Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- Iqtisodiyotni moderinizatsiyalash sharoitida agrar sohaning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni nazariy jihatdan o‘rganildi;
- iqtisodiy mutanosiblik tushunchasi nazariy jihatdan tahlil qilindi;
- agrar soha mutanosibligini ta’minlashda davlat iqtisodiy siyosatining ahmiyati ilmiy asoslab berildi;
- mamlakatimizda paxta hom ashyosini etishtirish qayta ishlash sanoatini rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalarining tahlili amalga oshirildi;
- .paxta-toʻqimachilik klasterlari amaldagi eskicha moliyalashtirish tartibi, boshqaruv tizimini rivojlantirish, sohani rivojlantirish boʻyicha qoʻyilgan talablarga yangicha yondashuvga erishish;
- istiqbolda hududlarda paxta hom ashyosini etishtirish va uni qayta ishlash korxonalarining xorijiy tajribalardan samarali foydalanish orqali eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiya ishida ilmiy abstraksiya, tahlilvasintez, monografik kuzatish, taqqoslash, induksiya va deduksiya, statik guruhlash, tizimli tahlil, grafik usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Dissertatsiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlari belgilab berilgan asarlarida agrar sohaga tegishli bayon qilingan qoidalar, bu boradagi muammolarni hal etish yuzasidan belgilab berilgan strategik asos va yo‘nalishlar, yetakchi olim va mutaxassislarning agrar soha va iqtisodiyotning boshqa tarmoq va sohalari o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlash bo‘yicha taklif etgan yo‘llari, bu boradagi muammolarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asarlaridan foydalanilgan. Shuningdek, ilmiy ishning ma’lumot bazasi sifatida O‘zbekiston Respublikasida agar sohani rivojlantirish, sohada xo‘jalik yuritish shakllarini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va ijtimoiy muhofaza vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Statistika davlat qo‘mitasining ma’lumot va materiallari keng qo‘llanilgan. Asosiy ilmiy-nazariy qoidalarni ishlab chiqishda ilmiy mushohadalash, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, statistik guruhlash, monografik tadqiq etish, taqqoslash kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |