II. bob O’zbekistonda monopolyaga qarshi tartibga solish siyosati.
2.1.O’zbekistonda monopolyaga qarshi siyosat usullari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.05.2019 yildagi 402-son Кучга кириш санаси 16.05.2019 Қўшимча ахборот Улашиш РУС, ЎЗБ, O’ZB, O‘ZB|РУС O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISH QO‘MITASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari, shu jumladan, qo‘mita xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashga ham sarflanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan qo‘mita xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashni nazarda tutuvchi normalar qo‘mita tashkil etilgan sanadan boshlab tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi bir oy muddatda:
Markaziy apparat va hududiy boshqarmalarni qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni yuqori professional darajada bajara oladigan, zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishni;
Markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlanishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2019-yil 15-may, 402-son Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son qaroriga 1-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari, huquqlari va javobgarliklarini belgilaydi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini nazorat qilish va tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalash hamda tovar-xomashyo birjalarida tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan alohida masalalar bo‘yicha — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar) va uning tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining rasmiy nomi:
Davlat tilida:
To‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, qisqarilgan nomi — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi;
Ingliz tilida:
To‘liq nomi — Antimonopoly Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqarilgan nomi — Antimonopoly Committee;
v) rus tilida:
to‘liq nomi — Antimonopolniy komitet Respubliki Uzbekistan, qisqarilgan nomi — Antimonopolniy komitet.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining joylashgan manzili (pochta manzili): 100128, Toshkent shahri, Labzak ko‘chasi, 3.
2-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining tuzilmasi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tizimiga:
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari; Oldingi tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) kiradi.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vazifalari va funksiyalari
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qo‘yish;
Savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solish;
Bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash;
Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Tovar-xomashyo birjalarida tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirishning yagona davlat siyosatini amalgaoshirish sohasida:
Davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobatni rivojlantirish va monopolistik faoliyatni cheklash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobatni himoya qilishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va joriy etishni amalga oshiradi;
Vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari va xalqaro tashkilotlar bilan har taraflama hamkorlikni tashkil qiladi;
Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat organlarining reyestrini yuritadi va e’lon qiladi;
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan va raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining harakatlaridan (harakatsizligidan) o‘z vakolatlari doirasida himoya qiladi;
Tovar yoki moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning davlat organlari va ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi;
Tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qo‘yish sohasida:
Tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganadi va xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini aniqlaydi, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi;
Ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi;
“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etadi;
Ustun mavqeyini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi;
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;
v) savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida;
tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarini ko‘rib chiqadi;
tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalaydi hamda ular tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
tovar-xomashyo birjalarining litsenziyalari reyestrini yuritadi;
(11-band “v” kichik bandining yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
g) bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash sohasida:
yuqori likvidli monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;
yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qo‘yilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
tabiiy monopoliya subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtiradi;
tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinishi tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va majburiy tarzda xizmat ko‘rsatiladigan iste’molchilar ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflar kiritadi;
raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarning asossiz o‘sishini aniqlaydi va ularga chek qo‘yadi;
tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qiladi;
Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik sohasida:
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladigan va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, boshqa hujjatlarni ularning raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |