Mashhur faylasuf va shoir Pahlavon Mahmud:
Yuz ming Ko‘hi Qofni kelida tuymoq,
Dil qonidan bermoq falakka bo‘yoq
Va yoxud bir asr zindonda yotmoq
Nodon suhbatidan ko‘ra yaxshiroq,
deb bejiz yozmagan. Nodonlik bilan komillik orasidagi tafovutni aniq ko‘ra olgan, nodon va johil insonlarning qiyofasini butun bo‘yi basti bilan anglagan zot – Pahlavon Mahmudning ushbu to‘rtligida hamma fikr to‘liq bayon etilgandek. Ortiqcha izohga hojat ham yo‘qdek. Lekin chuqurroq e’tibor bersangiz, shoir komillikka emas, nodonlikka ta’rif beradi. Nodonlik, bilimsizlik, ma’rifatsizlik va johillikni qoralaydi.
Komil inson shaxsini yaratish Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Yan Amos Komenskiy, Iogann Genrix Pestalottsi asarlarida ham o‘z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |