Tashqi ko’rinishi. Bu ilonlaar yirik ilonlar hisoblanadi. Ilonlarning bosh qismi tanasidan aniq ajralib turadi. Bu ilonlarning bosh qismi mayda tangachalar bilan qoplangan. Gavdasining usti to’q kulrang, jigarrang, qizg’ish, to’q qo’ng’ir, qum rangli bo’lishi mumkin. Qorin qismi oqish bo’lib, mayda qora dog’lar bilan qoplangan. Bu ilonlarni tanasini hamma yog’i bir xil ko’rinishda bo’ladigan turlari ham uchraydi.
Hayot tarzi. Bu ilonlar ini asosan kemiruvchilar inida, qoyalar osti yoki toshlar orasiga kirib yotadi. Qorong’i tushishi bilan ovga chiqadi. Ovqatni ilonlarning yoshi va turar joylariga qarab turlicha bo’ladi. Bu ilonlar asosan kemiruvchilar, qushlar, mayda sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi. Bu ilonlar gavdasining og’ir bo’lishiga qaramasdan ovqat axtarib ko’pincha daraxtlarga chiqadi. O’zbekiston sharoitida bu ilonlar mart oyining oxiri va aprel oylarining boshlarida turadi. Yoz oylarida kunduzi salqinda yotib, kechqurunlari ovga chiqadi.
Viperidlar tuxum qo’yish va tirik tug’ish yo’li bilan ko’payadi. O’zbekiston hududidagi qora ilonlar asosan tuxum qo’yib ko’payadi. Tuxumlarning soni 15 tadan 30 tagacha borishi mumkin. Tuxumlardan yosh ilonlar avgust oylarining boshi va sentyabr oylarida chiqadi.
Bu ilonlar gavdasining yo’g’on va qo’pol ko’rinishidan ular sekin harakat qiladigandek ko’rinadi. Aslida bu ilonlar juda chaqqon va tez xarakat qiladi. O’ljasini soatlab kutishi mumkin.
Xavf tug’ilganida esa tezda qochishga xarakat qiladi. Bu ilonlar o’zini himoya qilish uchungina tashlanishi mumkin. Qora ilonlar xavf kelayotgan tomonga qarab tez va shiddatli tashlanadi. Bu ilonlarning tanasi kuchli mushaklardan tashkil topgan, shuning uchun bu ilonlarning yirik turlarini qulda ushlab turish qiyin. Ilon tez va kuchli harakat qilib boshini chiqarib olishiga va bo’ynidan ushlab turgan qo’lni tishlashga harakat qiladi. Ba’zan esa buni uddasidan ham chiqadi.
Bu ilonlar zaxarli bo’lishlariga qaramasdan ularning dushmanlari ko’p bo’lib, ushbu ilonlar bilan turli yirtqich qushlar, echkiemar oziqlanadi.
Viperidae oilasiga mansub ilonlarning zahar apparatlarini umumiy ko’rinishi. Bu oilaga mansub ilonlarning zaharli tishlari yuqori jag’ suyagining oldi tomonida joylashgan bo’lib, trubkasimon ko’rinishga ega. Hajmi jihatidan boshqa ilonlardan katta va uzun bo’ladi. Ilonni og’zi yopiq bo’lganida zag’arli tishlari buklangan holda bo’ladi, o’ljaga tashlanganida yoki o’zini himoya qilmoqchi bo’lganida zaharli tishlari perpendikulyar holda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |