Ultratovush qurilmasida plastinkalardan kristall qirqish: Bu usuldan
dumaloq yoki murakkab shakldagi kristallarni qirqishda foydalaniladi. Qirqish
jarayoni quyidagicha: Ultratovush tebranishli generatordan 15- 70 kGts chastotali tok
tebragichning elektr simiga beriladi. O‘zgartirgich bu tokni mexanik tebranishga
aylantiradi. Bu tebranish qirquvchi moslamaga uzatiladi. Qirquvchi moslama
plastinka sirtiga tegib turgan sohaga uzluksiz obraziv qorishma berib turiladi. Abraziv
zarralari ultratovush tebranishi ta‘sirida harakatga kelib plastinkaning qirkuvchi
moslama tegib turgan qismini qirqadi. Qirquvchi uskuna shakli qirqiladigan kristall
shakliga o‘xshash bo‘ladi.