IV BOB.
AJDODLARIMIZNING ILMIY MEROSI ABADIYATGA DAXLDOR MA’NAVIY XAZINA
1) “Bayt ul-hikma” qachon, qayerda tashkil etilgan?
A) VIII asrda Damashqda
B) IX asrda Buxoroda
C) 1004-yilda Urganchda
D) IX asrda Bag’dodda
2) IX asrda sharqning qaysi shaharlarida astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi?
A) Samarqand, Buxoro
B) Bag’dod, Damashq
C) Qohira, Marv D) Urganch, G’azna
3) Xalifa Ma’mun davrida “Bayt ul-hikma”da mudir sifatida faoliyat yuritgan olimni aniqlang.
A) Beruniy B) Marvaziy
C) Al-Xorazmiy D) Al-Farg’oniy
4) “Hind hisobi haqida” asarining muallifi kim?
A) Beruniy B) Marvaziy
C) Al-Xorazmiy D) Al-Farg’oniy
5) Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi “Miqyos an-Nil” inshooti va uning darajoti qaysi yili qayta tiklangan edi?
A) 832-833 yillarda B) XII asrda
C) 824 yilda D) 861 yilda
6) Asrlar davomida avlodlar qo’lida yer o’lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o’lchov ishlarida dasturulamal bo’lib xizmat qilgan ilmiy merosni aniqlang.
A) “Geodeziya” B) “Al-Jabr”
C) “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” D) “Hind hisobi haqida”
7) Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o’rnini aniqlash, yangicha zij yaratish ishlariga rahbarlik qilgan olimni aniqlang.
A) Beruniy B) Marvaziy
C) Al-Xorazmiy D) Al-Farg’oniy
8) Imom al-Buxoriy islom ta’limotiga oid .... dan ziyod asar yozgan.
A) 10 B) 20 C) 50 D) 100
9) Qaysi alloma islomiy odob qoidalari, ma’naviy-ahloqiy kamolot sirlaridan ta’lim berishga mo’ljallangan asarlar yozgan?
A) Iso at-Termiziy
B) Burxoniddin Marg’inoniy
C) Maxmud az-Zamaxshariy
D) Al-Moturudiy
10) “Ma’mun akademiyasi”ning asosini tashkil etishda katta xizmat qilgan olim Abu Sahl Masihiy yashagan yillarni aniqlang.
A) 970-1011 y. B) X asr-1034 y.
C) 991-1048 y. D) 973-1048 y.
11) Ibn Sino mantiq, falsafa, riyoziyot va fikh ilmlarini kimdan o’rgangan?
A) Abu Bakr ar-Roziydan
B) Gippokrat va Galen asarlari orqali
C) Abu Abdullohdan D) Beruniydan
12) Ibn Sino qaysi hukmdorni davolab saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat olgan edi?
A) Nasr II B) Nuh ibn Mansur
C) Ismoil Somoniy D) Nuh II
13) Quyidagi allomalardan qaysisi hattotlik san’atini ham mukammal o’rgangan edi?
A) Zamaxshariy B) Ibn Sino
C) Beruniy D) Marg’inoniy
14) X-XI asrlar shahar me’morchiligida qanday ashyodan qurilgan imoratlar asosiy o’rinni egallaydi?
A) paxsa va xom g’ishtdan
B) yog’ozdan (sinchkori)
C) pishiq g’ishtdan D) toshdan
15) Qaysi tariqatda kamolot yo’lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat mehnat jarayonida bu dunyo noz-ne’matlaridan bahramand bo’lishning joizligi g’oyasi ilgari suriladi?
A) Yassaviya B) Kubroviya
C) Naqshbandiya D) Shia
16) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy yashagan yillarni aniqlang.
A) 783-850-y. B) 873-950-y.
C) 797-865-y. D) 780-940-y.
17) Arab xalifaligida Ma’mun xalifalik yilarini aniqlang.
A) 786-809-y. B) 809-813-y.
C) 813-822-y. D) 813-833-y.
18) Al-Xorazmiy qancha asar yozgan va undan qanchasi bizgacha yetib kelgan?
A) 20/8 B) 20/10 C) 450/43 D) 160/50
19) Quyidagi asarlardan qaysisi XII asrda lotin va ibroniy tillariga tarjima qilingan?
A) “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum”
B) “Al-jabr val-muqobala”
C) “Tib qonunlari” D) A,B,C.
20) Qaysi allomaning nomi XVI asrda oydagi kraterlardan biriga berilgan?
A) Al-Xorazmiy B) Mirzo Ulug’bek
C) Abu Rayhon Beruniy D) Al-Farg’oniy
21) 1004-yilda shakllangan “Dor ul-hikma va maorif” (“Bilimdonlik va maorif uyi”) – “Ma’mun akademiyasi”ning asosini tashkil etgan allomalarni aniqlang.
1. Abu Nasr ibn Iroq 2. Al-Xorazmiy
3. Yahyo bin Abu Mansur 4. Abulxayr ibn
Hammor 5. Abu Sahl Masihiy
6. Abu Rayhon Beruniy 7. Ahmad al-Marvaziy
8. Abu Ali ibn Sino 9. Ahmad al-Farg‘oniy
10. Al-Abbos Javhariy
A) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10. B) 1,2,4,6,8,9.
C) 1,4,5,6,8. D) 1,2,3,4,5.
22) 991-1048-yillarda yashagan olimni aniqlang.
A) Abu Sahl Masihiy
B) Abu Rayxon Beruniy
C) Abulxayr ibn Hammor
D) Abu Nasr ibn Iroq
23) Urganchada “Dor ul-hikma va maorif” faoliyati qaysi hukmdor tomonidan tugatilgan?
A) Chingizxon B) Nasr Eloqxon
C) Mahmud G’aznaviy D) Ibrohim Bo’ritegin
24) Qaysi sanada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni chiqdi?
A) 1996-yil 15 noyabr
B) 1997-yil 11 noyabr
C) 1999-yil 30 avgust
D) 2006-yil 30 oktabr
25) Qachon Respublikamizda “Xorazm Ma’mun akademiyasi”ning 1000 yilligi nishonlandi?
A) 2000-yil oktabr B) 2005-yil bahori
C) 2006-yil kuzi D) 2009-yil dekabr
26) 2014-yil may oyida Samarqand shahrida o’tkazilgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari
va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyada nechta davlatdan vakillar ishtirok etdi?
A) 10 dan ortiq B) 30 ga yaqin
C) 50 ga yaqin D) 70 dan ortiq
27) Quyida qaysi alloma haqida so’z yuritilgan:U avval ona shahrida, so‘ngra Samarqand, Buxoro va Bag‘dodda bilim olgan. Umrining oxirlarida Halab va Damashq shaharlarida yashagan.
A) Farobiy B) Al-Farg’oniy
C) Zamaxshariy D) Ibn Sino
28) Abu Nasr Farobiy va Abu Rayxon Beruniy o’rtasida qanday umumiylik bor?
A) Ikkalasi ham “Bayt ul-hikma”da faoliyat olib borgan
B) Ikkalasi ham Xorazm diyorida tug’iib o’sgan
C) Ikkalasi ham 160 dan ziyod asar yozgan
D) Ikkalasi ham “Dor ul-hikma va maorif”da faoliyat yuritgan
29) Qaysi alloma o’rta asrlarda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratgan?
A) Al Xorazmiy B) Farobiy
C) Al Farg’oniy D) Maxmud az-Zamaxshariy
30) Maktabni bitirgach, Ibn Sino kimdan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o‘rganadi?
A) Gippokrat va Galen asarlari orqali
B) Abu Bakr ar-Roziydan
C) Farobiydan D) Abu Abdullohdan
31) Ibn Sino qayerga dafn etilgan?
A) Isfahon B) G’azna
C) Hamadon D) Buxoro
32) Qaysi alloma Sharqda “Shayx ur-rais” nomi bilan shuhrat topgan?
A) Ibn Sino B) Iso at-Termiziy
C) Imom Moturudiy D) Marg’inoniy
33) Ibn Sino ….dan ortiq, shu jumladan, tibbiyotga doir …ta asar yozgan.
A) 430/45 B) 540/46
C) 450/43 D) 160/20
34) ……..o‘zining astronomiyaga oid asarlarida ……….dan qariyb besh asr muqaddam Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o‘rta asrlarda birinchi bo‘lib ilgari surdi.
A) Beruniy/Kopernik
B) Al Farg’oniy/Galiley
C) Beruniy/Blez Paskal
D) Mirzo Ulug’bek/Jordano Bruno
35) Yer aylanasi uzunligini o‘lchashda yangi usul – matematik usulni ishlab chiqqan olimni aniqlang.
A) Farg’oniy B) Al Xorazmiy
C) Ulug’bek D) Beruniy
36) Tarixdagi birinchi ko‘p tilli lug‘at – arabcha-forscha-turkiy lug‘atning asoschisi bo‘lgan olimni aniqlang.
A) Mahmud Qoshg’ariy B) Alisher Navoiy
C) Mahmud Zamaxshariy D) Yusuf Xos Hojib
37) Qaysi olim birinchi bo‘lib Yer shari globusini yaratgan?
A) Al Farg’oniy B) Toskanelli
C) Valdzemyuller D) Beruniy
38) Quyidagi olimlardan qaysisi mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni ham to‘plagan?
A) Mahmud Zamaxshariy B) Ibn Sino
C) Mahmud Qoshg’ariy D) Farobiy
39) Mahmud Zamaxshariyning qaysi asari arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag’ishlangan?
A) “Al Kashshof” B) “Al Mufassal”
C) “Hidoya” D) “Jorulloh”
40) Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” asarini qachon, qayerda yoza boshlagan?
A) 1067-yilda Yorkentda
B) 1070-yilda Qoshg’arda
C) 1069-yilda Bolasog’unda
D) 1072-yilda Bag’dodda
41) …..asari dastlabki univеrsal lug‘at bo‘lib, o‘z muallifini dunyoga qоmusiy оlim sifatida tanitdi.
A) “Al Mufassal”
B) “Dеvоnu lug‘оtit turk”
C) “Hibat ul-haqoyiq”
D) “Qutadg‘u bilig”
42) Mahmud Qoshg’ariy “Devonu lug’otit turk” asarida turkiy qabila va urug‘lar (xalqlar) tillaridagi so‘zlar ma’nоsini qaysi tilda izоhlab bеrgan?
A) arab tili B) fors tili
C) mo’g’ul tili D) o’zbek tili
43) ……… o‘zini shoir emas, balki adab muallimi, deb hisoblagan.
A) Yusuf Xos Hojib
B) Ahmad Yugnakiy
C) Mahmud Qoshg’ariy
D) Ahmad Yassaviy
44) Imom al-Buxoriy islom ta’limotiga oid qancha asar yozgan?
A) 10 dan ortiq B) 50 ga yaqin
C) 20 dan ortiq D) 100 dan ziyod
45) Islom olamida “Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan allomani aniqlang.
A) Imom al-Buxoriy B) At-Termiziy
C) Al-Marg’inoniy D) Al-Moturidiy
46) Qaysi muallif o’z asari haqida “oldin hech kim tuzmagan va hech kimga ma’lum bo‘lmagan alohida bir tartibda” tuzilganligini aytib o’tgan?
A) Mahmud Qoshg’ariy
B) Ahmad Yugnakiy
C) Yusuf Xos Hojib
D) Imom al-Buxoriy
47) …….. turkiy xalqlarning tili, madaniyati, etnografiyasi va folklorining birinchi tadqiqotchisi hisoblanadi.
A) Alisher Navoiy
B) Mahmud Zamaxshariy
C) Mahmud Qoshg’ariy
D) Ahmad Yugnakiy
48) Buyuk siymolarimizdan qaysisi “hidoyat yo‘lining sarboni” deya katta hurmat-e’tibor topib, Islom dinining dalili, isboti degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan?
A) Imom al-Moturidiy
B) Burhoniddin Marg’inoniy
C) Muhammad at-Termiziy
D) Imom al-Buxoriy
49) Qaysi tariqatda insonning har qanday mol-dunyodan va davlatdan ustun turishi ta’kidlanadi?
A) Yassaviya B) Kubroviya
C) Naqshbandiya D) Hanbaliya
50) Muhammad al-Xorazmiy qancha asar yozgan va shundan qanchasi bizgacha yetib kelgan?
A) 20 dan ortiq, 10 tasi
B) 50 dan ortiq, 20 tasi
C) 100 dan ortiq, 70 ga yaqin
D) 160 ta, 8 tasi
51) Qaysi yurtdoshimiz rahbarligida 861-yida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi gidrometr – daryo oqimi sathini belgilaydigan “Miqyos an-Nil” inshooti va uning darajoti qayta tiklangan?
A) Al-Xorazmiy B) Al-Farg’oniy
C) Al-Beruniy D) Al-Farobiy
52) “Qutadg’u bilig” asari uchun Yusufga “Xos Hojib” (eshik og’asi) martabasini bergan hukmdorni aniqlang.
A) Nasr Eloqxon B) Ibrohim Bug’roxon
C) Tavg’och Bug’roxon D) Xorun Bug’roxon
54) Mamlakatdagi ichki nizоlar natijasida o‘z vatanini tark etib, 15 yil davоmida atrоfdagi qardоsh xalqlar оrasida yurishga majbur bo‘lgan olim kim?
A) Yusuf Xos Hojib B) Mahmud Qoshg’ariy
C) Ahmad Yugnakiy D) Mahmud Zamaxshariy
55) Abu Mansur al-Moturidiy qaysi yillarda yashagan?
A) 810-870-yillar B) 824-894-yillar
C) 870-944-yillar D) 873-950-yillar
56) Tasavvuf qachon, qayerda vujudga kelgan?
A) VII asr boshlarida Arabistonda
B) VIII asr o’rtaarida Iroqda
C) IX asr boshlarida Buxoroda
D) XII asrda Xorazmda
57) Xonbandi suv ombori qayerda joylashgan?
A) Nurota tizmalaridagi Pastog’ darasida
B) Buxoro viloyati “Darozayi Mansur” mahallasida
C) Nurota tizmasining Beklarsoy darasida
D) Marv vohasi Murg’ob bo’yida
58) Qaysi asrdan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi?
A) IX asrdan B) X asrdan
C) XI asrdan D) XII asrdan
Do'stlaringiz bilan baham: |