KIRISH Mavzuning dolzarbligi va zarurati. O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishida agrar soha asosiy ustuvor va tayanch sohalardan biri hisoblanib, unda amalga oshirilayotgan jarayonlarning samaradorligini oshirish orqali uni boshqa sohalarga nisbatan mutanosibligini ta’minlash bugungi kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, qayta ishlash sanoati tarmoqlarini esa xom ashyoga bo‘lgan talabini qondiradi. Bizga ma’lumki oziq-ovqat mahsulotlarining 90 foiziga yaqini qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida tayyorlanadi. Qishloq xo’jaligida esa paxtachilikning ahamiyati kattadir.
Ayniqsa, mamlakatimizda agrar soha mutanosibligini ta’minlashda davlat siyosatining amalga oshirilishi mamlakat iste’mol tovarlari, ayniqsa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirib beruvchi sohani taraqqiy etishida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, bugungi kunda amalga oshirilayotgan ilohotlar, har yillik taraqqiyot dasturlarining asosini tashkil qiluvchi iqtisodiy o‘sishni barqarorligini ta’minlash orqali, iqtisodiy rivojlanishning barqarorligiga erishish muhim masala sifatida qaralib kelinmoqda ekan, unda biz bor barcha imkoniyatlarimizdan unumli foydalanishimiz zarur bo‘lib hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillariga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, davlat buyurtmasi hajmlarini bosqichma-bosqich kamaytirish, shu jumladan, paxta xom ashyosi yetishtirish, xarid qilish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish, ushbu yo‘nalishda fermer xo‘jaliklari manfaatdorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan"Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorlari qabul qilindi.
Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda, ya’ni xar bir qarich yerdan unimli foydalanish, yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish natijasida paxta xom ashyosini yetishtirishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga asosiy urg‘u berish maqsadida yangi ish o‘rinlar sonini ortirish va import xajmini keskin kamaytirishga erishiladi.
Agrar sohada samaradorlikni oshirish borasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarimiz talaygina hisoblanib, bu borada jahon tajribasini amaliyotga qo‘llash ishlarini tezkorlik bilan amalga oshirishimiz lozim. Buning uchun davlat iqtisodiy siyosatining aynan shu yo‘nalishga ham qaratilishi muhimdir. Masalan, AQSh, Yevropa, va Osiyo materigidagi rivojlangan davlatlarning tajribalarini o‘rganish. Agrar sohasining lokomotiv bo‘g‘inlaridan paxta xom ashyosini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish strategiyasini takomillashtirishga asosiy urg‘i berildi.
Bizga ma’lumki ilk musaqillik 1991 yilda mamlakatimiz 6.000.000 tonna paxta hosilini sobiq SSSR sanoatining rivojlanishi uchun yetishtirilgan. Xattoki ushbu paxta xom ashyosining 10% ni ham qayta ishlaydigan korxonalarimiz mavjud bo‘lmagan. Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida paxta xomashyosining fermer va klaster tizimi orqali yetishtirish va ishlab chiqarish korxonalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Qishloq xo’jaligining mamlakat ijtimoiy – iqtisodiy siyosatidagi o’rni va iqtisodiy salohiyatini o’stirishdagi ulkan imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda mustaqillik yillarida Respulikamiz prezidenti va hukumati tomonidan agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni bosqichma – bosqich amalga oshirish borasida jiddiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, keyingi yillarda qishloq xo’jaligida yerga egalik qilishning yangi shakllari vujudga keldi. Jumladan, fermer xo’jaliklari va klasterlar tomonidan yer maydonlarining yiriklashuvi qishloq xo’jalik mahsulotlarini arzon va ko’proq miqdorda yetishtirish uni qayta ishlash orqali import hajmini kamaytirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Shu nuqtai nazardan qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish va uni oqilona joylashtirish ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga egadir.
Shuningdek, agrar sohada suv ta’minotiga e’tibor qaratiladigan bo‘lsak, unumdor yerlarga suv yetkazib berish borasida tomchilab sug‘orishni amalga oshirish natijasida minglab kub metr suvni tejab qolish mumkin. Ayniqsa daryo suvlarini hududlarga taqsimlaganda yirik quvurlardan foydalanilsa, yer tubiga singib ketadigan chuchuk suvlar tejalishi orqali ham samaradorikka, ham suvdan unumli foydalanishga erishish mumkin bo‘ladi. Yuqoridagi kabi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni moliyalashtirish juda katta miqdorda mablag‘larni talab qiladi, shu boisdan bu borada davlatning iqtisodiy siyosati muhim bo‘lib, agrar soha mutanosibligini tahminlanishi davlat iqtisodiy siyosatisiz amalga oshirib bo‘lmaydi.