to’ldiruvchi-object: decompression illness which encompasses decompression sickness (DCS) and arterial gas embolism (AGE) diseases is associated with a reduction in the ambient pressure surrounding the body - dekompressiya kasalligi (DCS) va arterial gaz emboliyasi (AGE) kasalliklarini o'z ichiga olgan dekompressiya kasalligi tanani o'rab turgan muhit bosimining pasayishi bilan bog'liq;
hol-modifier: the oldest rocks are located in the anticlinal mountain, mainly in their center-eng qadimgi jinslar anticlinal tog’da, asosan, ularning markazida, joylashgan.
Ingliz tilida ham o’zbek tilida ham eganing tuzilishiga ko’ra 3 ta turi mavjud bo’lib, ular quyidagilar:
sodda ega-simple subject ( bunda ega bir so’zdan tashkil topgan bo’ladi): deformation divides into two types: elastic and plastic - deformatsiya ikki turga bo'linadi: elastik va plastic;
sostavli ega-complete subject ( bunda ega birdan ortiq so’zlardan tarkib topgan bo’ladi): the wattless current is also known as the idle current- vattsiz oqim, shuningdek, bo'sh oqim sifatida ham tanilgan;
qo’shma ega-compound subject: desalting and dewatering are used in the process of crude oil in ultrasonic standing wave field-tuzsizlantirish va suvsizlantirish ultratovushli to'lqinli maydonda xom neftni qayta ishlash jarayonida qo'llaniladi.
O’zbek tili gap qurilmasida negativ affiksli kon-metallurgiya terminlari ega vazifasida kelganida, asosan, eganing ot bilan ifodalanashi turida uchratishimiz mumkin. Bu vaziyatda ega boshqa so’z turkumlari bilan ifodalanganda, sifat va fe’l otlashgan ya’ni ot vazifasida qo’llanganda ega bo’lib kela oladi. Bu o’zbek tilida eganing ifoda materiali jihatidan turlari guruhiga kiradi:
Ot: deformatsiya ikki turga bo'linadi: elastik va plastic - deformation divides into two types: elastic and plastic;
Otlashgan fe’l: suvsizlantirish ultratovushli to'lqinli maydonda xom neftni qayta ishlash jarayonida qo'llaniladi - dewatering is used in the process of crude oil in ultrasonic standing wave field;
Otlashgan sifat: metallarni qora va rangsizlariga ajratish lozim, bizga ko’proq rangsiz metallar kerak bo’ladi – the ferrous and non-ferrous of metals should be divided into, the non-ferrous will be more needed for us.
Yuqoridagi sintaksis tahlillar shuni ko’rsatadiki, ingliz va o’zbek tillarida kon va metallurgiya terminlarini tahliliy tarjima qilinganda ba’zi gramatik xususiyatlari mos keladi, ba’zilari bo’lsa mos kelmaydi. Bir tilda boshqa gramatik turlarga mansub bo’lsa, ikkinchi tilda umuman boshqa turlarda tarjima qilinsa, ma’no ancha yaxshi anglashiladi. Masalan, asosan, sifat bilan fe’l so’z turkumlari orasida: irrespirable- nafas olmaydigan, impermeable- suv o'tkazmaydigan kabi so’zlar.
Xulasa qilib shunday deyishimiz mumkinki, har ikkala tilda konchilik va metallurgiya terminlari gap tarkibida turli gap bo’laklari bo’lib kela oladi, shuningdek, ko’pgina terminlar ham shu sohani o’zida, ham xalq orasida keng qo’llaniladi. Bu esa shu soha terminlari ustida tadqiqotlar olib borish dolzarb masala ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |