I bo’lim. O’zbekiston tabiiy resurs salohiyati va joylashuvi I o’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati I



Download 112,18 Kb.
bet1/7
Sana23.06.2022
Hajmi112,18 Kb.
#697211
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi.RAMANOVA DILDORA.


MAVZU: RESPUBLIKA VILOYAT, QISHLOQ TUMANLARINING TABIIY RESURSLARIDAN FOYDALANISH
REJA:
KIRISH
I.BO’LIM. O’ZBEKISTON TABIIY RESURS SALOHIYATI VA JOYLASHUVI
I.1. O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati
I.2. Agroiqlimiy resurslari
II. BO’LIM. O’ZBEKISTONDA TABIIY RESURSLARNI MUHOFAZA QILISH
II.1. O’lkamiz tabiiy resurslarini muhofaza qilish.
II.2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Bu kurs ishida O’zbekistonning uning viloyatlari, qishloq tumanlarining tabiiy resurslari haqida, ularning tarqalishi, xususiyatlari, sifatlilik darajasi, ularni muhofaza qilish va oqilona foydalanish va h.k masalalar ko’rib chiqildi.
Kurs ishi maqsadi: Respublika, viloyat, qishloq tumanlarining tabiiy resurslaridan foydalanish haqida
Kurs ishi vazifalari:
A) Mineral resurslari haqida ma’lumot
B) Agroiqlimiy resurslar haqida
C)Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
Kurs ishi tarkibi: Kirish, 2 ta bo’lim, xulosa , foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Kirish qismda asosan kurs ishining maqsadi, qanday bo’limlardan iborat ekanligi, tabiiy resurslar haqida, ularning turlari hamda tabiiy resurslarni ta’riflashda bir nechta olimlarning fikrlari haqida aytib o’tilgan.
Kurs ishining birinchi bo’limida O’zbekistonning resurs salohiyati, uning hududiy tarqalishi, zahiralari, xususiyatlari, agroiqlimiy resurslari (iqlim, suv) kabilar yoritib berilgan.
Kurs ishining ikkinchi bo’limida esa tabiiy resurslarni muhofaza qilish va oqilona foydalanish hamda ularga doir tavsiyalar berib o’tilgan.
Modomiki, kurs ishida tabiiy resurslar haqida gap ketar ekan, avvalo tabiiy resurs nimaligini, ularning tarkibiga nimalar kirishini bilib olmog’imiz kerak.
Inson tabiatdan oladigan barcha moddiy boyliklar — yer-osti boyliklari, suv, havo, tuproq, o‘simliklar, hayvonot olami va boshqalar tabiiy resurs (boylik) hisoblanadi. Aslida "resurs" so’zi fransuz tilidan olingan bo’lib, "yashash vositasi" degan ma’noni anglatadi. Resurs deganda, tabiiy jismlar va foydalanadigan energiya turlari tushuniladi. Tabiiy resurslar insonning yashashi uchun zarur bo’lgan shunday vositalaridirki, ular jamiyatga bevosita emas, balki ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalari orqali ta’sir yetadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, "tabiiy resurslar" tushunchasini ko’pgina olimlar turlicha ta’riflashadi. Masalan, geograf olimlar, eng to’liq ta’rif berganlar: “Tabiiy resurslar – kishi bevosita tabiatdan oladigan va ularning yashashlari uchun zarur bo’lgan xilma-xil vositalardir”. Prof.YU.G.Saushkin esa "elektr energiya olish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab-chiqarish uchun foydalanishi mumkin bo’lgan tabiiy komponentlarni va sanoat uchun xomashyolarni ,,tabiiy resurslar’’ deb ta’riflaydi. Geograf olim A.A.Mins esa, "tabiiy resurslardan foydalanish shakllari va yo’nalishlariga qarab, ularni iqtisodiy jihatdan sinflarga bo’lishni" birinchi o’ringa qo’yadi. Bu sinflarga bo’lishda, ya’ni tasniflashda, tabiiy resurslar moddiy ishlab chiqarishning asosiy sektorlarida va ishlab chiqarishdan tashqari sferada foydalanishga qarab guruhlarga ajratiladi.

Download 112,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish