I bo’lim. O’zbekiston tabiiy resurs salohiyati va joylashuvi I o’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati I


Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar



Download 112,18 Kb.
bet3/7
Sana23.06.2022
Hajmi112,18 Kb.
#697211
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi.RAMANOVA DILDORA.

Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar - insonning iqtisodiy faoliyati sur’atiga mos keladigan davrda o'zini o'zi yangilash qobiliyatiga ega bo'lmagan tugaydigan tabiiy resurslarning bir qismi. Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ularni har tomonlama va tejamli qazib olish va ulardan foydalanish, chiqindilarni utilizatsiya qilish va hokazolarga asoslanishi kerak [10].

I BO’LIM. O’ZBEKISTON TABIIY RESURS SALOHIYATI VA JOYLASHUVI
I.1. O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati
Mineral boyliklar koʻp tabiiy resurslardan farqli ravishda qaytadan tiklanmaydi. Dunyo okeani suvlari va yer osti shoʻr suvlari mineral xomashyoning muhim rezervlari hisoblanadi. Foydali qazilma konlar zahiralari, ularning geologik o’rganilganligiga qarab turli kategoriyalarga bo’linadi. Yaxshi o’rganilgan zahiralar sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan zahiralar, barcha zahiralar esa taxminiy yoki prognoz zahiralar deyiladi. Qazilma boyliklar zahiralari xalq xo’jalik ahamiyatiga ko’ra balans va nobalans zahiralarga bo’linadi. Balans zahiralar qulay geografik o’rin va yaxshi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga (konning umumiy zahirasi, sifati, qatlamlarning tuzilishi va h.k) hamda ularning qazib olishga ehtiyoj mavjud bo’lganlarni o’z ichiga oladi. Bu talablarga javob bermagan konlar nobalans zahiralar tarkibiga kiradi.
Foydali qazilmalar zahiralari, ularning miqdori, kategoriya va ahamiyati vaqt o’tishi bilan o’zgarib boradi; yangi zahiralar ochiladi, zahiralarning o’rganganlik darajasi va balans zahiralarni to’ldirib borishi ro’y beradi.
O‘zbekiston foydali qazilmalar Davlat balansi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat hududida 1895 ta foydali qazilmalar manbai ochilgan. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, foydali qazilmalarning umumiy hisob bo‘yicha 35 foizi mustaqillik yillarida ochilgan. Ochilgan 1895 ta foydali qazilmadan 235 tasi uglevodorodli, 151 tasi metalli, yettitasi ko‘mirli, 55 tasi tog‘-kon, 34 tasi tog‘-kimyo va 30 tasi yarim qimmatbaho ashyoli, 764 tasi turli yo‘nalishdagi qurilish materialli va 619 tasi yer osti mineral suvlidir. Oltin qazib olish hududlariga quyidagilar kiradi: Qizilqumdagi foydali qazilmalar (Muruntog‘, Metenboy, Chuqurquduq, Ajibugut, Omontog‘, Ko‘kpatas, va boshqalar), Samarqanddagi (Chormiton, Sarmich, Biron, Marjonbuloq) va Toshkent viloyatida (Kuchbuloq, Qayrag‘och, Qizilolmasoy, Kavladi, Pirmirob, Kuzaksoy va boshqalar). Qashqadaryo viloyati qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish hamda yoqilgʻi resurslarini qazib olish boʻyicha Oʻzbekistonda muhim oʻrin egallaydi. Viloyat respublikada qazib olinadigan tabiiy gazning 88 %, neftning 92 %, kondensatning 99,6 %, oltingugurtning 100 % ni beradi. O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va madan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral - xomashyo potensiali 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanayotganini ham aytib o’tishimiz kerak [5]. G’oyat muhim strategik manbalar - neft va gaz kondensanti, tabiiy gaz bo’yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo’yicha - 40 dan ortiq, rangli, nodir radioaktiv metallar bo’yicha 40, konchilik - kimyo xomashyosi bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan. Har bir mamlakatning milliy iqtisodiyoti xavfsizligini ta’minlashda uning yoqilg’i-energetika mustaqilligi katta ahamiyatga ega.
O’zbekiston quvvati katta, tabiiy manbalari xilma-xil turlarga va ulkan zahiralarga ega bo’lgan yoqilg’i energetika sanoatiga ega. Respublika yoqilg’i balansida neftning salmog’i salkam 10 foizni, tabiiy gaz salmog’i - 85 foizdan ortiqni, ko’mirning salmog’i salkam 5 foizni tashkil etadi. Respublika sanoati yalpi mahsulotida yoqilg’i energetika kompleksining salmog’i 1999 yilda 28,9 foizni tashkil etdi va 1995 yilga nisbatan 9,7 foizga ko’paydi. O’zbekistonda 1999 yilda 8,1 mln tonna neft (gaz kondensanti bilan), 51,0 mlrd kub tabiiy gaz va 2,8 mln tonna ko’mir (asosan, qo’ng’ir ko’mir) qazib chiqarildi. O’zbekiston hududida ulkan neft va tabiiy gaz zahiralari mavjud bo’lib, ularning ayrimlari asosida yirik konlar ochilgan. O’zbekiston katta yerosti boyliklariga ega bo’lgan mamlakatdir. Ammo mamlakat iqtisodiyotining xomashyoga va yoqilg’iga bo’lgan ehtiyoji to’xtovsiz oshib bormoqda.
O‘zbekiston turli foydali qazilmalarga boy bo‘lib, ulardan biri yoqilg‘i-energetika boyliklaridir. Bularga neft, gaz va ko‘mir konlari kiradi. Neft va gaz konlari Farg‘ona tog‘ oralig‘i botig‘idagi Shimoliy So‘x, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chimyon, Sho‘rsuvda dastlab 1880- yilda ochilgan. 1992- yilda Mingbuloq, 1993- yilda esa Ko‘kdumaloq neft konlari ochildi. Neft va gazning katta zaxirasi Hisor tizmasining janubi-g‘arbiy tarmoqlaridagi Odamtosh, Pachkamar, Omonota, Xovdog‘, Uchqizilda mezozoy erasi karbonat tog‘ jinslarida aniqlangan. Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarining tekislik qismida ham bir qator neft va gaz konlari ochilgan. Bulardan asosiylari Sho‘rtan, Muborak, Oqjar, Sariqtosh, Jarqoq, Qorovulbozordir. Bundan tashqari, gaz Ustyurt platosidagi Shohpaxta va Quanish nomli joylarda, Qashqadaryo viloyatida (Sho’rtang, Muborak, Uchqir, Sho’rxok, Zevardi va h.k) ochilgan. Buxoro viloyatida ham tabiiy gaz konlari mavjud (Qandim va h.k), biroq ularning ko’pchiligini zahiralari tugash arafasida. Ayni vaqtda Ustyurtda yangi-yangi gaz konlari topilmoqda. Ularning eng yirigi Surg’il koni hisoblanadi. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSh dollaridan ziyod baholanmoqda. “Neft va gaz mavjud bo’lgan 5 ta asosiy mintaqani ajratib ko’rsatish mumkin, bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi – g’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalaridir. Yuqoridagilardan Buxoro-Xiva va Farg’ona mintaqalari neft hamda gazga ham boy. Ustyurt va Janubiy Hisor mintaqalarida esa tabiiy gazning yirik zahiralari topilgan. O’zbekistondagi neft va gaz konlari yirik geostrukturali birliklar ichida joylashgan bo’lib, ularning ichida Amudaryo, Ustyurt, G’arbiy Farg’ona va Janubi-g’arbiy Hisor platformalari va orogen hududlari alohida o’rin egallaydi. Garchi mamakatimizdagi dastlabki neft konlari Farg’ona vodiysida ochilgan bo’lsada (masalan, Sho’rsuv), hozirgi kunda uning asosiy zahiralari Qashqadaryo viloyatiga to’g’ri keladi. Shuningdek, bu yerda Ko’kdumaloq eng katta kon sanaladi va uning asosida Buxoro viloyatining Qoravulbozor shahrida yirik neftni qayta ishlash zavodi qurilgan. Neft konlari Surxondaryoda (Xovdog’, Ko’kaydi, Lalmikor), Farg’ona vodiysida (Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Mingbuloq). Qoraqalpog’iston Respublikasida (Oqsholaq, O’rga, Shohpahti va h.k) mavjud. Ustyurt platosi, Orol ko’li akvatoriyasi va unga tutash hududlarda yangi neft konlarini aniqlash bo’yicha hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda (,,Lukoyl’’ kompaniyasi) geologik-qidiruv ishlari olib borilmoqda. Bunday ishlar Surxondayo viloyatida Malayziya va Eron mamlakatlari mutaxassislari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston hududida ko‘mirning sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan bir nechta katta konlari mavjud. Bulardan Ohangaron (Angren) qo‘ng‘ir ko‘mir koni (ko’proq issiqlik elektr stansiyalarida ishlatiladi), Surxondaryo viloyatining tog‘li qismida yuqori sifatli Sharg‘un toshko‘mir koni joylashgan. Bu joyda Boysun ko‘mir koni ham ochilgan. O’zbekistonda ko’mir zahiralari katta, lekin ularning asosiy qismini energetik yoqilg’i hisoblangan - qo’ng’ir ko’mir tashkil etadi. Respublikada yirik qo’ng’ir ko’mir koni Angren shahri yonida joylashgan bo’lib, yoqilg’i yura qatlamlarida mavjud. Ko’mir ochiq karer usulida qazib olinadi. Zahirasi 2 mlrd tonnaga yaqin. Ko’mirning boshqa ikki koni Surxondaryo viloyatidagi Sharg’un va Boysunda joylashgan. Ushbu konlardagi toshko’mir qatlamlari qalin emas. 1990 yillardan keyingi davrda ko’mir qazib chiqarish hajmi keskin qisqardi, hamda 1999 yilda 2,8 mln tonnani tashkil qildi, xolos. Vaholanki, respublikaning ko’mirga bo’lgan extiyojlari yiliga 8-9 mln tonnani tashkil etadi. Bunday holat tarmoqni rivojlantirishga bo’lgan e’tiborning yetarli emasligidan dalolat bermoqda. Ana shunga o’xshash muammolarni ijobiy xal qilish maqsadida 1994-yillarda «Ko’mir» aksionerlik birlashmasi tuzildi. Mamlakatmiz metall qazilmalarga ayniqsa, rangli metallar rudalariga boy. Bu o’rinda oltin, kumush, qo’rg’oshin, rux, mis hamda yer bag’rida kam uchraydigan metallar zahiralari juda katta ekanligini aytib o’tish zarur. Qimmatbaho rangli va radioaktiv metallar tarkibida birga uchraydigan foydali komponentlar sifatida kamyob va nodir elementlarning kattagina miqdordagi zahiralari jamlanganki, bu ularning qiymatini ancha oshiradi. Mamlakatimiz oltin, uran, mis, volfram, qo’rg’oshin, ruh va shu guruhlarga kiruvchi boshqa eng muhim foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralari va ularning ko’paytirish istiqbollari bo’yicha nafaqat MDH mamlakatlari o’rtasida, balki butun dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Masalan, oltinning tasdiqlangan zahiralari bo’yicha O’zbekiston dunyoda 4-o’rinda, uni qazib chiqarish bo’yicha 7-o’rinda turadi. O’zbekiston dunyoda ulkan oltin resurslariga ega bo’lgan mamlakatlar qatoriga kiradi, 41 ta oltin koni, shu jumladan 33 ta oltin-madan koni qidirib topildi. Yevrosiyo qit’asida eng yirik hisoblangan Muruntov koni jahondagi ulkan konlar qatoriga kiradi. Samarqand viloyatida oltin madanli Zarmiton va boshqa oltin konlari axtarib topildi. Shu konlarni o’zlashtirishni jadallashtirish bo’yicha o’tkazilayotgan tenderda dunyoda katta nufuzga ega bo’lgan Avstraliya kompaniyasi g’olib deb topildi. Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinida infratizimi yuksak darajada rivojlangan Qizilolmasoy va Ko’chbuloq konlari topildi. Endilikda, ushbu konlarda cheklangan hajmda qazib chiqarish ishlari olib borilmoqda. Ana shu konlarni o’zlashtirish bo’yicha o’tkazilgan xalqaro tenderda mashhur Yaponiya kompaniyalari g’olib chiqishdi. Keyingi yillarda jahondagi eng yirik oltin rudali mintaqa Qizilqumda Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristantov, To’rboy singari yangi konlar qidirib topilmoqda va o’rganilmoqda. Jami oltin zahirasining 4/5 qismidan ko’prog’i Markaziy Qizilqumda topilgan. Hozircha respublikada aniqlangan oltin konlarining taxminan 1/4 qismi,o’rganilgan konlarning yarmiga yaqini ishlatilmoqda,xolos.
O’zbekiston talaygina kumush zahiralariga ega. Navoiy viloyatida Visokovoltnoe, O’qjetpes va Kosmonachi konlari ishlatishga tayyorlab qo’yilgan. Namangan viloyatida Oqtepa koni o’rganilmoqda. O’zbekistonda uranning (Markaziy Qizilqumda, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarida joylashgan) mineral xomashyo bazasi vujudga keltirilgan, uning negizida Navoiy kon metalurgiya kombinatining bir qator korxonalari ishlab turibdi. Uranning qidirib chamalangan zahiralari qumtoshga taalluqli bo’lib, ularni yuqori samarali va ekologik jihatdan muhofazalangan yer ostida ishqorini yuvish usuli yordamida qazib olish mumkin. Polimetal rudalar Xonjiza, Lashkarak, Uchqulochda tarqalgan. Respublikamiz Uchquloch va Xonjiza konlarida jamlangan qo’rg’oshinning ko’plab zahiralariga ega. Xonjizada qo’rg’oshin va rux bilan birga mis, kumush, kadmiy, selen, oltin ham mavjud. Navoiy viloyatida Markaziy Qizilqumda fosforit konlari qidirib topilgan bo’lib, ular kimyo va boshqa iqtisodiyot tarmoqlari uchun qimmatli xomashyo, qishloq xo’jaligi uchun o’g’it ishlab chiqarish imkonini beradi [11]. Eng muhim tabiiy boyliklardan biri - bu yerosti boyliklari ( mineral va yoqilg’ilar). Ulardan sanoatda, maishiy ehtiyojlarda keng miqyosda foydalanib kelinmoqda.
O‘zbekiston hududida bir necha qora (temir, titan, marganes, xrom), rangli (mis, qo‘rg‘oshin volfram, molibden, qalay, vismut), qimmatbaho (oltin, kumush) metall konlari ham bor. Bulardan eng asosiylari Toshkent viloyatidagi Qalmoqqir, Sariqcheku hamda Dalneye mis konlaridir. Qizilqumdagi Muruntov, Ko‘kpatas va boshqa yerlarda oltinning katta zaxirasi ochilgan bo‘lib, uzoq yillardan buyon keng doirada qazib olinmoqda. O‘zbekiston fosforitlarga ham boydir. Uning katta zaxirasi Markaziy Qizilqumda ochilgan. Kimyoviy xomashyolardan osh va kaliy tuzlari, oltingugurt Hisor tizmasining janubi-g‘arbiy tarmoqlaridagi Oqbosh, Laylimkon, Xo‘jaikonda mavjuddir [3]. Hozirgi vaqtda Barsakelmas konidan olinayotgan tosh tuzidan kaltsiy va kaustik soda ishlab chiqarish maqsadida Qo`ng`irotda soda zavodi qurilgan. Oltin ajratib olishni ko`paytirish bo`yicha ham istiqbolli rejalar mavjud. 1994 yilda tashkil etilgan «Omontov Goljfilds» O`zbekiston-Britaniya qo`shma korxonasi yordamida Dovgistov va Omontov oltin konlari 1998 yilda ishga solindi, «Nyumont Mayning Korporeyshn» (AKSH) va Mitsun (Yaponiya) kompaniyalari o`rtasida Toshkent zonasidagi oltin konlarini o`zlashtirish bo`yicha bitim tuzilgan. Bu ishlarning barchasi pirovord natijada tabiiy boyliklardan unumli foydalanish asosida respublikaning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgandir [12].
Oʻzbekistonda tabiiy xomashyolardan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom gʻisht, guvala, yogʻoch sinch, ganch, oddiy tuproq (loy) dan tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiallari boʻlib kelgan. Humdonlarda pishirilgan gʻisht, sopol, chinni koshin, ganch, yoʻnilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qoʻllanilgan.
O‘zbekiston hududi qurilish materiallariga (qum va shag‘altosh, soz tuproq, kvars qumlari, ohaktoshlar, marmar) hamda yerosti suvlariga juda boydir [3]. Respublikada qurilish materiallari sanoati xalq xoʻjaligidagi sanoat tarmogʻi sifatida XX-asr boshlarida paydo boʻldi. 1913-yilda hozirgi Oʻzbekistonda jami 20 dan koʻproq kichik gʻisht zavodlari, ohak va alebastr ishlab chiqarish korxonalari ishlagan. XX-asrning 20-yillaridan boshlab dastlabki Qurilish materiallari sanoati korxonalari (sement, gʻisht zavodlari) qurilishi boshlandi va qisqa muddatlarda sement sanoati, shisha-oyna sanoati, toshga ishlov berish (toshtaroshlik), noruda qurilish materiallari korxonalari barpo etildi.
XXI-asr boshida respublikaning koʻp tarmoqli qurilish materiallari sanoatida sement, asbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq tom va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, polimer xomashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir-beton konstruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlandi. Tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlanadi.
Qurilish materiallari sanoati tarmoqlari yuksak mexanizatsiyalashgan va xalq xoʻjaligining qurilish materiallariga boʻlgan talabini toʻla qondiradi. Xorijiy investorlar ishtirokida yangi qoʻshma korxonalar qurilmoqda, ishlab turgan korxonalar zamonaviy texnologiya bilan jihozlanib kengaytirilmoqda. 2003-yilda Oʻzbekistonda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning umumiy hajmida Qurilish materiallari sanoatining salmogʻi 4,9% ni tashkil etdi. Tarmoqda faoliyat koʻrsatadigan eng yirik tashkilot "Oʻzqurilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi (1997-yilda tashkil etilgan)dir. Uning tarkibidagi 80 ta korxona (23 ta aksiyadorlik jamiyati, 39 ta masʼuliyati cheklangan jamiyat, 14 ta xususiy korxona, 4 qoʻshma korxona) respublikada obyektlar qurilishini barcha turdagi qurilish materiallari bilan taʼminlaydi [12].
Qurilish materiallari sanoati milliy iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlari bilan aloqadadir. Zavod va fabrikalar, uy-joylar, yo‘llar hamda irrigatsiya inshootlarining ko‘plab barpo etilishi bilan qurilishbop materiallarga talab ham ortib boraveradi. Binokorlik uchun muhim bo‘lgan sement Quvasoy, Ohangaron, Angren, Navoiy va Bekobod shaharlarida hamda Zafarobod shaharchasida ishlab chiqarilmoqda. Ohangaron va Navoiy sement kombinatlari eng yirik kombinatlar hisoblanadi. Angren gilmoyasi negizida bezakbop oq sement ishlab chiqariladi. 2018-yil Surхоndаryodа yanа bir yirik sеmеnt zаvоdi ishgа tushdi. Shеrоbоd tumаnidа «Оlmаliq kоn-mеtаllurgiya kоmbinаti» аksiyadоrlik jаmiyati tоmоnidаn bаrpо etilgаn sеmеnt zаvоdi fоydаlаnishgа tоpshirildi. Ushbu sеmеnt zаvоdi vоhаdа qurilish sаnоаtini zаmоn tаlаblаri dаrаjаsidа rivоjlаntirishdа, zаmоnаviy qurilish mаtеriаllаrini ko‘pаytirish vа ishlаb chiqаrilаyotgаn mаhsulоtlаrni ekspоrtgа yo‘nаltirishdа muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Техnоlоgik qismi turkiyalik hаmkоrlаr tоmоnidаn аmаlgа оshirilgаn mаzkur zаvоdning Shеrоbоd tumаnidа bunyod etilishining o‘zigа хоs аfzаlliklаri bоr. Chunki eng yirik, ya’ni 708 milliоn tоnnа sеmеnt хоmаshyosi, shu jumlаdаn, 530 milliоn tоnnа оhаktоsh vа 178 milliоn tоnnа tuprоq (glinа) mаvjud kоnlаr аynаn shu hududdа jоylаshgаn. Ushbu invеstitsiya lоyihаsining аmаlgа оshirilishi nаtijаsidа bu yеrdа yiligа 1,5 milliоn tоnnа yuqоri sifаtli sеmеnt ishlаb chiqаrish yo‘lgа qo‘yildi. Surхоndаryo vilоyatining gеоgrаfik jоylаshuvi nаfаqаt yurtimizdа аmаlgа оshirilаyotgаn, bаlki qo‘shni dаvlаtlаr, shu jumlаdаn, Аfg‘оnistоn Rеspublikаsidа hаm kеng ko‘lаmdаgi qurilish bunyodkоrlik ishlаri uchun zаrur bo‘lgаn sеmеnt mаhsulоtining ichki vа tаshqi bоzоrdа o‘z хаridоrini tоpish imkоniyatini bеrаdi. O‘zbekiston chiroyli va pishiq marmarga boy. Yurtimizda topilgan 34 ta marmar konining 5 tasidan marmar qazib olinmoqda. G‘ozg‘on koni marmar zaxirasining ko‘pligi, yuqori sifatliligi jihatidan jahondagi eng mashhur konlardan biridir. Undan qazib olingan marmar sobiq Ittifoq davrida boshqa mahsulotlar kabi Markazga tashib ketilardi. Moskva, Sankt-Peterburg shaharlaridagi metropolitenlarning ko‘plab bekatlari va boshqa inshootlar G‘ozg‘on marmari bilan bezatilgan. Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatri, «O‘zbekiston», «Toshkent Palace» kabi mehmonxonalar, Toshkent metropoliteni hamda boshqa ko‘pgina ulug‘vor madaniy-maishiy binolar qurilishiga ham shu kon marmarlari ishlatilgan. Toshkent shahridan 74 km shimoli-sharqda joylashgan Orkutsoy konida qora, oq va kulrang marmar uchraydi. Toshkent va G‘azalkent marmar zavodlarida marmarga pardoz beriladi. Bezakbop toshlarning umumiy zaxiralari 85 mln kub metrdan ortadi. Ular toshni qayta ishlaydigan korxonalarni yuz yillar davomida xomashyo bilan ta’minlay oladi. Chirchiq shahri yaqinida mahalliy xomashyo asosida ishlaydigan deraza oynalari ishlab chiqariladigan zavod faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdеk, Jizzах vilоyatidа Хitоy kоmpаniyasi ishtirоkidа bоshlаngаn оynа zаvоdi qurilishining birinchi bоsqichi yakunigа yеtdi. Zаvоd fаоliyatining to‘liq yo‘lgа qo‘yilishi 2019-yilgа rеjаlаshtirilgаn. Shu tаriqа Jizzах оynа zаvоdi Маrkаziy Оsiyodа ushbu turdаgi mаhsulоtlаr ishlаb chiqаruvchi eng yirik kоrхоnаgа аylаnаdi. Qurilishning asoslaridan biri temir-betondir. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro viloyatlarida temir-beton buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Xorazm, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida silikat bloklari ishlab chiqaradigan zavodlar qurilgan. Jizzaxdagi silikat zavodi Mirzacho‘l xo‘jaliklari, shaharlari va shaharchalari uchun devor bloklari, panellar, poydevorlar, zinapoyalar va boshqa silikat buyumlari tayyorlaydi. Bino, ko‘prik, yo‘l va boshqa inshootlar uchun barcha qismlar maxsus zavodlarda tayyorlanadi. Binоkоrlikdа tаyyor qismlаrni qurilish inshооtigа tаshib kеltirish bir munchа qiyin bo‘lgаnidаn ulаrni ishlаb chiqаrаdigаn kоrхоnаlаrni jоylаshtirishdа ikki yo‘ldаn birigа аmаl qilinаdi. Kаttа vа оg‘ir qismlаr tаyyorlаydigаn kоrхоnаlаrni, аsоsаn, qurilish kеng ko‘lаmdа оlib bоrilаdigаn yirik shаhаrlаr, sаnоаt rаyоnlаri yaqinidа qurish mаqsаdgа muvоfiq. Yoki хоmаshyo to‘g‘ridаn to‘g‘ri inshооt bаrpо etilаdigаn jоygа kеltirilib, ulkаn qurilishlаr quymа usuldа hаm tiklаnаdi.Bundа binоkоrlik mаtеriаllаri tеjаlаdi, tехnikаdаn unumli fоydаlаnilаdi hаmdа qurilish sur’аti jаdаllаshаdi. Mustаqillik shаrоfаti bilаn bаrchа vilоyatlаrdа qurilish ishlаri misli ko‘rilmаgаn dаrajаdа аvj оlib kеtdi. Yangidаn yangi ijtimоiy оbyеktlаr, ishlаb chiqаrish kоrхоnаlаri, аvtоmоbil vа tеmiryo‘llаr qurilа bоshlаdi. Shаhаr vа qishlоqlаrdа zаmоnаviy binоlаr qаd ko‘tаrmоqdа. Аyniqsа, mаmlаkаtimiz pоytахti tаnib bo‘lmаs dаrаjаdа go‘zаllаshdi. Mаmlаkаtimizdа qishlоq аhоli punktlаrining qiyofаsini tubdаn o‘zgаrtirish, nаmunаviy lоyihаlаr аsоsidа yangi uy-jоylаr qurish, qishlоqdа yangi infrаtuzilmаni shаkllаntirish hisоbidаn qishlоq аhlining hаyotini yanаdа yaхshilаshgа аlоhidа e’tibоr qаrаtilmоqdа. Shu mаqsаdda 2009-yildаn bоshlаb qishlоq jоylаrdа qulаy vа kоmmunаl хizmаt shаrоitlаrigа egа bo‘lgаn yakkа tаrtibdаgi turаr jоy mаssivlаrini kоmplеks qurish ishlаri bоshlаndi. Mаmlаkаtimizning bаrchа qishlоq tumаnlаridа nаmunаviy lоyihаlаr аsоsidа 1200 dаn оrtiq yangi uy-jоy mаssivlаri bаrpо etildi, 117,5 mingdаn ziyod yakkа tаrtibdаgi uy-jоy fоydаlаnishgа tоpshirildi. Binоkоrlik ishlаrining аvj оlishi qurilish mаtеriаllаri sanoatining yuksаlishigа оlib kеlmоqda.

Download 112,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish