18
-
iqtisodiy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
-
moliyaviy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
-
ish faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
-
moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
-
bozor faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
-
davlat budjeti bilan aloqalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
-
to‘lov qobiliyati va to‘lovga qodirlikni ifodalovchi ko‘rsat-
kichlar.
Yuqorida jahon amaliyotida iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda tahlil
fanining ham shakllanishi, rivojlanishi va mustaqil fan sifatida tashkil
topishining tarixiy bosqichlari haqida fikr yuritildi. Buxgalteriya hisobi
fanining yaratilganligiga 500 yildan oshdi. Shu fan negizida «Iqtisodiy
tahlil» fani vujudga kelganligiga ham 100 yilga yaqinlashdi. O‘zbekis-
tonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishda bu
fanning
roli juda katta, chunki, amaliyotda iqtisodiy dastaklarning biri
sifatida namoyon bo‘lmoqda.
90-yillarning boshlariga kelib O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga
kiritgach barcha sohalarda bo‘lgani singari ilm-fan sohasida ham
o‘zining mustaqil yo‘lini tanlab oldi. Xususan, iqtisodiyot tarmoqlarida
iqtisodiy tahlilga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgara boshladi.
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish bir tomondan,
korxonalarning mustaqil faoliyati uchun katta imkoniyat yaratib bersa,
ikkinchi tomondan ularning mas’uliyatini ham oshiradi. Korxonalarning
iqtisodiy erkinligi va mas’uliyatining oshganligi ularning o‘z faoliyatini
chuqur tahlil qilishni taqozo etadi.
Albatta, iqtisodiy tahlil ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali
iqtisodiyot sharoitida ham mavjud bo‘lgan. Ammo,
uning maqsadi va
mohiyati, rejali iqtisodiyotga moslashtirilgan bo‘lib, bevosita rejaning
shakllanishi va bajarilishiga xizmat qilishga qaratilgan edi. Uning maz-
muni esa, ma’lum darajada, mafkuraviy bo‘lib, avvalo, davlat manfaatini
ifodalab kelgan, chunki, barcha mulk va uni tasarruf etish bevosita
davlatning ixtiyorida edi. Endilikda iqtisodiy vaziyat tubdan o‘zgardi.
Davlatning mulkka va barcha iqtisodiy jarayonlarga egaligi barham
topib, ko‘p mulkchilikka asoslangan, bozor munosabatlarini o‘zida ifoda
etadigan, mazmun jihatidan yangi iqtisodiyot shakllanmoqda. Bu esa,
shunga mos ravishda mazmunan yangi «Iqtisodiy tahlil» fanini
shakllantirilishini taqozo etadi.
Endigi «Iqtisodiy tahlil» fani, eng avvalo,
hech qanday mafkuraga
tobe emasligi, davlat manfaatini inkor etmagan holda, turli mulk
19
egalarining manfaatlarini o‘zida aks ettirishi bilan o‘ziga xoslik kasb
etadi. Bu
holat mazkur fanning maqsadi, vazifalari, tarkibi, unda
qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini o‘zgartirishni taqozo etadi.
Iqtisodiy tahlil – bu iqtisodiy hodisa va jarayonlar mohiyatini ang-
lash, tarkibiy qismlarga bo‘lishga asoslangan. Ularni ko‘p qirrali aloqa
va bog‘liqligini o‘rganishdir. Tahlil fanining paydo bo‘lishi har qanday
yangi bilimlarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan obyektiv sharoit va
talablarni vujudga kelishidir.
Birinchi navbatda – kompleks va tizimli tahlilga bo‘lgan amaliy
talabning
vujudga kelish sababi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoj-
lanishi, ishlab chiqarish munosabatlarining takomillashuvi, ishlab
chiqarish ko‘lamining kengayishidir. Bunday sharoitda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik subyektlarida qo‘llanilib kelingan tahliliy hisob-
kitoblar, faraz qilishlarning qo‘llanilishi yirik xo‘jalik subyeklari sharoi-
tiga yetarli bo‘lmay qolishi, korxona faoliyatini har tomonlama qamrab
olgan kompleks iqtisodiy tahlilsiz murakkab
iqtisodiy jarayonlarni
boshqarish va optimal qarorlar qabul qilish mushkul bo‘lib qoladi.
Tahlil fanining O‘zbekistonda yaratilish tarixini taxminan 5
bosqichga bo‘lish mumkin. Respublikamizda «Iqtisodiy tahlil» fanining
yaratilish va rivojlanish tarixini quyidagi jadvalda ifodalab o‘tish
mumkin (2-chizma).
Sobiq ittifoq olimlari ichida xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish fani
bo‘yicha o‘zbekistonlik olimlarning mavqei uzluksiz oshib bordi. Bu
fanga bag‘ishlangan qator monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar
va ilmiy maqolalar chop etila boshlandi.
Respublikamizda 60-70-yillarda tahlil fanining tashkil topishi va
shakllanishida asosiy mavqeni samarqandlik olimlar egallaganini e’tirof
etgan holda, 80-yillarga kelib poytaxtimiz Toshkent shahrida va
respublikaning boshqa hududlarida ham tahlil fani asta-sekin shakllandi
va rivoj topa boshladi. Bu davrga kelib tahlil fanining rivojlanishiga
mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan R.Radjapov, A.S.Sotivoldiyev,
Yo.Abdullayev, O.Mahmudov, X.Shodiyev, N.Xan, A.Shoalimov,
A.T.Ibrohimov, A.Usanov, A.K.Ibragimov, B.Hasanov
va boshqalar
katta hissa qo‘shdilar.
80-yillarda Samarqandda yaratilgan tahlil maktabi a’zolari ham o‘z
an’analarini davom ettirib, yuqori va sermahsul ijod qildilar. Bu davrga
kelib samarqandlik olimlardan I.T.Abdukarimov, M.Pardayev va
A.A.Abdiyevlar hamkorligida «Xo‘jalik faoliyatining tahlili»ga
bag‘ishlangan to‘rt tomlik albom yaratdilar.
20
1984-yilda I.T.Abdukarimov tomonidan «Matbuot kooperatsiyasi
xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» nomli darsligi Moskvaning
«
Экономика
» nashriyotida chop etildi. Bu darslik Ittifoqdagi barcha
kooperativ institutlariga va «Buxgalteriya hisobi nazorat va xo‘jalik
faoliyatining tahlili» bo‘yicha mutaxassislik tayyorlaydigan barcha oliy
o‘quv yurtlariga tavsiya qilindi. Bu darslikni keng jamoatchilik
tomonidan juda yaxshi kutib olindi. Natijada 1989-yilda
ushbu darslik
aynan ana shu nashriyotda qayta ishlangan va to‘ldirilgan variantida
qaytadan nashrdan chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: