I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Guvohnoma olish uchun talablar va shartlar



Download 1,21 Mb.
bet109/189
Sana10.06.2023
Hajmi1,21 Mb.
#950335
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   189
Bog'liq
I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar

228-modda. Guvohnoma olish uchun talablar va shartlar
Guvohnoma olish uchun transport vositasi ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismi talablariga va XYT daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona konvensiyasida (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
229-modda. Guvohnoma olish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar
Yakka tartibda guvohnoma olish uchun arizachi qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish zonasida yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan yoxud jismoniy shaxs doimiy yashayotgan bo‘lsa, o‘sha bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
guvohnoma olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha arizani;
transport vositasiga nisbatan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxasini;
XYT daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona konvensiyasi (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) bilan belgilangan shakl bo‘yicha guvohnoma blankasini;
avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, o‘ngdan ko‘rinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qo‘yiladigan joyning tasviri mavjud bo‘lgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta transport vositasining ko‘pi bilan ikki tomonini bir vaqtning o‘zida tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi.
Konstruksiyaning turi bo‘yicha guvohnoma olish uchun arizachi qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish zonasida avtotransport vositalari ishlab chiqariladigan bo‘lsa, o‘sha bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
guvohnoma olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha arizani;
transport vositasi konstruksiyasining chizmalarini va batafsil tavsifini;
XYT daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona konvensiyasi (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) bilan belgilangan shakldagi guvohnoma blankasini;
avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, o‘ngdan ko‘rinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qo‘yiladigan joyning tasviri mavjud bo‘lgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining ko‘pi bilan ikki tomonini bir vaqtning o‘zida tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi.
Guvohnoma berish to‘g‘risidagi arizada arizachining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Guvohnoma berish to‘g‘risidagi arizada arizachining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning o‘z arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarni axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga bo‘lgan roziligidir.
Arizachidan ushbu moddada ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun arizachi javobgar bo‘ladi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish