I bob. XX asr boshida Turkistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi


Turkistonda Rossiya banklari tarmog`ining ochilishi



Download 64,17 Kb.
bet3/10
Sana29.06.2022
Hajmi64,17 Kb.
#717463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi. Turkiston iqtisodiyotida Rossiya kapitaling kirib kelishi va monopolistik movqeyining kuchayib borishi

1.2.Turkistonda Rossiya banklari tarmog`ining ochilishi

XX asr boshida Turkistonda Rossiya banklari va ularning filiallari ta’sis etildi. Bu davrda Rossiya banklarining faoliyati chet el banklari faoliyati bilan chambarchas bog`liqlikda olib borila boshlagan va ular birgalikda sa’y-harakat qilib, o`z daromadlarini oshirib bormoqda edilar. Bu ishlarni amalga oshirishda davlat banki va Rus-Osiyo banki bo`limlari juda katta rol o`ynadi. General-gubernatorlikning paxta ekiladigan barcha tumanlarida bu banklarning bo`limlari ochildi. Ular paxta tolasini sotib olishardi, kredit berishar edi, paxta tozalash firmalari va neft korxonalarining egalari hisoblanishardi, temiryo’1 qurishardi va h.k.


Rossiya bank kapitalining Turkistonga kirib kelishi sanoat rivojlanishi, temiryo’1 qurilishi, savdo-sotiqning rivojlanishi jadallashuviga xizmat qildi. Biroq Rossiya banklari bo`limlari sudxo`rga aylanib qoldi.6 Ular qarz foizlarini muttasil oshirishar, natijada dehqonlar qarzni to`lash uchun yerini, molini, mehnat qurollarini sotib, tirikchilik qilish uchun shaharga jo`nashga majbur bo`lardi. Chunonchi, 1912yilda aholining kreditlar bo`yicha qarzi 200 mln so`mga yaqin bo`ldi, Toshkent va Andijon viloyatlarida yersiz dehqonlar soni barcha xo`jaliklarning 50 foizini tashkil qildi. Rossiya banklari shu tariqa ko`z ko`rmagan foydani qo`lga kiritib, dehqonlar taqdiri, ularning oilasi, bola-chaqasi haqida umuman qayg`urmas edi.



Temir yo`l qurilishi

Turkistonning boyligini transport tizimini rivojlantiribgina tashib ketish mumkin edi. Millionlab toy paxtani karvon yo`llaridan olib ketish qiyin edi va qimmatga tushar edi. Yuklarni arzon va oson yo’1 bilan tashib ketish uchun temiryo’1 talab qilinardi. Turkistonda birinchi temiryo’1 1880-yil iyunda qurildi. General Skobelev Krasnovodskdan Qizilarvatga artilleriyani tashfib olib borish uchun qum orqali 70 km uzunlikda birinchi temiryo’1 qurishni buyurdi. 1881-yilda temiryo’1 Qizilarvatgacha yetib bordi va uning uzunligi 217 km ga yetdi. Bu paytda poyezdlarni otlar tortmasdi, ular bug` vositasida yurardi. 1885-yil may oyida temiryo`lni Ashxobodgacha yetkazish bo`yicha qurilish ishlari boshlandi. 1888-yil noyabrda Amudaryo ustiga ko`prik qurildi va uning ustidan Samarqandga birinchi poyezd o`tdi. 1898—1899-yillarda Toshkent va Andijongacha bo`lgan oraliqda temiryo’1 qurilishi yakunlandi. 1906-yilda Orenburgdan Toshkentga qadar 2 ming km dan ziyod uzunlikdagi temiryo’1 ishga tushdi. 1914-yildan 1916-yilgacha Namangan — Jalolobod — Farg`ona — Andijon — o`sh temiryo`li qurib bitkazildi, bu yo’1 Rossiyani Xitoy chegaralarigacha olib chiqardi. Endi Farg`onadan Moskvagacha yuk tashish vaqti bir yarim oydan 4 sutkagacha qisqardi. 7Ayni shu paytda Samarqand — Buxoro — Qarshi — Termiz temiryo`H qurilib, Rossiya Afg`oniston chegaralarigacha chiqish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Temiryo’1 qurilishi ikki xil ahamiyatga ega edi. Bir tomondan, temiryo’1 paxtakor mintaqalar yaqinidan o`tar va u yerlardan paxta, foydali qazilmalar, rangli metallarni tashib ketish oson bo`lar edi. Turkistondan Rossiyaga paxta, sholi, mevaqoqi, paxta moyi, neft, mazut, kerosin, tuz, ipak, jun va boshqa ko`plab narsalar tinmay tashib ketilardi. Ikkinchi tomondan, temiryo’1 harbiy ahamiyatga ham ega edi. U Krasnovodskdan Andijongacha borar, bu yo’1 orqali qo`zg`alonlarni bostirish uchun qo`shinlarni bir o`lkadan boshqasiga tezlik bilan yetkazish imkoniyati yaratilgan edi.


Download 64,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish