1.2. Sudralib yuruvchilarni turlarga ajratish Hozirgi zamon sudralib yuruvchilarining sistematik obzori Hozirgi paytda er yuzida 7000 ga yaqinroq sudralib yuruvchilarni turi yashaydi. Mezazoy erasiga qadar ularni 17 ta turkumi bo’lgan shundan progressivroq tuzilishga ega bo’lgan 4 ta turkum saqlanib bugunga qadar etib kelgan. Qolgan hammasi qirilib ketgan.
Er yuzida mavjud bo’lgan sudralib yuruvchilar quyidagi sistematik guruhlarga bo’linadi.
(gruppaga)
Xartumboshlilar (Rhynchocephalia) turkumi
Tangachalilar (Sguamata) turkumi
Timsohlar (Crocodilia) turkumi
Toshbaqalar (Chelonia) turkumi Xartumboshlilar (Rhynchocephalia) – xartum boshlilarni birdan-bir vakili gatteriya bo’yi 75 smgacha boradi. Xartum boshlilar asosan shox tumshui borligi va tishlari suyakka yopishgan bo’lishi bilan xarakterlanadi. Kopulyativ organi yo’q. Gatteriya er ostidagi uyalarda yashaydi va kam harakat qilib hashoratlar hamda chuvalchanlar bilan oziqlanadi. Qattiq po’stli 8-10 ta tuxum qo’yadi. Embrioni 12-14 oy rivojlanadi er yuzida Yangi Zellandiyada saqlanib qolgan.
Tangachalilar (Sguamata) – bularni 6500 dan oshiq turi bo’lib uchta kenja turkumga bo’linadi.
· Kaltakesaklar kenja turkumi (Jacertilia) kalta kesaklarni gavdasi juda ham turli tuman takomil etgan beshbarmoqli oyoqlari bo’lsa ham bular ichida oyoqsizlari ham uchraydi 400 ga yaqin turi talaygina oilalarga biriktiriladi.
· Gekkonlar (eeckonidae) eng primitiv kalta kesak bo’lib asosan tunda aktiv hayot kechiradi. Ko’pincha pardali ikkita tuhum qo’yadi. Ko’z qorachii vertikalsimon. Bizda erda hayot kechiradigan gekkonlarning bir necha turi uchraydi.
· Agamalar(Agamidae) boshini qoplab turadigan ko’plab mayda tangachalari, go’shtdor tili va jaining ustki chetida qo’shilib ketgan tishlari bilan xarakterlanadi. Tipik vakillari: O’rta Osiyo cho’l agamasi (quyosh qarari) plashli kalta kesak, hind uchar ajdari va h.k.olar
· Urchiqchasimonlar (Anguidae)oyoqsiz va beozor kalta kesak bo’lib Evropada tarqalgan “urchuqcha” va bizda tarqalgan “sariq ilon” kiradi
· Zahar tishlilar (Helodermatidae) birdan bir zaharli turdir. Bularning bir turi “zahar tish” Meksikada, ikkinchisi Borneo orolida yashaydi.
· Echki emarsionlar (Varanidae)tanasi juda katta bo’lishi bilan xarakterlanadi uzunligi 25 smdan 1 mgacha boradi, terisi uchun ovlanadi. Janubiy Afrika bilan Osiyoda ko’plab uchraydi.
Bundan tashqari bularni iguanalar xaqiqiy kalta kesaklar, Amfisbenlar, Sstinksimonlar degan oilalari ham mavjud.
2. Ilonlar kenja turkumi ( Ophidia) – ilonlar kalta kesaklarning o’zgargan bir shoxchasi bo’lib, qorni bilan o’rmalab yurishiga va katta – kichik animini butunlay yutishga layoqatlashgandir. Ilonlarda oyoqlar ham, oyoq kamarlari ham yo’q bo’lib ketgan. Ilonlarda zahar tishlari bo’ladi. Ko’zida harakatchan qovoqlar yo’q, chunki qovoqlar bir biriga qo’shilib tiniq qoplaich hosil qiladi va ko’zni soat oynasi singari ustidan berkitib turadi. 2000 ga yaqin turi bo’lgan ilonlar 10 tacha oilaga bo’linadi.