I BOB.
O’RTA ASRLARDA YERGA EGALIK QILISH MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
1) Buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosi va uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va roliga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya qachon, qayerda o’tkazildi?
A) 2014-yil 15-16-may kunlari Samarqandda
B) 2012-yil 15-17-iyun kunlari Toshkentda
C) 2015-yil 14-15-aprel kunlari Buxoroda
D) 2016-yil 7-9-sentabr kunlari Samarqandda
2) Ilk o’rta asrlarda O’zbekiston hududining dasht va tog’oldi mintaqalarida yashovchi ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholining o’troq hayot tarziga o’tishi natijasida ……..
A) obikor yerlarga bo’lgan ehtiyoj ortdi
B) qo’riq va bo’z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi
C) markazlashgan davlatlar paydo bo’ldi
D) A,B.
3) Dehqonlarning maxsus askariy guruhlari kimlardan tashkil topgan?
A) kadivarlardan B) yollanma jangchilardan
C) chokarlardan D) kashovarzlardan
4) Qishloq jamoalari yerlarida yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan erkin ziroatchilar tabaqasi qanday nomlangan?
A) Kadivar B) Chokar
C) Kashovarz D) Xvabu
5) V asrning o’rtalariga kelib obikor yerlarning asosiy qismi……….. qo’lida edi.
A) qishloq jamoalarining
B) kadivarlarning
C) dehqonlarning
D) kashovarzlarning
6) “Xorazmshohlar” unvoni dastlab qaysi sulola tomonidan qabul qilingan?
A) Siyovushlar B) Afrig’iylar
C) Oltintoshlar D) Anushteginiylar
7) Oldiga shoh, orqasiga suvoriy tasviri tushirilgan Afrig’iy shohlari tangalari qanday metaldan zarb etilgan?
A) mis B) kumush C) oltin D) jez
8) Xorazmning qadimgi poytaxti Kat kimning davrida qayta tiklangan edi?
A) Xusrav B) Suyovush
C) Afrig’ D) Saksafar
9) Qo’lida burgut qo’ndirilgan tojdor hukmdor haykali qayerdan topilgan?
A) Anqaqal’adan B) Varaxshadan
C) Tuproqqal’adan D) Bolalaktepadan
10) O’rta asrlarda Xorazm quyidagi davlatlardan qaysi biriga qaram bo’lgan?
A) Xioniylar B) Kidariylar
C) Eftallar va Turk xoqonligi
D) To’g’ri javob yo’q
11) Qo’lida lochin tutgan tojdor tasviri so’qilgan tanga qayerdan topilgan?
A) Tuproqqal’adan B) Anqaqal’adan
C) Ayritomdan D) Quvadan
12) Xioniylar O’rta Osiyoda qaysi davr oralig’ida hukmronlik qilgan?
A) IV asr o’rtalaridan V asrning 20-yillariga qadar
B) IV asrning o’rtalaridan VI asr boshlrigacha
C) IV asrning 70-yillaridan V asrning ikkinchi yarmigacha
D) V asrning 70-yillaridan VII asrning birinchi choragigacha
13) Dastlab Xioniylar davlatining markazi qayerda edi?
A) Zarafshon vohasida
B) O’zbekistonning janubiy tumanlarida
C) Farg’ona vodiysida
D) Sirdaryoning o’rta oqimida
14) Xioniylar davlati tarkibiga qaysi hududlar kirgan?
A) Sharqiy Turkiston, sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston, O’zbekiston
B) Shimoliy Afg’oniston, janubiy Tojikiston, Xuroson
C) Shimoliy Hindiston, Afg’oniston, Xurosonning bir qismi
D) Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Movarounnahr
14) IV asrning 70 yillarida …..
A) Xioniylar O’rta Osiyoga bostirib kirdi
B) O’rta Osiyoda xioniylar hukmronligi o’rnatildi
C) Eftallar O’rta Osiyoga kirib keldi
D) Eftaliylar elchisi Xitoyga bordi
15) ………..Xorazm hamda Amudaryo havzasiga ko‘chmanchi chorvador aholi – toxarlar kirib kelgan.
A) IV asrning 70-yillarida Orol va Xarkon bo’ylaridan
B) V asrning 20-yillarida Sharqiy Turkiston va Yettisuvdan
C) V asr o’rtalarida Sirdaryoning yuqori oqimi va Pomir bo’ylaridan
D) V asrning 20-yillarida sharqdan Sirdaryo va Orol bo‘ylari orqali
16) Qaysi yilda Kidariylar va Sosoniylar o’rtasida urush bo’lib o’tgan edi?
A) 454-yil B) 456-yil
C) 484-yil D) 475-yil
17) O‘rta Osiyoda eftaliylar davlati faoliyat ko‘rsatgan davrni aniqlang.
A) V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigacha
B) IV asrning 20-yillaridan V asrning 70-yillarigacha
C) V asrning o’rtalaridan VII asrning birinchi choragigacha
D) IV asrning 70-yillaridan V assrning oxirigacha
18) V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy
Hindiston va Sharqiy Turkiston hududlarini o‘z ichiga olgan davlatni aniqlang.
A) Sosoniylar davlati B) Xioniylar davlati
C) Turk xoqonligi D) Eftallar davlati
19) Eftaliylar davlatining dastlabki poytaxti –
A) Poykand va Varaxsha
B) Balx C) Buxoro D) Yettisuv
20) Eftaliylar davlati boshqaruviga xos bo’lgan ma’lumotlarni aniqlang.
1. Saltanat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan
2. Hukmdorlik otadan bolaga merosiy bo’lib o’tgan
3. Taxt otadan bolaga qolmay, shu suloladan
kim loyiq deb topilsa o‘sha taxtga o‘tirgan
4. Hukmdorlik uchun Oqsoqollar kengashida saylov o’tkazilgan
5. Hukmdorlikka nomzodni aniqlab taqdim etadigan kengash ham mavjud bo‘lgan
6. Viloyatlarda boshqaruv mahalliy
xonadonlar (sulolalar) tomonidan olib borilgan
7. Viloyatlar hukmdorning qarindoshlari va yaqin kishilari tomonidan boshqarilgan
8. Viloyat hukmdorlarining har biri o‘zining kumush yoki mis tangasini zarb etgan
A) 1,2,3,4,5,6,7,8. B) 1,3,5,6,8.
C) 2,4,6,8. D) 1,3,5,7.
21) Qaysi yilda eftallar davlati Turk hoqonligi
hamda Eron sosoniylarining zarbasiga uchragan va tamomila barbod bo‘lgan?
A) 484-yilda B) 567-563-yillarda
C) 588-yilda D) 563-567-yillarda
22) Eftallar O’rta Osiyoga qaysi tomondan kirib kelganlar?
A) shimoldan B) sharqdan
C) janubdan D) shimoli-g’arbdan
*23) V-VI asrlarda Sharqiy Turkiston va O’rta Osiyoda paxta ekilgani to’g’risida qaysi manbalarda ma’lumot mavjud?
A) Xitoy B) Vizantiya C) Arab D) Arman
24) Chag’oniyon hozirgi qaysi viloyat hududiga to’g’ri keladi?
A) Qashqadaryo B) Surxondaryo
C) Farg’ona D) Toshkent
25) Kidariylar davlatining poytaxti qaysi shahar edi?
A) Balx B) Yettisuv C) Poykand D) Tunkat
26) Ilk o’rta asrlarda Ipak yo’li savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan kimlar vositachilik qilishgan?
A) turklarB) eftallar C) sug’diylar D) arablar
27) Eftaliylar hukmronligi davrida mamlakatimiz hududidagi mahalliy hukmdorlar mavqeyi qay ahvolda edi?
A) ularning ko’pchiligi katta nufuzga ega bo’lib, o’z nomlaridan tangalar zarb etgan
B) ular to’liq eftaliylar davlatiga bo’ysungan va o’z tangalariga, muhriga ega bo’lmagan
C) ular eftaliylar davlatidan rasman mustaqillikni qo’lga kiritgan edi
D) ular rasman eftaliylarga amalda esa xorazmshohlarga qaram edi
28) Ilk o’rta asrlarda chorvador aholi o’rtasida qaysi til hukmron edi?
A) sug’d tili B) turkiy til
C) arab tili D) fors tili
29) Eftallar yozuvi qaysi yozuv asosida paydo bo’lgan?
A) xorazm B) finikiya C) baqtriya D) oromiy
30) Eftallar diniy e’tiqodiga xos bo’lgan javobni aniqlang.
A) ular ko’k tangriga e’tiqod qilishgan B) ular o’t va quyoshga topinuvchi otashparast edi
C) ularda shomonlik (qam) dini keng tarqalgan edi
D) xristian va musulmonlardan iborat bo’lishgan
*31) Hozirgacha “abdal” nomli etnik guruh qaysi xalqlar tarkibida saqlangan?
A) turklar va eronliklar
B) o’zbeklar va tojiklar
C) turkman va anatoliyalik turklar D) A,B.
32) Hunarmandchilikning qaysi sohasini xitoyliklar O’rta osiyoliklardan o’rgangan?
A) yilqichilikni B) “doira raqsi”ni
C) rangli shisha va shisha buyumlar yasashni
D) qurolsozlikni
33) Ilk o’rta asrlarda sug’d tilidan xalqaro savdo tili sifatida qaysi hududlarda foydalanilgan?
A) Yettisuv, Farg‘ona, Sharqiy Turkiston, Xitoy
B) Xitoy, Hindiston, O’rta Osiyo
C) Old Osiyo, Eron, O’rta Osiyo, Xitoy
D) Yettisuv, Janubiy Sibir, Dashti Qipchoq
34) Ilk o’rta asrlarda Xitoy imperatorlari o’z saroylarini bezashda qayerdan keltirilgan rangli shishadan foydalanishgan?
A) Vizantiya B) O’rta Osiyo
C) Hindiston D) Yettisuv
35) Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo aholisining tasviriy uslublari qaysi mamlakatlar tasviriy uslublari bilan uyg‘unlashib, ilk o‘rta asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylangan edi?
A) Xitoy, Hindiston B) Mug’uliston, Eron
C) Hindiston, Eron D) Vizantiya, Xitoy
36) Ichki va tashqi savdoda eftallar dastavval qanday pullardan foydalanishgan?
A) mahalliy hukmdorlar tomonidan zarb etilgan kumush va mis tangalardan
B) markaziy hokimiyat tomonidan zarb etilgan kumush va oltin tangalardan
C) dastavval o’z tanga-pullariga ega bo’lmagan va savdo mahsulot ayriboshlash ko’rinishida bo’lgan
*D) sosoniy hukmdorlar zarb ettirgan kumush tangalardan
37) Turk xoqonligi tashkil etilganida uning markazi … edi.
A) Yettisuv B) Balx C) Qoshg’ar D) Oltoy
38) Turklarning harbiy yurishlaridan foydalangan sosoniylar eftallardan qaysi hududlarni tortib olgan?
A) Balx va Xuttalonni
B) Toxariston va Chag’oniyonni
C) Marv va Naxshabni
D) Sug’d va Chochni
39) Oltoy va Janubiy Sibirda yashovchi turkiy qabilalar qachon yagona davlatga birlashgan edi?
A) V asrda B) 305 yilda
C) VI asr o’rtalarida D) VIII asr boshlarida
40) Turklarning g’arbga tomon yurishlariga boshchilik qilgan sarkardaga qanday unvon berilgan edi?
A) Istami B) Shod
C) Tudun D) Yabg’u xoqon
41) Turklar 555 yilda qaysi hududlarni bosib olgan?
A) Sug’d yerlarini
B) Sirdaryo va Orol bo’ylarini
C) Shimoliy Kavkaz va Qrimni
D) Yoyiq va Itil bo’ylarini
42) Qanday siyosiy vaziyat tufayli Turklar Eron, Vizantiya bilan yaqinlashgan edi?
A) Eftallar bilan urush xavfining mavjudligi
B) Arab xalifaligi hujumidan himoyalanish zarurati
*C) Ipak Yo’li savdosida hukmronlikka intilish
D) Eftallardan mag’lubiyatga uchragani tufayli
43) Istamiga kuyov bo’lgan sosoniy hukmdorini aniqlang.
A) Peruz B) Shopur II
C) Nasr ibn Sayyor D) Xusrav I Anushervon
44) Chirchiq daryosi ilk o’rta asrlarda qanday nomlangan?
A) Politemit B) Kuhak
C) Parak D) Ko’kcha
45) Turk xoqonligining asoschisi kim edi?
A) Istami B) Vaxhunvar
C) Bumin D) Tung yabg’u
46) Attila boshchiligidagi xunnlar Rimga bostirib kirishidan qancha vaqt o’tib Bumin xoqon deb e’lon qilingan?
A) 76 yil B) 97 yil C) 100 yil D) 142 yil
47) Turklarning qaysi hududni egallashi eftallar davlatining shimoliy hududlari xavf ostida qoldirgan edi?
A) Yettisuv va Sharqiy Turkiston
B) Sirdaryo va Orol bo’ylari
C) Itil (Volga), Yoyiq (Ural) daryolari atrofi
D) Oltoy, Janubiy Sibir
48) Sosoniylar shohi Xusrav I Anushervon hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 309-379-yy. B) 484-531-yy.
C) 527-565-yy. D) 531-579-yy.
49) Eron askarlarining qayerga hujumidan foydalanib turklar 563-yilda eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar?
A) Balx B) Chag’oniyon
C) Marv D) Poykand
50) Qaysi shaharlarni zabt etgach turklar Buxoroni qamal qilishga kirishadi?
A) Farg’ona, Shosh, Samarqand
B) Shosh, Samarqand, Kesh, Naxshab
C) Kesh, Naxshab, Termiz, Urganch
D) Toxariston, Chag’oniyon, Balx, Marv
51) VII asr ikkinchi yarmidan boshlab Amudaryoning o’ng sohillari bo’ylab Kaspiy dengizigacha cho’zilgan yerlar qaysi davlat tasarrufiga o’tadi?
A) Sosoniylar B) Arab xalifaligi
C) Eftallar davlati D) Turk xoqonligi
52) Eftallar davlati qulagach qaysi davlat Amudaryodan to Suriyaga qadar Ipak yo‘li ustidan o‘z nazoratini o‘rnatgan edi?
A) Eron B) Turk xoqonligi
C) Arab xalifaligi D) Xitoy
53) Turk xoqonligi boshqaruvi, davlatchiligiga xos bo’lmagan ma’lumotni aniqlang.
A) Davlat asosini asosiy qismi turkiy tilda so‘zlashuvchi qabilalar ittifoqi tashkil etgan
B) Hukmdorning hokimiyati urug‘-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy
boshqaruvga asoslangan
C) O‘n o‘q budun yoki elning hokimi “shod” nomi bilan atalardi
D) Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo, Amudaryo havzalarida o‘ndan ortiq voha hokimliklari mavjud bo’lib, turklar ulardan faqat boj va yasoq undirib
olish bilan cheklanardilar
54) Turk xoqonligining kuchli markazlashgan davlat bo’lishiga to’sqinlik qilgan, davlatning zaiflashuviga olib kelgan omillarni aniqlang.
1. Shimol tarafdan ko’chmanchi qabilalarning doimiy hujumlari
2. Katta-katta qabilalar yoki qabilalar
ittifoqining markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka intilishi
3. Xoqonlik tasarrufida bo‘lgan hududlardagi hokimlarning mustaqil bo‘lishga intilishi
4. Xoqonlikning muntazam qo’shinga ega emasligi
5. Bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibining saqlanganligi
6. Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat
A) 1,2,3,4,5,6. B) 1,3,5,6.
C) 2,3,5. D) 2,3,5,6.
55) Qaysi davrda Turk xoqonligi Sharqiy turk xoqonligi va G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib
ketadi?
A) 395-yilda B) VI asrning o’rtalarida
C) VI asr 80-yillarining oxirida
D) VII asrning birinchi choragida
56) Sharqiy Turk xoqonligi tasarrufida bo’lgan hududlarni aniqlang.
A) Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari
B) Janubiy Sibir, Urxun havzasi (Mo’g’uliston), Shimoliy Xitoy
C) Oloy tog’ining g’arbi, Utukan vodiysi, O’rta Osiyo
D) Janubiy O’zbekiston, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston
57) G’arbiy Turk xoqonligining qarorgohi qayerda joylashgan?
A) Yettisuv B) Utukan vodiysi
C) Oltoy D) Xo’jand
58) VII asrning birinchi choragida…
1. G‘arbiy xoqonlik nihoyatda kuchaygan
2. G‘arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko‘chiradi
3. Eftaliylar davlati barham topdi
4. Turk xoqonligi ikki qismga bo’linib ketdi
5. G’arbiy xoqonlikda markaziy hokimiyat zaiflashdi
6. Xorazm, sug’d, fetal yozuvlari vujudga keldi
A) 1,2,3,4,5,6. B) 1,3. C) 1,2. D) 5,6.
59) G’arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaygan davrda uning sharqiy chegarasi …….ga, janubda esa ……..ga borib yetgan.
A) Yettisuv/Hindiston B) Xitoy/Eron
C) Janubiy Sibir/Xuroson
D) Oltoy/Sind(Hind) daryosi bo’ylari
60) Xoqon To’ng yabg’u davrida O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari borasida qanday o’zgarish amalga oshirildi?
A) Siyosiy nazorat kuchaytirilib, ular huzuriga xoqonlikning noiblari – tudunlar yuboriladi
B) Ular o’z hududlarida hokimi mutlaq bo’lib qolaverdi, faqat xoqonlikka boj va yasoqni o’z vaqtida topshirish bilan cheklanardi
C) Mustaqil hokimliklar tugatilib, viloyatlarga xoqonning “yabg’u” unvoniga ega bo’lgan vakillari yuborildi
D) Mahalliy hokimlarning hokimiyati tugatildi, kuchli markazlashgan davlat tashkil topdi
61) VI-VII asrlarda O’rta Osiyoda ichki va tashqi savdoda qayerlik savdogarlarning mavqeyi yuqori edi?
A) Xorazm B) Eron C) Sug’d D) Turk
62) VII asrning birinchi yarmida G’arbiy Turk xoqonligining qaysi mamlakat bilan iqtisodiy aloqalari faollashib, mazkur davlatga to’qqiz marta savdo elchilari yuborilgan edi?
A) Eron B) Vizantiya
C) Hindiston D) Xitoy
63) Abruy qo’zg’aloni qachon, qayerda bo’lib o’tgan?
A) 575-576-yillarda Buxoroda
B) 685-687-yillarda Kufada
C) 585-586-yillarda Buxoroda
D) 769-783-yillarda Samarqandda
64) Abruy qo’zg’alonini bostirgan sarkardani aniqlang.
A) Qoracho’rin B) Sheri Kishvar
C) Alp Arslon D) To’ng yabg’u
65) V-VII asrlarda O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi qaysi edi?
A) Farg’ona B) Toxariston
C) Choch D) Sug’d
66) Chorvachilikda qayerning hisori qo‘ylari va otlari juda mashhur edi?
A) Toxariston B) Sug’d
C) Farg’ona D) Eloq
67) VII asrning dastlabki choragida G’arbiy Turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini qayerga ko’chirgan edi?
A) Yettisuvga B) Choch viloyatiga
C) Oltoyga D) Balxga
68) Ilk o’rta asrlarda Farg’onadan qo’shni mamlakatlarga asosan qanday mahsulotlar chiqarilgan?
A) buyoq, rangli shisha, dori-darmon.
B) teri mahsulotlari, samoviy otlar
C) toshko’mir, neft
D) quruq meva, ipak matolar
69) Quyidagi davlatlardan qaysi biri janubiy O’zbekiston, Tojikiston, shimoliy Afg’onistonni o’z ichiga olgan?
A) Movarounnahr B) Toxariston
C) Turk xoqonligi D) Eron
70) Markaziy Osiyoda budda va moniylik dinlarining tarqalishi va rivojida muhim rol o’ynagan o’lkani aniqlang.
A) Choch B) Sug’d
C) Toxariston D) Sharqiy Turkiston
71) Quyidagi alifbolardan qaysisida harflar soni boshqalaridan ko’p bo’lgan?
A) Finikiya alifbosi B) Ko’k turk bitigi
C) Toxariston yozuvi D) Yunon alifbosi
72) ……….. hadya tariqasida ……………. dan yuborilgan dubulg’adan nusxa olib Xitoy qurolsozlari qo’shinni dubulg’a bilan ta’minlaganlar.
A) 727 yilda; Buxoro B) 718 yilda; Samarqand
C) 705 yilda; Choch D) 743 yilda; Farg’ona
73) Toshkent shahrining ilk o’rta asrlarda 22 ta darvozasi mavjud bo’lganligi to’g’risida ma’lumot beruvchi mualliflarni aniqlang.
A) Narshaxiy, Sim Syan
B) Ibn Xavqal, Istahriy
C) Beruniy, Narshaxiy
D) Menandr, Mavrikiy
74) Qadimgi turklar o’zlari sig’inadigan dinni qanday nomlaganlar?
A) Qam B) Shomon C) Moniylik D) Runik
75) 12 metrli budda haykali qayerdan topilgan?
A) Quvadan B) Varaxshadan
C) Ajinatepadan D) Anqaqal’adan
76) Mug’ qal’asi qayerda joylashgan?
A) Panjikentda B) Sharqiy Turkistonda
C) Samarqandda D) Surxondaryoda
77) Qaysi davlatda mustaqil mulkdorlar Shoga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan?
A) Xorazm B) Eftaliylar
C) Kidariylar D) Turk xoqonligi
78) Qaysi davrda Chag’oniyon, Samarqand, Buxoro, Kesh, Naxshab va Toshkent atroflari to’la o’zlashtirilib, alohida-alohida dehqonchilik vohalari shakllanadi?
A) III asrda B) IV asrda
C) V asrda D) VI asrda
79) Qo’shaloq tasvir, ya’ni hukmdorning malika bilan yonma-yon tasviri mavjud tangalar qaysi davlatda mavjud edi?
A) G’arbiy Turk xoqonligi B) Toxariston
C) Xorazm D) Choch
80) Qam – Shomonlikka xos bo’lmagan xususiyatni aniqlang.
A) Ko’k tangriga e’tiqod
B) Ko’pxudolik dini
C) Yakkaxudolik dini
D) Ota-bobolar ruhining ulug’lanishi
81) Ko’rsatilgan atamalardan qaysisi harbiy sohaga oid?
A) yasoq B) tudun
C) shod D) pandus
82) VI-VII asrlarda O’rta Osiyo davlatlarida xat, hujjat va ayrim axborot kabi maktubotlar asosan qanday ashyolarga bitilgan?
1. faqat qog’ozga 2. charm
3. ipak matoga 4. yog’ochga
5. sopolga 6. kamdan-kam hollarda qog’ozga
7. daraxt po’stlog’iga 8. toshga
A) faqat 1. B) 1,2,3,4,5,7,8.
C) 2,3,7,8. D) 2,4,5,6.
83) Balx, Qunduz, Termiz, Chag‘oniyon, Xuttal shaharlari qaysi mustaqil hokimlik tarkibida edi?
*A) Toxariston B) Sug’d
C) Farg’ona D) Xorazm
84) Toxariston hukmdorlari dastlab ….., keyinchalik ……. nomi bilan atalgan.
A) xoqon/yabg’u B) sho/ixshid
C) dehqon/tudun D) malikshoh/yabg’u
85) Toxariston hunarmandchiligida yuksalgan sohalarni aniqlang.
1. qurolsozlik 2. bo’yoq ishlab chiqarish
3. shishasozlik 4. to‘qimachilik 5. zargarlik
6. qayiqsozlik
A) 1,2,3,4,5,6. B) 2,4,6.
C) 1,3,4. D) 1,3,5.
86) O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan 15 mustaqil davlatdan qaysilarining hukmdorlari “ixshid” deb nomlangan?
A) Toxariston, Sug’d B) Choch, Farg’ona
C) Xorazm, Baqtriya D) Sug’d, Farg’ona
87) Farg’onaning qaysi qismida qadimdan yilqichilik rivoj topgan?
A) Koson, Axsikat, Quva
B) Qurama va Qoramozor tog’lari yonbag’irlari
C) Sho’rabashat, Uchqo’rg’on
D) Sirdaryoning o’rta oqimi bo’ylari
88) VI-VII asrlarda Chirchiq va Ohangaron vodiylarida nechta hokimlik mavjud bo‘lgan?
A) 2 B) 10 C) 11 D) 15
89) Eloqning markazi ……, hokimlari esa …… deb atalardi.
A) Tunkat/dehqon B) Choch/tudun
C) Balx/malikshoh D) Eloq/yabg’u
90) Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hokimliklarida boshqaruv ma’muriyatining asosiy vazifasi …
A) fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish, jamoat ishlariga ularni safarbar etishdan iborat bo‘lgan
B) fuqarolar manfaatidan kelib chqqan holda ichki va tashqi siyosat yuritishdan iborat bo’lgan
C) fuqarolarni qat’iy itoatda tutib turish, mavjud tuzumga qarshi har qanday qarash, harakatning oldini olishga qaratilgan edi
D) fuqarolar va boshqaruv o’rtasida o’zaro hamjihatlikni ta’minlashdan iborat edi
91) V-VII asrlarda O’rta Osiyoda ro’y bergan o’zgarishlarga mos kelmaydigan javobni aniqlang.
A) Yerga egalik qilish munosabatlari o’rnatildi
B) Urug’chilik va quldorlik tuzumi barham topa boshladi
C) Ko’chmanchi qabilalarning kirib kelishi va o’troqlashuvi ro’y berdi
D) Shahar va qishloqlarning qiyofasi, aholining turmush tarzi va ijtimoiy ahvolida o’zgarishlar bo’ldi
92) O’rta asrlarda O’rta Osiyoda shaharlar 3 qismga bo’lingan. Shaharning tashqi qismiga nisbatan qanday atama qo’llaniladi?
A) ko’handiz B) ark
C) rabot D) shahriston
93) Turfan shahri qayerda joylashgan?
A) Toxariston B) Sug’d
C) Panjikent D) Sharqiy Turkiston
94) Qadimgi ko’kturk biriklari qayerlardan topib o’rganilgan?
1. Sharqiy Xitoy 2. Oltoy 3. Eron
4. Sharqiy Turkiston 5. Hindiston 6. Yettisuv 7. Farg‘ona 8. Zarafshon vodiysi
A) 1,2,4. B) 2,4,6,7,8.
C) 1,3,5,7,8. D) 1,2,3,4,5,6,7,8.
95) Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo shaharlarida odatda shaharning qaysi qismida hunarmandlar, dehqonlar yashagan?
A) ko’handiz B) ark
C) rabot D) shahristron
96) Dastlab shahriston maydoni necha gektardan ohmagan?
A) 15 ga B) 20 ga C) 75 ga D) 200 ga
97) Ilk o’rta asrlarda Buxoro va Poykand shaharlarining maydoni …. gektardan oshmagan.
A) 15 B) 20 C) 75 D) 200
98) Ilk o’rta asrlarda Samarqand shahrining umumiy maydoni qanchani tashkil etgan?
A) 15 ga B) 20 ga C) 75 ga D) 200 ga
99) Ilk o’rta asrlarda shaharlarning mudofaa devorlari qanday ashyodan qurilgan?
A) paxsa va xom g’ishtdan
B) pishgan g’ishtdan
C) toshdan D) tosh, metall, beton
100) Bolaliktepa yodgorligi qayerda joylashgan?
A) Qashqadaryo B) Buxoro
C) Farg’ona D) Surxondaryo
101) Ilk o‘rta asr ganchkorligi san’atining nodir yodgorligi namunalari ……..topilmalari orqali tadqiq etildi.
A) Bolaliktepa B) Afrosiyob
C) Varaxsha D) Ajinatepa
102) Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoning qaysi shahrida usta hunarmandlar tomonidan o‘n turdagi cholg‘u asboblari yasalgan?
A) Choch B) Buxoro
C) Samarqand D) Quva
103) ……….Xitoy a’yonlarini maftun etib, ularni hayratga solgan edi.
A) dubulg’a
B) rangli shishalar
C) “Choch raqsi”, “Doira raqsi”
D) Buxoro qiziqchilari
104) Quyidagi yozuvlardan qaysisi tosh va yog‘ochlarga o‘yib yozishga nihoyatda qulay edi?
A) turkiy run (ko’kturk) bitigi
B) eftal yozuvi C) sug’d yozuvi
D) Toxariston yozuvi
105) V-VII asrlarda O’rta Osiyo aholisining asosiy qismi qaysi dinga e’tiqod qilgan?
A) Islom B) Zardushtiylik
C) Qam D) Buddaviylik
Do'stlaringiz bilan baham: |