I bob. Movarounnahr Shayboniylar hukmronligi davrida


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 386,5 Kb.
bet6/9
Sana30.01.2017
Hajmi386,5 Kb.
#1440
1   2   3   4   5   6   7   8   9

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Xiva – Rossiya munosabatlarida muhim jihat shunda ediki, o’zaro savdodan har ikkala davlat ham birdek manfaatdor edi. Xiva savdogarlari uchun Rossiyaga boradigan savdo yo’llari xavfsiz edi. Shuningdek, Xiva xonligida Rossiya zavod va fabrikalari ishlab chiqargan tayyor iste’mol tovarlariga ehtiyoj baland edi. Ayni paytda Rossiya Xiva xonligiga o’z tovarlarini sotadigan bozor deb qarar edi. Rossiya tovarlari Yevropaning ilg’or davlatlari tovarlari bilan raqobat qila olmayotgan bir davrda bu juda muhim edi. Ikkinchidan, Xiva xonligi, Rossiya sanoati uchun zarur xomashyo mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib beruvchi o’lka ham hisoblanardi. Biroq har ikki davlat o’rtasida yaxshi qo’shnichilik munosabatlarining qaror topishiga to’sqinlik qilgan omillar ham mavjud bo’lgan. Bular: savdo karvonlariga hujum qilish xavfining mavjudligi, har ikki taraf tomonidan Kichik juz qozoqlarini va qoraqalpoqlarni o’z fuqarolari deb hisoblashlari; shuningdek, har ikki tomonning o’zaro savdodan olinadigan boj hajmi masalasida uzoq vaqt bir to’xtamga kela olmaganliklari bilan bog’liq edi.

Rossiya hukumati-1819-yilda Xivaga rus armiyasi zobiti N. Muravyovning ekspeditsiyasini jo’natdi. Ekspeditsiyaning maqsadi turkmanlar yerini, Xiva xonligining turk­manlar bilan munosabatini hamda yangi savdo yo’li ochilishi (Xiva-Turkmanlar yeri-Kaspiy dengizining sharqiy qirg’og’i ­Boku-Astraxan) istiqbollarini o’rganish edi. Ekspeditsiya dastlab turkmanlarning yovmut qabilasi joylashgan hududda bo’ldi. Yovmutlarning Rossiya fuqaroligiga o’tish istaklarini o’rgandi. Shundan so’ng N. Muravyov Xivaga yo’l oldi va Rahimxon qabuliga kirishga ham muvaffaq bo’ldi. Biroq Xiva xoni savdo yo’lining o’zlashtirilishiga rozi bo’lmadi va O’rta Osiyoning boshqa xonliklari bilan munosabatlarida Rossiya harbiy yordamiga tayanish mumkinligi haqidagi taklifni ham rad etdi. Chunki Muhammad Rahimxon Rossiyaning yovmut qabi­lasini o’z fuqaroligiga qabul qilish istagi tagida aslida nima yotishini anglab yetgan edi. Bundan tashqari, Rossiya hukumatining savdo karvonlari xavfsizligini ta’minlash bahonasida chegarada mustahkam istehkomlar qurish haqidagi rejalari Xiva hukmron doiralarini cho’chitib ham qo’ygan edi.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Xiva xonligining ijtimoiy hayotida Buxoro xonligidagidek sokinlik hukm surardi. Bu sokinlikning sababi-xonlikning jahon taraqqiyotidan deyarli uzilib qolganligida edi. Mamlakatda uzoq vaqt siyosiy tarqoqlik hukm surgan, natural xo’jalik ustun bo’lgan, to’xtovsiz davom etgan o’zaro ichki urushlar hamda tashqi hujumlar oqibatida mamlakat iqtisodiyoti izdan chiqqan sharoitda ijtimoiy hayotning bundan boshqacha bo’lishi mumkin emas edi. Hukmron tabaqalarning aksariyat qismi davlat, millat taqdiridan ko’ra o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ustun qo’yganlar. XIX asrning 20-yillari boshlaridagi ma’lu­motlarga ko’ra Xiva aholisining soni 300 ming kishini tashkil etgan. Bu raqam qat’iy bo’lmasdan xonlik hududining kengaya borishi bilan xonlik fuqaroligini qabul qilganlarning soni ko’payib borgan. Xonlik poytaxti Xiva shahrida 4 ming aholi yashagan. Aholining katta qismi o’zbeklardan iborat bo’lgan. Undan keyingi o’rinlarni turkmanlar, qoraqalpoqlar va qozoqlar egallashgan. Q’zbeklar, asosan, qo’ng’irot, nayman, qiyot, uyg’ur, nukuz, qang’li, xitoy, qipchoq kabi qabilalariga mansub bo’lgan. Ularning har biri, asosan, o’zlariga ajratilgan yerlarda joy­lashgan. Har biri alohida-alohida kanalga ega bo’lishgan. Har bir qabila o’zlariga qarashli sug’orish inshootlarni tiklash va ta’mirlash ishlarida qatnashgan. Har bir qabilaning kanali ham shu qabila nomi bilan atalgan. Xonlik mutlaq monarxiya bo’lib, oliy hukmdor-xon davlat boshlig’i edi. Ma’muriy jihatdan xonlik hududi 15 ta viloyatga (Pitnak, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Qo’shko’pir, G’azovat, Qiyot, Shohabbos, Toshhovuz, Ambar-Manoq, Gurlan, Ko’hna Urganch, Xo’jayli, Chumanoy va Qo’ng’irot) va 2 ta noiblikka (Beshariq va Qiyot-Qo’ng’irot), shuningdek, xonning bevosita o’ziga bo’ysundirilgan tumanlarga bo’lingan edi. Davlat boshlig’i-xon hokimiyati vakolati nasldan naslga o’tgan. Xondan keyingi o’rinda dastlabki asrlarda inoq turgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Xiva xonligining shaharlari hayoti

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XVIII asr oxiriga kelib shaharlar hayotida uzoq davom etgan tushkunlik holati barham topdi. XVIII asrning 2-yarmi-XIX asr boshlarida katta ko’lamdagi sug’orish inshootlarining tiklanishi hamda yangilarining bunyod etilishi ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishiga asos bo’ldi. Bu hodisa, o’z navbatida, shaharlarda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning o’sishiga sabab bo’ldi. Biroq bu o’sishni Yevropa davlatlari iqtisodiyoti taraqqiyoti bilan aslo tenglashtirib bo’lmas edi. Bu davr-G’arbiy Yevropa davlatlari hayotida tub sifat o’zgarishlar davom etayotgan davr edi. Chunonchi, Buyuk Britaniyada boshlangan sanoat to’ntarishi Yevropaning boshqa ilg’or davlatlariga ham yoyilgan, XIX asr o’rtalariga kelganda esa u nihoyasiga yetayotgan edi. Binobarin, Yevropa davlatlarida kapitalistik munosabatlar gurkirab rivojlanayotgan edi. O’rta Osiyo xonliklarida, jumladan, Xiva xonligi jamiyati hayotida hamon o’rta asr yer egaligi munosabatlari hukmron edi. XVIII asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi davridan boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o’rnatildi. Bu omil Xiva shahrining holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Chunonchi, 1782-yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi. Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me’moriy obidalar ham qurildi. Masalan, 1765-yilda Sherg’ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi. XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi. Xon farmoyishi bilan karvonsaroy, usti yopiq bozor va ular oralig’ida 1834-yilda Olloqulixon madrasasi qurilishi tugallandi. 1842-yilda Muhammad Yoqub mehtar rahbarligida Xiva atrofida 6 km uzunlikdagi mustahkam shahar-qal’a devori va uning darvozasi qurib tugallandi. Natijada, xonning shahar tashqarisidagi 2 saroyi ham shahar ichiga kirdi. O’sha paytdan boshlab shahar hududining bu qismi Dishan qal’a-Tashqi shahar (qal’a) deb nomlana boshlangan. Xivaning kichik halqali qal’a-devori bilan o’ralgan qisrni Ichan qal’a-Ichki shahar (qal’a) deb atalgan. Xivada XIX asr birinchi yarmiga kelganda jami 2 xon saroyi, 17 masjid, 22 madrasa mavjud bo’lgan. Ichan qal’a bobolarimizdan qolgan O’rta Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorlikdir. U ming gumbaz shahri nomi bilan mashhur. Ichan qal’a Xiva shahrining ichki qal’a (Shahriston) qismidir. Ichan qal’a Dishan qal’adan devor bilan ajralib turadi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 8 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 4

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. Xiva xonligida bozordagi savdo o’rinlarida foydalanganlik uchun
qandny soliq turi olingan?
A)Chck puli

B)Tagjoy

C)Tarozuyona

D)Qo’nalg'a

2. Sharqshunoslardan qaysi biri “Abulg’oziyning "Shajarayi turk"i uchun butun dunyo undan minnatdor” deb yozgan edi?



A)Bartold

B)N.I Veselovskiy

C)A.Vamberi

D)S.Jukovskiy

3. Kimning davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga

ko’chirildi?

A)Eibarsxon

B)Abulg’ozi

C)Elto'zar

D)Muhammad Rahim I

4. Muzahhib nima?



A)sarlavha yozuvchi

B)muqovalovchi

C)oltin suvni yurituvchi

D)harbiy xizmatchi

5. Xivada XIX asr birinchi yarmiga kelganda ......mavjud bo’lgan.



A)l xon saroyi,15masjid,20madrasa

B)2xon saroyi,l 7masjid.22madrasa

C)6xon saroyi,20masjid.27madrasa

D)10xon saroyi,3masjid,32madrasa

6. Qachon Xivada"xonlar o’yini" deb nomlangan jarayon sodir bo’ldi?



A)XV asr oxiri XVI asr boshlarida

B)XVI asr oxiri XVIIasr boshlarida

C)XVIIasr oxirlari XVIIIasr ortalarida

D)XVIII asr davomida

7. Qachon Ko’hna Urganch shahri mustahkam qal'a-devor bilan o’rab olindi?



A)X-XI asrlarda

B)XI-XII asrlarda

C)XIII asrlarda

D)IX-X asrlarda

8. Quyidagilardan Rossiya va Xiva xonligi o’rtasida yaxshi qo’shnichilik munosabatiarining qaror topishiga to’sqinlik qilgan omillarni aniqlang.



1 )Xiva xonligining Angliya bilan imtiyozii savdo shartnomalari imzolaganligi

2)savdo karvonlariga hujum qilish xavfining mavjudligi

3)har ikki taraf tomonidan Kichik juz qozoqlarini va qoraqalpoqlarni o’z fuqorolari deb hisoblashlari

4)har ikki tomonning o’zoro savdodan olinadigan boj hajmi masalasida bir to’xtamga kela olmaganligi .

5)Rossiyaning xonlikning azaliy raqibi bo’lgan Buxoro amirligi bilan yaxshi munosabat o’rnatganligi

A) 1,2.3

B)2.4.5

B)1,3.5

D)2,3,4

9. "Shajarayi turk"asarining IX bobi......

l)Xivaning 1510-1673-yilIar oralig’idagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan;

2)Xivaning XVI asr davomidagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan;

3)Xiva-Buxoro munosabatiariga bag’ishlarigan;

4)Xivaning 1512-1663-yillar oralig’idagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan;

5)Xiva-Qo’qon munosabatlariga,ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarga bagishlangan;

A)l,2,5

B)l,3

C)3,4

D)2,4

10. 1839 yil qayerga birinchi bo’lib V.A Perovskiy boshchiligida harbiy yurish

boshlangan?

A)Buxoro xonligiga

B)Qo’qon xonligiga

C)Xiva xonligiga

D) Toshkent hokimligiga

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Xiva xonligi tarixi bo’yicha manbalar

Maqsad

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Mana siz Xiva xonligining XVI-XIX asr birinchi yarmi tarixi bilan tanishib bo’l­dingiz. Xo’sh, siz bilib olgan tarixiy ma’lumotlar qayerlardan olingan?

Ular birinchi navbatda, tarixiy hujjatlarni o’rganish natijasida to’plangan. Arxiv hujjatlari bugungi avlodni o’tmish tarixi bilan tanishtirishda beqiyos ahamiyatga ega. Olimlar u manbalarni o’rganadilar, sharhlaydilar va shu orqali o’tmish tarixini tiklaydilar. Xiva xonlari arxivi hujjatlari Rossiya xonlikni bosib olgach, 1873-yilda Peterburgga olib ketilgan. Keyinchalik ular olimlar tomonidan topilib o’rganilgan va sharhlangan. Arxiv hujjatlari Xiva xonligining davlat tuzumi, soliq va majburiyatlar, pul muomalasi, davlatning ma’muriy-hududiy bo’linishi, aholining xo’jalik mashg’uloti, savdo-sotiq ishlari kabi masalalar haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. XVII asrda yashagan Hasanbek Rumluning "Eng go’zal tarixi" asari XVI asrning birinchi yarmidagi Xiva tarixiga bag’ish­langan. Xiva xoni, tarixchi olim Abulg’oziy Bahodirxonning (1603­-1664) "Shajarayi turk" asari ayniqsa katta ahamiyatga ega asardir. Asarda juda katta tarixiy faktlar to’plangan. Asar turkiy qabilalar shajarasi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Shuningdek, kitobxonni Xiva va xivaliklar, shuningdek, Abulg’oziyning ham o’zaro urushlar oqibatida parchalanib ketgan davlatni birlashtirish yo’lida olib borgan shiddatli kurashi bilan ham tanishtiradi. Asarning 1512-1663-yillar oralig’idagi Xiva ijtimoiy-siyosiy tarixiga, Xiva-Buxoro munosabatlariga bag’ishlangan IX bobi tarix fani uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Mahalliy mualliflar orasida Munis va Ogahiylarning tarixiy asarlari ham tarix uchun muhim manba hisoblanadi. Munisning "Firdavsul iqbol" deb ataluvchi tarixiy asari 1806-yilda Eltuzar­xonning topshirig’i bilan yozilgan. Asar Xivaning XVI asrdan 1812­-yilgacha bo’lgan tarixini qamrab olgan. Munis vafot etgach, xonlik tarixini yozish ishini Ogahiy davom ettirgan. U bitgan tarixiy asar "Shohidi iqbol" deb atalib, o’zida 1872-yilgacha bo’lgan tarixni aks ettiradi. Xudoyberdi Avaz Muhammadning 1831-1832-yillarda yozilgan "Dili g’aroyib" asari ham Xiva xonligi, uning shaharlari haqida muhim ma’lumotlar beradi. Xiva xonligining 1872-1911-yillardagi tarixini Xiva xoni Asfandiyorxonning topshirig’i bilan 1912-yilda Yusufbek Bayoniy yaratgan. 1725-yilda Xivaga Rossiya elchisi bo’lib kelgan Florio Benevini esdaliklarida ilmiy jihatdan muhim ma’lumotlar yozib qoldirilgan.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Qoraqalpoq xalqining shakllanishi va siyosiy hayoti

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Tarixiy manbalarda hozirgi Qoraqalpo­g’iston hududida odamlar neolit davridayoq yashaganligi qayd etiladi. Qadimgi tarixiy yodgorliklardan bo’lmish Doro I (mil.av. 522-468-yillarda podsholik qilgan) qabri ustidagi toshlarga mil.av. V asrda mixxat bilan o’yib yozilgan bitiklarda Orolbo’yi va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan aholi "Saka tigraxauda" (cho’qqi qalpoqli saklar) deb atalgan. Milodiy II-VIII asrlarda Orolbo’yi dashtlariga bir qator turkiy qabilalar kirib kelib joylashganlar. Mahalliy aholining kirib kelgan qabilalar bilan qo’shilishi natijasida Orolbo’yida bijanaklar va o’g’uzlar shakllangan. Bijanaklar negizida 8-10 asrlarda qoraqal­poqlarning xalq sifatida shakllanish jarayoni boshlangan. X asr boshlarida bijanaklarning bir qismi Volga ortiga, Janubiy Rus dashtlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lganlar. Bunga o’g’uzlar va qi pchoqlarning siquvi, tazyiqi sabab bo’lgan. XII asr rus yilnomalarida "Черные клобуки", mo’g’illar tarixida "qora malaqayli", sharq manbalarida esa "qora bo’rkli" deb atalgan qavm haqida ma’lumotlar bor. Bu nomlar qoraqalpoqlarga

tegishlidir. "Qoraqalpoq" so’zi qoraqalpoqlilar so’zidan kelilb chiqqan. Oltin O’rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlatlar ajralib chiqqan. Bu davlatlarning biri-XIV asr oxirida tashkil topgan No’g’ay (Mang’it) xonligi edi. Uning chegarasi Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan. Binobarin, qoraqalpoqlar ko’chib borib joylashgan hududlar XV-XVI asrlarda No’g’ay xonligi hududiga kirgan. No’g’ay va qoraqalpoq xalqlari o’zaro siyosiy hamkorlikda, birlashmada yashaganlar. No’g’ay tili tarkibi, fonetikasi va grammatik qurilishi jihatidan qoraqalpoq tiliga juda yaqin. Shu tariqa XVI asrga kelib bir necha urug’lardan iborat qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan. Bu xalq olti qabila (xitoy, qipchoq, kenagas, mang’it, qo’ng’irot va mo’yten) negizida shakllangan. Qoraqalpaq davlatchiligi no’g’ay (mang’it)lar yetakchisi Idigu (Edigey) boshchiligida XIV asr oxirlarida tashkil etilgan No’g’ay xonligidan (O’rdasidan) boshlanadi. 1419-yilda Idigu o’ldirilgach, taxt uchun kurash kuchayib, xonlik kuchsizlanadi. XVI asrning ikkinchi yarmida No’g’ay xonligi 3 qismga-Olti ul o’rdasi, Kichik o’rda va Katta o’rdaga bo’linib ketgan.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa


Download 386,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish