I bob. Movarounnahr Shayboniylar hukmronligi davrida



Download 386,5 Kb.
bet1/9
Sana30.01.2017
Hajmi386,5 Kb.
#1440
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mundarija 8 sinf O’zbekiston tarixi
1-dars. Kirish……………………………………………………………………………………...3
I bob. Movarounnahr Shayboniylar hukmronligi davrida

2-dars. XV asr oxiri – XVI asr boshlarida Turkistonda siyosiy vaziyat…………………………..4

3-dars. Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat………………………………………………………5

4-dars. Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hokimiyatining o’rnatilishi……………………...6

5-dars. Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk davlat arbobi va mashhur mutafakkir…………...7

6-dars. Buxoro xonligi…………………………………………………………………………….8

7-dars. Etnik jarayonlar. O’zbek xalqining shakllanishi…………………………………………..9

8-dars. Nazorat ishi – 1……………………………………………………………………….10-11

9-dars. XVI asrda Buxoro xonligida ijtimoiy iqtisodiy hayot…………………………………...12

10-dars. Buxoro xonligining tashqi siyosati……………………………………………………..13

11-dars. XVI asrda Buxoro xonligida madaniy hayot…………………………………………...14
II bob. Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi

12-dars Ashtarxoniylar davlatining tashkil topishi………………………………………………15

13-dars. Takrorlash………………………………………………………………………………16

14-dars. XVIII asrning ikkinchi yarmida Buxoro xonligida siyosiy tarqoqlikning

kuchayishi va uning oqibatlari…………………………………………………………………...17

15-dars. Nazorat ishi – 2……………………………………………………………………..18-19

16-dars. Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot……………………………………….20

17-dars. Ilm-fan va madaniy hayot………………………………………………………………21

18-dars. Takrorlash………………………………………………………………………………22
III bob. Buxoro amirligi

19-dars. Buxoroda mang;itlar sulolasi hukmronligining o’rnatilishi…………………………….23

20-dars. Amirlik davlat tuzumi va uning ma’muriy boshqaruvi………………………………...24

21-dars. Amirlikning qishloq xo’jaligi…………………………………………………………..25

22-dars. Amirlik shahrlar hayoti va savdo-sotiq ishlari………………………………………….26

23-dars. Buxoro amirligi XIX asrning birinchi yarmida………………………………………...27

24-dars. Buxoro amirligida madaniy hayot……………………………………………………...28

25-dars. Nazorat ishi – 3……………………………………………………………………..29-30


IV bob. XVI-XVIII asrning birinchi yarmida Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy,

iqtisodiy va madaniy hayoti

26-dars. Xiva xonligining tashkil topishi………………………………………………………...31

27-dars. XVII-XVIII asrning birinchi yarmida Xiva xonligidagi siyosiy ahvol………………...32

28-dars. Xiva xonligida iqtisodiy va madaniy hayot…………………………………………….33

29-dars. Takrorlash………………………………………………………………………………34



V bob. XVIII asr ikkinchi yarmi va XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligi

30-dars. Xiva xonligida qo’ng’irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi………………….35

31-dars. Xiva xonligining tashqi siyosati………………………………………………………..36

32-dars. Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti……………………………………………..37

33-dars. Xiva xonligining shaharlari hayoti……………………………………………………..38

34-dars. Nazorat ishi – 4……………………………………………………………………..39-40

35-dars. Xiva xonligi tarixi bo’yicha manbalar………………………………………………….41

VI bob. XVI-XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlar

36-dars.Qoraqalpoq xalqining shakllanishi va siyosiy hayoti…………………………………...42

37-dars. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti…………………………………………...43

38-dars. Qoraqalpoq xalqi madaniyati. Adabiyoti……………………………………………….44


VII bob. XVIII – XIX asrning birinchi yarmida Qo’qon xonligi

39-dars. Qo’qon xonligining tashkil topishi…………………………………………………......45

40-dars. XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asr boshlarida Toshkent…………………………46

41-dars. XIX asrning birinchi yarmida Qo’qon xonligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli……………47

42-dars. Qo’qon xonligida iqtisodiy hayot………………………………………………………48

43-dars. Qo’qon xonligi shaharlari………………………………………………………………49

44-dars. Nazorat ishi – 5……………………………………………………………………..50-51

45-dars. Qo’qon xonligi madaniy hayoti. Tarixnavislik, san’at va memorchilik……………….52


VIII bob. O’rta Osiyo davlatlarining xalqaro munosabatlari

46-dars. XVI-XVIII asrlarda xalqaro munosabatlar……………………………………………..53

47-dars. O’zbek xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlari……………………………….54

48-dars. XIX asr birinchi yarmida O’rta Osiyo uchun Angliya – Rossiya raqobatchiligi……….55

49-dars. O’zbek xonliklarining taraqqiyotda orqada qolish sabablari va oqibatlari……………..56

50-dars. Nazorat ishi – 6……………………………………………………………………...57-58

51-dars. Yakuniy dars………………………………………………………………………...59-60

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Kirish

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; ilk o’rta asrlarda o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilar bilan savol javob qilish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida yanada mukammal tasavvur xosil qilinadi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: 8-sinf "O’zbekiston tarixi" darsligida XVI asrdan XIX asrning o’rtalarigacha Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-­madaniy hayoti tarixi yoritilgan. Qariyb 350 yilcha davom etgan bu davrda mamlakatimiz hududidagi ijtimoiy-siyosiy hayot, hokimiyat uchun kurash nihoyatda keskinlashadi. Buni Siz so’nggi temuriy shahzodalar o’rtasidagi taxt uchun kurash oqibatida siyosiy inqirozning vujudga kelishi, Bobur Mirzo bilan Muhammad Shayboniyxon o’rtasidagi kurash, tinimsiz davom etgan ichki nizo, taxt uchun kurash misolida bilib olasiz. Darslikda bu jarayon tarixiy voqealar misolida ochib berilgan bo’lib, uni o’rganish orqali Siz yurt tinchligi va barqarorligini ta’minlash qanchalik zarur ekanligi haqida saboq chiqarib olasiz, deb umid qilamiz. Darslikda Turkistonning uch xonlikka bo’linib ketishi; bo’li­nishning sabablari va oqibatlarini yoritishga alohida e’tibor berilgan. Siz Buxoro xonligi (amirligi), Xiva xonligi va Qo’qon xonligi misolida, ularning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayoti, davlat boshqaruvi, xonliklar o’rtasidagi o’zaro munosabat­larda ahillik, hamkorlik bo’lmaganligini anglash bilan birga, tegishli xulosalar ham chiqarib olasiz, albatta. XVI-XVII asrlarda Dashti Qipchoqdan O’rta Osiyoga kirib kelgan turli turkiy urug’-qabilalar bilan mahalliy aholining arala­shuvi, xalqimizning o’zbek degan nomni o’ziga qabul qilishi kabi jarayonlarni bilib olasiz. Shuningdek, bu davrda qoraqalpoqlar hayotida ham sodir bo’lgan jiddiy o’zgarishlarni, qoraqalpoqlarning xalq bo’lib shakllanish jarayonini o’rganasiz. XVI-XIX asrning birinchi yarmida ajdodlarimizning bunyodkorlik mehnati tufayli ko’plab shaharlar, ko’rkam binolar, madrasalar, suv inshootlari barpo etildi, qo’riq yerlar o’zlash­tirildi, hunarmandchilik rivojlandi. Biroq xonliklar o’rtasidagi o’zaro urushlar, siyosiy tarqoqlik natijasida Vatanimiz jahon taraqqiyotidan orqada qolib ketdi. Siz darslikni o’qish, o’rganish jarayonida qoloqlikning sabablari va oqibatlarini bilib olishga e’tibor bering.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: XV asr oxiri – XVI asr boshlarida Turkistonda siyosiy vaziyat

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Xuroson hukmdori Shohruh 1447-yili vafot etgach, toj-u taxt uchun kurash avjiga chiqdi. Natijada, Xuroson davlati o’n bir qismga bo’linib ketdi. Ularning har biri o’zini mustaqil davlat deb hisoblar edi. 1469-yilda Amir Temurning ikkinchi o’g’li Umarshayxning nabirasi Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egalladi. Salkam 40 yil hukmronlik qilgan Sulton Husayn Boyqaro davrida ham mamlakatda to’la osoyishtalik o’rnatilmagan bo’lsa-da, Xuroson davlatining xo’jalik va madaniy hayoti ancha yuksak dara­jada rivojlandi. Mamlakat obodonchiligi yo’lida katta ishlar amalga oshirildi. Movarounnahrga nisbatan siyosiy barqarorlik ta’minlandi. Bunda Husayn Boyqaroning hukmdorlik salohiyati muhim o’rin tutdi. Vazir Alisher Navoiyning xizmatlari ham benihoya katta bo’ldi. 1506-yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot etdi. Shundan keyin mamlakatda qo’shhokimiyatchilik vujudga keldi. Marhum sultonning ikki o’g’li (Badiuzzamon va Muzaf­far Husayn) bir vaqtda hukmdor deb e’lon qilindi. Bu hol shuningsiz ham og’ir kunlami boshidan kechirayotgan Xuroson davlatini to’la parokaridalikka olib keldi. Natijada shayboniylar hujumi arafasida davlat inqirozga yuz tutdi. Mirzo Ulug’bek 1449-yilda o’ldirilgach, Movarounnahrda ham toj-u taxt uchun ayovsiz kurash boshlanib ketdi. Bu kurashda Mironshohning nabirasi Abu Said ibn Sulton Muhammad g’alaba qozonadi va Movarounnahr taxtini egallaydi (1451-1469). U 1469-yilda urushda halok bo’lgach, hokimiyatni uning ikki o’g’li: SultonAhmad (1469-1494), Sulton Mahmud (1494-1495) hamda nabiralari Boysung’ur Mirzo (1495-1497) va Sulton Ali Mirzo (1498-1500) lar boshqargan. Xullas, temuriylar hukmronligi davri oxirida o’zaro urush-talash oqibatida mamlakat to’la tanazzulga yuz tutgan. XVI asr bo’sag’asida Temuriylar davlati taxti uchun kurash maydoniga Zahiriddin Muharnmad Bobur chiqdi. Bobur Mirzo Amir Temurning uchinchi o’g’li Mironshohning chevarasi edi. U 1483-yilning 14-fevralida Andijon shahrida tug’ilgan. Bolalik va yoshlik yillari Andijon va Axsi shaharlarida o’tgan. U otasi Umarshayx Mirzo (1456-1494) saroyida o’z davriga yarasha barcha zarur bilimlarni egallagan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XI asrdan boshlab arab va fors manbalarida "Dashti Qipchoq" deb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi. Bu atama Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g’arbiy yon bag’irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho’zilgan hududga nisbatan ishlatilgan. Ural (Yoyiq) daryosi Dashti Qipchoqni sharqiy va g’arbiy qismlarga ajratib turgan.Yodda tuting. Bu hududlar rus manbalarida "Poloveslar yeri” nomi bilan yuritilgan. Chunki ruslar Dashti Qipchoq aholisini poloveslar deb atashgan. Vizantiya manbalarida esa ular kumanlar, sharq manbalarida esa qipchoqlar nomlari bilan qayd etilgan. XV asrda Jo’jining o’g’li Shaybon naslidan bo’lgan Abulxayrxon (1412-1468) Sharqiy Dashti Qipchoqni egallab, alohida davlatga asos soladi. Tarixiy manbalarda bu davlat "O’zbek ulusi” (o’zbeklar mamlakati) deb ham ataladi. 1431-yilda Xorazmni ham bosib oldi. 1446-yilda Abulxayrxon Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan shaharlar-Sig’noq, Oqqo’rg’on, Arquq, O’zgan va Suzoqni bosib oladi. O’z davlatining poytaxtini Turadan Sig’noqqa ko’chirdi. Samarqand taxti uchun kurash kuchaygan paytda Abulxayr­xon vaziyatdan foydalanishga harakat qiladi. U 1451-yilda o’zidan madad so’ragan temuriyzoda Abu Said Sultonga Samarqand taxtini egallashda yordam berish bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon katta o’ljalar bilan o’z yurtiga qaytadi. Minnatdorchilik tariqasida Abu Said Sulton Ulug’bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotinlikka beradi. Abulxayrxon keyin ham bir necha bor Movarounnahr ishlariga aralashdi. Shu orqali u Movarounnahrda borgan sari o’z nufuzining ortishiga erisha olgan. Abulxayrxon tomonidan tuzilgan davlat 40 yil yashadi. 1468-yilda Abulxayrxon vafot etishi bilanoq, bu davlat parchalanib ketdi. Muhammad Shayboniy Abulxayrxonning farzandi Shohbudoq Sultonning o’g’li edi. Shohbudoq Sultondan ikki o’g’il qolgan: Muhammad Shayboniy va Mahmud Sulton. Muhammad Shayboniy 1451-yilda tug’ilgan. Shayboniyning bobosi Abulxayrxon saroyida ham turkiylar odatiga ko’ra tug’ilgan go’dakka ikki ism qo’yish urf bo’lgan. Ismlarning birinchisi islomiy (arab), ikkinchisi esa turkiy bo’lgan. Tug’ilganda Muhammad deb nom olgan Shayboniy o’zining ikkinchi nomi bilan mashhur bo’lgan. "Boburnoma" asarida Shayboniyning ismi Shoyboqxon deb berilgan. Bu nom "kuch-qudrat" degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda, Muhammad Shayboniyxon faqat xon bo’lmasdan, ayni paytda ilm-ma’rifat homiysi va o’zi ham didli ijodkor, shoir bo’lgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hokimiyatining o’rnatilishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so’ng boshlangan o’zaro qirg’inlarning yana takrorlanishini aslo istamas edilar. Shu tufayli ular Muhammad Shayboniyxon timsolida bunday qirg’inga yo’l qo’ymaslikka qodir shaxsni ko’rdilar. Bundan tashqari, Dashti Qipchoq qabilalari ko’pdan buyon o’troq hayol tarzida yashashni orzu qilib kelardilar. Bu orzuning ushalishi o’zgalarning unumdor yerlarini bosib olish tufayligina ro’yobga chiqishi mumkin edi. Qabilalar rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o’z orzularini ro’yobga chiqarishga birdan bir qodir qudrat deb hisoblardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar kuchli yollanma qo’shinga ega bo’lgan Muhammad Shayboniyxonni qo’llab quvvatlaydilar: Ular yerlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o’lkalarning bisib olinishi o’troq hayotga o’tish imkonini berishini ham yaxshi bilganlar. Bu omillar Muhammad Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga yordam berdi. Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi ham uning nufuzini yanada oshirdi. Ayni paytda, Movarounnahr aholisi temuriyzodalarning toj-taxt uchun o’zaro kurashlaridan char­chagan ham edi. Shu tufayli Movarounnahr zodagonlari, ruho­niylari va hatto aholining ma’lum qismi ham Muhammad Shaybo­niyxon timsolida Movarounnahrda tinchlik o’rnatishga qodir yagona shaxsni ko’rganlar. Shu tufayli Muhammad Shayboniyxonni qo’llab-quvvatlaganlar. Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxonning Temuriylar davlati hududlarida ham o’z hokimiyatini o’rnatishi uchun barcha zarur shart-sharoit yetilgan edi. Muhammad Shayboniyxonning asosiy maqsadi Temuriylar saltanatiga butunlay barham berish edi. Bu maqsadni ro’yobga chiqarish uchun u 1499-yilda Movarounnahrni zabt etishga kirishdi. U bu o’rinda temuriylarni sarosimaga solib qo’ygan jang usuli-to’lg’amani qo’lladi. 1500-yilda Muhammad Shayboniyxon Samarqandni egalladi. Bu hodisa Samarqand hukmdori Sulton Ali Mirzoning onasi Zuhrobegi og’aning xoinlar gapi bilan ish tutishi oqibatida sodir bo’ldi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk davlat arbobi va mashhur mutafakkir

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Samarqand aholisi shayxulislom Abulmakarim boshchiligida temuriylar hukmdorligini tiklash chorasini izladilar. Samarqand rahnamolari Farg’ona hokimi Bobur Mirzoga maktub yo’llab, Samarqand taxtini egallashga da’vat etdilar. Sulolasi manfaatlariga sadoqatli bo’lgan Bobur Mirzo 1500-yilning kuzida Samarqandga yurish boshladi. Bu paytda Shayboniyxon Samarqanddan tashqarida-Konigil (shahardan tashqaridagi hukmdorlar hordiq chiqaradigan joy)da turar edi. Aholi tomonidan Samarqandmng darvozasi Bobur Mirzoga ochib berildi va uning qo’shini shiddat bilan hujum qilib, Shayboniyxonning bu yerda qoldirib ketgan 600 kishilik askarini qirib tashladi. Shunday qilib, Bobur Mirzo Samarqand taxtini ikkinchi marta egalladi. Shayboniyxon Buxoroga chekinadi va bo’lajak hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Bobur Mirzo ham qish bo’yi urushga jiddiy tayyorgarlik ko’rdi. 1501-yil aprelida Zarafshon bo’yidagi Saripul qishlog’i yaqinida yuz bergan og’ir urushda Bobur Mirzo yengildi. Bobur Mirzo Samarqandga chekinadi.G’olib Shayboniyxon Samarqandni qamal qilib, Bobur Mirzoga sulh taklif qildi. Sulh shartlari Bobur Mirzo uchun juda haqoratli bo’lsa-da, unga rozi bo’lmaslikdan boshqa chorasi yo’q edi. Og’ir va nochor ahvolga tushib qolgan Bobur sulhga binoan Samarqandni tark etib, ko’p mashaqqatlarni boshdan kechirib, o’zga yurtlarga ketishga majbur bo’ldi. Bobur Mirzoning qizi Gulbadanbegim o’zining "Humoyunnoma" asarida bu haqda quyidagilarni yozgan eqi: "To’liq o’n bir yil davomida Movarounnahr o’lkasida chig’atoy, temuriy va o’zbek sultonlari bilan shunday janglar bo’ldiki, ularning sanog’ini batafsil bayon qilishga qalam tili ojiz va nuqsonlidir. Oxiri xayrixohlari va qarindoshlari-jami 250 ga yaqin kishi, piyoda, yelkalarida chopon, oyoqlarida choriq, qo’llarida tayoq bo’lgani holda beyarog’, xudoga tavakkal qilib Badaxshon va Kobulga qarab yo’l oldilar". Bobur Mirzo Kobulga borib, bu yerda 1504-yilning sentabr oyida hokimiyatni qo’lga kiritdi. Bobur Mirzo el-yurt obodonchiligi va ravnaqi yo’lida odilona ish yuritib, qudratli davlat boshlig’i sifatida obro’qozondi. 1510-yili, Shayboniyxon halok bo’lgach, Bobur Mirzo qalbida shoh Ismoil yordamida Movarounnahrni shayboniylardan qaytarib olish umidi paydo bo’ldi. Ana shu niyatda u shoh Ismoil elchisini Kobulda juda ochiq chehra bilan kutib oldi. Elchilar shoh Ismoil Bobur Mirzoga birgalikda Samarqandga qo’shin tortishni taklif qilganligini aytadilar.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Buxoro xonligi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

Download 386,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish