I bob. O’zgaruvchan tok zanjirlari 1 asosiy ta’riflar



Download 0,62 Mb.
bet3/35
Sana14.08.2021
Hajmi0,62 Mb.
#147506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
uslubiy qo'llanma 2019-2020

1.2. SINUSOIDAL TOK

O’zgaruvchan tok zaryadlarning davriy o’zgarib turadigan harakatidan iborat, matematik nuqtai nazardan esa biror kattaliknikning vaqtga eng oddiy davriy bog’liqligi Sinusoidal bog’liklik hisonblanadi.Sinusoidal o’zgaruvchan tokning oniy qiymati ushbu formula bilan ifodalanadi:



i = Imsin(son+ψi). Bunda ImSinusoidal tokning maksimal qiymati amplitudasi: ω=2ηIm=2ηf o’zgaruvchan tokning boshlang’ich fazasi.

Sinusoidal egri chiziqni yasash (3- rasm) tartibini eslatib o’tish zarur. Ma’lum masshtabda Im— kesma Sinusoidal tokning amplitudasiga teng.Uni sinusoidal tokni xarakterlovchi vektor bilan shartli ravishda tasvirlash mumkin.

Bu tok vektori dastlab gorizontal o’q bo’ylab joylashgan bo’lsin— bu uning t —0 dagi, ya’ni vaqtni hisoblashni son boshlash momentidagi boshlang’ich holati.Vektor Imson soat strelkasi aylanishiga teskari yo’nalishda o’zgarmas burchak tezlik ω bilan aylanadi. Bir davr T vaqt ichida u 2η radga buriladi. Demak, uning burchak tezligi: ω=2ηIm=2ηf.

Hisoblashni son boshlash momentidan t1 vaqt oralig’ida vektor Imson1burchakka buriladi. Vektor Im uchidan gorizontal o’qqa tushirilgan perpendikulyarning uzunligi bunda Imsin son1 bo’ladi.



Hisonblashni boshlash momentidan t2 vaqt o’tgach, shu usul bilan olingan perpendikulyarning uzunligi Imsinson2 bo’ladi. Nihoyat, t3=T/4 vaqt ichida, ya’ni davrning to’rtdan biri o’tgach, vektor Im gorizontal o’qqa perpendikulyar bo’lib qoladi va perpendikulyarning uzunligi Im sinη/4=Im bo’ladi. Ana shunday hisoblashlar asosida polyar diagrammada to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasida sinusoidal egri chiziq yasaladi. Abssissalar o’qiga vaqt oraliqlari t1, t2, t3ordinatalar o’qiga esa Im sin son1, Im sin son2, Im sinω t3kesmalar qo’yiladi.



3- rasm.Sinusoidal egri chiziqni yasash

Sinusoidal egri chiziqni yasashni davom ettirish uchun vektor Im ni yoy son4 ga mos keladigan xolatga burish kerak. Bunday holatda perpendikulyarning uzunligi kamayadi (Imsinson4 <Im), bu hol Sinusoidal kattalikning vaqtga bog’likegri chizig’ida aks etadi.t5 =T/2 momentda vektor Im gorizontal holat egallaydi, endi

Im sinω t5=Im sinη =0 —Sinusoidal kattalik nolinchi qiymat orqali o’tadi— egri chiziq absissalar o’qni kesib o’tadi.

So’ngra vektor aylanib, gorizontal o’qdan pastga tushadi (t6 va t7 momentlar), perpendikulyar tutadi Imsinson esa manfiy kattalik bo’ladi va sinusoidal eg­ri chiziqning tarmog’i absissalar o’qi­dan pastda bo’ladi.

t — T vaqt ichida vektor Im to’liq 2η ga aylanadi, sinusoidal kattalikning davri tugaydi. Keyingi davrda uning barcha o’zgarishlari takrorlanishi lozim. Sinusoidal tok oniy qiymatining o’zgarishlarini aks ettiradigan sinusoidal egri chiziq ana shunday yasaladi.

Umumiy xolda vaqtni hisonblashning boshlang’ich momenti sinusoidal kattalikning nol orqali o’tishi bilan mos tushmaydi va shu munosabat bilan grafikda vektor Im boshlang’ich momentda gorizontal o’q bilan ma’lum burchak ψ hosil qiladi;




4-rasm.Sinusoidal tebranishning boshlang’ich fazasi

bunda vaqtni hisoblashni boshlash momentida sinusoidal kattalikning qiymati Im sin ψi). bo’ladi. Burchak ψ boshlangich faza burchagi yoki boshlangich faza deyiladi. Sinusoidal egri chizsh boshlang’ich momentda tegishli musbat ordinatali bo’ladi, keyinchalik Im uchidan tushirilgan perpendikulyarning uzunligi va sinusoidal egri chiziqning tegishli ordinatalari Imsin (son+ψi) bo’ladi.

Sinusoidal tok i = Imsin(son+ψi) ni elektr energiyasi manbalarining Sinusoidal EYUK hosil qilishi kerak, bunda — — EYUkning oniy qiymati; — EYUkning ampltu­da qiymati; — uning ixtiyoriy bosh lanrich fazasi.

Agar bitta zanjirning o’zida EYUK bilan tok i nolinchi yoki amplituda qiymatdan turli vaqtda utsa, u xolda ular faza jihatdan bir biriga nisbatan siljigan bo’ladiva fazalarning bu siljishi ularning boshlangich fazalari ayirmasiga teng bo’ladi:ω=ψei

5-rasm EYUK bilan tok orasida fazalar siljishi bo’lganda vektorlarning va EYUK hamda tok oniy qiymatlari egri chiziqlarining holati

Tegishlicha vektorlarni va oniy qiymatlar egri chiziqlarini yasash 5-rasm da ko’rsatilgan—EYUK faza jihatdan tokdan φ burchak oldinda bo’ladi. Em va Im vektorlar φ burchak hosil qiladi, ular aylanganda bu burchak o’zgarmaydi.

Agar Sinusoidal kattaliklardan biri sinusoidabo’yicha o’zgarsa, masalan

i=Imsinson, ikkinchisi esa — kosinusoidal bo’yicha o’zgarsa e = Emcosson, ular orasidagi fazalar siljishi quyidagicha bo’ladi: φ= η/2 (bunga davrning choragi mos keladi), chunki cosson = sin (son+η /2).

1.3 O’ZGARUVCHAN TOK MANBALARI



Biror birlamchi dvigatel (bur yoki gidravlik turbinalar vahokozo) bilan aylantiriladigan e lektromashina gene ratorlar sanoat chastotali (50 Gs) o’zgaruvchan tok manbalari bo’lib xizmat qiladi. Yuqori chastotali o’zgaruvchan toklar hosilqilish uchun ko’pincha yarimo’tkazgichli priborlari bor elektron generatorlar ishlatiladi.

O’zgaruvchan tok elektromashina gineratorining tuzilishi 6-rasmda ko’rsatilgan. U qo’zg’almas qism stator (lot. stator — bir joyda turadigan o’zidan) bilan aylanuvchan qism — rotordan (lot. rotor — aylanuvchan) tarkib topgan. Sta­tor ichi havol qilindr shaklida bo’lib, uning o’zagi bir-biridan lok bilan izolyasiyalangan yupqa 0,35 — 0,5 mm elek­trotexnik pulat listlardan yig’ilgan. Stator silindrining ichki yuzasi bo’ylab qilingan pazlarda (kanalsimon ariqchalarda) bir biri bilan muayyan tarzda tutashtirilgan stator chulg’amining o’tkazgichlari joylashadi.

Rotorda elektromagnitlar joylashgan. Ularning chulg’ami generatorning uyg’otish chulg’ami deyiladi va o’zgarmas tok manbai uyg’otuvchi bilan va shutkalar orqali biriktiriladi.

Rotor toki hosilqilgan doimiy mag­nit maydon rotorning ko’proq, stator bilan rotor orasidagi ikkita havo zazori va stator o’zagi orqali o’tadi. Ro­tor aylanganda bu oqim stator o’tkazgichlarini kesib o’tadi va ularda EYUK hosil qiladi;



6-rasm. O’zgaruvchan tok generatorining tuzilishi

Havo zazorlarida magnit oqimi bu o’tkazgichlarga perpendikulyar yo’nalganligi sababli o’tkazgichlarning har birida hosil qilingan EYUK e=Bl bo’ladi, bunda B — zazordagi magnit in­duksiya; Ɩ — simningaktivuzunligi; — magnit oqimining simga nisbatan siljish tezligi.

Generator ishlaganda tezlik υ ozgarmasligicha saqlanadi, shu sababli EYUKning vaqt boyicha ozgarishiga faqat magnit induksiyaning, rotor aylanasi buylab ozgarishi sabab boladi. Generatorlar shunday tuziladiki, magnit induk­siyaning rotor aylanasi boylab taqsimlanishi sinusoni ga yaqin boladi, shuning uchun ularning chulgamida sinusoidal EYUK induksiyalanadi.

Ikki qutbli generatorda (6- rasmga q.) rotorning bitta aylanishiga stator EYUK ning bitta davri to’gri keladi. Generator minutiga p marta aylanadi. Demak, minutga EYUKning p davri muvofiq keladi, stator chulg’amida induksiyalangan EYUK chastotasi esa f=n/60 bo’ladi.

Agar rotorda p juft qutblar bo’lsa, u holda uning bir marta aylanishida EYUK o’zgarishining pn to’liq davri sondir bo’ladi va EYUKning chastotasi

f = pn/60 (1)

Shu formuladan 50 Gs chastota olish uchun ikki qutbli (p= 1) generatorlarning aylanish chastotasi 3000 ayl/minbo’lishilozimligini (isiqlik elektrostansiyalardagi ko’p generatorlarning aylanish chastotasi) oson hisoblab topish mumkin. Lekin ko’p qutbli generator xuddi shu chastotani hosilqilish uchun ancha sekin aylanishi mumkin: masalan, p = 40 da minutiga aylanishlar soni 75 ga qadar kamayadi. Gidravlik turbinalar bilan aylantiriladigan ko’p genera­torlar ana shunday kichik aylanish chastotalarida ishlaydi.

1.4. O’ZGARUVCHAN TOK BILAN KUCHLANISHNING TA’SIR ETUVCHI QIYMATLARI

O’zgaruvchan tokni o’lchashlarda uning ta’sir etuvchi qiymatlariIasosiy kat­talik hisonblanadi—bu o’zgaruvchan tokning davr mobaynidagi o’rtacha kvadra­tik qiymatidir:

I=

O’zgaruvchan tokning ta’sir etuvchi qiymati bosh xarakteristika sifatida tanlanishiga asosiy sabab, elektr tokining ta’siri ko’pchilik hollarda tok yoki kuch lanishning kvadratiga proporsionalli gidir, masalan, to’g’ri va teskari tokli simlarning issiqlik ta’siri, mexanik o’zaro ta’sirlashuvi, ikkita zaryadlangan plastinkalarning o’zaro, ta’siri va hokazo.

Jumladan, o’zgaruvchan tokning ta’­sir etuvchi qiymati I o’zgaruvchan tokning o’rtacha issiqlik ta’sirini (issiqlik ajralib chiqishini) o’zgarmas tokning issiqlik ta’siri bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Masalan, o’zgaruvchan tok davriy ravishda o’zgarib, biror rezistorni 5 A o’zgarmas tok qizdirgani kabi qizdiradi. Demak, I= 5A.


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish