I bob qattiq jismlar 1-§. Qattiq jismlarning fizikasida asosiy tushunchalar


 § Yarim o’tkazgichli plastinkani jilvirlash



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/225
Sana03.07.2021
Hajmi5,36 Mb.
#108758
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   225
Bog'liq
Яримўтказгичлар физикаси Бадирханов

 
9.4  § Yarim o’tkazgichli plastinkani jilvirlash 
 
Yarim  o‘tkazgichli  slitkadan  qirqib  olingan  plastinkada  bir  qancha  quyidagi 
nuqsonlar mavjud bo‘ladi: 
- mexanik buzilgan qatlam; 
- tomonlari tekis va parallel emasligi; 
- egri va qalinligi turli nuqtalarda har xil bo‘ishi; 
Bu  nuqsonlarni  yo‘qotish  uchun  plastinkalar  jilvirlanadi.Bunda  yaxshi  natijaga 
erishish uchun  jilvirlashga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
 - jilvirlashni toza, changisiz xonadaamalga oshirish kerak; 
 - jilvirlovchi qurilmalar har xil abraziv materiallar uchun aloxida bo‘lishi kerak; 
 - barcha abraziv materiallar aloxida germetik skafandrlarda saqlanishi kerak. 
Jilvirlashda  qo‘llaniladigan  disklar  chuyan,  shisha,  po‘lat,  mis  yoki  latundan 
tayyorlangan bo‘ladi. 
Jilvirlash uchun ishlatilatidagan mikrokukunning o‘lchami M14 dan M5 gacha 
bo‘ladi. Jilvirlash yordamida 9-12 sinf tozalikka erishish mumkin. Jilvirlash jaryonini 
texnologik, kontsruktiv va abraziv material turiga qarab sinflanadi: 
- texnologiyasiga qarab:oraliq va yakuniy jilvirlash; 
 - kontsruktiv belgisiga qarab: bir tomoni va ikki tomonini jilvirlash; 
- qo‘llanayotgan abraziv materialga qarab:erkin va bog‘langan abrazivda jilvirlash. 
Oraliq  jilvirlashdan  maqsad  -  plastinka  sirtini  tezroq  tekislash.  Bu  jarayon 
holatlari  jilvirlovchi  diskning  aylanish  tezligi  va  bosimi  kattaroq  bo‘ladi.  Abraziv 
mikrokukunning  zarralari  kattarog‘idan  (  M14,  M10)  foydalaniladi.  Yakuniy 
jilvirlash  -  jilvirlash  diskining  aylanish  tezligi  va  bosimi  kichikroq  bo‘ladi, 
mikrokukunning  zarralari  maydasidan  (M7,  M5)  foydalaniladi.  Maqsad  - 
plastinkaning geometrik  parametrlarini yaxshilash va sirtini tekislik sifatini oshirish. 
Bir  tomonini  jilvirlash  -  plastinkaning  bir  tomoni  maxsus  moslamaga 
yopishtiriladi.  Ikkinchi  tomoni  jilvirlovchi  disk  bilan  mikrokukun  qorishmasi 
yordamida jilvirlanadi. 
Ikki tomoni jilvirlash - ikkita jilvirlovchi diskka ega bo‘lgan  qurilmada amalga 
oshiriladi.  Separatorga  yarim  o‘tkazgichli  plastinka  joylashtirilib,  ikkita  jilvirlovchi 
disk  o‘rtasiga  o‘rnatiladi.  Pastki  jilvirlovchi  disk  odatda  qo‘zgalmas  bo‘ladi, 
yuqorisidagisi  esa  aylanadi.  Plastinka  jilvirlovchi  disk  aylanishi,  separator 


 
131 
aylanishlarining  natijasida  murakkab  aylanma  harakat  qiladi.  Abraziv  qorishma 
yuqoridagi  jilvirlovchi  diskka  beriladi va  plastinkani  hamma  tomonini  qoplab  oladi. 
Jilvirlangan  sirt  juda  ko‘p  chiziqlardan  iborat  bo‘ladi.  Chiziqlar  chuqurligi  abraziv 
material  zarralarini  o‘lchamiga,  jilvirlovchi  disk  bosimiga  va  jilvirlash  tezligiga  
bog‘liq  bo‘ladi.  Jilvirlashni  plastinkani  bir  tomonini  va  ikki  tomonini  jilvirlovchi 
qurilmada  abraziv  material  qorishmasi  yoki  pasta  yordamida  amalga  oshiriladi. 
Jilvirlash  jarayonida  abraziv  material  zarralari  bir-biri  bilan  bog‘lanmagan,  erkin 
xolatda harakatlanadi. 
Bog‘langan abraziv materialida jilvirlashni sirtida olmos kukuni yopishtirilgan 
jilvirlovchi  metall  diskli  qurilma  yordamida  amalga  oshiriladi.  Yarim  o‘tkazgichli 
plastinka  maxsus  moslamaga    bir  tomoni  bilan  yopishtiriladi  va  shu  moslama  bilan 
birga  aylanma harakat qiladi. Jilvirlovchi disk 15000  - 18000 ayl/  min  tezlik bilan 
aylanib plastinka sirti bilan jipslashadi. Olmos kukunlari plastinka sirtini qirib, o‘zaro 
kesuvchi  juda  ko‘p  chiziqlardan  iborat  setkasimon  shakl  hosil  qiladi.  Bunday 
jilvirlashda  juda  ko‘p  issiqlik  ajralib  chiqadi.  Jilvirlovchi  disk  va  plastinka  qizib 
ketmasligi  uchun  suv  bilan  sovitib  turiladi.  Agar  jilvirlovchi  disk    aylanish  tezligi 
kamaytirilsa sirt jilvirlanish sifati yomonlashadi. 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish