IV. Yangi mavzuni mastahkamlash. (15 daqiqa) Mavzuga doir “Klaster” usulini qo’llash.
1. Suhbat matni bilan ishlash. (o’qish, savollar tuzish, so’zlash)
2. 4-mashq (og’zaki)
3. 5-mashq (yozma)
4. 6-mashq (og’zaki)
V. Darsni yakunlash va baholash. (3 daqiqa)
O’qituvchi o’tilgan yangi dars mavzusi bo’yicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi.
VI.Uyga vazifa: (2 daqiqa) “O’zbekiston” she’rini yod olish.
(1-dars)
Dars mavzusi: Sport o’yinlari.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsadi: o’zbek sporti haqida umumiy ma’lumot berish orqali, mashq va topshiriqlarni bajarish, nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarga o’zbek xalqining jahonga mashur sportchilarini tanishtirish orqali ularni har tomonlama o’rnak ekanligini uqtirish, kommunikativ milliy kompetensiyalarini shallantirish.
Rivojlantiruvchi maqsadi: o’zbek xalqining sport oyinlari to’grisida og’zaki va yozma nutqiy ko’nikmalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga, o’z fikrini bayon etishga o’rgatish, xotira va tasavvurlarini rivojlantirish, o’zini-o’zi rivojlantirish kompetensiyalarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |