III BOB.
MOVAROUNNAHRDA MUSTAQIL DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI
1) Qadimiy turkiy qabilalardan hisoblangan qarluqlar dastlab qaysi hududda yashaganlar?
A) Oltoyning g’arbida
B) Yettisuvda
C) Sirdaryoning quyi oqimi, Orol bo’ylarida
D) Janubiy Sibirda
2) Qarluqlar davlati tashkil topgan davr va hudud qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) VII asr oxirida Yettisuvda
B) VIII asr o’rtalarida Oltoyda
C) X asrda Irtish daryosi o’rta oqimida
D) VIII asr o’rtalarida Yettisuvda
3) Qarluqlar davlatida poytaxt So’yob shahridan tashqari qanday shaharlar mavjud edi?
1. Yangikent 2. Jo’l 3. Karmana 4. Navkat
5. Nautaka 6. Karmankat7. Yor 8. Sig’noq
A) 1,2,3,4,5,6,7,8. B) 2,3,5,7.
C) 1,4,6,8. D) 2,4,6,7.
4) Qaysi qabilaning asosiy qismi Turk xoqonligi yemirilgach Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo’yida muqim o’rnashib qolgan edi?
A) qarluqlar B) o’g’uzlar
C) qipchoqlar D) yag’molar
5) X asrda qarluqlar O’zbekistonning qaysi hududlariga kelib o’rnashgan edi?
A) Sirdaryoning quyi oqimi, Orol bo’ylarida
B) Samarqand, Buxoro hududlariga
C) Shosh atrofi, Farg’ona, Zarafshon vodiylariga
D) Qashqadaryo, Surxondaryo, Balx hududlariga
6. Qaysi davrda o’g’uzlar qipchoqlar zarbasi tufayli bo’linib ketgan edi?
A) VIII asr oxirida B) IX asr oxirida
C) X asr birinchi choragida D) XI asrda
7) Qarluqlar davlati g’arbdan ……………….. bilan chegaralangan.
A) Elsuvi vodiysi va chigil qabilasi yaylovlari
B) o’g’uz yurti va Farg’ona vodiysi
C) yag’molar vohasi va Sharqiy Turkiston
D) Xitoy va uyg’urlar yurti
8) Xalifa Ma’munning taxtni egallashida yordam berganligi uchun somonxudotning nabiralari shahar va viloyatlarga noib etib tayinlangan. Qaysi javobda ularning noiblik qilgan hududlari to’g’ri ko’rsatilgan?
1. Nuh 2. Ahmad 3. Yahyo 4. Ilyos
a. Shosh va Ustrushona b. Farg’ona
c. Hirot d. Samarqand
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d. B) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c.
C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a. D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c.
9) 873 yilgi Xurosondagi xalq qo’zg’alonining sababini aniqlang.
A) Mulkdor dehqonlarning jabr-zulmi, davlatning og’ir soliqlari
B) Bekor qilingan jizya solig’ining qayta tiklanishi
C) Safforiylarning xalifalik siyosatidan keskin noroziligining kuchayishi
D) Qarzdorlik uchun qarz taxtachalarini osib yurishning majburiy ekanligi
10) Qarluqlar chetga asosan qanday mahsulotlar chiqarishgan?
A) Jun va junli mahsulotlar: gilam, sholcha, namat
B) Dehqonchilik va bog’dorchilik mahsulotlari
C) Chorva mollari, mo’yna, teri, qahrabo
D) Hunarmandchilik va zargarlik buyumlari
11) Qarluqlar davlati janubda qaysi hududlar bilan chegaralangan?
A) Elsuvi daryosi vodiysigacha, chigil qabilasi yaylovlarigacha
B) O‘g‘uz yurti va Farg‘ona vodiysi
C) Yag‘molar vohasi va Sharqiy Turkiston
D) Xorazm va Xuroson
12) Qipchoqlar zarbasidan bo’linib ketgan o’g’uzlar qaysi hududga borib joylashgan edi?
A) bir qismi Old Osiyo, ikkinchi qismi Movarounnahr
B) bir qismi Shimoliy Kavkaz, ikkinchi qismi Movarounnahr
C) bir qismi Shimoliy Kavkaz, ikkinchi qismi Xuroson
D) bir qismi Kichik Osiyo, ikkinchi qismi Sirdaryoning yuqori oqimidagi hududlar
13) Horun ar-Rashid vafotidan keyin boshlangan toju-taxt uchun kurashda xalifalikning markaziy qismidagi arablar kimni xalifalik taxtiga ko’tarishgan edi?
A) Tohir ibn Husayn B) Abul Abbos Saffoh
C) Ma’mun D) Amin
14) Qaysi javobda Tohir ibn Husaynning o’gillari – taxt vorislari to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Amin, Ma’mun
B) Nuh, Ahmad, Yahyo, Ilyos
C) Talxa, Abul Abbos Abdulloh
D) Ya’qub ibn Lays, Amr ibn Lays
15) Abul Abbos Abdulloh qaysi yillarda hukmdorlik qilgan?
A) 813-833-y. B) 822-840-y.
C) 824-844-y. D) 830-844-y.
16) Qaysi yili butun Xuroson Somoniylar qo’l ostiga o’tgan edi?
A) 865 y. B) 888 y. C) 900 y. D) 943 y.
17) Somoniylar davlati boshqaruv tizimi, devonlar faoliyati to’g’risida qaysi tarixchi mufassal ma’lumot beradi?
A) Juvayniy B) Beruniy
C) Ibn Xavqal, Istahriy D) Narshaxiy
18) Qaysi somoniy hukmdor davrida aholidan bir yilda ikki marta soliq undirib olingan edi?
A) Ismoil B) Nasr II
C) Nuh II ibn Nasr D) Nuh ibn Mansur
19) Somoniylar davlatida elchilik aloqalarini boshqarish qaysi vazir vakolatiga kirar edi?
A) Amid ul-mulk B) Devoni ariz
C) Sohibi shurat D) Mustovfiy
20) Somoniylar davlatida mustovfiy ………. edi.
A) Tashqi ishlar vaziri B) Harbiy vazir
C) Moliya vaziri D) Diniy hokimiyat boshlig’i
21) Qaysi davrdan boshlab Movarounnahr va Xorazm shaharlari o’ndan ortiq darvozali kattagina hunarmandchilik markaziga aylangan?
A) IX-X asr/+ B) X-XI asr/+
C) VIII asrdan D) XI-XII asr/+
22) Somoniylar davrida qaysi shahar kumush tanga ishlab chiqaradigan zarbxonasi bilan ham mashhur edi?
A) Choch B) Eloq
C) Farg’ona D) Naxshab
23) Qaysi davrdan boshlab Movarounnahrda karvon yo’llari bo’ylab quduqlar qazilib, har bir bekatda rabotlar bino qilingan edi?
A) IX-X asr B) X-XI asr
C) VIII asrdan D) XI-XII asr
24) Movarounnahrga Bulg’or va Xazardan asosan qanday mahsulotlar keltirilgan?
1. nodir metallar 2. qimmatbaho mo’yna
3. quruq meva 4. sham
5. yoqut, dur 6. cho’qqi qalpoqlar
7. matolar 8. gilamlar
A) 1,2,3,4,5,6,7,8. B) 1,2,6,7.
C) 3,5,8. D) 2,4,6.
25) Somoniylar davlatida fals – mis chaqalarni zarb etish tartibi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) mis chaqalar faqat markaziy hokimiyat tomonidan zarb etilgan
B) mis chaqalarni sulola a’zolari bo’lgan ba’zi viloyat hokimlari ham chiqargan
C) markaziy hokimiyatdan tashqari har bir viloyat va tumanlarda ham zarb etilgan D) A,B.
26) “Mulki xos” yerlariga ega bo’lganlar davlatga ……
A) hech qanday soliq to’lamagan
B) 1/10 hisobida ushr to’lagan
C) xiroj, zakot, ushr to’lab turishgan
D) harbiy xizmat o’tab berishgan
27) Somoniylar davlatida qanday mulklar asosan lalmikor va tog’oldi hududlardan tashkil topgan?
A) Jamoa yerlari B) “Mulki xos” yerlari
C) Mulk yerlari D) Vaqf mulklari
28) 952 yilda …..
A) Aholidan ikki marta soliq undirib olindi
B) Abu Ali Chag’oniy isyon ko’tardi
C) Abu Ali Chag’oniy Chag’oniyonga noib etib tayinlandi
D) Buxoroda harbiy askarlar isyon ko’tardi
29) Somonxudotning avlodlari Nuh, Ahmad o’z nomlaridan ………. dan chaqalar zarb ettirgan.
A) mis B) kumush C) oltin D) jez
30) Qaysi davlatning poytaxti Chu daryosi shimolida joylashgan edi?
A) Turk xoqonligi B) Qarluqlar
C) O’g’uzlar D) Qoraxitoylar
31) Somoniylar davlatida …………. dan tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining katta qismini qoplar edi.
A) vaqf B) xiroj C) zakot D) savdo
32) Somonxudot avlodlaridan biri Nasr davlatni boshqarishda qanday choralarni amalga oshirishga kirishgan edi?
A) Movarounnahrning barcha viloyatlarini
birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish
B) Movarounnahr va Xurosonni xalifalikdan ajratib olish
C) Davlat mustaqilligini ta’minlash, muntazam qo’shin tuzish
D) Mustaqil ravishda kumush tangalar zarb etish, davlat shimoli-sharqiy qismini qabilalar hujumidan himoya qilish
33) Ismoil Somoniy qaysi yilda butun Movarounnahrni o’z qo’l ostiga birlashtirgan edi?
A) 865-y. B) 893-y. C) 888-y. D) 900-y.
34) Xalifa ……… safforiylar hukmdori ……….ga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi.
A) Ma’mun/Tohir ibn Husayn
B) Mu’tazid/Ya’qub ibn Lays
C) Marvon II/Talxa
D) Mu’tazid/Amr ibn Lays
35) Ravnaq topgan davrida Somoniylar davlati qaysi hududlarni o’z ichiga olgan?
A) Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Sharqiy Eron
B) Movarounnahr, Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Xuroson
C) Movarounnahr, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston, Sharqiy Turkiston
D) Movarounnahr va Xuroson
36) Somoniylar davlatida mahkama xizmatchilari qanday kishilardan tanlab olingan?
1. arab, fors, turk tillarini puxta bilgan
2. arab, fors tillarini puxta bilgan
3. Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan
4. turli fanlardan xabardor bo’lgan savodli aslzodalardan
5. ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar bilimli, iqtidorli kishilardan
6. madrasani tamomlagan va harbiy sohada jasorat ko’rsatgan kishilardan
A) 1,3,4. B) 2,4,6. C) 1,5. D) 2,3,4.
37) IX-X asrlarda qayer o’zining mallarang bo’z matosi bilan mashhur edi?
A) Buxoroning Zandana qishlog’i
B) Samarqandning Vador qishlog’i
C) Buxoroning Darvozayi Mansur mahallasi
D) Samarqandning Konigil mahallasi
38) IX-X asrlarda tashqi savdo muomalasida ……….dan keng foydalanilar edi.
A) kumush tangalar B) mis tangalar
C) tovar ayriboshlash D) sarroflik cheklari
39) Chek atamasi qaysi tildan olingan?
A) turk B) fors C) arab D) lotin
40) IX-X asrlar xalqaro savdoda Movarounnahrga qaysi hududdan asosan turli xildagi qimmatbaho mo‘ynalar, chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari keltirilgan?
A) Bulg’or va Xazardan
B) Eron va Kavkazortidan
C) Sibirdan
D) Yettisuv va Sharqiy Turkistondan
41) Somoniylar davlatida kumush tangalar…..
A) faqat hukumat boshlig‘i nomidan Marv, Samarqand, Buxoro va Shoshda davlat zarbxonalarida zarb etilardi
B) Markaziy hokimiyat, ya’ni xalifalikda zarb etilardi
C) har bir viloyat hokimi tomonidan zarb etilardi
D) faqat Samarqand va Buxoroda zarb etilardi
42) Somoniylar davlatida kumush tangalar hukumat boshlig’i nomidan qaysi shaharlardagi davlat zarbxonalarida zarb etilgan?
1. Samarqand 2. Buxoro 3. Marv 4. Shosh
5. Balx 6. Nasaf 7. Tunkat 8. Poykand
A) 1,3,5,7. B) 2,4,6,8.
C) 1,2,3,4. D) 1,2,4,8.
43) Quyidagi atamalardan qaysisi o’rta asrlarda fаqаt qo‘rg‘оn, istеhkоm mа’nоsidаginа emаs,
bаlki mеhmоnхоnа (kаrvоnsаrоy) mаzmunidа
hаm tushunilgаn?
A) Rabot B) Kuhandiz
C) Xonaqoh D) Shahriston
44) Arab xalifaligi davrida dastlab g’oziylarga mo’ljallab qurilgan maxsus bino qanday nomlangan?
A) Rabot B) Kuhandiz
C) Xonaqoh D) Shahriston
45) Somoniylar davlatida hukmron sulola vakillari, mulkdor dehqon va aslzodalarning tasarrufidagi katta-katta yer maydonlaridan tortib mehnatkash qishloq aholisiga tegishli mayda xususiy yerlar yer egaligining qaysi turiga mansub edi?
A) “Mulki sultoniy” B) “Mulk yerlari”
C) “Mulki xos” D) “Jamoa yerlari”
46) Somoniylar davlatida hukmron sulola hamda oliy tabaqa vakillariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga hadya qilingan yerlar qanday nomlangan?
A) “Mulki sultoniy” B) “Mulk yerlari”
C) “Mulki xos” D) “Mulki iqto”
47) Iqto mulklari qaysi davrdan vujudga kelgan?
A) IX asr B) X asr C) XI asr D) XII asr
48) Somoniylar davrida vujudga kelgan “Iqto” yer egaligi tzimiga mos kelmaydigan ma’lumotni aniqlang.
1. Iqtoga ega bo‘lgan mulkdorlar “muqto” deb yuritilgan
2. Iqto tarzida ayrim viloyat yoki shaharlar va tumanlar hadya etilgan
3. Iqtodor bo’lgan shaxs barcha soliq, to’lov va majburiyatlardan ozod etilgan
4. Iqto dastavval asosan oliy tabaqa zodagonlar: sulola a’zolari – amirzodalar va yirik mansabdorlarga in’om etilgan
5. Iqto mulklari avvalda bir umrga emas, balki ma’lum muddatga berilib, nasldan naslga o‘tkazilmagan
6. Iqtodorlar o‘ziga in’om qilingan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlarning
ma’lum qismini yig‘ib olish huquqiga ega bo‘lganlar
A) Barcha ma’lumotlat to’g’ri
B) 2 C) 6 D) 3
49) X asr o’rtalarida qaysi davlatda iqtisodiy tanglik tufayi hatto qo’shinga maosh berish imkoni ham bo’lmay qo’lgan edi?
A) Tohiriylar davlati B) Somoniylar davlati
C) Qoraxoniylar dalati D) G’aznaviylar davlati
50) Boshqalariga nisbatan uzoqroq muddat hukmronlik qilgan hukmdorni aniqlang.
A) Abul Abbos Abdulloh B) Nuh
C) Sobuqtegin D) Nuh II
51) Qaysi javobda voqealar va ular bo’lib o’tgan yillar to’g’ri ko’rsatilgan?
1. Abu Ali Chag’oniyning Chag’oniyonga hokim etib tayinlanishi;
2. Somoniylar davlatida aholidan bir yilda ikki marta soliq undirib olinishi;
3. Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohimning isyon ko’tarishi
a. 942-yil b. 947-yil c. 952-yil
A) 1-a, 2-b, 3-c. B) 1-b, 2-a, 3-c.
C) 1-c. 2-a, 3-b. D) 1-b, 2-c, 3-a.
52) 962-963 yillarda G’azna viloyatini noib va lashkar amiri sifatida kim boshqargan?
A) Abdumalik ibn Nuh B) Sobuqtegin
C) Alptegin D) To’g’rulbek
53) Abul Abbos Abdulloh hukmronligi boshlangan yildan roppo-rosa 2 asr, 10 yil o’tgach…….
A) G’aznaviylar davlati butunlay tugatildi
B) Ibrohim Bo’ritegin Xuttalon, Vaxsh, Chag’oniyonni g’aznaviylardan tortib oldi
C) Buxoro harbiy askarlari g’alayoni boshlandi
D) Xorazm Saljuqiylar tomonidan bosib olindi
54) G’aznaviylar davlatida shaharda boshqaruv ishlari kim tomonidan amalga oshirilgan?
A) kutvol B) rais C) voliy D) amid
55) Qaysi davlat qo’shinida harbiy kemalar (daryo va dengiz floti) ham mavjud edi?
A) Somoniylar B) G’aznaviylar
C) Qarluqlar D) Qoraxoniylar
56) Somoniylar hukmronligining so’nggi yillarida mamlakatda sodir bo’lgan og’ir vaziyatda kimlarning siyosiy nufuzi nihoyatda kuchaydi?
A) Turk hojiblaridan iborat saroy qo’shinining
B) Imomlar, sayyidlar, shayxlar va sadrlarning
C) Saroydagi nufuzli amaldorlar, viloyat noiblarining
D) Devon va dargohning
57) G’aznaviylar davlatiga kim asos slogan?
A) Abdulkarim Sotuk B) Alptegin
C) Sobuqtegin D) Mahmud G’aznaviy
58) Qaysi hukmdor davrida G’aznaviylar davlati somoniylar tomonidan e’tirof etilgan (ya’ni tan olingan)?
A) Alptegin B) Ma’sud G’aznaviy
C) Sobuqtegin D) Mahmud G’aznaviy
59) Qaysi hukmdor davrida Xuroson, Xorazm G’aznaviylar davlati tarkibiga qo’shib olingan edi?
A) Alptegin B) Ma’sud G’aznaviy
C) Sobuqtegin D) Mahmud G’aznaviy
60) G’aznaviylar davlati qaysi yilda butunlay tugatilgan?
A) 999-yil B) 1040-yil
C) 1186-yil D) 1141-yil
61) G’aznaviylar davlatida Vazirlik tizimida mavjud bo’lgan devonlarni aniqlang.
1. Harbiy 2. Moliya 3. Amid 4. Kutvol
5. Elchilik va rasmiy tadbirlar 6. Xabar-pochta
A) 1,2,3,4,5,6. B) 1,3,5.
C) 1,2,5,6. D) 1,3,4,6.
62) G’aznaviylar davlatida viloyatda boshqaruv ishlari kim tomonidan amalga oshirilgan?
A) kutvol B) rais C) voliy D) amid
63) Mahmud G‘aznaviy turkiy ona tili bilan bir qatorda qaysi tillarni ham mukammal bilgan, she’r bitgan?
1. arab 2. uyg’ur 3. yunon 4. fors
5. pahlaviy 6. yahudiy
A) 1,3,5. B) 2,4,6. C) 1,4,5. D) 1,5,6.
64) “Tarixi Ma’sudiy” asari muallifi kim?
A) Beruniy B) Bayhaqiy
C) Firdavsiy D) Gardiziy
65) G’aznaviylar poytaxti saroyida ….dan ortiq olim, shoir va san’atkorlar ijod qilgan.
A) 100 B) 200 C) 300 D) 400
66) “Xoqoniya o’lkasi” deb yuritilgan davlat qaysi asrda qaysi qabilalarning ittifoqqa birlashuvi natijasida vujudga kelgan?
A) X asr o’rtalarida qarluq, yag’mo, chigil, o’g’uz.
B) X asr boshlarida o’g’uz, qipchoq, yag’mo, chigil
C) C) X asr oxirida qarluq, qipchoq, nukuz, mang’it
D) XI asr boshida o’g’uz, qarluq, qipchoq
67) …………. Xoqoniya rivoj topib kuchaygach, u ………. davlati nomini olgan.
A) X-XII asrlarda/Qoraxoniylar
B) XI-XII asrlarda/Qarluq-Qoraxoniylar
C) XI-XII-asrlarda/Qoraxoniylar
D) XII-XIII asrlarda/ “arslonxon”, “bug‘roxon” va “tavg‘achxon”
68) Qoraxoniylar davlatining asoschisi Abdulkarim Sotuk Bug’roxon yashagan yillarni aniqlang.
A) 859-955-yillar B) 899-955-yillar
C) 856-941-yillar D) 900-971-yillar
70) Qoraxoniylar davlati qaysi hududda tashkil topgan?
A) Oltoy va Janubiy Sibir
B) Sharqiy Turkiston, Yettisuv
C) Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Tyanshanning janubiy yonbag’ri
D) Sharqiy Turkiston, Dashti Qipchoq
71) Qoraxoniylarning Movarounnahrga – Somoniylar davlatiga yurish qilgan yillarini aniqlang.
A) 992, 994, 999-yillar
B) 990, 997, 1006-yillar
C) 991, 1006, 1008-yillar
D) 992, 996, 999-yillar
72) Qoraxoniylar Xurosonga ikki marta yurish uyushtirib qaysi hukmdor zarbasiga uchragan edi?
A) Ma’sud G’aznaviy B) Mahmud G’aznaviy
C) To’g’rulbek D) Sulton Sanjar
73) Qanday vaziyatdan foydalanib qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo‘ritegin Xuttalon, Vaxsh va Chag‘oniyonni g‘aznaviylardan tortib olgan edi?
A) G’aznaviylarning saljuqiylar bilan kurashidan
B) G’aznaviylarning qoraxitoylar bilan kurashidan
C) O’g’uzlar isyonidan
D) G’aznaviylarda boshlangan o’zaro ichki urushlardan
74) Qoraxoniylar davlatida viloyat boshqaruviga oid ma’lumotlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
A) Viloyatlarni eloqxon yoki takin (yoki tegin)lar boshqarardilar
B) Hokimlar faqat qoraxoniylar xonadonining
eloqxon unvoniga sazovor bo‘lgan a’zolaridan saylanar edi
C) Eloqxonlar o‘z nomlari bilan chaqa-tangalar zarb qilar va viloyatlarning mustaqilligi uchun intilar edilar
D) Barcha javoblar to’g’ri
75) Qoraxoniylar davlati viloyat boshqaruv ma’muriyatida qaysi davlatdagidek boshqaruv mahkamasi bo’lgan?
A) G’aznaviylar davlati B) Arab xalifaligi
C) Somoniylar davlati D) Saljuqiylar davlati
76) Qoraxoniylar davrida kimlarga e’tibor kuchayib, ularning obro‘yi har qachongidan ham balandga ko‘tariladi?
A) Turk hojiblaridan iborat saroy qo’shini
B) Imomlar, sayyidlar, shayxlar va sadrlar
C) Saroydagi nufuzli amaldorlar, viloyat noiblari
D) Iqtodor va dehqonlar
77) Qaysi davrdan boshlab yerdan foydalanishda iqto tartiboti juda keng yoyiladi?
A) X asrdan B) XI asrdan
C) XI-XII-asrlardan D) XII asrdan
78) Qaysi davrda Movarounnahrda va Xurosonda
iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylanadi?
A) X asrda B) XI asrda
C) XI-XII-asrlarda D) XII asrda
79) XI-XII asrlar Movarounnahr me’morchiligiga mansub yodgorliklarni aniqlang.
1. Raboti Malik 2. Ismoil Somoniy maqbarasi
3. Masjidi kalon 4. Qutb Minor
5. Minorai kalon 6. Vobkent minorasi
7. Namozgoh masjidi 8. Jarqo‘rg‘on minorasi
9. Qosimshayx xonaqohi10. Mag‘oki attori masjidi
A) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10. B) 1,3,5,7,9.
C) 1,3,5,6,8,10. D) 2,3,4,6,8,10.
80) Siyosiy jihatdan tobora zaiflashib borayotgan Qoraxoniylar davlati dastlab qaysi davlatga qaram bo’lib qoladi?
A) G’aznaviylar B) Saljuqiylar
C) Qoraxitoylar D) Xorazm
81) ……….ga joylashib olgan qoraxitoylar tez orada Sirdaryoning o‘rta oqimiga tomon yurish boshlaydilar.
A) Yettisuv B) Sharqiy Turkiston
C) Janubiy Sibir
D) Tyanshanning g’arbiy yonbag’riga
82) Qoraxitoylar 1137-yilda kim boshchiligidagi Qoraxoniylar qo’shiniga zarba bergan edi?
A) Ibrohim Bo’ritegin B) Nasr eloqxon
C) Mahmud D) Xorun bug’roxon
83) Qoraxoniylar davlati qaysi yili qulagan edi?
A) 1186-y. B) 1137-y.
C) 1141-y. D) 1153-y.
84) Horun Bug’roxon Movarounnahrga bostirib kirganida Sobuqtegin qancha kishilik qo’shin bilan Nuh ibn Mansurga yordamga kelgan edi?
A) 5 ming B) 10 ming
C) 20 ming D) 50 ming
85) 996 yilda Sobuqtegin va qoraxoniylar o’rtasidagi shartnomaga ko’ra qoraxoniylarga Movarounnahrning qaysi qismi berilgan edi?
A) Sirdaryo havzasi B) Shosh, Farg’ona
C) Xorazm D) Amudaryoning o’ng sohili
86) Sirdaryoning o’rta oqimiga yurish boshlagan qoraxitoylar avval …………. ga, so’ngra ………….ga bostirib kiradi.
A) Shosh va Farg’ona / Zarafshaon va Qashqadaryo
B) Choch va Eloq / Sug’d, Ustrushona
C) Zarafshon, Qashqadaryo / Shosh va Farg’ona
D) Farg’ona vodiysi / Xorazm vohasi
87) Qaysi yilda Gurganch miri Ma’mun ibn Muhammad Kat shahrini ishg‘ol qilib,
Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshoh unvoniga sazovor bo‘ldi?
A) 1017-y. B) 995-y. C) 999-y. D) 1097-y.
88) Qaysi shahar Xorazmshohlar (Ma’muniylar) davlatining poytaxti etib belgilangan edi?
A) Kat B) Tuproqqal’a
C) Ko’hna Urganch D) Xiva
89) Qaysi yildan Xorazm Saljuqiylar davlatiga qaram bo’lgan?
A) 1017 y. B) 1038 y. C) 1040 y.D) 1141 y.
90) Ma’muniylar (Xorazmshohlar) davlatida harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan davlatni boshqarish huquqi qaysi amaldorga berilgan?
A) hojibi buzruk B) amid
C) ho’jayi buzruk D) harbiy vazir
91) “Xorazmshoh” unvonini tiklasada, saljuqiylar davlatining sadoqatli noibligicha qolgan xorazm hukmdori…
A) Qutbiddin Muhammad B) Otsiz
C) Elbarsxon D) Takash
92) Dastavval Otsiz qaysi xalqlarni o’ziga buysundirgan edi?
A) o’g’uz, qarluq B) qo’ng’irot, qipchoq
C) turkman, qipchoq D) A,B,C.
93) Takash tomonidan 1187-1193 yillarda zabt etilgan shaharlarni aniqlang.
1. Marv 2. Qoshg’ar 3. Nishopur 4. Tabriz
5. Ray 6. Bag’dod 7. Qandahor 8. Hirot
A) 1,2,3,4,5,6,7,8.B) 1,3,5.C) 2,4,6. D) 1,5,6.
94) Saljuqiylar sultoni Tug’rulga zarba berib, Eronni Xorazmga buysundirgan hukmdorni aniqlang.
A) Alouddin Muhammad B) Otsiz
C) Takash D) Qutbiddin Muhammad
95) Qaysi voqeadan so’ng Yettisuvgacha bo’lgan yerlar Xorazmshohlar davlati tasarrufiga olindi?
A) 1206 y. qoraxitoylarni Movarounnahrdan chiqarish boshlangach
B) 1218-1219 y. Sharqiy Turkiston va Yettisuv hududlari egallangach
C) 1210 y. O’tror aholisi qo’zg’aloni bostirilgach
D) 1210 y. Talos vodiysida qoraxitoylar mag’lub etilgach
96) Xorazmshohlarga qarshi samarqandliklar isyoni qaysi yili bo’lib o’tgan edi?
A) 1206 y. B) 1210 y C) 1212 y. D) 1216 y.
97) 1040-yilda Xorazm saljuqiylar tomonidan bosib olingach saljuqiylar hukmdori …… o’z ma’murlaridan Anushteginni Xorazmga noib etib tayinlaydi.
A) To’g’rulbek B) Malikshoh
C) Sulton Sanjar D) Saljuqbek
98) Anushteginning vorisi Qutbiddin Muhammad qaysi yillarda Xorazmga noiblik qilgan edi?
A) 1047-1089-y. B) 1080-1097-y.
C) 1097-1127-y. D) 1127-1156-y.
99) Qaysi hukmdor davrida Sirdaryo etaklari va Mang’ishloq yarimoroli egallangan?
A) Anushtegin B) Takash
C) Elarslon D) Otsiz
100) Quyida ko’rsatilgan xorazmshohlardan qaysisi nisbatan uzoq muddat hukmronlik qilgan?
A) Otsiz B) Takash
C) Elarslon D) Alovuddin Muhammad
101) Otsizdan keyin uning siyosatini davom ettirgan vorisini aniqlang.
A) Elarslon B) Sultonshoh Mahmud
C) Takash D) Qutbiddin Muhammad
102) XII asr o’rtalarida qaysi voqea oqibatida Saljuqiylar davlati keskin zarbaga uchrab, zaiflashib qoladi?
A) Xorazmshohlar davlatining kuchayishi
B) Ko’chmanchi o’g’uzlar isyoni
C) G’aznaviylar bilan olib borilgan urushlar
D) Harbiy askarlar qo’zg’aloni
103) Saljuqiylar davlatidan dastlab …….. ajralib ketadi. So‘ngra …...... viloyatlari mustaqil bo‘lib oladi.
A) Kichik Osiyo/Xuroson va Movarounnahr
B) Kermon/Toxariston va Chag’oniyon
C) Kichik Osiyo va Kermon/Fors, Ozrbayjon va Xuroson
D) Fors, Ozarbayjon va Xuroson/Kichik Osiyo va Kermon
104) XIII asr boshida Xorazmshohlar davlatining janubi-sharqiy chegarasi qayerdan o’tardi?
A) G’azna viloyatidan B) Iroqdan
C) Yettisuv va Dashti Qipchoqdan
D) Orol va Kaspiy dengizi sohillaridan
105) Xorazmshohlardan qaysi hukmdor “Iskandari soniy” deb ulug’langan?
A) Takash B) Jaloliddin Manguberdi
C) Muhammad Tug’luq
D) Muhammad Xorazmshoh
106) Muhammad Xorazmhoh saroyida … hukmdor va ularning vakillari doimo itoatda bo‘lgan.
A) 15 B) 22 C) 27 D) 40
107) Qaysi yilda O’tror aholisi Xorazmshohga qarshi isyon ko’targan edi?
A) 1206-y. B) 1208-y.
C) 1210-y. D) 1212-y.
108) Qaysi voqeadan so’ng Chingizxon uchun o’z qo’shinini zamonasining eng yaxshi qurol-aslahalari bilan ta’minlash imkoni paydo bo’ldi?
A) 1206 yilda barcha mo’g’ul qabilalarini yagona birlashtirgach
B) 1211 yilda Xitoyga harbiy yurish boshlagach
C) Xitoydan harbiy qurol yasaydigan mohir hunarmandlarni Mo’g’ulistonga olib kelgach
D) Movarounnahr hududi zabt etilgach
109) Sulton Muhammad tomonidan tashkil etilgan “Davlat kengashi”ga necha nafar bilimdon vakillar jalb etilgan edi?
A) 4 B) 6 C) 7 D) 12
110) Chingizxon qaysi elchilikdan Sulton Muhammadni G‘arbning sohibqironi, o‘zini esa Sharqning podshosi deb hisoblashini Xorazmshohga yetkazishlarini so‘ragan edi?
A) Bahouddin Roziy B) Mahmud Yalavoch
C) Ibn Kafroj Bug’ro D) Qoracha Hojib
111) 1218-yilning bahorida…
A) Chingizxon Muahammad Xorazmshohga 500 tuya hamda 450 musulmon savdogarlardan tashkil topgan karvon yubordi
B) Muhammad Xorazmshoh Mahmud Yalavoch boshchiligidgi Chingizxon elchilarini Buxoroda qabul qildi
C) Chingizxon Xorazmshohga qarshi yurish boshladi
D) Mo’g’ullar Samarqand shahriga yurish boshladi
112) Qaysi yilda Muhammad Xorazmshoh Chingizxon huzuriga Bahouddin Roziy boshchiligida elchilarini yuborgan edi?
A) 1216-y. B) 1218-y.
C) 1219-y. D) 1220-y.
113) Mo’g’ullar bosqini arafasida Xorazm davlatida o’tkazilgan kengashda kimlar qo’shinni bir joyga to’plashni taklif qilgan edi?
A) Bhouddin Roziy
B) Badruddin Amid, Safi Aqra Hojib
C) Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik
D) Qoracha Hojib, Badriddin qozixon
114) Qaysi shahar mudofaasida Qoracha Hojib o’z qo’shini bilan shahar darvozasidan chiqib mo’g’ullarga taslim bo’lgan edi?
A) Xo’jand B) Buxoro
C) Jand D) O’tror
115) Chingizxon qaysi shaharni bosib olgach uni yoqib yuborishga buyruq bergan edi?
A) Samarqand B) Termiz
C) Buxoro D) Urganch
116) Bahouddin Roziy kim bo’lgan?
A) elchi B) vazir
C) Buxoro qozisi D) faylasuf olim
117) Chingizxon Sig’noq, O’zgan, Jand, Yangikent shaharlarini bosib olishni kimga buyurgan edi?
A) Jo’ji B) Chig’atoy
C) Oloqnuyon, Sukatu Cherbi D) O’qtoy
118) Mo’g’ullar Samarqand shahri ichiga qaysi darvoza orqali bostirib kirgan edi?
A) Korizgoh B) Ohanin
C) Konigil D) Namozgoh
119) Mo’g’ullar Movarounnahrning qaysi shahrini bosib olishda eng ko’p qurbon bergan edi?
A) Samarqand B) Buxoro
C) O’tror D) Urganch
120) 1221 yil 25 noyabrda ….
A) 30 ming kishilik mo’g’ul armiyasi tazyiqi xavfi ostida Sulton Muhammad Eronga ketdi
B) Parvon dashtidagi jangda Shiki Xutuxu boshchiligidagi mo’g’ul armiyasi tor-mor etildi
C) Sind daryosi bo’yida Chingizxon va Jaloliddin qo’shini o’rtasida jang bo’ldi
D) Urganch shahri mo’g’ullarga taslim bo’ldi
121) U o‘z qabiladoshlari manfaati yo‘lida saroyda ko‘tarilgan barcha fitnalarga boshchilik qilar,
hatto ularda shohga qarshi adovat ruhini uyg‘unlashtirib qo‘ygan edi, yuqorida kim haqida so’z yuritilgan?
A) Turkon xotun B) Muhammad Xorazmshoh
C) Qutlug’xon D) Qoracha Hojib
122) Temur Malik qayerning hokimi edi?
A) Banokat B) Jand
C) Xo’jand D) Barchinlig’kent
123) O’tror qamali qancha vaqt davom etgan?
A) 50 kun B) 3 oy C) 5 oy D) 7 oy
124) O’tror hokimi G’oyirxon qo’lga olingach qayerga olib borilib o’ldirilgan edi?
A) Qoraqurum B) Samarqand
C) Urganch D) Buxoro
125) Chingizxon Buxoroga qachon yurish boshlagan edi?
A) 1219-yil kuzida B) 1220-yil fevralida
C) 1220-yil martida D) 1220-yil yozida
126) Mo’g’ullar tomonidan Buxoroni qamal qilish qancha vaqt davom etgan?
A) 3 kun B) 10 kun C) 12 kun D) 20 kun
127) Chingizxon qaysi shaharni bosib olishda xiyla ishlatib mudofaadagi qang‘li qo‘shinlariga u shahar olingach omonlik va’da qiladiyu, biroq ular taslim bo‘lib, shahar talangach, 30 minglik qang‘li qo‘shini qolgan himoyachilar bilan qirib tashlangan edi?
A) Samarqand B) Urganch
C) Buxoro D) O’tror
128) 1220-yilning mart oyida Chingizxon qayerga yurish boshlagan?
A) Buxoro B) Samarqand
C) Xo’jand D) Urganch
129) Temur Malik boshchiligida Xo’jand askarlari o’z shaharlarini qancha vaqt mudofaa qilishdi?
A) 7 kun B) 20 kun C) 1 oy D) 3 oy
130) Urganchliklar o’z shaharlarini mo’g’ullardan qancha vaqt mudofaa qilgan?
A) 2 oy B) 3 oy C) 5 oy D) 7 oy
131) “Shu tuproqda tug‘ilibmiz, shu tuproqda o‘lamiz!”, so’zlari kimga tegishli?
A) Najmiddin Kubro B) Jaloliddin Manguberdi
C) Temur Malik D) Turkon xotun
132) Urganch egallangach mo’g’ullar …… nafar san’at, hunar arboblarini, yosh bolalar va ayollarni ajratib olib, Mo‘g‘ulistonga jo‘natadilar.
A) 100 B) 1000 C) 10 ming D) 100 ming
133) Mo’g’ullar qaysi shaharni egallashda shaharning bosh ihota to’g’onini buzib, shaharni suv bostirib yuborgan edi?
A) Samarqand B) Buxoro
C) Urganch D) O’tror
134) ……-yildа O‘zbekistonda Najmiddin Kubro tavalludining …… yilligi nishonlandi.
A) 1993/675 B) 1995/850
C) 1998/800 D) 2000/855
135) Mo’g’ullar istilosi davrida qaysi viloyat hokimlari Muhammad Xorazmshohdan yuz o’girdi?
A) Qunduz va Badaxshon B) Balx, Qandaxor
C) Nishopur, Ray D) G’azna, Bomiyon
136) Muhammad Xorazmshoh Chingizxon ta’qibidan qochib 1220-yilning aprelida qayerga keldi?
A) Ashura oroliga B) Nishopurga
C) Marvga D) Ozarbayjonga
137) Alovuddin Muhammad Xorazmshoh qachon vafot etgan?
A) 1220-yil aprelda B) 1220-yil dekabrda
C) 1221-yil mayda D) 1231-yil iyulda
138) Movarounnahrning asosiy shaharlari egallangach, mo‘g‘ul jangarilarining bosqinchilik yurishi qayerga yo’naltirildi?
A) Eron, Shimoliy Kavkaz yerlariga
B) Xuroson, Eron, Arab xalifaligi yerlariga
C) Amudaryo janubidagi Balx, Hirot, Marv va G‘azna kabi shaharlarga
D) Urumchi, Qoshg’ar, Xo’tan, Yorkent shaharlariga
139) Jaloliddin Manguberdi dastlab qayerda mo’g’ul qo’shinini tor-mor etgan edi?
A) Valiyon qal’asi yonida
B) Parvon dashtida
C) Sind daryosi bo’yida
D) Jand va Barchinlig’kent oralig’ida
140) Valiyon qal’asi yaqinidagi mag’lubiyatni eshitgan Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi kim boshchiligida, qancha qo’shin yuboradi?
A) Shiki Xutuxu no‘yon, 45 ming
B) Sayfuddin Ag’roq, 50 ming
C) O’qtoy, 20 ming
D) Mahmud Yalavoch, 45 ming
141) Mo’g’ullar ustidan qilingan qaysi g‘alabadan keyin qo‘lga kiritilgan o‘ljalarni taqsimlashda Jaloliddinning lashkarboshilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik boshlanadi?
A) Balx shahri yaqinidagi g’alaba
B) Sind daryosi bo’yidagi jang
C) Valiyon qal’asi yaqinidagi jang
D) Parvon dashtidagi jang
142) Qaysi daryo atrofidagi yerlar “Ot sakrash” va “Cho’li Jaloliy” deb nomlanadi?
A) Sind (Hind) B) Ganga
C) Vaxsh D) Braxmaputra
143) Mo’g’ullar tomonidan buzib tashlangan Sultonband qaysi vohaning bosh to’g’oni edi?
A) Samarqand B) Urganch
C) Balx D) Marv
144) Mo’g’ullar istilosidan keyin qaysi shahar aholisi o’z ona shaharlarini tashlab chiqib ketgan edi?
A) Samarqand B) Urganch
C) Xo’jand D) Balx
145) Jaloliddin Manguberdi qaysi yillarda yashagan?
A) 1198-1231-y. B) 1199-1231-y.
C) 1187-1230-y. D) 1176-1231-y.
146) Jaloliddin Manguberdiga kim “Sening ortingda islomning dushmani turgani sir emas. Sen butun musulmonlarning sultonisan. Men bunday paytda senga qarshi bo‘lishni istamayman. Taqdir qo‘lida senga qarshi qurol bo‘lishni xohlamayman. Men kabi odam seningdek insonga qarshi qilich ko‘tarishi kechirilmas holdir!” deya maktub yo’llagan edi?
A) Shatra viloyatining hukmdori
B) Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish
C) Bag’dod xalifasi Nosir
D) Ozarbayjon malikasi Malika xotun
147) Jaloliddin shimoliy Hindistondagi davlatlar bilan ittifoq tuzish harkatida bo’lgan vaqtda unga kim hujum qilgan?
A) Shatra viloyatining hukmdori
B) Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish
C) Bag’dod xalifasi Nosir
D) Ozarbayjon malikasi Malika xotun
148) Jaloiddinning qaysi lashkarboshilari Shamsuddin Eltutmish tomoniga o’tib ketgan?
A) Sayfuddin Ag’roq, Qoracha Hojib
B) A’zam Malik, Muzaffar Malik
C) Yazidak, Sunqurjiq
D) O’zloqshoh, Oqshoh
149) Jaloliddin Hindistonda qancha vaqt hukmronlik qilgan va qachon u yerdan qayerga yo’l olgan edi?
A) 2 yil, 1223-yil, Kurdistonga
B) 3 yil, 1224-yil, Iroqqa
C) 3 yil, 1225-yil, Ozarbayjonga
D) 4 yil, 1226-yil, Eronga
150) Hindistondan ketgach Jaloliddin qayerda yana davlat tuzishga muvaffaq bo’ldi?
A) Kirmon, Fors, Isfahon
B) Fors, Ozarbayjon, Iroq
C) Kurdiston, Suvas, Shom
D) Misr, Kichik Osiyo
151) Jaloliddin 1224-yilda kirib borgan Kirmon, Sheroz va Isfahon kimning hukmronligi ostida edi?
A) Xalifa Nosir B) Ukasi O’zloqshoh
C) Ukasi G’iyosiddin D) Malika xotun
152) Xalifa Nosir Jaloliddinga qarshi necha kishilik qo’shin yuborgan va bu qo’shin qayerda tor-mor etilgan edi?
A) 30 ming, Garni qal’asi yaqinida
B) 20 ming, Basra yaqinida
C) 20 ming, Tabriz yaqinida
D) 10 ming, Jazira yaqinida
153) Jaloliddin xalifa Nosirga maktub yo’llab nimani taklif qilgan edi?
A) Xuroson va Movarounnahrga noiblik qilishini tasdiqlovchi yorliq berishini so’ragan
B) Xalifalikning sobiq mulklarini birgalikda birlashtirib, umumiy dushmanga qarshi kurashda ittifoq tuzishni
C) Umumiy dushman – mo’g’ullarga qarshi birgalikda kurashni
D) Xalifalik taxtini topshirishni
154) Xalifa Nosir yuborgan qo’shinni mag’lub etgach Jaloliddin qayerga yurish boshlagan edi?
A) Isfahonga B) Iroqqa
C) Kichik Osiyoga D) Ozarbayjonga
155) Jaloliddin yurishi arafasida O’zarbayjonda hokimiyat rasman kimning qo’lida edi?
A) O’zbek B) Malika xotun
C) Nosir D) G’iyosiddin Pirshoh
156) Jaloliddin yurishi arafasida O’zarbayjonda hokimiyat amalda kimning qo’lida edi?
A) O’zbek B) Malika xotun
C) Nosir D) G’iyosiddin Pirshoh
157) Davlat ishlarini tashlab qo’ygan O’zbek Ozarbayjonni qaysi davlatning talonchilik yurishlaridan ham himoya qilolmayotgan edi?
A) Gurjiston B) Mo’g’ullar
C) Dehli Sultonligi D) Arab xalifaligi
158) 1225-yilning mayida Jaloliddinga jangsiz taslim bo’lgan shaharni aniqlang.
A) Ko’nyo B) Marog’a
C) Tabriz D) G’azna
159) Gurjiston qaysi yilda Jaloliddin qo’shini tomonidan to’liq egallanadi?
A) 1225-yil B) 1224-yil
C) 1226-yil D) 1227-yil
160) Jaloliddin Manguberdi 1225-yil avgustda ….
A) Garni qal’asi yaqinida gurjilarning 60 minglik qo‘shinini tor-mor keltiradi
B) Gurjistonni to’liq egallaydi
C) Marog’a shahrini jangsiz egallaydi
D) Isfahon yaqinida mo‘g‘ullarning Taynol no‘yon boshliq qo‘shinini yengadi
161) Qachon va qayerda bo’lib o’tgan jangda Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarning Taynol no‘yon boshliq qo‘shinini yengadi?
A) 1225-yil may, Marog’a yaqinida
B) 1227-yil sentabr, Isfahon yaqinida
C) 1225-yil avgust, Garni qal’asi yaqinida
D) 1227-yil mart, Tiflis yaqinida
162) Jaloliddin haqida kim quyidagi fikrni bildirgan: “Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o‘z tengqurlarining sarvari ekan”?
A) Mo’g’ul sarkardasi Taynol no’yon
B) Xalifa Nosir
C) Ozarbayjon malikasi Malika xotun
D) Jaloliddinning bosh vaziri Sharofulmulk
163) Jaloliddinning qaysi yurt hukmdorlariga nomalar yozib, ularni mo‘g‘ullarga qarshi kurashish yo‘lida birlashtirish xatti-harakatlari
behuda ketdi?
A) Gurjiston, Ozarbayjon, Dehli sultonligi
B) Ko‘niya, Jazira, Damashq, Misr
C) Eron, Kurdiston, Bag’dod
D) Jazira, Isfahon, Hirot, Tabriz
164) Muxolif kuchlarni Jaloliddin Manguberdiga qarshi birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan Alouddin Qayqubod qayerning hukmdori edi?
A) Jazira B) Misr
C) Ko’niya D) Kurdiston
165) Jaloliddinga birinchi bo’lib xiyonat yo’liga o’tgan ukasi G‘iyosiddin Pirshoh qayerning hokimi tomonidan qo’lga olinib, qatl etilgan?
A) Ko’niya B) Kirmon
C) Damashq D) Tabriz
166) ….ning Jazira va Ko‘niya hukmdorlariga Jaloliddindan hokimiyatni tortib olishda madad so‘rab yozgan maktubi Jaloliddinning qo‘liga tushgach, u hibsga olinib, qatl etiladi.
A) Jaoliliddinning ukasi G’iyosiddin Pirshoh
B) Ko’niya hokimi Alouddin Qayqubod
C) Jaloliddinning bosh vaziri Sharofulmulk
D) Sarkardalar Yazidak va Sunqurjiq
167) ……….. Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misrning birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari …….. jangda mag‘lubiyatga uchradi.
A) 1227-yil sentabrda/Isfahon yaqinidagi
B) 1225-yil avgustda/Garni qal’asi yaqinidagi
C) 1230-yil avgustda/Arzinjon yaqinidagi
D) 1231-yil noyabrda/Kurdiston tog’laridagi
168) Jaloliddin Manguberdi necha yil davomida
mo‘g‘ullarni nafaqat O‘rta Sharqqa, balki Sharqiy Yevropaga ham yurishiga yo’l qo‘ymadi?
A) 7 yil B) 10 yil C) 13 yil D) 11 yil
169) Anushteginiylar sulolasi Xorazmshohlar davlatini qaysi yillarda boshqargan?
A) 305-1231-yillar B) 995-1017-yillar
C) 1097-1231-yillar D) 1127-1221-yillar
170) Jaloliddin Manguberdining shaxsiy kotibi (kotib al-insho) kim edi?
A) Sharofulmulk
B) Shihobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy
C) Ibn al-Asir
D) Alouddin Atomalik Juvayniy
171) “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni”
(“Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi”) asari muallifini aniqlang.
A) Sharofulmulk
B) Shihobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy
C) Ibn al-Asir
D) Alouddin Atomalik Juvayniy
172) Nasaviy qayerdaligida Jaloliddin Manguberdining xizmatiga kirgan edi?
A) Urganch B) Hindiston
C) Ozarbayjon D) Iroq
173) Nasaviy qaysi viloyatdagi qal’alardan birining sohibi bo’lgan?
A) Nasaf B) Nasso (Niso)
C) Ko’niya D) Shatra
174) 1224-yildan xizmat yuzasidan Iroqqa borgan va shu davrdan to 1231-yilgacha Jaloliddinning xizmatida bo’lgan shaxsni aniqlang.
A) Sharofulmulk
B) Shihobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy
C) Ibn al-Asir
D) Alouddin Atomalik Juvayniy
175) Shihobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy nechanchi yildan “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni” asarini yozishga kirishgan?
A) 1221-yilda B) 1224-yilda
C) 1231-yilda D) 1241-yilda
176) Qaysi asar Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari tarixining islom tarqalishidan to 1231-yilgacha bo‘lgan davr haqida ma’lumot beruvchi eng qimmatli manbalardan biri hisoblanadi?
A) “al-Komil fit-tarix” (“Tarix haqida mukammal kitob)”
B) “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni”
(“Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi”)
C) “Tarixi jahonkushoy” (“Jahon fotihi tarixi”)
D) “Tarixi arba’ ulus” (To‘rt ulus tarixi)
177) “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasi qachon, kim tomonidan yaratilgan?
A) 1918-yil, Abdurauf Fitrat
B) 1946-yil, Maqsud Shayxzoda
C) 1944-yil, Maqsud Shayxzoda
D) 1946-yil, Oybek
178) Kim va o’zining qaysi asarida Jaloliddin haqida quyidagi ma’lumotlarni yozgan: “Jaloliddin qorachadan kelgan, o‘rta bo‘yli, turkiy qiyofalik va turkiyda gapiradigan odam edi, shu bilan birga forsiyda ham so‘zlasha olardi. U mard, jasur bo‘lib, sherlar orasida eng zo‘r sher edi, qo‘rqmas chavandoz, lashkarlar orasida eng botir edi. U yuvosh, muloyim odam edi, jahldor emasdi, haqoratomuz so‘zlarni aytmasdi. U nihoyatda jiddiy edi, kulmasdi, faqat jilmayib qo‘yardi, kam gapirardi. U haqgo‘ylikni, adolatni ulug‘lardi”?
A) Ibn al-Asir “al-Komil fit-tarix”
B) Shihobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni”
C) Mirxond “Ravzat us-safo”
D) Alouddin Atomalik Juvayniy “Tarixi jahonkushoy”
179) Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash to’g’risida hukumat qarori qachon chiqarilgan?
A) 1996-yilda B) 1998-yilda
C) 1999-yilda D) 2000-yilda
180) 2000-yil 30-avgustda ….
A) “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800
yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qilindi
B) Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi
C) “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi
D) Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi
181) Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800
yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tgan sanani aniqlang.
A) 1998-yil oktabr B) 1999-yil 27-avgust
C) 1999-yil 5-noyabr D) 2000-yil 30-avgust
182) Birinchi prezidentimiz I. Karimov qaysi tarixiy qahramon haqida quyidagi fikrlarni bildirgan?
“U bizning оzоdligimizgа, istiqlоlimizgа tаjоvuz qilmоqchi bo‘lgаn hаr qаndаy yovuz kuchgа qаrshi tik turib kurаshishgа, mаrdоnа zаrbа bеrishgа qоdirligimizning tаsdig‘i vа timsоlidir”?
A) Spitamen B) Temur Malik
C) Jaloliddin Manguberdi D) Amir Temur
183) Mo’g’ullar qaysi yilda O’rta Sharqni bosib olgan edi?
A) 1231-yilda B) 1256-yilda
C) 1258-yilda D) 1279-yilda
184) Mahmud Yalavoch Movarounnahrni idora etishda qaysi shaharni o’ziga qarorgoh qilib olgan edi?
A) Yettisuv B) Xo’jand
C) Samarqand D) Nasaf
185) Mo’g’ullar davlatida qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida olinadigan soliq qanday nomlangan?
A) kalon B) qopchur
C) shulen D) targ’u
186) Mahmud Torobiyning kasbi ….
A) sarroj B) g’alvir yasovchi
C) tunukasoz D) kudungar
187) Mo’g’ullar davlatida mavjud bo’lgan soliqlarni aniqlang.
1. kalon 2. inju 3. shulen 4. barot
5. targ’u 6. tavg’ach 7. qopchur
8. kumush 9. jun 10. tuz
A) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10. B) 1,2,3,5,7,9.
C) 2,4,6,8,10. D) 1,3,5,7,8,9,10.
188) Chingizxon tomonidan qaysi yilda bosib olingan hududlar 4 ulusga taqsimlangan va unda Chig’atoy ulusiga qaysi hududlar berilgan edi?
A) 1221-yil, Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Movarounnahr
B) 1227-yil, Oloy to’g’ining g’arbi, O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Sharqiy Eron
C) 1224-yil, Mo’g’uliston, Movarounnahr
D) 1224-yil, Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Movarounnahr
189) Chig’atoyxonning ulusni boshqaradigan o’rdasi (qarorgohi) qayerda joylashgan?
A) Elsuvi (Ili) daryosi bo’yida
B) Yettisuvda C) Xo’jandda
D) Qoraqurumda
190) Viloyatlar va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda Chig‘atoy………….. xizmatidan foydalanadi.
A) kelib chiqishi chingiziylarga mansub shaxslar
B) mo’g’ul millatiga mansub shaxslar
C) o‘ziga bo‘ysundirilgan xalqlarning yuqori tabaqa vakillari
D) boshqa mamlakatlar fuqarolaridan
191) Chig’atoy ulusida harbiy hokimiyat,
aholini ro‘yxatdan o‘tkazish, soliq yig‘ish ishlari qaysi amaldorlar qo’lida edi?
A) Bosqoqlar B) Dorug’achi, Tavg’ach
C) Muhassil, tavochi D) Devonbegi, No’yon
192) Mo’g’ullar davlatida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan molning o‘ttizdan bir qismi hajmida hunarmand va savdogarlardan olinadigan soliqni aniqlang.
A) shulen B) kalon C) zakot D) targ’u
193) Chorvadorlardan olinadigan qopchur solig’i miqdori qanday belgilangan?
A) chorva mollari bosh sonining 2,5 %i
B) chorva mollari bosh sonining ¼ qismi
C) chorvaning 1/10 qismi
D) umumiy daromadning 1/30 qismi
194) Mahmud Torobiy qaysi saroyni o’ziga qarorgoh qilib belgilagan edi?
A) Moxuvon B) Robiya
C) Som D) Narshax
195) Mahmud Torobiy o’zini……., do’sti Shamsiddin Mahbubiyni…….deb e’lon qiladi.
A) xoqon/qozikalon B) sadr/xalifa
C) amir/bosh vazir D) xalifa/sadr
196) Mahmud Torobiy Buxoroda hokimiyatini o’rnatgach qochqin amaldorlar kimning yordamida va qayerda kuch to’plagan edi?
A) Mahmud Yalavoch/Karmana
B) Elarslon/Turkiston va Taroz
C) Ma’sudbek/Nasaf
D) Chig’atoy/Elsuvi daryosi bo’yida
197) 1238-yilda kim Mahmud Yalavochni Pekin shahriga hokim etib tayinlaydi?
A) Chig’atoy B) Ma’sudbek
C) O’qtoy D) Xubilay
198) Mahmud Yalavoch lavozimidan chetlatilgach, uning o’rniga kim Movarounnahrga noib etib tayinlangan?
A) Ma’sudbek B) Kebekxon
C) Chig’atoy D) Ilyosxo’ja
199) Qaysi davrda Chig‘atoy ulusining mo‘g‘ul amaldorlari doirasida o‘troqlikka ko‘chish, shahar hayotiga yaqinlashish, mahalliy o‘troq aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni kuchayadi?
A) XII asr oxiri B) XIII asr boshlari
C) XIII asr o’rtalari D) XIV asr o’rtalari
200) Mahmud Torobiy qo’zg’alonidan keyin Mo‘g‘ulistonning ulug‘ xoqoni ….. soliq va hashar ishlarini tartibga solish to‘g‘risida maxsus farmon – yorliq chiqaradi.
A) O’qtoy B) Chig’atoy
C) Kebek D) Munke
201) O’rta asrlar Sharqida choparlar, elchilar ot almashtiradigan joy qanday nomlangan?
A) Karvonsaroy B) Xonaqoh
C) Yom D) Bekat
202) Ma’sudbek tomonidan o’tkazilgan pul islohotiga taalluli ma’lumotlarni aniqlang.
1. Erondagi Xulakuiylar va Oltin O’rda davlatining kumush tangalari namunasida tanga zarb ettirdi
2. Pul islohoti 1271-yilda o’tkazildi
3. 1 grammlik tanga “dirham”, 8 grammlik tanga “dinor” deb nomlangan
4. Tangalar Samarqand va Buxoroda zarb etilgan
5. Tangalar Movarounnahrning 16 ta shahar va viloyatlarida zarb etilgan
6. Tangalar bir xil vazn va yuqori qiymatli sof kumushdan zarb etilgan
A) 1,2,3,4,5,6. B) 2,5,6.
C) 2,4,6. D) 1,3,5.
203) XIV asrning birinchi yarmida …..
A) Chig‘atoy ulusida mo‘g‘ullarning o‘troqlikka o‘tish jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘la boshlaydi
B) Movarounnahr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo‘linib ketadi
C) Yevropa olimlarining Amir Temur shaxsi va uning faoliyatiga qiziqishi boshlangan
D) Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan
204) Mo’g’ul tilida “Qarshi” so’zi qanday ma’noni bildiradi?
A) Nasaf B) Saroy
C) Duragay D) Naxshab
205) Chig’atoy xoni Kebekxon hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
A) 1271-1314-y. B) 1316-1328-y.
C) 1318-1326-y. D) 1330-1355-y.
206) Kebekxon mo’g’ul hukmdorlari orasida birinchi bo’lib…..
A) ma’muriy va pul islohotini o’tkazdi
B) o’z qarorgohini Movarounnahrga ko’chirdi
C) sof kumush tanga zar ettirdi
D) aholini o’nlik tizimga bo’lish maqsadida aholini ro’yxatga olish tadbirini o’tkazdi
207) Kebekxon pul islohotiga ko’ra zarb etilgan “Kepaki” tangalari vazni haqida berilgan qaysi ma’lumot to’g’ri?
A) 1 grammlik tanga “dirham”, 8 grammlik tanga “dinor” deb atalgan
B) 1 grammlik tanga “dinor”, 8 grammlik tanga “dirham” deb atalgan
C) tangalar bir hil vaznda bo’lib, “kepaki” deb nomlangan
D) mis tanga “fals”, kumush tanga “dirham”, oltin tanga “dinor” deb nomlangan
208) Kebekxon davrida Samarqand va Buxoro shaharlarida….
A) boshqaruv qarorgohlari barpo etildi
B) “Ma’sudiy” va “Xoniya” madrasalari bunyod etildi
C) “Kepaki” tangalari zarb etilgan
D) qayta tiklash ishlari olib borildi
209) Mo’g’ullar hukmronligi davrida XIV asrning birinchi yarmida qayta tiklangan shaharlarni aniqlang.
A) Buxoro, Urganch
B) Bag’dod, Boylakon, Darband
C) Marv, Samarqand
D) Xo’jand, Nasaf
210) Mo’g’ullar hukmronligi davrida O’rta Osiyoda yer egaligining necha shakli mavjud edi?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
211) Mo’g’ullar davlatida hukmdor va noiblarga qarashli yerlar qanday nomlangan?
A) mulki devon B) mulki inju
C) mulki vaqf D) mulk yerlari
212) Yettisuvda yashayotgan mo‘g‘ullar Movarounnahrga ko‘chib kelganlarni qanday nomlashgan?
A) qoraunas B) jete C) bosqoq D) qaroqchi
213) Qaysi javobda tarixiy xatolik mavjud?
A) Chig‘atoy ulusi XIV asrning 40-yillarida ikkiga bo‘linib ketdi
B) 1348-yilda Tug‘luq Temur Mo‘g‘uliston xoni bo’ldi va ulusning g‘arbiy qismi – Movarounnahr mustaqil idora qilinadigan bo‘ldi
C) Mo’g’ullar davlatida suyurg‘ol egalari barcha soliq va to‘lovlardan ozod etilgan
D) Mo‘g‘ulistonning ulug‘ xoqoni Tug’luq Temur soliq va hashar ishlarini tartibga solish to‘g‘risida maxsus farmon – yorliq chiqaradi
214) O‘rta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholi tashqi qiyofalarida hozirgi o‘zbek va voha tojiklariga xos antropologik qiyofa to‘liq shakllanganligini ifodalovchi madaniyatni aniqlang.
A) Kaltaminor madaniyati
B) Bolaliktepa madaniyati
C) Sopollitepa madaniyati
D) Qovunchi madaniyati
215) “Qovunchi madaniyati” qaysi davlat hukmronligi davriga xos?
A) Qang’ B) Baqtriya
C) Turk xoqonligi D) Qoraxoniylar
216) Qaysi davrda Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, turkiy til muhiti vujudga kela boshladi?
A) VII asrda B) IX asrda
C) XI asrda D) XII asrda
Do'stlaringiz bilan baham: |