I. Bob. Sharq mutafakkirlari asarlarida komil inson tasnifi


Komil insonni tarbiyalashda tarixning o’rni



Download 91,67 Kb.
bet4/10
Sana31.12.2021
Hajmi91,67 Kb.
#198444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
komil insonni tarbiyalash

1.3.Komil insonni tarbiyalashda tarixning o’rni

O`zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o’tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib tarbiyalashga xizmat qiladi.

Yurtboshimiz «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida «Ma’naviyatini tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix sabog’lari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi»,-deydi. Ushbu so’zlar komil insonni tarbiyalashda O`zbekiston tarixini xolisona va haqqoniy o’rganish naqadar muhim ekanligining dalilidir.

O`zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: Birinchidan, yoshlarga va bo’lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g’oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish. Ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g’urur va o’zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash. Uchinchidan, yoshlarda otashin vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatlikni tarbiyalash. To’rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo’ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqodlik)ni tarbiyalash. Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularni sadoqatlik bo’lish ruhida tarbiyalash. O`zbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa o’zining imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta hissa qo’shadi. O`zbekiston tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o’rni hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan e’tirof etib kelinmoqda. Bunga tariximizning o’zi guvoh. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab yetmog’imiz lozimdir. Tarix-bu nafakat o’tmish, uning taxlili bugungi kunimiz uchun muhim xulosalar manbai bo’lib, u istiqbolimiz rejasini aniqlashda ham katta ahamiyat kasb etadi.



Muhammad Rizo Ogahiyning ijodiy qarashlarida nafosat tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy milliy anʼanalarimizdan mehmondoʻstlikni goʻzal fazilat deb hisoblaydi. Mehmonga chuqur hurmat bilan qarash, mehmon kutish, kuzatish odobi Ogahiy ijodida oʻz ifodasini topdi, odamlarni bu fazilatni egallashga daʼvat etdi. Insonga doʻst va dushmanni ajratib olish, hayotda oʻz oʻrnini topib olishda gʻoyat muhimligini aytadi. Uning fikricha, toʻgʻrisoʻz kishilar hayotda qiyinchilik bilan yashasalar-da, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar. U ilmlarni mukammal egallash va til bilish, goʻzal xislatlarni oʻzlashtirish insonni kamolotga eltuvchi yoʻl deb biladi.Berdimurod Berdaq ijodini kuzatar ekansiz, shoir insonning shaxsiy baxtini xalq baxti bilan bogʻliq deb bilishini anglaysiz. Berdaqning fikricha, inson oliy axloqiy sifatlarga, chunonchi, begʻarazlik, olijanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik kabi fazilatlarga ega boʻlishi lozim. U yoshlarning aqliy tarbiyasida maktabning oʻrni katta ekanligini taʼkidlaydi. Maktabda bolani yaxshi xulq-atvorli qilib tarbiyalash lozim. Ayniqsa, dars beruvchi muallim oʻz xushmuomalaligi, pok qalbliligi, haqgoʻyligi, oʻz fanini puxta bilishi bilan bolalarga oʻrnak boʻlishi kerak. U inson tugʻilgan kunidanoq tarbiyaga muhtojdir, uning ilk tarbiyachilari, albatta ota-onadir, deb biladi. Mirzo Ulugʻbek Markaziy Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan, pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan ulugʻ siymolardan biri. U avvalo yosh avlodning aqliy va maʼrifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga daʼvat etadi. Faqat rivojlangan fan va madaniyat inson tafakkurining kamol topishini taʼminlashiga ishonadi. Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga boʻlgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim oʻrin egallaydi. Oilada ota-ona ayniqsa, oʻqimishli ota-ona oʻz farzandlarining haqiqiy inson boʻlib kamol topishiga alohida eʼtibor berishi lozim.Sharq ma’naviy merosida ma’naviyat va ma’naviy barkamollik masalalariga boʻlgan qarashlar Sharq mutafakkirlari, olim-u ulamolari tomonidan asrlar davomida odob-axloqqa oid minglab kitoblar, hikmatlar yaratilgan. Afsuski, totalitar tuzum tomonidan olib borilgan siyosat tufayli ulardan xalqimiz mahrum qilib qoʻyilgan edi.
Bugun, hurlik sharofati ila qanchadan-qancha ma’naviy, madaniy meroslarimiz qayta tiklanib, xalqimiz ma’naviy qiyofasini yanada boyitayotgani hamda mamlakatimizda keyingi yillarda mazkur masala boʻyicha oʻtmishda arab, fors va boshqa tillarda yozilgan diniy adabiyotlar bilan birga dunyoviy adabiyotlar ham oʻzbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarimizga havola etilayotgani hech kimga sir emas. Shu oʻrinda mutafakkir Mahmudxoʻja Behbudiyning “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir. Zamona ilmi fanidan bebahra millat boshqa milatlarga poymol boʻlur”.1 degan fikrlarini eslash joizdir. Tarjima adabiyotlardan tashqari, oʻzbek olimlari, shoirlari tomoni­dan ham odob-axloq, ilm-ma’rifat, ma’naviyat masalalariga bagʻishlangan koʻpgina asarlar nashr qilinmoqda. Mazkur adabiyotlarda inson tugʻilganidan tortib to bandalikni bajo keltirganigacha amal qilishi ke­rak boʻlgan qoidalar, maslahatlar oʻz aksini topgan. Ma­salan, birgina shariat qoidalarining oʻzida musulmonlar amal qilishi zarur boʻlgan qanchadan-qancha talablar mavjud. Bular orasida insonparvarlik, insonni hurmat qilish va ulugʻlashga qaratilgan gʻoyalar alohida e’tiborga sazovordir.
“Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan koʻp asrlar mobaynida yaratib kelingan gʻoyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani nihoyatda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy oʻzlikni anglashning oʻsishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz” 1 deb ta’kidlaydi yurtboshimiz. Darhaqiqat, boy madaniy merosimizni chuqur oʻrganish, milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizda benihoyat katta ahamiyatga ega. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, oʻz taraqqiyot va islohot yoʻlimizdan tezkorlik bilan ilgari siljishga kuchli ruhiy quvvat beradigan milliy madaniyatimiz, sharq falsafasining hayotbaxsh va teran buloqlaridan bahramand boʻlish muhimdir. Istiqlol yillarida madaniy, diniy, axloqiy qadriyatlarga nisbatan munosabatning bu qadar ijobiy tarzda oʻzgarishini muayyan sabablari, oʻziga xos zaruriy jihatlari bor. Chunki, dunyodagi dinlardan birortasi ham xalqlar va millatlarni, odamlarni yomon yoʻlga boshlamaydi, urushu-janjallar chiqarib qon toʻkishlarga, vayronagarchilik va ocharchiliklarga sabab boʻlishga, millat ajratishga, boshqa diniy mazhabdagilarni kamsitishga da’vat etmaydi, yoʻl qoʻymaydi. Aksincha, mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli, oʻzaro izzat-e’tiborli, milliy hamkor-hamjihat boʻlishga undaydi, odamzotni ezgulik tomon boshlaydi. Muqaddas Islom dinining mustaqil Oʻzbekiston hayotidagi ahamiyati, uning odamlar ruhiy dunyosiga koʻrsatib kelayotgan ta’sirini Prezident Islom Karimovning “Turkiston-press” axborot agentligi muxbirining savollariga javoblaridan koʻrish mumkinki: “Aytmoqchimanki, biz oʻz millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz oʻzligimizni yoʻqotamiz. Xoh yosh boʻlsin, xoh keksa boʻlsin, har bir oʻzbek nimagaki munosabat bildirmasin, albatta uni Yaratguvchining nomi bilan bogʻlaydi. Har bir soʻzimizni, ishimizni “Bismilloh” aytib boshlaymiz, yaxshi-yomon kunlarimizda Xudoga shukrona keltiramiz, tavba qilamiz. “Shukur” degan kalomni bilmaydigan biror inson Oʻzbekistonda bormikan oʻzi! Bilsangiz kerak, paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom ham “shukur” va “tavba” degan soʻzlarni eng koʻp ishlatar ekanlar. Tugʻilganda qulogʻimizga azon aytiladi, oila qurganimizda shar’iy nikoh oʻqitiladi, dunyodan koʻz yumganimizda janoza oʻqitiladi. Hatto dindan chuqur xabardor boʻlmagan odam ham diniy urf-odatlarsiz, islomiy tuygʻusiz yashay olmaydi”


Download 91,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish