Shaxarlarning rivojlanishi
Podsho Rossiyasi mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanishiga to`g`anoq bo`lardi. Chunonchi, podsho amaldori graf Palen bunday deb yozgandi: "Rossiya Turkistonga egalik qilayotganiga 40 yil bo`lganiga qaramay, tabiiy sharoitiga ko`ra juda boy, Rossiyaning paxta koni bo`lgan bu o`lka sanoat kapitali bilan jonlantirilgani ko`zga tashlanmaydi, sanoat va savdo-sotiq o`sha-o`sha boshlang`ich holatda, yer va yer osti bo`m-bo`sh".8
Toshkent, Samarqand, Qo`qon, Namangan, Andijon, Xo`jand, Kazalinsk, Chimkent Turkistonning yirik shaharlari edi. Harbiy shaharchalar ham bunyod etilib, ularga dastlab rossiyalik harbiylar, amaldorlar va savdo ahli kelib o`rnashardi. Kazalinsk, Petro-Aleksandrovsk, Skobelev, Chernyayevka shunday shaharlardan edi.
XX asr boshida Rossiyadan ko`chib kelgan aholi hisobiga Turkistonda shahar aholisi soni ko`paydi. Masalan, 1910-yilda Toshkentda 210 ming, Qo`qonda 113 ming, Samarqandda 89 ming kishi yashar edi. Kelgindi aholi alohida kvartal (mahalla) bo`lib joylashardi. Chunonchi, Toshkentning markazidan oqib o`tuvchi anhor shaharni eski (musulmon) va yangi (rus) qismlarga bo`lgandi. Yangi mavzelarda ko`chalar keng qilib qurilgan, batartib bog`lar barpo etilgan, suv quvuri (vodoprovod) o`tkazilgan edi. 1909-yilda birinchi elektr stansiya qurildi. Uch yildan keyin esa shahar elektr bilan yoritildi. 1913-yildan boshlab, elektr vositasida yuradigan tramvay paydo bo`ldi.
Tramvay izining uzunligi 23 km edi. Shaharlarda barcha farmonlar, buyruqlar, farmoyishlar va yo`riqnomalar rus tilida chiqarilar, buning natijasida shaharlar ru siyzabonlashib bormoqda edi. Mahalliy aholi bu yerda yashashga ko`nikolmay, eski shaharlardan uy-joy topishga majbur bo`lardi.
Amerika paxtasi narxining ko`tarilishi va uni keltirish bilan bog`liq qiyinchiliklar podsho hokimiyatini paxtani Turkistonda yetishtirishga kirishishga majbur etdi. Mahalliy paxtaningawalgi navlari Rossiya to`qimachilik fabrikalari uchun yaroqsiz edi. UlarAmerika paxtasiga mo`ljallangan ingliz mashinalari bilan jihozlangandi. General-gubernatorning farmoyishi bilan Toshkentyaqinida tajriba-seleksiya bazasi ochildi. Bu yerda 1884-yilda Amerika paxtasi va mahalliypaxta navlarini chatishtirish yo`li bilan yanginav yaratishga erishildi. Uning sifati har ikkalanavnikidan ham yaxshiroq bo`lib chiqdi. "Kudrin va K°" savdo uyi butun hosilni sotibolib, o`sha yilning o`zida Rossiyaga dastlabki 8toy paxtani olib ketdi. Keyingi yili dastlabki 300desyatina yerga yangi paxta navi chigiti ekildi.Samara kutilganidan ham yaxshiroq bo`ldi — bupaxta navi o`sha davrda hosildorligi va sifatibo`yicha eng yaxshi ko`rsatkichga ega bo`libchiqdi. 1886-yilda - 12 ming, 1890-yilda - 59 ming, 1900-yilda - 191 ming,1910-yilda esa 350 ming desyatina yerga ushbu paxta navidan ekildi.Turkiston Rossiyaning paxta mustaqilligini ta’minladi. 1907-yilda Ros-siyaning to`qimachilik fabrikalariga 5 mln pud paxta tolasi tashib ketildi,bu ularning ehtiyojini to`liq qondirdi. Paxta dalasi — paxta tozalash zavodi (Turkiston) — to`qimachilik fabrikasi (Rossiya) tarzida paxtachilik agrar va sanoat majmuasi (kompleksi) tarkib topdi. Paxta yetishtirish uchun maqbul joy hisoblangan Farg`ona vodiysi asosiy paxta yetishtirish bazasi bo`lib qoldi. Vodiyda Turkistondan Toshkent va O’rta Osiyo temiryo`li orqali Moskva, Yaroslavl, Ivanovo-Voznesensk, Riga, Lodzi (Polsha) shaharlari to`qimachilik fabrikalariga to`g`ri olib ketiladigan jami paxtaning 85 foizi yetishtirilar edi.9
Paxta Rossiya va Turkiston iqtisodiyoti integratsiyalashuvining asosi bo`lib qoldi. Uning ko`paytirilishi Rossiya kapitalini jalb qildi. Paxta yetishtirish va sotib olish bilan kamida 30 ta eng yirik savdo idoralari shug`ullahdi. Rossiyadagi eng yirik banklar — Rus-Osiyo, Moskva savdogar va Davlat banklari uning asosiy kreditorlariga aylandi. Biroz keyinroq Poltava va Nijegorodsk— Samara yer banklari bu yerda o`z bo`limlarini ochdilar.
Paxta integratsiyasi kapitalning konsentratsiyalashuviga hamda paxta yetishtirish va sotish bo`yicha yirik savdo-ishlab chiqarish kompaniyalari ochilishiga olib keldi. 1913-yilda "Besh-bosh" gigant paxta-moy shirkati tuzildi, u Turkistonda yetishtiriladigan paxtaning 30 foizini sotib olar, 80 ming tonnagacha paxta tolasini tashib ketar va 160 ming tonna urug`ga ishlov berardi. "Besh-bosh" ixtiyorida 29 ta paxta tozalash zavodi bor edi. Farg`ona vodiysining o`zida 30 ta paxta tozalash zavodi bo`lgan va har yili 118 ming tonna paxta sotib oladigan aka-uka Vadyayevlar savdo uyi uning raqobatchisi edi. 1916-yilda Vadyayevlar Ivanovo-Voznesensk manufakturasini qo`lga kiritib, to`qimachilik buyumlari ishlab chiqarish bo`yicha Yevropada eng qudratli kombinatni tashkil qilishdi, Farg`ona vodiysi paxta dalalari, temiryo’1, paxta tozalash zavodlari hamda Ivanovo-Voznesensk to`qimachilik zavodlari uning tarkibiy qismi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |