Elektron - nur bilan qirqish. Bunda elektron - nur dastasi plastinka sirtida
ma‘lum qadam bilan x va y o‘q bo‘yicha harakatlanadi. Elektron - nur tushgan
mikrosohalar eriydi. Erish va qotish qisqa vaqtda bo‘lib, shu sohalarda issiqlik
ta‘sirida mexanik kuchlanishlar yuzaga keladi. Plastinka egilsa shu sohalarda sinadi.
Ma‘lum sharoitda (plastinka qalinligi, elektron nur diametri, qurilma quvvati va
boshqalarga qarab) elektron nur usuli bilan plastinka to‘liq qirqilishi mumkin. Bunda
nur tushgan sohalarda plastinka materiali erib bug‘lanib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |