Tadqiqot ob’ekti va predmetning belgilanishi.
Iqtisodiyotning agrar sektori mutanosibligini ta’minlashda O’zbekiston Respublikasi hududlarida paxta hom ashyosini qayta ishlash sanoatini rivojlantiruvchi paxtachilik klasterlar, fermerlar va ishlab chiqaruvchi korxonalar davlat iqtisodiy siyosatini amalga oshirish yo‘llari va mexanizmlari tadqiqotning ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.
Tadqiqotning predmeti O’zbekiston Respublikasi hududlarida paxta hom ashyosini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish strategiyasini takomillashtirishda hududlarning er resurslarini o’rganish, hom ashyoni qabul qilish, tashish va qayta ishlash, taxnik xizmat ko’rsatish, ishlab chiqarish mahsulotlarining raqabatbardoshligi, paxta tozalash korxonalarini modernizatsiyalash, xorij tajribalariga tayyongan holda eng zamonaviy texnikalar hamda axborot texnologiyalar bilan jihozlash.
Hududlardagi paxtachilik tarmoq korxona boshqaruv tizimini qishloq xo’jaligi korxonalari bilan o’zaro uslublarini takomillashtirish, tizimlari bilan o’zaro hamkorligini yo’lga qo’yish, takommillashtirish buyrakrat apparatini qisqartish orqali paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash, qayta ishlash orqalli paxta tolasi, paxta yog’ini ishlab chiqarish va paxta tolasidan ikkilamchi qayta ishlash orqali ip kalava ishlab chiqirilishi hamda uchlamchi qayta ishlash orqali tayyor materiallar ishlab chiqarish tayyor mahsullotlarni realizatsiya qilishholatlarini aniqlash, amaliy taklif va tavsiyalar berish.
Iqtisodiyotning agrar sektori mutanosibligini ta’minlashda davlat iqtisodiy siyosatini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar va jarayonlar tadqiqotning predmeti hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Iqtisodiyotni maderinizatsiyalash sharoitida agrar sektori mutanosibligini ta’minlash yo‘llari, uni barqaror rivojlanishining nazariy asoslari, xususan O’zbekiston Respublikasi hududlarida paxta hom ashyosini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish strategiyasini takomillashtirishda hududlarning agrar soha mutanosibligini ta’minlashda davlat siyosatining amalga oshirilishining dolzarbligini ilmiy asoslash va uni takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish tadqiqotning maqsadi hisoblanib, mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
Iqtisodiyotni moderinizatsiyalash sharoitida agrar sohaning mazmun mohiyatini nazariy jihatdan o‘rganib, uni ichki xususiyatlarini ilmiy yoritib berish;
Mustaqillik yillarida paxta hom ashyosi etishtirish, terib olishdagi qiyinchiliklar, birlamchi qayta ishlash va xom ashyoni eksport qilib uchlamchi paxta mahsulotlarini qayta ishlash uchun import hisobiga olib kelinishi oldini olish;
agrar soha mutanosibligini ta’minlashda davlat siyosatining o‘rni va rolini o‘rganish;
paxta hom ashyosini etishtirish, qayta ishlash, yangi ish o’rinlar yaratish natijasida mamlakatimizda import hajmini kamaytirish;
O‘zbekistonda Respublikasi hududlarida paxta hom ashyosini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini tahlilini amalga oshirish;
Paxta hom ashyosini to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan hududlarda paxta tozalash korxonalari ishtirokida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyasi tashkil etish;
O‘zbekistonda agrar soha mutanosibligini ta’minlash borasida davlat siyosatining olib borilishi natijalarini tahlil qilish;
Agrar sohani rivojlantirishning yangi imkoniyat va usullarini ishlab chiqish;
O‘zbekistonda agrar sohanI rivojlantirish va uning mutanosibligini ta’minlashda davlat siyosatining yuritilishini takomillashtirish hamda soha samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |