I bob. O’rta asrlarda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi


II BOB. ARAB XALIFALIGI DAVRIDA MOVAROUNNAHR



Download 280,5 Kb.
bet2/6
Sana21.07.2021
Hajmi280,5 Kb.
#125356
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-O'zb.-2018

II BOB.

ARAB XALIFALIGI DAVRIDA MOVAROUNNAHR
1) Afg’onistonning shimoli, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlarni arablar qanday nomlagan?

A) Movarounnahr B) Ajam

C) Xuroson D) Mashriq

2) 673 yilda xalifa Muoviya I ning buyrug’iga ko’ra Buxoroga yurish qilgan arab sarkardasini aniqlang.

A) Salim ibn Solih

B) Ubaydulloh ibn Ziyod

C) Qutayba ibn Muslim

D) Said Xaroshiy

3) Qutayba ibn Muslimga jangsiz taslim bo’lgan shaharni aniqlang.

A) Marv B) Kesh C) Chag’oniyon D) A,C.

4) Arablar istilosi davrida Buxoroni kim boshqargan?

A) Tug’shoda B) Tarxun

C) G’urak D) Divashtich

5) Ubaydulloh ibn Ziyodning Buxoroga yurishidan so’ng ……..

1. Buxorxudot asirga olinib xalifa huzuriga olib ketildi

2. Bir lak dirham boj undirildi

3. 30 ming hunarmand asirga olindi

4. Qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlar undirildi

5. 4 ming asir olib ketildi

6. Bir yo’la 2 ming dirham to’lash yuklatildi

7. Har yili 200 ming dirham to’lash majburiyati yuklandi

A) 1,2,3,4,5,6,7. B) 2,4,5,6.

C) 1,2,4,7. D) 2,4,5.

6) Qutayba yurishidan so’ng ajralib ketgan Xorazmning qaysi qismini Gurganch miri boshqargan?

A) shimoliy qismini B) janubiy qismini

C) faqat Urganchni D) A,B,C.

7) Qutayba qaysi xalifaga qarshi isyon ko’targan?

A) Mansurga B) Marvon II ga

C) Sulaymonga D) Umar ibn Abdulazizga

8) Xalifa Umar ibn Abdulaziz yangi yerlarni bundan buyon zabt etishni to’xtatish hamda …………. islohot o’tkazish to’g’risida farmon berdi.

A) harbiy B) boshqaruv

C) ijtimoiy D) moliyaviy

9) Gurak va Divashtich isyon ko’targanlarida sug’dliklarga kimlar yordamga kelgan edi?

A) Xitoydan xitoylik askarlar

B) Yettisuvdan turk askarlari

C) Erondan fors askarlari

D) Shimoldan qipchoqlar

10) Xalifalik harbiy kuchlari Movarounnahrda ko’tarilgan qaysi qo’zg’alonni to’la bostirishga erisha olmagan?

A) Abu Muslim qo’zg’alonini

B) Buxorodagi 750 yilgi qo’zg’alonni

C) Rofe ibn Lays qo’zg’alonini

D) G’urak va Divashtich qo’zg’alonini

11) Islom dinini qabul qilganlardan hiroj va jizya soliqlarini olmaslikka qaror qilgan Xuroson noibini aniqlang.

A) Umar ibn Abdulaziz

B) Ashros

C) Nasr ibn Sayyor

D) Qutayba ibn Muslim

12) Qaysi Xuroson noibi davrida barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtirilgan edi?

A) Umar ibn Abdulaziz

B) Ashros

C) Nasr ibn Sayyor

D) Qutayba ibn Muslim

13) Xalifalik taxti uchun Ummaviylarga qarshi kurashni boshlab bergan shaxsni aniqlang.

A) Muhammad ibn Ali

B) Abulabbos as-Saffoh

C) Abu Muslim

D) Muqanna

14) Abbosiylar hokimiyati targ’ibotchilaridan biri Abu Muslim asli qayerlik edi?

A) Marv B) Kufa C) Bag’dod D) Makka

15) Dastlab Abu Muslimni kimlar qo’llab-quvvatlagan edi?

A) qullar B) dehqonlar

C) arab zodagonlari D) hunarmandlar

16) Abu Muslimning qarorgohi qaysi qal’a edi?

A) Moxuvon B) Narshax

C) Som D) Shavval

17) Ma’lumki, Abu Muslim boshchiligidagi qo’zg’alon ishtirokchilarining maqsadlari turlicha bo’lgan. Qaysi qatlam vakillari mamlakatni xalifalikdan ajratib, uni mustaqil idora qilishni maqsad qilgan edi?

A) dehqonlar

B) hunarmandlar

C) mahalliy mulkdorlar

D) ruhoniylar

18) Qaysi yili Abu Muslim boshchiligidagi qo’zg’alonchilar xalifalikning markaziy viloyatlariga yurish boshlagan?

A) 746 yilda B) 748 yilda

C) 749 yilda D) 750 yilda

19) Abbosiylar hokimiyat tepasiga kelgach Abu Muslim dastlab ……

A) Xurosonga noib etib tayinlangan

B) qo’shinda sarxanglik lavozimiga tayinlangan

C) zindonband etilgan

D) Bag’dodda davlat va harbiy kuchlarning yuqori lavozimiga tayinlangan

20) Bir yilda bo’lib o’tgan voqealarni aniqlang.

1. Abul Abbos Saffohning xalifalik taxtiga ko’tarilishi

2. Ziyod ibn Solih boshchiligidagi qo’shinning Talos vodiysida xitoyliklarga zarba berishi

3. Abu Muslim qo’shinining Marvni egallashi

4. Buxoroda Abbosiylarga qarshi qo’zg’alon ko’tarilishi

5. Abu Muslimning qatl etilishi

A) 2,5. B) 1,4. C) 4,5. D) 1,2,3,4,5.

21) Qusam ibn Abbos qabrtoshi qaysi maqbarada joylashgan?

A) Shohi Zinda maqbarasida

B) Go’ri Amir maqbarasida

C) Ka’batulloh ziyoratgohida

D) Registon majmuida

22) Muhammad Payg’ambarning amakisi Abbosning evarasi bo’lgan shaxsni aniqlang.

A) Muhammad ibn Ali

B) Qusam ibn Abbos

C) Abu Bakr D) Abul Abbos as-Saffoh

23) VII asrda Oloy tog’larining g’arbida joylashgan o’lkalar qaysi davlat tomonidan boshqarilgan?

A) Arab xalifaligi

B) G’arbiy Turk xoqonligi

C) Sharqiy Turk xoqonligi D) Eftaliylar

24) Qaysi yili Buxoro aholisi abbosiylarga qarshi qo’zg’alon ko’targan edi?

A) 806 y. B) 760 y. C) 747 y. D) 750 y.

25) Rim imperiyasining poytaxti Vizantiy shahriga ko’chirilishidan 300 yil o’tgach …

A) Muhammad (s.a.v.) arablarni yagona davlatga birlashtirdi

B) Abu Bakr xalifa deb e’lon qilindi

C) Yutinian hukmronligini nihoyaiga yetdi

D) To’ng yabg’u hokimiyat tepasiga keldi

26) Arablarning Movarounnahrga dastlabki hujumi qaysi shaharga uyushtirilgan?

A) Marv B) Maymurg’

C) Chag’oniyon D) Poykand

27) VII asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrdagi qaysi viloyat arablar tomonidan ikki marta talon-taroj qilingan edi?

A) Buxoro B) Chag’oniyon

C) Xorazm D) Samarqand

28) Arab xalifaligi faoliyat yuritgan davrni aniqlang.

A) 630-1258-yillar B) 632-1258-yillar

C) 661-1258-yillar D) 661-750-yillar

29) Qaysi javobda tarixiy xatolik mavjud?

A) Arablar Movarounnahrga dastlab uni bosib olish uchun emas, balki Islom dinini yoyish

jihatdan tayyorgarlik ko‘rish, mahalliy hukmdorlarni sinash maqsadida yurish qiladilar

B) VIII asr boshlarida arablar Movarounnahr hududini to‘liq bosib olishga kirishadilar

C) Arablar tomonidan Movarounnahrning asosiy viloyatlari egallangach hozirgi Afg‘onistonning shimoliy, Eronning shimoli sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan hududlar istilo qilinadi

D) Yirik yer egalari – dehqonlar arab xalifaligi davrida ham o‘z yerlarining egalari bo‘lib qoldilar, biroq ular endilikda ijaradorga aylanib, daromadning ma’lum qismini xalifalik xazinasiga jo‘natish majburiyatini olgan edilar

30) Buxoro yurishidan qaytayotgan Ubaydulloh ibn Ziyod yo’l-yo’lakay qaysi shaharni egallagan?

A) Naxhab B) Termiz

C) Poykand D) Romitan

31) Xurosonga noib etib tayinlangan Qutayba ibn Muslim harbiy yurishini qayerni zabt etishdan boshlaydi?

A) Marv B) Maymurg’

C) Chag’oniyon D) Balx

32) Qutaybaning O’rta Osiyo shaharlarini bosib olishi qaysi javobda xronologik to’g’ri ketma-ketlikda ko’rsatilgan?

A) Balx-Chag’oniyon-Poykand-Buxoro

B) Marv-Balx-Chag’oniyon-Buxoro

C) Maymurg’-Chag’oniyon-Buxoro-Balx

D) Poykand-Balx-Buxoro-Naxshab

33) Qutaybaning Xorazmga yurishi voqealariga mos kelmaydigan ma’lumotni aniqlang.

A) Xorazm shohi Chag‘on ukasi Hurzod boshliq xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib, 711-yilda Qutaybaga yordam so‘rab murojaat qiladi

B) Qutaybaning yurishidan so’ng Xorazmshoh o‘z mustaqilligini yo‘qotib, arablarga boj to‘lashga majbur bo‘ldi

C) Chag’onning qo‘shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi

D) 711-yilda Sug’dda boshlangan ichki ziddiyatlar tufayli Qutayba Xorazmga yurishni kechiktirib Sug’dga yurish qilgan edi

34) Sug’d podshosi G’urak hukmronlik yillarini aniqlang.

A) 707-712-yillar B) 710-737-yillar

C) 710-721-yillar D) 712-731-yillar

35) 713-yilda Qutayba o’zi boshliq asosiy qo’shin bilan ….

A) Farg’ona vodiysi tomon yurishni boshlaydi

B) Choch viloyatiga yurish boshlaydi

C) Farg’ona vodiysini uzil-kesil egallaydi

D) Qoshg’arga kirib boradi

36) Arab tilida “egallash”, “bosib olish” ma’nosini anglatuvchi atama-…

A) zabt B) fath C) konkista D) ishg’ol

37) Arab xalifaligida joriy etilgan yer egaligi tizimiga xos bo’lmagan javobni aniqlang.

A) Davlat yerlari ayrim harbiy yo‘lboshchilar va amaldorlarga umr bo’yi yoki mulkka vorislik tariqasida berilgan

B) Yerlarning asosiy egasi xalifa sanalar va u iqtodorlardan ushr olish huquqiga ega edi

C) Arablar Movarounnahrni bosib olgach, bu yerdagi yer-mulklar mahalliy mulkdorlarga qarashli bo‘lib qoldi

D) VIII asr mobaynida yirik dehqonlar qo‘li ostidagi yer-mulklar yuqori arab harbiy mulkdorlariga o‘tishi ro‘y beradi

38) ………….ning ma’lumotlariga ko‘ra,

Xalifalik davrida ayrim dehqonlar Buxoro amiri va buxorxudotlar ularning o‘z yerlarini tortib olganligi shikoyatini Xuroson noibiga yetkazganlar.

A) Narshaxiy B) Ibn Havqal

C) Beruniy D) Juvayniy

39) Arab xalifaligida idora ishlari uchun olinadigan soliq qanday nomlangan?

A) Zakot B) Xiroj C) Ushr D) Jizya

40) Tarixchi olim Muhammad Narshaxiy yashagan yillarni aniqlang.

A) 799-859-yillar B) 899-959-yillar

C) 873-950-yillar D) 774-849-yillar

41) Kim va qaysi davrda Buxoro shahrining markazida joylashgan zardushtiylar ibodatxonasini jome masjidiga aylantirib, masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun 2 dirhamdan pul hadya etishni joriy etgan?

A) Ubaydulloh ibn Ziyod VII asrning ikkinchi yarmida

B) Umar ibn Abdulaziz VIII asrning birinchi choragida

C) Qutayba VIII asr boshlarida

D) Abu Muslim VIII asr o’rtalarida

42) Islom dinini qabul qilib, musulmon bo‘lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda qanday imtiyozga ega bo’ishgan?

A) xiroj va jizya soliqlaridan ozod etilgan.

B) faqat jizya solig’idan ozod etilgan

C) barcha soliqlardan ozod etilgan

D) faqatgina ushr solig’i to’lashgan

43) Mahalliy davlat boshliqlarining ko‘pchiligi

qanday maqsadda Islom dinini qabul qilgan?

A) soliq va majburiyatlardan ozod bo’lish maqsadida

B) ular yakkaxudolikka asoslangan dinning joriy etilishidan manfaatdor edilar

C) o‘z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida

D) Arab xalifalari saroyida xizmatga kirish maqsadida

44) Bo’ysindirilgan aholining norozilik haraktlari, murakkab vaziyatni hisobga olib, bo‘ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo‘lgan xalifani aniqlang.

A) Mansur B) Marvon II

C) Nasr ibn Sayyor D) Umar ibn Abdulaziz

45) 720-yilda qo’zg’alon ko’targan shaxslardan biri – Divahtich qayerning hokimi edi?

A) Panjikent B) Sug’d

C) Toxariston D) Yettisuv

46) 720-yilda sug’dliklar qo’zg’alon ko’targanida ularga kimlar yordamga kelgan edi?

A) Panjikentdan turk lashkarlari

B) Talosdan xitoyliklar qo’shini

C) Yettisuvdan turk lashkarlari

D) Sirdaryoning shimolidan qipchoq qabilalari

47) Qaysi Xuroson noibi Movarounnahr aholisini

tinchlantirish va arablar hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya soliqlarini olmaslikka qaror qilgan edi?

A) Nasr ibn Sayyor B) Umar ibn Abdulaziz

C) Ma’mun D) Ashros

48) Qaysi Xuroson noibi davrida barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtirilib, yer egasining e’tiqodidan qat’i nazar ularning

xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yiladi?

A) Nasr ibn Sayyor B) Umar ibn Abdulaziz

C) Ma’mun D) Ashros

49) Qo’zg’alon rahbarlaridan qaysisi Xurosonda

kichik lashkarboshidan vazirlik darajasigacha ko‘tarilgan edi?

A) Abu Muslim B) Hoshim ibn Hakim

C) G’urak D) Rofe ibn Lays

50) Muqannaning Keshdagi qarorgohi qanday nomlangan?

A) Moxuvon B) Narshax

C) Som D) Naxshab

51) U ayniqsa Sug‘dda avj olib, Eloq (Ohangaron) vodiysi va Shoshga ham o‘zining ta’sirini o‘tkazadi, yuqorida qaysi qo’zg’alon haqida so’z yuritilgan?

A) Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo’zg’alon

B) “Oq kiyimlilar” qo’zg’aloni

C) Abu Muslim boshchiligidagi qo’zg’alon

D) G’urak va Divashtich boshchiligidagi qo’zg’alon

52) Qachon, qaysi xalifa “Oq kiyimlilar” qo’zg’aloniga zarba berish uchun kata harbiy kuchni Movarounnahrga yuborgan edi?

A) 776-yilda, Mu’tazid

B) 775-yilda, Xorun ar-Rashid

C) 783-yilda, Ma’mun

D) 775-yilda, Mansur

53) Samarqandda “Oq kiyimlilar” qo’zg’alonchilari qancha vaqt kurash olib borib yengilgan edi?

A) 2 oy B) 4 oy C) 2 yil D) 14 yil

54) “Oq kiyimlilar” qo’zg’aloni yengilishining asosiy sababini aniqlang.

A) Qo’zg’alonchilarning uyushqoqlik bilan harakat qilmaganligi

B) Xalq harakatining ommalashib ketishidan cho‘chigan mahalliy mulkdorlarning birin-ketin arablar tomoniga o‘tib ketishi

C) Qo‘zg‘olonning uzoq davom etganligi va bu mehnatkashlarni holdan toydirgani

D) Qo’zg’alonchilar ichida o’zaro kelishmovchilik bo’lib, yakdil fikrning mavjud emasligi

55) 806-yilda ………. Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi qo‘zg‘olon ko‘tariladi.

A) hunarmand B) dehqon

C) arab lashkarboshisi D) sug’dlik mulkdor

56) Qaysi qo‘zg‘olon Samarqandda boshlanib Shosh, Farg‘ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm

viloyatlariga tarqalgan?

A) Muqanna qo’zg’aloni

B) Rofe ibn Lays qo’zg’aloni

C) Abu Muslim qo’zg’aloni

D) G’urak va Divashtich qo’zg’aloni

57) Xuroson noibi Ma’mun Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo’zg’alonni bostirishda kimdan yordam so’raydi?

A) Yettisuvdagi turk askarlaridan

B) Xurosondagi sarkardalardan biri Tohir ibn Husayndan

C) Somonxudotning nabiralari: Nuh, Ahmad va Yahyolardan

D) Xalifa Xorun ar-Rashiddan

58) Qaysi voqealar orasidagi farq 100 yilni tashkil etadi?

1. “Oq kiyimlilar” qo’zg’aloni markazining Buxoroga ko’chishi

2. Abu Mansur al-Moturidiy tavalludi

3. Turk xoqonligining tashkil topishi

4. “Ma’mun akademiyasi”ga asos solinishi (Urganch) 5. Mu’tazid xalifaligining nihoyasi

6. Attila boshchiligida xunlarning Rimga bostirib kirishi 7. Abruy qo’zg’alonining boshlanishi

A) 1,2. B) 4,5. C) 3,6. D) 6,7.

59) V asrning o’rtalariga kelib obikor yerlarning asosiy qismi……….. qo’lida edi.

A) qishloq jamoalarining B) kadivarlarning

C) dehqonlarning D) kashovarzlarning

60) VIII asr oxiri IX asr boshlarida Arab xalifaligi .

A) O’z qudratining yuqori chuqqisiga erishdi

B) Shaqiy va janubiy Osiyo mamlakatlarini zabt etishga kirishdi

C) Og’ir siyosiy tanglikka uchradi

D) Pireney yarimoroli orqali Yevropaga kirib bordi

61) VIII srning 40-yillarida xalifalikda taxt uchun kurash boshlagan Muhammad ibn Ali ….. edi.

A) Abbosiylar sulolasining asoschisi

B) Muhammad (s.a.v.)ning amakisi Abbosning evarasi

C) Muhammad (s.a.v.)ning tog’asi Qusam ibn Abbosning nevarasi

D) Ummaviylarning so’nggi xalifasi

62) Ummaviylarga qarshi norozilik ayniqsa qaysi xalifa davrida kuchaygan edi va bunga sabab bo’lgan omilni aniqlang?

A) Nasr ibn Sayyor, xalifalik qo’shinlarining doimiy bosqinchilik yurishlari natijasida xalq xo’jaligining izdan chiqishi

B) Mansur, soliq va majburiyatlarning ko’pligi va soliq siyosatida suiste’molliklarga yo’l qo’yilishi

C) Marvon II, xiroj solig‘i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi

D) Umar ibn Abdulaziz, e’tiqodidan qat’iy nazar arablarga mansub bo’lmagan aholidan yoppasiga jizya solig’i olinishi haqidagi buyruq

63) Marvon II xalifalik yillarini aniqlang.

A) 745-750 y. B) 744-750-y.

C) 750-754-y. D) 661-680-y.

64) Qaysi javobda tarixiy xatolik mavjud?

A) Ummaviylarga qarshi kurashda Abu Muslimni dastlab arab zodagonlari, so‘ngra mahalliy dehqonlar qo‘llab-quvvatlagan

B) Umaviylarga qarshi kurashga da’vat qilish uchun Abbosiylar turli viloyatlarga ko‘plab targ‘ibotchilar yuboradilar. Shunday targ‘ibotchilardan biri kufalik Abu Muslim edi

C) Umaviylarga qarshi tashviqotning sadosi tez orada Xuroson, Movarounnahr va Sharqiy Turkiston viloyatlariga keng tarqaladi

D) Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilarning deyarli barchasi qora libos kiyib olgan edilar

65) Qaysi yili Abu Muslim aholini umaviylarga qarshi kurashga da’vat etadi?

A) 747-yil B) 748-yil

C) 749-yil D) 750-yil

66) Qaysi yili Abu Muslim boshliq qo‘zg‘olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo‘l oladilar?

A) 747-yil B) 748-yil

C) 749-yil D) 750-yil

67) Abbosiylar sulolasining birinchi xalifasi va uning hukmronlik yillarini aniqlang.

A) Abul Abbos Abdulloh 750-755-yillar

B) Muoviya I 661-680-yillar

C) Abu Muslim 749-755-yillar

D) Abul Abbos Saffoh 750-754-yillar

68) Abbosiylarning hokimiyat tepasiga kelishidan bir necha yil o’tgach Xuroson va Movarounnahrda

abbosiylarga qarshi xalq harakatlarining avj olib ketishiga nima bahona bo‘lgan edi?

A) Abu Muslimning o’ldirilishi

B) Soliq va majburiyatlarning o’zgarishsiz qolishi

C) Ummaviylarning qirg’in qilinishi

D) Talas vodiysi orqali turk va xitoy askarlarining bostirib kirishi

69) 750-yilda qayerda Abbosiylarga qarshi qo’zg’alon ko’tarildi?

A) Marvda B) Talos vodiysida

C) Kufada D) Buxoroda

70) Abbosiylar davrida xalifalik markazi, boshqaruv qarorgohi qayerga ko’chirilgan?

A) Damashq B) Bag’dod

C) Marv D) Makka

71) Arab xalifaligida harbiy ishlar uchun mas’ul bo’lgan lavozimni aniqlang.

A) Amir ul-umaro B) Vazir ul-vuzaro

C) Sohibi shu’rat D) Devon al-xaraj

72) Devon ad-dar necha asosiy devonga bo’lingan?

A) 2 B) 3 C) 4 D) 10

73) Movarounnahrga tegishli masalalar xalifalikning qaysi devonida hal qilingan?

A) Devon-al-xaraj B) Devon al-mashriq

C) Devon al-mag’rib D) Devon ad-dar

74) Arab xalifaligida turli masalalarni ko’rib chiqish uchun joriy etilgan kengash qanday nomlangan?

A) Devon-al-xaraj B) Devon al-mashriq

C) Devon al-mag’rib D) Devon ad-dar




Download 280,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish