Sutni gomogenizatsiyalash. Sutni saqlaganda yuza qismida yog' qatlami hosil bo‗lib
qolmasligi, ya‘ni yog' emulsiyasining dispersligini oshirish uchun gomogenizatsiyalanadi.
Buning uchun maxsus qurilmalar-gomogenizatorlardan foydalaniladi. Bunda sut
gomogenizatorlar devoridagi mayda-mayda teshikchalardan yuqori bosim ostida o'tkaziladi.
Natijada, sutdagi yog` sharchalari teshikchalardan bir necha mayda zarrachalarga bo'lingan
holga o‗tib bir xil gomogen massani hosil qiladi. Bunday sutlar saqlanganda sut yuzasida yog'
qatlamlari to'planmaydi va ulardagi yog' organizmda tez hazm bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |