Sanoat ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari dinamikasi
Manba:Stat.uz sayti
Shuni ta`kidlash lozimki, 2016 yilda respublikaning jami sanoat ishlab chiqarilishi hajmi asosan Toshkent shahri (21,0%), Toshkent (15,1%), Navoiy (9,5%), Qashqadaryo (8,6%), Farg`ona (7,2%), Andijon (7,1%) va Samarqand (6,7%) viloyatlari hisobidan shakllangan bo`lib, juda katta bo`lmagan ulushi esa Jizzax (1,8%), Surxondaryo (2,0%) va Xorazm (2,5 %) viloyatlariga to`g`ri kelmoqda. (2-rasm)
2016 yilda hududlar kesimida sanoat ishlab chiqarishning aholi jon boshiga hajmi Navoiy viloyatiga (11395 ming so`m), Toshkent shahriga (9761 ming so`m), Toshkent (5998 ming so`m), Sirdaryo (4421 ming so`m) va Qashqadaryo (3151 ming so`m) viloyatlariga to`g`ri keladi. Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishning eng past hajmi esa Surxandaryo (903 ming so`m) va Namangan (1323 ming so`m) viloyatlarida kuzatilmoqda.
2-rasm 2016 yilda O`zbekiston Respublikasida jami sanoat ishlab chiqarish hajmida hududlarning ulushi
Manba:Stat.uz sayti
Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida yuqori qo`shimcha qiymat bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagi sohalarda o`sdi: oziq-ovqat, tekstil, kimyo, farmatsevtika preparatlari va boshqa sohalarda.
Faqat 2016 yilning o`zida, o`tgan yilga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`sishi, qayta ishlash sanoatida – 6,4%ni, shu jumladan, asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlar ishlab chiqarish bo`yicha – 40,3%ni, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlar – 34,4%ni, boshqa nometall mineral mahsulotlar – 20,9%ni, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, tamaki mahsulotlari – 10,8%ni, to`qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechaklar, charm mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha – 9,0%ni tashkil etdi.
Shu bilan birga, so`nggi yillarda neft-gaz korxonalariga sezilarli miqdorda kapital qo`yilmalar sarflanishiga qaramay, 2016 yilda, gaz qazib chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish hajmining o`sishi 2015 yilga nisbatan atigi 2,0%ni tashkil etgan, neft qazib chiqarish bilan shug`ullanuvchi korxonalarda esa ishlab chiqarish hajmlari 3,3%ga pasaygan.
Shuningdek, 2016 yilda, koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida (2015 yilga nisbatan 97,1%), kompyuter, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarida (78,4%), avtotransport vositalari, treylerlar va yarimpritseplar ishlab chikarish korxonalarida (50,6%), mashinalar va asbob-uskunalarni ta`mirlash va o`rnatish korxonalarida (96,4%) ishlab chiqarish hajmlari pasaygan, metallurgiya sanoatida esa uncha ko`p bo`lmagan o`sish (101,6%) kuzatilgan.
O’zbekiston o’zining rivojlanish modelini izchil amalga oshirishi natijasida, boshqa sobiq ittifoqi mamlakatlariga nisbatan qisqa muddatlarda, ya‘ni 1996 yildayoq iqtisodiy pasayishning oldini oldi, makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minladi va iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar bilan bog’liq asosiy iqtisodiy masalalarni amalga oshirishga kirishdi.
1996-2017 yillar davomida iqtisodiy o’sishning o’rtacha yillik sur‘atlari 6,4 % ni tashkil qildi.
Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish aholi iste‘molini o’rganishda va amaliyotda qo’llanilishida samara berishi mumkin. Natijada esa aholi turmush tarzining mehnat resurslari va ishlab chiqarishning joylashuvidagi tafovutlar ko’rinib qoladi.
Iqtisodiy geografiyaning aholi iste‘molining o’rganishdagi vazifasi quyidagicha olib boriladi:
-Aholi iste‘molida oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyafzal, maishiy texnika maxsulotlarining hajmi va tarkibini hududiy jihatdan tahlil qilish;
-Aholi iste‘molining vujudga kelishi va ishlab chiqarish imkoniyatlarini ta‘minlashda tabiiy –geografik muhitni o’rnini baholash;
-Sotsial- iqtisodiy, tabiiy geografik, demografik va boshqa omillarning kompleks o’zaro ta‘sirining iste‘mol tarkibi va darajasiga ta‘sirini o’rganish;
-Iste‘molning uzoq rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini ishlab chiqish;
-Mamlakatning biror hududida aholi iste‘moli darajasini belgilash, iste‘molning nisbiy normasini aniqlash, bu mintaqaning mamlakatning boshqa mintaqasi bilan to’laligicha solishtirish va tafovutlarni aniqlash;
-Aholining iste‘mol imkoniyatlari yaxshilash, rejalashtirish va prognozlashtirishni xulosalash.
Yengil sanoatda keng iste'mol mollari ishlab chiqariladi va u quyidagi tarmoqlardan iborat: ip-gazlama, jut, jun, trikotaj, ko'n, poyabzal, mo' yna va boshqalar.
Yengil sanoatga xom ashyoni asosan qishloq xo'jaligi yetkazib beradi (paxta, zigir tolasi, jun, ko'n (teri, mo'yna), hozirgi paytda kimyo sanoati maxsulotlari ham yengil sanoat xom ashyosi bo'lib hisoblanadi (sun'iy tola).
Ip-gazlama, jun gazlama, shoyi va zigir tolasidan gazlama ishlab chiqarish to'qimachilik sanoatini tashkil qiladi.
Gazlama to'qish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat:
— xom ashyoga dastlabki ishlov berish boskichi, paxta tozalash, zigir tolasiga ishlov berish, jun yuvish (pillachilik korxonalarida amalga oshiriladi);
— ip yigirish bosqichi (ip yigiradigan korxonalarda amalga
oshiriladi);
— gazlama to'qish bosqichi (to'qimachilik korxonalarida amalga
oshiriladi);
— pardozlash bosqichi (bo'yash va gul bosish sexlarida amalga oshiriladi).
Ushbu barcha bosqichlar aloxida-aloxida joylashgan yigirish, to'qish yoki pardozlash fabrikalarida amalga oshirilishi mumkin, ammo transport harajatlari (har bir fabrikadan yuklarni olib ketish va tushirish) maxsulot tannarxini oshirib yuboradi. Demak, to'qimachilik ishlab chiqarishini bir korxonada-kombinatda to' pl ash foydaliroq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |