I bob. Sudralib yuruvchi hayvonlar sinfiga tavsifnoma


Zaharli sudralib yuruvchi hayvonlarlarni turlar va oilalarga ajratish



Download 351,5 Kb.
bet14/22
Sana01.04.2022
Hajmi351,5 Kb.
#522454
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Sudralib yuruvchilar sinfi va vakillarining tashqi va ichki tuzilishi

2.2. Zaharli sudralib yuruvchi hayvonlarlarni turlar va oilalarga ajratish
O’rta Osiyo kobrasi yoki kapcha ilon
Aspid ilonlar – kobralar, kapcha ilonlar, ko’z oynakli ilonlar, qalqonli ilonlar, bularning hammasi bir Elapidae oilasiga kiradi. Bu ilonlarga “kobra” degan nom portugallar tomonidan berilgan. Kolonist Steylondan topilgan bir ilonni “kobra dekapello”, ya’ni “telpakli ilon” deb ataganlar. Keyinchalik bu ilonni Afrikada uchragan yaqin qarindoshini qisqartirib “kobra” nomi bilan atay boshlaganlar.
Tarqalishi. Aspid ilonlar tropik va subtropik mamlakatlarda: Afrika, Avstraliya va Janubiy Osiyoda, Shimoliy Amerikada, Hindistonning sharqiy g’arbida, Pokistonda, Afg’onistonda, Eronning sharqiy janubiy xududlarida, O’rta Osiyoda esa Turkmanistonda, Tojikiston, Qozog’iston va O’zbekistonda uchraydi.
Kapcha ilon, O’rta Osiyo kobrasi – Naja oxiana – o’ta zaharli ilonlar qatoriga kiradi. Bu ilon yaqin vaqtlargacha Hindiston ko’z oynakli ilonining kenja turlaridan biri bo’lib hisoblangan. O’zbekiston hududida uchraydigan kapcha ilon bo’ynida ko’z oynakni bo’lmasligi bilan farqlanadi.
Kapcha ilon O’zbekistonda Qizilqum sahrosidagi tog’larda, Samarqand atroflarida, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Respublika janubidagi Bobotog’dan to Hisor tog’lari etaklari, Qo’shtanga, Ko’xitang, Zarafshon tog’lari, Turkiston tog’larining Naratog’ va Ariston-bel tog’lariga qadar tarqalgan.
Tashqi ko’rinishi. Tanasining rangi sarg’ish va qizg’ish tusdan tortib, to to’q jigarrang, qoramtir, qora ranglarda bo’lishi mumkin. Yosh ilonlarning tanasi ustida qoramtir yoki qora yo’llari bor. Qorin tomoni och rangda bo’lib, ba’zi vakillarida qora dog’lar ham uchraydi. Gavdasining tomoq qismida ko’ndalang to’q chiziqlarni ko’rish mumkin. Kapcha ilonlarni tashqi ko’rinishidan boshqa kolubrid ilonlarning kattaroq vakiliga o’xshatish mumkin. Kapcha ilonlarning bosh qismi boshqa ilonlarga o’xshab yirik simmetrik qalqonlar bilan qoplangan bo’lib, bosh qismi tanasi qismidan ajralib turmaydi. Qorin qalqonlari 195213 dona va dum osti qalqonlari 62-75 juft bo’ladi. Dumi uzun. Ilon tanasi silliq tangachalar bilan qoplangan. Kapcha ilonning yuoshqa ilonlardan ajratib turadigan asosiy belgisi – yuqori labning uchinchi qalqonining tuzilishidir. Bu qalqon yuqorijoylashgan bo’lib, yuosh qismida ko’z oldigacha bo’lgan joyni yaxlit qoplaydi. Boshqa ilonlarda esa ko’z oldida bir qancha mayda qalqonlar bilan qoplangan bo’ladi. Kapcha ilonlarga xos bo’lgan yana bir ko’rinish xavf yaqinlashganda yoki g’azablanganda ilonlar tanasining uchdan bir qismini erdan ko’tarib, bosh qismini shishirib, harpayib, vishshillaydilar. Bu holat, yaqinlashish xavfli ekanligiga ogohlantirishdir. Kapcha ilonlar har qanday vaziyatda ham tishlashga harakat qilmaydilar. Ular avval ogohlantiruvchi yolg’on zarba berishadi. Bu ilonlar o’zlarini va uyalarini jon-jahdlari bilan himoya qiladilar.
Bu oilaga mansub ilonlarning barchasi zaharli hisoblanadi. Aspidlarning juft tig’ tishlari yuqori jag’ suyagining qismida joylashgan bo’lib, og’iz bo’shlig’ining ichkarisiga qarab qayrilgan bo’ladi. Bu tishlar boshqa tishlarga nisbatan yirikroq, zahar o’tkazuvchi quvur bilan ta’minlangan bo’ladi. Avstraliya aspidlarining yuqori jag suyagida asosiy juft tig’ tishlaridan tashqari 8-15 tagacha mayda tishlar joylashgan. Ko’pgina boshqa aspidlarda esa bu tishlarning soni 3-5 tani tashkil qiladi.
Odatda yuqori jag’ suyagida 2 tadan tig’ tishlar bo’lib, bo’lardan bittasigina o’z vazifasini bajaradi. Ikkinchisi esa o’rinbosar bo’lib, ilon bitta tishini yo’qotganida ikkinchisi tayyor turadi. Shunday qilib, ilonlar doimo o’zining quroli bilan ta’minlanib turiladi. Ilonlar tig’ tishlardan o’ljani ushlash va o’zini himoya qilish uchungina foydalanadi.
Ilonlarni insonlarga tashlanish holatlari kamdan-kam uchraydigan holat. Chunki ilonlar, o’zlarini himoya qilish uchungina tashlanishi mumkin.
Bu ilonlarning uzunligi 1500 sm dan 2 m gacha boradi.

Download 351,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish