II.BO’LIM. O’ZBEKISTONDA TABIIY RESURSLARNI MUHOFAZA QILISH
II.1. O’lkamiz tabiiy resurslarini muhofaza qilish
Tabiat inson, jamoa va jamiyat vujudga kelishidan oldin ham mavjud bo’lgan. Butun taraqqiyot davomida insonning tabiatga,uning boyliklariga ta’siri kuchayib borgan. Shu sababli tabiatni, atrof muhitni muhofaza qilish hozirgi kunning eng dolzarb olamshumul (global) muammosi hisoblanadi. O’zbekiston tabiati va tabiiy boyliklarini muhofaza qilish —inson uchun zarur bo‘lgan qazilma boyliklardan oqilona foydalanish, suv va havoni toza saqlash, tuproqni eroziyadan saqlash, o‘simlik va hayvonot dunyosini tabiiy holicha asrab qolib, qayta tiklashni hamda xushmanzara joylar (sharshara, shovva, ajoyib manzaralar, buloq va boshqalar)ni tabiiy holicha saqlash kabilarni o‘z ichiga oladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, vayron bo‘lishdan, yo‘q bo‘lib ketishdan, oqilona foydalanmaslikdan muhofaza etilishi lozim. O`zbekistonda tabiat muhofazasi ishi mamlakat mustaqilligining dastlabki yillaridayoq konstitutsion asosga qo`yildi. Suv boyliklarini toza saqlashdagi asosiy vazifa korxonalardan chiqayotgan iflos suvlarni tozalab, zararsizlantirib, so’ngra suv havzalariga tashlashga erishishdan iborat.
O‘zbekistonning tuproq qatlamini eroziyadan saqlash, uning unumdorligini tiklash uchun kurashish kerak. Buning uchun ekinlarni sug‘orish qoidasiga rioya qilish, sug‘orishning ilg‘or usullaridan foydalanishga o‘tish zarur. Ekinlarning hosildorligini oshirish uchun ko‘proq organik o‘g‘itlar (go‘ng) dan foydalanib, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi biologik usul bilan kurashishga erishish zarur. Respublikamiz havosining musaffo, xushmanzara yerlarining ko‘p bo‘lishi, avvalo, yashil o‘simliklarga, ayniqsa, o‘rmonlarga bog‘liq. Aholining o‘rmonlarga, ayniqsa, mevali (yong‘oq, pista, bodom, do‘lana va hokazo) va dorivor (zira, piyoz, anzur, qoraqand, oqqayin, yetmak va boshqa) o‘simliklarga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishi tufayli ular kamayib ketmoqda. Shu sababli dam oluvchilar, sayyohlar, o‘quvchilarga o‘simliklarni nobud qilmaslik, ularning mevasini, urug‘ini ruxsatsiz yig‘maslik kabi tushuntirish va targ‘ibot ishlarini keng olib borish zarur. O‘zbekiston tabiatining ko‘rkamligi uning hududida nodir tabiat go‘shalari (ajoyib soy, jilg‘a, buloq, sharshara, shovva, noyob daraxtlar, har xil jinslar, ochilib qolgan qoyalar, g‘orlar, korizlar, sardobalar va hokazolar)ni tabiiy holicha saqlab qolishga bog‘liq. Davlat qo‘riqxonalari, milliy, tarixiy-tabiiy va yodgorlik bog‘lari, buyurtmaxonalar, tabiat yodgorliklari, botanika va zoologiya bog‘lari, dendrariya bog‘lari, shuningdek Xalqaro Qizil kitobga va O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar hamda o‘simliklar alohida muhofaza qilinadigan tabiat hududlari va obyektlari jumlasiga kiradi. O‘zbekistonda turi, soni kamayib borayotgan noyob o‘simlik va hayvonlarni hisobga oluvchi ikki jildli «O‘zbekiston Qizil kitobi» nashr etilgan. O’zbekiston tabiatini muhofaza qilishda qo’riqxona, milliy bog’ va buyurtmaxonalarning ahamiyati juda katta. O’zbekiston hududida 2016-yil holatiga ko’ra 8 ta davlat qo’riqxonasi, 3 ta milliy bog’, 12 ta buyurtmaxona, 1 ta biosfera rezervati hamda 3 ta parvarishxonalar mavjud. Mustaqillik yillarida respublikada atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarini boshqarib turadigan qariyb 30 ta qonun va 350 dan ortiq me'yoriy huquqiy hujjat qabul qilindi. 1966-yil 27 dekabrda O’zbekiston Respublikasida ,,Atmosfera havosini muhofaza qilish tog’risida’’ qonun qabul qilindi. Undan maqsad atmosfera havosini tabiat kompleksining muhim komponenti sifatida muhofaza qilishdir qonunning vazifasi atmosfera havosi tarkibini saqlash turli xil kimyoviy biologik , fizik va boshqa ta’sirlarning oldini olish davlat yuridik jismoniy shaxslarning shu sohadagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishdir. Mamlakatimiz hududidagi hayvonot dunyosini asrab-avaylash,ularni hayotiga befarq bo’lmasligimiz lozim. Chunki hayvonlar ham tabiatda o’z o’rniga ega. O’zbekistonning hayvonot dunyosi o’ziga xos endemik hayvon turlari bilan birga O’rta dengiz, Yevropa, Sibir, Mo’g’uliston, Hindiston, Tibet, Qozog’iston, Shimoliy Afrika faunasining vakillari ham ko’plab uchratamiz. Bu ham hayvonot olamining turli-tumanligiga olib keladi [6]. Respublikada tabiat muhofazasiga doir o`nlab Qonunlar ishlab chiqib qabul qilinganki, bular atrof muhitning sofligini saqlash va tabiiy boyliklardan foydalanishni tartibga solib turishda ta'sirchan yuridik hujjat bo`lib xizmat qiladi [12].
Do'stlaringiz bilan baham: |