1.4.Xalqaro iqtisodiy huquqda javobgarlik.
Davlat xususiy shaxslarning hamda transmilliy kompaniyalarning iqtisodiy faoliyati uchun javobgar hisoblanmaydi. Shuningdek, bunday kompaniyalar ham mustaqil yuridik shaxs sifatida o`zi mansub davlatning harakatlari uchun javobgar emas.
Yadro energiyasi, kosmosdagi faoliyat, kimyoviy moddalar bilan bog`liq bo`lgan va “xatarli” deb hisoblangan ishlab chiqarish tufayli ba'zi hollarda yuzaga keladigan vaziyatga ko`ra, muayyan davlat ushbu ishlab chiqarishdan foyd aolsa, shu davlatning bunday faoliyati g`ayrihuquqiy emasligiga qaramay, boshqa davlatlarga undan ziyon yetadi. Keyingi yillarda shu kabi holatlarda davlatlarning fuqarolik-huquqiy javobgarligini belgilaydigan bir qator hujjatlar qabul qilindi.
Bir qancha tankerlar avariyaga uchragandan so`ng, 1969 yilda Dengizni nef't bilan ifloslantirishdan yetkazilgan ziyon uchun fuqarolik javobgarligi to`g`risidagi konvetsiya qabul qilindi. Yadroviy ishlab chiqarishdan ziyon yetkazilgan hollari uchun davlat davlatlar zimmasiga anchagina javobgarlik yuklanganligini Yadroviy kemalar operatolrlarining javobgarligi to`g`risidagi 1962 yil konventsiyasi misolida ko`rish mumkin.
Xalqaro shartnomalar va davlatlar milliy qonunchiligida ko`rib chiqilayotgan holatlar bo`yicha javobgarlikdan ozod qilish imkoniyatlari ham ko`zda tutilgan. Halqaro shartnomalardagi ozod qilish uchun asos, odatda, milliy qonunchilikda ko`zda tutilgan qoidalarning o`zidan iborat bo`ladi. Bunday xalqaro shartnomalarda kompensmatsiyalar chegarasi belgilab qo`yilganligi ularning muhim jihati hisoblanadi.
5.Xalqaro savdo huquqi.
Asrlar davomida savdo aloqalari xalqaro iqtisodiy munosabatlarning amalda bo`lgan yakkayu yagona turi hisoblangan.
Xalqaro savdo munosabatlariga iqtisodiy munosabatlar kabi davlatlarning iqtisodiy va siyosi o`ziga xosligi, shuningdek, ularning o`zaro munosabatlari bilan belgilanadigan xilma-xillik xosdir. Savdo aloqalarini tartibga solishda ikki tomonlama bitimlarning birlamchi ahamiyat kasb etishi ham shu bilan izohlanadi. Ko`ptomonlama xalqaro hujjatlarda bunday bitimlarning ahamiyatiga e'tibor qaratiladi va ulardan foydalanish tavsiya etiladi.
GATT-Jahon savdo tashkiloti.1947 yili xalqaro savdo sohasidagi asosiy hujjat- Ta'riflar va savdo to`g`risidagi bosh bitim-GATT qabul qilingan.
Ushbu bitim savdoni ko`ptomonlama tartibga solishning va shu bilan bir qatorda, xalqaro savdo huquqining asoslarini tashkil etadi.
1964 yili BMT Bosh Assamdleyasi rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlarini ko`zlovchi mustaqil organ –BMTning savdo va taraqqiyot bo`yicha konferentsiyasini (YunKTAD) ta'sis etdi. U davlatlarning tranzit savdosi to`g`risida konventsiya, xom ashyo mahsulotlari savdosi bo`yicha bitimlar, savdo preferentsiyalari global tizimi to`g`risida bitimlar va hokazo hujjatlarni ishlab chiqdi.
-Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) jahon neft bozorida narx-navo barqarorligini ta'minlab turish va uning o`zgarishlariga yo`l qo`ymaslik kabi asosiy vazifani bajaradi.
BMTning Xalqaro savdo huquqi bo`yicha komissiya (YunSITRAL) 1966 yilda ta'sis etilgan. Uning vazifasi xalqaro savdo huquqini uyg`unlashtirish va unifikatsiyalashtirishdan iborat.
Xalqaro savdo palatasi- xalqaro nohukumat tashkilot bo`lib, 1920 yilda ta'sis etilgan, savdo odatlari va amaliyotini umumlashtirish bilan shug`ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |