I bob turkiy tillar tarixida arabizmlarning o‘rni va ahamiyati


Bajarilgan ishlar asosiy natijalari



Download 19,01 Kb.
bet3/3
Sana09.07.2022
Hajmi19,01 Kb.
#764340
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (1)

Bajarilgan ishlar asosiy natijalari. Ish natijalari bo‘yicha
O’zbek tili o’tmishda bir qator qardosh bo’lmagan boshqa tizimdagi tillar
bilan ham aloqda bo’lgan. Bunday tillar fors-tojik va arab tillaridir. O’rta Osiyoda arablar hukmronligi davrida o’zbek-arab tillari aloqasi yuzaga keldi. Bu davrda arab tili davlat va din tili, fan va rasmiy yozishmalar tili sifatida keng tarqaldi.
O’zbek tili bu davrda, bir tomondan, bosqinchilarning og’zaki so’zlashuv tili
bilan, ikkinchi tomondan, arab yozma adabiy tili bilan to’qnashdi. Arab tili
mahalliy aholiga davlat va fan tili, ayniqsa din tili sifatida majburan o’qitildi va singdirilidi. Natijada mahalliy aholi vakillari o’z ona tili bilan bir qatorda arab tilida ham yoza va gapira oladigan bo’ldi. O’rta osiyolik mashhur olimlar Xorazmiy, Beruniy, shuningdek, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg’oniy o’z ilmiy asarlarini arab tilida yozganlar.
Natijada arab tili IX-X asrlarda mahalliy aholi tillariga din-islom tili,
bosqinchi harbiylar tili sifatida mahalliy adabiy tillarga fan, madaniyat, davlat tili sifatida kuchli ta’sir o’tkazdi. Natijada arab tilidan o’zbek adabiy tiliga, qisman o’zbek xalq shevalariga arabcha so’zlar kirib kela boshlagan. Arabcha so’zlarning o’zbek tiliga kirib kelishi ayniqsa VII-VIII asrlarda ko’proq yuz bergan. XIV-XV asr eski o’zbek tilida arab tili leksikasi sezilarli qatlamni tashkil qilgan. Shuning uchun Navoiy asarlari tilida forscha-tojikcha so’zlar bilan bir qatorda arabcha so’zlar ham uchraydi.
Shunday qilib, arab tili bilan o’zbek tili bevosita to’qnashdi. Shunga ko’ra, o’zbek-arab ikkitilliligi kontaktli hodisa hisoblanadi. Bu jihatdan o’zbek-arab tillarining o’zaro aloqasi va ta’siri boshqa turkiy tillardagi mana shunday ta’sirdan farqalanadi. O’zbek tiliga arab tili faqat din-islom tili sifatida emas, balki fan tili, rasmiy idoraviy uslub tili, badiiy adabiyot tili sifatida ham ta’sir etdi. Ammo arab tilining ba’zi tillarga ta’siri, asosan, din tili sifatida yuz berdi. O’zbek tiliga arab tilidan so’z olish, asosan, o’zbek-arab bilingvizmi davrida kuchli bo’ldi. Keyingi davrlarda o’zbek tiliga yangi so’zlar sezilarli darajada qabul qilinmagan, keyinchalik esa o’zbek tiliga kirgan arabcha elementlardan bir qismining eskirishi va o’zbek tilidan chiqish jarayoni yuz berdi. Alisher Navoiy tilida ishlatilgan ko’pgina arabcha so’z va so’z shakllari XIX asr o’zbek tilida, shuningdek, hozirgi o’zbek adabiy tilida uchramaydi. Arab tilining o’zidan bevostia so’z olish XI asrdayoq deyarli to’xtagan edi. Ammo turli davrlarda arabcha yozma manbalarda, shuninhgdek, eski o’zbek tili yozma yodgorliklarida saqlangan arabcha so’z guruhlari u yoki bu davrlarda faollashib turdi. Masalan, XX asr boshlarida va 20-yillar o’zbek tilida ilmiy atamalar sifatida faollashgan arabcha so’zlar ana shu keyingi manbalardan olingan edi.
O’zbek tili taraqqiyotida boshqa xalqlarning lisoniy ta’siri, xususan, leksik qatlamda yaqqol ko’zga tashlanadi. Ayniqsa, 90-yillardagi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar tilga, uning leksikasiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Natijada muayyan bir tillardan o’zlashgan so’zlarning mavqeyi pasayib, iste’moldan chiqdi, ularning o’rnida allaqachon istotizm va arxaizmga aylangan arabcha so’zlar yana ishlatila boshlandi. Masalan, jumhuriyat, jamoa, jamoat, muxolif, majlis, viloyat, jarida, muallif, noshir, nashriyot, noib, fuqaro, muxtor, nohiya, muassis, tijorat, shirkat, hokim, vazir va boshqalar.
Chet el so’zlari boshqa bir tilda qo’llansa-da, ularning barchasi o’zlashma lug’aviy birlik maqomida bo’la olmaydi. Chet so’zlarning o’zlashish va o’zlashmaslik hollari mavjud. A.A.Reformatskiy o’zga til so’zlarning o’zlashish va o’zlashmaslik chegaralarini farqlashda ularning o’zlashgan tilning fonetik va grammatik qonuniyatlariga bo’ysunish-bo’ysunmaslik darajasini hisobga oladi. Chin ma’noda o’zlashgan so’zlar boshqa tilning fonetik va grammatik qonuniyatlari ta’siriga beriladi, o’zlashmagan chet so’zlar bunday ta’sirga berilmaydi. Masalaga mazkur nuqtayi nazar asosida yondoshilganda, o’zbek tili leksikasidagi arabcha so’zlarning barchasini o’zlashgan desak, xato bo’lmaydi. Chunki arab o’zlashmalarining deyarli barchasi o’zbek adabiy tilining fonetik va grammatik qonuniyatlari ta’siriga beriladi, ayniqsa, ular turlanish sistemasida o’zbek tilining o’z so’zlari bilan teng maqomda eishtirok etadi, zero ular chin ma’noda o’zlashgan lug’aviy birliklardir.
Arabcha so’zlarning o’zlashtirilishi VII asrdan boshlanib, IX-X asrlarda
ancha faollashgan. Arab tilidan so’z o’zlashtirishga olib kelgan omillar ichida quyidagilar muhim rol o’ynagan:
a) arablar istilosi;
b) islom dinining keng tarqalishi;
c) arab yozuvining qo’llana boshlanganligi;
d) madrasalarda arab tilining o’qitilishi;
e) turkiy-arab ikki tilligining tarkib topganligi;
f) olim-u fuzalolarning arab tilida ijod qilganligi.
Arab tilidan o’zlashtirilgan so’zlarning fonetik, semantik va morfemik tarkibida quyidagi xususiyatlar borligi ko’zga tashlanadi:
1. So’z tarkibida ikki unlinking yonma-yon kelish holati uchraydi: mutolaa, oila.
2. Ra’no, da’vo, ta’na, e’lon kabi so’zlarda ayn tovushidan oldingi unli
kuchli va biroz cho’ziq aytiladi.
3. Jur’at, sur’at, bid’at, qal’a kabi so’zlarda bo’g’inlar ayirib talaffuz qilinadi.
4. Semantik jihatdan: ko’proq diniy, hissiy, axloqiy, ilmiy, ta’limiy va
mavhum tushunchalar ifodalanadi.
5. So’zlarning lug’aviy va grammatik shakllari flektiv xarakterda bo’lib, o’zbek tilida morfemalarga ajralmaydi: ilm, muallim, olim.
Dunyoda hech bir til o`zi mutlaq rivojlana olmaydi. Har qanday til tarkibida boshqa til elementlarini uchratish mumkin. O`zbek tili lug`at tarkibining boyishida tashqi manbalarning ahamiyati muhim. So`z o`zlashtirish hodisasi xalqlar o`rtasidagi turli xil iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy munosabatlar asosida yuzaga keladi.
Ma’lumki, o`zbek tili leksikasining o`zlashma qatlami ,asosan, arabcha, fors-tojikcha, ruscha so`zlardan iborat. “Olimlarning hisobiga qaraganda, ba’zi turkiy tillar lug`at tarkibining 30-35 foizini arab so`zlari tashkil qiladi. Poetik
nutqda esa forsiy elementlarni ham qo`shib hisoblaganda, bu miqdor 95
foizga yaqinlashadi”3 O`zbek tili leksikasining arabcha so`zlar qatlami tarixiy-an`anaviy usulda o`zlashgan.“Arabcha so`zlarning o`zlashtirilishi VIII asrdan boshlanib, IX-X asrlargacha ancha faollashgan. Arab tilidan so`z o`zlashtirishga olib kelgan omillar quyidagicha : avvalo, arablar istilosi, islom dinining keng tarqalishi, qolaversa, arab yozuvining qo`llana boshlanganligi, madrasalarda arab tili o`qitilib, olim-u fuzalolarning arab tilida ijod qilishi, turkiy-arab ikki tilligining tarkib topganligi”4.
“Bunday so`zlarning o`zbek tili (turkiy til) lug`atiga ko`plab olinishi islom dini O`rta Osiyoga kirib kelgan davrlardan boshlangan bo`lib, o`zbek tiliga asosan bevosita (arab tilida yozilgan manbalardan) yoki bilvosita (fors tilida yozilgan manbalardan) o`tgan”5: baquvvat, g`amxo`r, qarzdor , mansabdor kabi. Arab bosqini natijasida dastlab diniy, so`ngra ma`rifiy-siyosiy, ijtimoiymadaniy tushunchalar o`zlashganini ko`rishimiz mumkin. Arabizm elementlarining o’zbek tilida eng ko’paygan davri XV asr bo’ldi. “Arabizm” tushunchasi bir oz izoh talab qiladi. Chunki “arabizm” deganda, odatda,

11.Karimov I. Yuksak ma‘naviyat –yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‘naviyat, 2008. – B. 29-30.

2 Karimov I. O‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: O‗qituvchi, 2012. –B. 111.

3 Karimov I. Yuksak ma‘naviyat –yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‘naviyat, 2008. – B. 49.

Download 19,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish