I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Guvohnomaning amal qilishini tugatish



Download 1,21 Mb.
bet111/189
Sana10.06.2023
Hajmi1,21 Mb.
#950335
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   189
Bog'liq
I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar

231-modda. Guvohnomaning amal qilishini tugatish
Guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
arizachi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
avtotransport vositasi tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqsiz holga kelganda;
guvohnoma berish to‘g‘risidagi bojxona organining qarori noqonuniyligi aniqlanganda;
avtotransport vositalarining milliy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqamlari almashganda;
guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelishi bilan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi.
Guvohnomaning amal qilishi ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi sud qarori arizachiga va bojxona organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi bojxona organining qarori qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay arizachiga guvohnomaning amal qilishini tugatish sabablari, shuningdek qonunchilikning aniq normalari ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yetkaziladi.
(231-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Guvohnomaning amal qilishi tugatilgan taqdirda u bojxona organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi lozim.
232-modda. Guvohnomani bekor qilish
Guvohnoma quyidagilar asosida bekor qilinadi:
arizachining guvohnomani bekor qilish to‘g‘risidagi arizasi;
transport vositasining konstruksiyasi o‘zgartirilganligi fakti — guvohnoma konstruksiyaning turi bo‘yicha berilganda;
guvohnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Guvohnoma ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi.
Guvohnoma bekor qilingan taqdirda u bojxona organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Guvohnomani bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarori arizachiga va bojxona organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
(232-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Guvohnomani bekor qilish to‘g‘risidagi bojxona organining qarori arizachiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yetkaziladi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish