I bob. XX asr boshida Turkistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi



Download 64,17 Kb.
bet6/10
Sana29.06.2022
Hajmi64,17 Kb.
#717463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi. Turkiston iqtisodiyotida Rossiya kapitaling kirib kelishi va monopolistik movqeyining kuchayib borishi

Sanoat rivojlanishi

Sanoatda ham ahvol unchalik yaxshi emas edi. Paxta "vasvasasi"gacha Turkistonda yirik sanoat ishlab chiqarishi amalda yo`q darajada edi. Mahalliy ishbilarmonlarning faolligi mayda hunarmandchilik ishlab chiqarishga asoslangan edi.

XIX asr oxirida o`lkada mahalliy sanoat rivojlana boshladi. U Rossiya sanoatining agrar-xomashyo qo`mitasi sifatida sof mustamlaka xususiyatiga ega edi. Korxonalarining 70 foizini paxta tozalash sanoati, 7 foizini moy ishlab chiqarish korxonalari, 5 foizini oziq-ovqat sanoati tashkil etardi. Sanoat o`ta zaif rivojlangandi, ayni mahalda u bir yoqlama xususiyatga ega bo`lib, asosan Rossiya irnperiyasi ehtiyojlari uchun xizmat qilardi.

Ishlab chiqarishning bunday xususiyati Turkistonning Rossiya bilan savdo munosabatlariga ham ta’sir etardi. Rossiyadan un, bug`doy, javdar, oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, to`qimachilik matolari, ip-gazlama buyumlar, jun, shoyi keltirilardi. 1867— 1900-yillarda Turkistonda 175 ta sanoat korxonasi ishga tushirildi, ularning 80 foizi paxtani birlamchi qayta ishlash bilan shug`ullanardi.11

Turkistonda don yetishtirish keskin kamaydi, bu hol aholini oziq-ovqat mahsulotlarini Rossiyadan keltirilishiga bog`liq qilib qo`ydi. Kambag`allashgan dehqonlar o`z yer uchastkalarini sotishga majbur bo`lishdi, bu kam yerli va yersiz dehqonlar soni keskin ko`payishiga olib keldi.

Turkistonning Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylanishi dehqonlarnigina emas, hunarmandlar ahvolini ham og`irlashtirdi. Rossiyaga tashib ketilgan paxta gazlama, satin sifatida Turkistonga qaytarilardi, bu esa o`z buyumlarini o`rta Osiyogagina emas, balki qo`shni chet mamlakatlarga ham yetkazib berib turgan o`n minglab to`quvchilar sulolalarini tirikchilik manbaidan mahrum qilib, mahalliy hunarmandchilik sanoatini xonavayron qilardi.12

Rossiya kapitali Turkistonni o`z sanoat mollarini sotadigan monopol bozorga aylantirib, uni jahon bozoriga jalb etdi, biroq Rossiya tovarlarining keltirilishi asrlar davomida mavjud bo`lgan mahalliy hunarmandchilikni siqib chiqardi. Boshqa tomondan Rossiya kapitali Turkistonning metropoliyaga qaramligini kuchaytirish uchun ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga to`sqinlik qilardi. Shunday qilib, Rossiya kapitali mustamlaka xo`jalikka yangi bozor munosabatlarini joriy etib, Turkiston xo`jaligining natural shaklini, uning biqiqligini buzdi.


Download 64,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish