Sim yordamida qirqish ma’lum afzalliklarga ega. Qirqilayotgan plastinka
kichik tezlik bilan simga yaqinlashtirsa, uning sirtida buzilishlar kam sodir bo‘ladi,
bu esa Au, Al, Ni, Cu va boshqa moddalarning qatlami bo‘lgan plastinkani qirqishda
yupqa qatlam ko‘chib ketmaydi. Simni almashtirish ko‘p vaqt talab qilmaydi. Bu usul
bilan qirqilgan kristallarning eng kichik o‘lchami 0,5 x 0,5 mmni tashkil etadi.
Yarim o’tkazgichli plastinkalarni qirqish uchun volfram, po‘lat, nikel,
nixrom va MV-50 qotishmasi simlaridan foydalaniladi. Sim diametri 0,05-- 0,15 mm,
bo‘lib, qirqiluvchi soha kengligi mos ravishda 0,08--0,2 mm bo‘ladi.
Bu usulning asosiy afzalligi: qirqiluvchi sohaning torligi, kristall qirralarining
sinmasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |