2.2.Viloyatda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va dinamikasi
Aholining sihat salomatligini ta‘minlash va ish qobiliyatini saqlashda xalq yengil sanoat mahsulotlariishlab chiqarish va iste‘mol qilish katta o’rin tutadi. Xalq yengil sanoat mahsulotlariasosan yengil va oziq- ovqat sanoati, qisman og’ir sanoatda ishlab chiqariladi. Xalq yengil sanoat mahsulotlariishlab chiqarish va uni aholiga etkazib berishda bir qator omillarning roli inobatga olinadi. Jumladan aholi zichlik va urbanizatsiya ko’rsatkichlari yengil sanoat mahsulotlariishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Aholi zichligi yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga o’z ta‘sirini o’tkazmay qolmaydi. CHunki aholi nisbatan zich yashaydigan mintaqalarda yengil sanoat mahsulotlarining iste‘mol darajasi yuqoriroq va zichroq bo’ladi. SHuningdek bu turdagi maxsulotlarni ishlab chiqarish tarkibi va assortimenti hamda ularni taqsimlash ham katta ahamiyatga ega.
Farg’ona viloyatida aholi zichligi 01.01.2017 ma‘lumoti bo’yicha 1 km kv ga 527,3 kishi to’g’ri kelib, respublikada faqat Andijon viloyatidan keyin turadi.
Bu ko’rsatkich O’zbekiston o’rtacha zichligidan 7,7 marta, Navoiy viloyatidan 56 marta ko’pdir. Aholi zichligi 1990 yilda 1 km kv ga 326,6 kishiga, 2000 yilda esa 397,8 kishiga teng edi. Bunday bo’lishiga sabab, Farg’ona viloyati iqtisodiy jihatdan yaxshi o’zlashtirilgan sanoat va qishloq xo’jaligi yaxshi rivojlangan viloyatlardan hisoblanadi.
Lekin iqtisodiy- ijtimoiy va geografik sabablarga ko’ra viloyatning ichki qismida aholi zichligi va joylashuvi bir xil emas. Viloyatning yirik shaharlari
Farg’ona, Qo’qon, Marg’ilon, Quvasoy shaharlarida aholi zichligi 1 km kvga 1000 kishidan (Quvasoy shahridan tashqari) ko’proqni tashkil etib, ular alohida guruhga mansub. Ularda aholi zichligi mos ravishda 2701,9 kishi, 6481,1 kishi va 5414,6 kishini tashkil etadi (Quvasoy shahrida bu ko’rsatkich 331,4 kishiga teng). Qishloq tumanlarida aholi 1 km kvga to’g’ri keladigan aholi zichligi bo’yicha guruhlanganda quyidagi ko’rinish yuzaga keladi:
Aholi zichligi 1 kv km ga 600 kishidan ortiq bo’lgan tumanlar. Bularga
Toshloq, Uchko’prik, Rishton, Buvayda tumanlari kirib, jami viloyat aholisining 22,7 % i yashaydi.
Aholi zichligi 500-600 kishigacha bo’lgan tumanlar bo’lib, bularga Bag’dod va Quva tumanlari kiradi hamda viloyatning 12,5 foiz aholisi yashaydi.
YUqoridagi tumanlar iqtisodiy jihatdan yaxshi o’zlashtirilgan bo’lib, tabiiy sharoiti, tabiiy resurlari boy va xilma xilligi, transport tizimining yaxshiligi aholi tomonidan o’zlashtirilishiga olib kelgan.
Aholisining zichligi 400-500 kishiga to’g’ri keluvchi tumanlar bo’lib, bu guruhga faqat Qo’shtepa tumani kiradi. Bu tumanda viloyat aholisining 5 % i yashaydi.
Aholi zichligi 300-400 kishiga to’g’ri keluvchi tumanlar. Bu guruhga mansub tumanlar eng katta guruhni tashkil etib, jami 6 ta tumanni o’z ichiga oladi.
Bu tumanlar qatoriga Dang’ara, Oltiariq, So’x, Farg’ona, Furqat, O’zbekiston tumanlari kiradi. Jami viloyat aholisining 27,4 %i shu tumanlarda istiqomat qiladi.
Aholi zichligi 300 kishigacha bo’lgan tumanlar. Bu tumanlar guruhi Beshariq va YOzyovon tumanlarini o’z ichiga oladi. Bu tumanlarda viloyat aholisining 9% ga yaqin qismi istiqomat qiladi.
Uchinchi, to’rtinchi va beshinchi guruhdagi tumanlar keyingi yillarda keng iqtisodiy jihatdan o’zlashtirilib borilayotgan tumanlar bo’lib, yana bu hududlarda qishloq xo’jaligi uchun nobop hisoblangan tog’lar, adirlar va cho’l zonalarining mavjudligi tufayli zichligi oldingi areallarga qaraganda kamroqdir.
Farg’ona viloyatida yengil sanoat mahsulotlari tarkibida ip-gazlama ishlab chiqarish yillar davomida o’zgarib kelgan (6-rasm).
6-rasm.
Manba: Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
YUqoridagi ma‘lumotlar tahlili shuni ko’rsatadiki so’nggi to’rt yillikda viloyatda ip-gazlama ishlab chiqarish ko’rsatkichlari o’zgarib turgan. 2015 yilda eng kam ip-gazmala ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2014 yilda eng ko’p ip gazlama ishlab chiqarilgan.
Viloyatda chulki-paypoq va poyabzal ishlab chiqarishda respublikamizda o’z o’rniga ega viloyat hisoblanadi. Viloyatda 2014-2017 yillarda bu mahsulotlarni ishlab chiqarish ko’rsatkichlari turli darajada bo’lgan(67-rasm).
2014-2017 yillar mobaynida eng ko‘p chulki paypoq ishlab chiqarish 2016 yilga to‘gri keligan bo‘lib, shu yilda 12,5 mln juft chulki-paypoq ishlab chiqarilgan. 2017 yilga kelib chulki paypoq ishlab chiqarish 12,2 mln juftga tushib qolgan.
Poyabzal ishlab chiqarishning eng yuqori ko‘rsatkichi 2015 yilga to‘gri kelib, 5,1 mln juft poyabzal ishlab chiqarilgan bo‘lsa, qolgan yillarda bu ko‘rsatkich ancha past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan.
7-rasm
Manba: Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Viloyatda gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 2014 yildan 2017 yilgacha o‘sib borgan. 2017 yilda viloyatda 1052,2 ming kv m gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilgan(8-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |