I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati va tartibi



Download 197,85 Kb.
bet58/113
Sana31.03.2022
Hajmi197,85 Kb.
#520863
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   113
Bog'liq
Ma\'muriy sud ishlarini yuritish to\'g\'risida

142-modda. Saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati va tartibi
Saylov komissiyasining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat sud tomonidan shikoyat berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi, agar saylovga olti kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, darhol ko‘rib chiqilishi lozim.
Shikoyat sud tomonidan arizachini va tegishli saylov komissiyasining vakilini, shuningdek, prokurorni, agar shikoyat arizachiga emas, balki boshqa fuqaroga daxldor bo‘lsa, o‘sha shaxsni ham chaqirgan holda ko‘rib chiqiladi. Bu shaxslarning kelmasligi ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sudning hal qiluv qarori chiqarilishi bilanoq darhol tegishli saylov komissiyasiga va arizachiga topshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 101, 102-moddalari.
143-modda. Sud majlisi
Ish muhokamasi sud majlisida amalga oshiriladi. Sudning majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin.
Sud tashabbusiga ko‘ra yoki ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin.
Majlisda raislik qiluvchi sudya:
1) sud majlisini ochadi va qanday ish ko‘rilishini e’lon qiladi;
2) ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari majlisga kelgan-kelmaganligini, ularning vakolatlarini, majlisga kelmagan shaxslar tegishli ravishda xabardor qilingan-qilinmaganligini hamda ularning kelmaganligi sabablari to‘g‘risida qanday ma’lumotlar borligini tekshiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 58 — 63, 124, 125-moddalari.
3) sud tarkibini e’lon qiladi, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini ma’lum qiladi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish huquqini tushuntiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 21 — 25-moddalari.
4) kelgan guvohlarni so‘roq qilish boshlanguniga qadar ularni majlis zalidan chiqarib yuboradi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50, 51-moddalari.
5) sud protsessi ishtirokchilariga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38, 39-moddalari.
6) tarjimonni bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlik uchun, ekspertni bila turib noto‘g‘ri xulosa berganlik uchun, guvohni bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 51, 53, 55 va 57-moddalari.
7) dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi;
8) ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar aniqlanishini ta’minlab, majlisga rahbarlik qiladi;
9) majlisda tegishli tartibni ta’minlash choralarini ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir bo‘lganlar yozma qaydlar qilish, stenogramma yuritish va ovoz yozib olish huquqiga ega. Sud majlisining fototasviriga, videoyozuviga, shuningdek radio va televideniye orqali translatsiya qilinishiga ishni ko‘rayotgan sudning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
(143-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)

Download 197,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish