V. Darsni yakunlash va baholash. (3 daqiqa)
O’qituvchi o’tilgan yangi dars mavzusi bo’yicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi.
VI.Uyga vazifa: (2 daqiqa). Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlarni bajarish (34-bet)
(3-dars)
Dars mavzusi: Ustozga raxmat. (Tursunboy Adashboyevning “Muallim” she’ri)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga Tursunboy Adashboyevning hayoti va ijodi haqida ma’lumot beish. Mashq va topshiriqlarni bajarish, she’rni o’qish, nutqiy va lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, vatanparvarlik tuyg’usini singdirish. Buyuk bobolarimizdanmizdan bizga meros bo’lib qolgan bunyodkorlik ishlari bizga har tomonlama o’rnak ekanligini uqtirish. Kommunikativ va milliy kompetensiyalarni shqkllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsadi: og’zaki va yozma nutqiy ko’nikmalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga, o’z fikrini bayon etishga o’rgatish, xotira va tasavvurlarini rivojlantirish, o’zini-o’zi rivojlantirish kompetensiyasi.
Dars turi: an’anaviy, yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi dars.
Dars uslubi: “Zanjir”, “Klaster” usullari, ifodali o’qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |