mumkin - “Men bu narsani bilmayman” yoki “Men buni bilmayman”. Tarjimadan ko‘rinib turibdiki, “thing” so‘zini tushirib qoldirish bilan taijima mazmuniga putur yetgani yo‘q.
Tarjimada so‘zlaming nafaqat denotativ, balki konnotativ ma’nosini ham inobatga olish lozim. Ingliz tilidagi “to employ” fe’li
odatda ishga olmoq, ishga yollamoq m a’nolariga ega. Bu fe’l ijobiy ma’noga ega bo‘lishi bilan bir qatorda kontekst taqozosi bilan salbiy m a’noga ega bo‘lishi mumkin. Salbiy ma’noga ega bo‘lgan fe’llar odatda o‘ta umumiy fe’l bilan tarjima qilinadi.
Ingliz tilidagi “you” so‘zi alohida e’tiborga loyiq. U o‘zbek tiliga bir-biridan qo‘llanish uslub hamda ma’no jihatidan farq qiluvchi “sen” yoki “siz” olmoshi bilan tarjima qilinishi lozim. Bu so‘zni tarjima qilishda so‘zning kimga nisbatan ishlatilayotganini, uning yoshi, jinsi, jamiyatdagi tutgan o‘mi, so‘zlovchi bilan bo‘lgan munosabati va so‘zning qo‘llangan doirasi hisobga olinishi lozim.
Transformatsiyaning ikkinchi turi umumlashtirish nomi bilan ataladi. Tarjimada aksariyat hollarda asliyatda berilgan ma’noda tarjima tili normalarida ortiqcha hisoblangani bois ba’zi aniqliklar umumlashtiriladi. Ingliz tilida odamning bo‘yi, og‘irligi aniq raqamlarda berilishi qabul qilingan. 0 ‘zbek tilida bo‘y balandligi novcha, baland, daroz so‘zlari, vazn esa og‘ir, yengil kabi aniqlovchilar bilan beriladi. 0 ‘zbek tilida bo‘y va vaznga nisbatan ishlatilgan turli raqamlar ortiqcha hisoblanadi.
Umumlashtirish so‘zning farq qiluvchi ma’nolami tarjima qilishda ham keng qo‘llaniladi. Tarjima amaliyoti, aksariyat hollarda umumlashtirish tarjimaning pragmatik xususiyatlariga ham bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Masalan, asliyat matnidagi atoqli otlar o‘sha tilda so‘zlovchilar uchun informativ ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin, lekin tarjima tilida bular hech qanday informativ ahamiyatga ega boimaydi. Bular sirasiga firma nomlari, do‘konlar nomi, mahsulotlar nomi kiradi. 0 ‘zbek kitobxoniga bu nomlar, birinchidan, noma’lum, ikkinchidan yuqoridan aytib o‘tganimizdek, hech qanday informativ qiymatga ega emas. Shuning uchun bu nomlami tushirib qoldirib, ulaming o‘miga firma qanday mahsulot ishlab chiqarishi, do‘kon nomi egasining nomiga nima munosabat bilan bogTiqligi haqida ma’lumot berib, tarjimada so‘ziami umumlashtirib berish lozim boiadi. Xalqaro hamjamiyatga ma’lum bo‘lgan nomlami transkripsiya va transliteratsiya yo‘li bilan berishning o‘zi kifoya. Masalan, “Coca Cola”, “Pepsi Cola”, “Chevron”, “Tayota” shular jumlasidandir.
Uchinchi turdagi transformatsiya ikki hodisa o‘rtasidagi mantiqiy aloqaga asoslanadi. Ulardan bittasi asliyat matnini atasa, ikkinchisi uning tarjima varianti deb hisoblanadi. Bu transformatsiya matnda tasvirlangan vaziyatning semantik hamda mantiqiy tahlilini talab etadi. Matndagi vaziyat o‘z navbatida semantik jihatdan rivojlantiriladi. Agar vaziyat semantik jihatdan to‘g‘ri rivojlantirilsa, ya’ni asliyat matni va tarjima matnidagi fikrlar bir-birlarini semantik jihatdan sabab va natija sifatida bog'lasa. transformatsiya tarjima tili normalariga rioya qilgan holda, matndagi mazmunni berishga xizmat qiladi. Tarjimada sabab natija bilan almashtiriladi. Bunda eng asosiysi tarjimada til normasiga putur yetmasligi hisoblanadi. Amaliyotda natija sabab bilan almashtiriladigan hollar ham uchrab turadi: “I not only shared a cabin with him and ate three meals a day at the same table ...” gapining o‘zbek tiliga tarjimasida xuddi shu narsa kuzatiladi. Bu gapni o‘zbek tiliga “men u bilan bir kunda bitta stol atrofida uch marta uchrashar edim” deb tarjima qilish yuqoridagi fikrimizga yorqin misol bo‘la oladi. Inglizcha gapni so‘zma-so‘z tarjima qilish o‘quvchiga hech qanday ma’lumot bermasligi aniq. Bu gapning so‘zma-so‘z tarjimasi “Men u bilan nafaqat bir kupedamiz, balki u bilan bir stol atrofida uch mahal uchrashar edik ham”. Ko‘rinib turibdiki, “men u bilan nafaqat bir kupedamiz” gapi bu yerda ortiqcha.
Transformatsiyaning to‘rtinchi turi antonimik tarjima hisoblanadi. Bu degani ba’zi hollarda asliyatda qo‘llanilgan so‘z tarjimada antonim bilan almashtirilishini anglatadi, boshqa qilib aytadigan bo‘lsak, agar gapda inkor so‘zi bo‘lsa, u tarjimada tushirib qoldiriladi. “take it easv-tashvishlanaverma”, “I don’t want to cheat-Men to‘g‘risini aytaman” deb tarjima qilinishi mumkin.
Antonimik tarjimaga ehtiyoj paydo boMishining uchta asosiy sababi bor: 1) asliyat va tarjima tillari xususiyati; 2) kontekst talablari hamda 3) tarjima tilidagi an’anaviy normaning mavjudligi. Endi har bir sababni alohida- alohida ko‘rib chiqamiz.
Antonim so‘zlar guruhi asliyat va tarjima tillarida bir-birig to‘g‘ri kelishi shart bo‘lmagan hollarda: “armament” - “disarmament”
so‘zlari o‘zbek tiliga “qurollanish” hamda “qurolsizlanish” deb tarjima qilinadi.
Ba’zan antonimlar tarjimasi kontekstdagi ma’noni beradigan eng maqbul usul bo‘lib hisoblanishi mumkin: “a murder is only safe when he is in prison” - “qotil qamoqxonada bo‘lsagina/bo‘lgandagina xavfli emas”. Bu yerda alohida olingan “safe” so‘zi “ishonchli”, “xavf-xatardan holi” deb tarjima qilinadi. Biroq kontekst asosida uni “xavfli emas” deb tarjima qilish maqsadga muvofiqdir.
Ba’zi hollarda yoki kontekst talabi bilan transformatsiya emotsional hamda stilistik bo'yoqdor matnlarni tarjima qilishda qo‘l keladi. “Why don’t you know he is deaf?” - “U soqov-ku!”. Bu gapni “Uning soqovligidan xabaring yo‘qmi?” tarjima qilsa ham bo'ladi, ammo gapning avvalgisiga nisbatan emotsionallik darajasi ancha past.
So‘nggi transformatsiya kompensatsiya yoki gapning tushirib qoldirilgan qismini to‘ldirish deb ataladi. Bu odatda asliyatdagi stilistik usullarni tarjima tilida muqobili yoki ekvivalenti yo‘q bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Matnning stilistik jihatdan to‘laqonli bo‘lishida bir stilistik usul o ‘miga iloji boricha uning o‘mini to‘liq bosadigan boshqa bir stilistik vositadan yoki stilistik usuldan foydalanish nazarda tutiladi. Kompensatsiyadan qahramon nutq xususiyatlarini tarjima qilishda, so‘z o‘yinini hamda qofiyadosh so‘zlarni berish keng qo‘llaniladi. Buning qo‘llanishidagi asosiy fikr nutq xususiyatlarini tarjimada saqlashga qaratilgan, chunki asliyat matnida berilgan stilistik ma’noga ega bo‘lgan so‘zlarning doim ham ekvivalentini topish imkoni bo‘lavermaydi. Matnda muallif tomonidan maxsus qo‘llangan fonetik, grammatik, stilistik vosita va usullar aksariyat hollarda tushirib qoldiriladi va uning o‘rnini qoplash va mazmun muvozanatini saqlash, stilistik yo‘qotishni toMdirish uchun kompensatsiyadan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda ayni stilistik usulning o‘mini qoplay oladigan stilistik vosita va til unsurlaridan tarjimada keng foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, o‘zbekfilmlaridan biri “Sevginator” deb ataladi. Bu so‘zning
qo‘shimchasi amerikaliklarning “Terminator” - “Terminator”
filmiga qofiyadosh so‘z sifatida olingan. Stilistik qatlamlardan og‘zaki nutqqa oid bu so‘z ayni paytda neologizm, ya’ni yangi so‘z deb qabul qilinishi mumkin. Uni ingliz tiliga “Loveminator” deyish o‘miga “Love-abandant” deb tarjima qilish stilistik jihatdan muqobil va yuqoridagi o‘zbekcha so‘zning o‘mini qoplaydigan birlik sifatida tanlanishi mumkin.
Tarjima nazariyasida kompensatsiyaning yana bir turi mavjud boiib, u asliyatda ayni o‘sha umumiy ta’sirni tarjima tilida yaratishni nazarda tutadi. Masalan, aksariyat yozuvchilar asarlarida qahramonlaming og‘zaki nutqi, ularning nutqlaridagi kamchiliklar, savodsizligi tufayli noto‘g‘ri so‘zlami qo‘llashlari va shu kabilar uchraydi. Ingliz tilida tili chuchuklar [sh] tovushi o‘miga [s] tovushini ishlatishi mumkin. Tarjimada agar iloji bo‘lsa, buni o‘zbek tilida ham sh tovushini o‘miga s tovushini ishlatish mumkin. 0 ‘zbek tilida aksariyat hollarda ham bunday holatlar uchrab turadi. 0 ‘zbek tilida yuqorida ko‘rsatilgan fonetik kamchilikdan tashqari /г/ ning o‘miga /1/ yoki /у/ ni ishlatish hollari ham uchraydi Fonetik sathda qo‘llangan xususiyatlar taijima tilining fonetik xususiyatlari, leksik sathda esa tarjima tilining leksik xususiyatlari va nihoyat tarjima tilining grammatik sathda esa uning grammatikxususiyatlari e’tiborga olinishi lozim. Tilning leksik qatlamlari, leksik- stilistik vosita va usullardan o‘rinli foydalanish tarjimaning leksik muammolarini ijobiy hal etish va natijada tarjima sifatini oshirish, adekvatlik darajasiga erishish imkonini beradi.
Tarjimaning leksik muammolarini yuqorida ko‘rib chiqilgan transformatsiyaning beshta turi yordamida hal etish mumkin. Qaysi transformatsiya usuli qayerda qo‘l kelishini belgilash tarjimonning mahorati va tajribasiga bogMiq. Tarjimon ikki tilni mukammal bilishi bilan bir qatorda uning barcha sohalaridan xabardor bo‘lishi juda muhim. So‘z tanlashda uslub va janming xususiyatlarini, imkoniyatlarini hisobga olish yaxshi natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |