I bob. Movarounnahr Shayboniylar hukmronligi davrida


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 386,5 Kb.
bet2/9
Sana30.01.2017
Hajmi386,5 Kb.
#1440
1   2   3   4   5   6   7   8   9

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni Shayboniyxon halok bo’lgach, uning o’rniga amakisi Ko’chkinchixon taxtga o’tirdi. Ko’chkinchixondan so’ng taxtga o’g’li Abu Said (1530-1533) o’tirdi. Undan keyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o’g’li Ubaydullaxon (1533-1540) qo’liga o’tdi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko’chirtirdi. Ubaydullaxon Buxoroga ota-meros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton Ubaydullaxonning otasiga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan bo’ldi. Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Avvalo, u Ismoil Safaviy va qizilboshlarning hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning markaz sifatidagi nufuzi har tomonlama o’sdi. Ubaydullaxon o’z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Hirotni ishg’ol etgan, qizilboshlarni bir necha marta mag’lubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda u mamlakat ichkarisidagi o’zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi. Ubaydullaxon vafot etgach, ichki ziddiyatlar yana kuchaydi. Hokimiyat uchun qattiq kurashlar boshlandi. Shayboniyxon avlodlarining har birida 10-12 nafardan o’g’il bo’lib, ularning har biri toj-taxtga da’vogar edilar. Ularning har biri o’z otamerosi bo’lgan hududlarda o’z qo’shiniga bosh bo’lib, mustaqillikka intilar, ozini oliy hukmdor deb his etar hamda imkoni bo’lsa, xonlik taxtini egallash ishtiyoqida edilar. Ubaydullaxondan so’ng shayboniylar sulolasi vakillari o’rtasida o’zaro nizolar avjiga chiqdi. Buning oqibatida Abdullaxon I ning qisqa hukmronligi (1540-1541) dan so’ng mamlakatda qo’sh hokimiyatchilik vujudga keldi. Ya’ni bir davlatda ikki hukmdor paydo bo’ldi. Biri-Ubaydullaxonning o’g’li Abdulazizxon Buxoroda, ikkinchisi-Ko’chkinchixonning o’g’li Abdulatifxon Samarqandda hukmdorlik qila boshladilar. Mamlakat bir necha mustaqil hokimliklarga bo’linib ketdi. Biroq qachondir, kimdir bu holatga chek qo’yishi kerak edi. Mamlakatdagi parokandalikka chek qo’yish Buxoro Abdullaxon II uchun markaziy hokimiyatni yana tiklash va hukmronligi davrida kuchaytirish zarur edi. Bu zaruriyatni qonli urushlarsiz amalga oshirib bo’lmas edi. Ana shunday sharoitda kurash maydoniga Miyonqol hukmdori Shayboniy Iskandar Sultonning o’g’li Abdullaxon II (1534-1598) chiqdi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Etnik jarayonlar. O’zbek xalqining shakllanishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Shayboniylar Movarounnahr va Xuro­sonda hokimiyatni egallagach, Dashti Qipchoqda yashovchi, o’zlariga o’zbeklar degan nomni qabul qilgan turkiy urug’qabilalar yurtimizga kirib keldilar. Bu hol Vatanimiz hududidagi etnik jarayonga ta’sir etmay qolmadi. Qadim-qadimdan bu turkiy etnik guruhlar nafaqat bizning ona zaminimizda, balki, shu bilan birga, keng sharqiy va shimoliy hududlarda, jumladan, Dashti Qipchoqda ham uzoq yillar davomida istiqomat qilib kelganlar. Dashti Qipchoqda turkiy qavmlarga mansub urug’-qabilalar asrlardan buyon yashab kelganlar. Hozirgi o’zbeklar va qoraqalpoqlar hozir yashayotgan yerlarda qadim zamonlarda ham yashaganlar. Lekin ular u davrda o’zbeklar yoki qoraqalpoqlar deb atalmaganlar. Dashti Qipchoqni XIII asr boshida zabt etgan mo’g’illar Dashti Qipchoqning turk qabilalari orasida singib ketganlar. Hatto o’z milliyligini ham yo’qotganlar. Binobarin, XVI asr boshlarida Vatanimiz sarhadlarida ro’y bergan etnik o’zgarishlar, ajnabiy xalqlar-u elatlar bosqini orqasida yuz bermadi. Shuningdek, bu jarayonlar majburiy, zo’rlik asosida ham kechmadi. Aksincha, bu o’zgarishlar bir-birlari bilan qon­-qardoshlik rishtalari ila bog’langan, azaldan turli aloqalarda bo’lib kelgan turkiy xalqlarning asta-sekin o’zaro qo’shilishi, birikishi davomida yuz berdi. To’g’ri, Dashti Qipchoqda yashovchi o’zbek urug’-qabilalari bilan Movarounnahr va Xuroson xalqi o’rtasida hamma vaqt ham doimiy aloqalar, bordi-keldilar bo’lmagan. Ularni katta masofadagi bo’sh, sahroli hududlar ajratib turgan. Shu bois ularning turmush tarzi, mashg’ulot turlari, kasb-korlari, urf-odatlari, udumlari boshqacha ko’rinishda bo’lganligi tabiiydir. Buning ustiga, Dashti Qipchoq aholisining aksariyat qismi keng yaylovlarda chorvachilik, yilqichilik bilan mashg’ul bo’lgan. Buning aksicha, Movarounnahr aholisi uzoq asrlar davomida o’troq hayotga o’rganib, ona zamin hududida muqim yashab kelgan. Dashti Qipchoqdan kirib kelgan mang’it, qo’ng’irot, nayman, uyg’ur, do’rmon, kenagas, yuz, ming, baxrin va boshqa elatlar mahalliy qardoshlari bilan tabiiy suratda yaqinlashdilar. Ular o’troq hayotga moslashib, turmush tarziga xos hamma eng yaxshi narsalarni o’zlariga qabul qilib, asta-sekin tub joy aholisi tarkibiga singishib bordilar.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 8 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 1

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1.Xuroson hukmdori Shohrux 1447-yili vafot etgach,toj-u taxt uchun kurash avjiga chiqdi. Natijada, Xuroson davlati......

A)Safaviylar davlati tarkibiga qo’shildi

B)Shayboniyxon qo'1 ostiga o’tdi

C)o'n bir qismga bo’linib ketdi

D)o'nga yaqin mustaqil davlatga bo’lindi

2. Umarshayx Mirzoni otasi Abu Said Mirzo hukmronligi davrida,dastlab qaysi viloyatga hukmdor etib tayinlagan?



A)Toshkent

B)Farg’ona

C)Kobul

D)Buxoro

3. Bobur yosh bo’lganligi uchun davlat ishlarini kimlarning yordamida boshqarar edi?

Ajotalig’i Shayh Nuriddin va buvisi Eson Davlatbegim

B)ishonchli beklaridan Hojiqozi vaonasi Qutlug’ Nigorxonim

C)otasining xizmatkori Qorachabek va temuriy amirlardan Muhammad Mazid

D)bosh qoi Shamsuddin Muhamad va shayxulislom Nasrullo

4. Dashti Qipchoq hududlari rus manbalarida qanday nom bilan yuritilgan?



A)"Joji ulusi"

B)"Qipchoqlar yurti"

C)"Paloveslar yeri"

D)"Xazar xoqonligi"

5. Abulxayrxon qachon Xorazmni bosib oldi?



A)1431-yilda

B)1435-yilda

C)1442-yilda

D)1446-yilda

6. Shayboniy bobosi Abulxayrxon vafotidan keyin parokanda bo’lib ketgan qabilalarni

birlashtirdi va beayov qonli urushlar natijasida ...... .davlatni qayta tiklashga muvaffaq

bo’ldi.


A)XV asrning 60-yillarida

B)XV asming 70-yillarida

C)XV asming 80-yillarida

D)XV asming 90-yillarida

7. Qaysi davlatningbir sarhadi Xuroson bilan,ikkinchi sarhadi esa Usmonli turklar davlati bilan tutashgan edi?



A)Shayboniylar davlati

B)Boburiylar davlati

C) Safaviylar davlati

D)Sosoniylar davlati

8. .Quyidagilardan arab tilida odat,an’ana,xatti-harakat tarzi degan ma'nolami anglatadigan javobni toping.



A)Sunniylik

B)Shiyalik

C)Hadis

D)Murid

9. Bobur Mirzo bilnn Shayboniyxon o’rtasida yuz bergan og’ir jang qayerda

bo’lgan?

A)zarnfshon bo’yidigi Saripul qishlog’I yaqinida

B)Sainau|aml yiu|inidagi Ko’li Malikda

C)O'ratepa va Zomin oralig’ida

D)Buxoro yaqinidagi G’ijduvon qishlog’ida

10. Qayerda Ubaydulla Sulton Shoh Ismoilning nomdor sarkardalaridan amirAhmad ustidan g’olib chiqdi?



A)1511-yil kuzida Konigil mavzeyida

B)1512-yil 28-aprelda Ko’li Malikda

C)1512-yil 24-noyabrda G’ijduvonda

D)I511-yil 21-mayda Kobul yaqinida

11. Bobur podshoh vafot etgandan so’ng qayerga dafn etilgan?



A)Kobuldagi"Bog'i Kalon"ga

B)Agradagi"Bog’i Orom"ga

C)Andijondagi"Bog’i Bobur"ga

D)Samarqanddagi"Bog’i Dilkusho"ga

12. Kim Ismoil Safaviy va qizilboshlarning hujumlarini bartaraf etib,Movarounnahrni

ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qo’ldi?

A)Muhammad Shayboniyxon

B)Ubaydullaxon

C)Abulfayzhon

D)Abdullaxon II

13. Kimning qisqa hukmronligidan so’ng mamlakatda qo’sh hokimiyatchilik vujudga

keldi?

A)Ko’chkunchixon

B)Abu Said

C)Ubaydullaxon

D)Abdullaxon II

14. Pirmuhammadxon qayerda bo’lgan jangda Tavakkal qo’shinlarini tor-mor keltirdi? A)G'uzor va G’ijduvon oralig’ida



B)O'ratepa va Zomin oralig’ida

C)Miyonqolning Uchqora mavzeida

D)Samarqand yaqinidagi Bog’i Shamol mavzeida

15. Pirmuhammadxon bilan Boqi Muhammad o’rtasidagi jang qayerda bo’ladi?



A)G'uzor va G’ijduvon oralig’ida

B)O'ratepa va Zomin oralig’ida

C)Miyonqolning Uchqora mavzeida

D)Samarqand yaqinidagi Bog'i Shamol mavzeida

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: XVI asrda Buxoro xonligida ijtimoiy iqtisodiy hayot

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Shayboniyxon davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash yo’lida qator islohotlar o’tkazdi. Birinchidan, u davlat boshqaruvida suyurg’ol tizimini joriy etdi. Ya’ni zabt etilgan hududlarni boshqarish ishini o’z farzandla­riga, qarindosh-urug’lariga, birodarlariga, qabila boshliqlari bo’lgan sultonlarga topshirdi. Samarqand poytaxt sifatida xon taxtiga o’tqaziladigan joy hisoblangan. U yerda xon sharafiga xutba o’qitilgan va pul zarb etilgan. Lekin suyurg’ol mulklar markaziy hokimiyatdan mus­taqil bo’lishga intilar edilar. Ikkinchidan, mamlakatda yer-suv qaytadan taqsim qilindi. Ko’chmanchi qabila zodagonlari yengilgan mahalliy mulkdorlar mol-mulkini musodara qilish, sotish, egasiz qolgan yerlarni o’zlariniki qilib olish yo’li bilan mulklarini ko’paytirib oldilar. Uchinchidan, mamlakat ichida ijtimoiy hayotni tartibga solishga imkon beruvchi islohot ham o’tkazildi. Keyingi 10 yil ichida soliqlar og’irligidan va mulkdorlar jabr-zulmidan yer-suvlarini tashlab ketgan xo’jaliklar yerlarini ishga tushirish masalasi ko’rib chiqildi. To’rtinchidan, 1507-yilda pul islohoti o’tkazildi. Bunga ko’ra, mamlakatning hamma katta shaharlarida vazni bir xil-5,2 gramm bo’lgan yangi kumush tangalar hamda mis chaqa pullar zarb qilinib, muomalaga chiqarildi. Bu islohot iqtisodiyotni tartibga solish va savdo-sotiqni jonlantirish maqsadida o’tkazilgan edi. Ayni payt­da, bu islohot dehqonlarning soliq to’lash imkoniyatini oshi­rishga, davlat va xon mulkini ko’paytirishga imkon berdi. Shayboniyxon tomonidan amalga oshirilgan bu va boshqa tadbirlar, o’z mohiyatiga ko’ra, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga xizmat qilishi zarur edi. Muhammad Shayboniyxon vafotidan so’ng boshlangan o’zaro toj-u taxt kurashlari hamda Eron bosqinchilariga qarshi kurash mamlakat iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bu hol, o’z navbatida, pulning qadrsizlanishiga olib kelgan. Natijada, oliy hukmdor Ko’chkinchixon 1515-yilda navbatdagi pul islohotini o’tkazishga majbur bo’lgan. 1527-yilga kelgandagina ahvolning bir maromga tushishiga erishilgan. Shayboniy Abdullaxon II o’tkazgan pul islohoti Buxoro xonligi tarixida muhim ahamiyatga ega voqea bo’lgan. U oltin pul zarb etishni yo’lga qo’ygan va uning tarkibiga qiymati past bo’lgan boshqa ma’danlar aralashtirmasligini qattiq nazorat ostiga olgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Buxoro xonligining tashqi siyosati

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Movarounnahrda hukmronlik qilayotgan shayboniylar (XVI asr) safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan birga harakat qilishga intilganlar. Shu sababdan 1572-yili Abdullaxon II Akbarshoh huzuriga o’zining elchilarini yubordi. Buxorolik elchilar o’z hukmdorining sovg’a-salomlari va maktubini olib borganlar. Bir qancha vaqtdan so’ng yana javob sovg’a­-salomlari va maktubini olib, o’z vatanlariga qaytganlar. Abdullaxon o’z maktubida ikki davlat o’rtasida do’stlik munosabatlarini mustahkamlash istagini bayon qilgan edi. Bundan ko’zlangan maqsad boshqa davlatlar tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan hujum xavfiga qarshi ittifoq tuzish edi. 1577-yili Abdullaxon II Hindistonga ikkinchi marta elchi yuborgan. Bu elchi almashishdan siyosiy maqsad ko’zlangan edi. Abdullaxon II to’g’ridan to’g’ri Eronni o’zaro taqsim­lab olishni taklif qildi. Lekin Akbarshoh bunga rozi bo’lmadi. Chunki bu davrda Hindistonning shimolidagi mustaqil knyazliklar-Sing va Kashmirni bosib olish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan edi. Akbarshoh Sing va Kashmirni bosib olib, shayboniylar davlatining janubiy chegaralariga yaqinlashdi. Shunday sharoitda, 1584-yili Badaxshon Abdullaxon tomonidan egallandi. Abdullaxon II endi Akbarshoh huzuriga 1585-yilda uchinchi marta elchi yubordi. Elchi Buxoro xoni yuborgan maktubni Akbarshohga topshirdi. Maktubda Abdullaxon Badaxshonning fath etilish sabablarini tushuntirishga harakat qilgan edi. Abdullaxonning fikricha, musulmonlarning muqaddas shaharlari bo’lgan Makka va Madinaga boradigan yo’l Badaxshon orqali o’tardi. Bu shaharni g’ayridinlardan tozalash maqsadida u Badaxshonni egallaganini bildiradi. 1586-yilning 23-avgustida Akbarshoh Abdullaxonning elchilariga qo’shib o’zining elchisini Buxoroga yuboradi. Akbarshoh o’z maktubida Abdullaxonga Turkiya Eronning bir qismini bosib olganligidan tashvishlanayotganligini, Buxoro va Hindiston birgalikda Eronga yordam ko’rsatishi zarurligini ma’lum qilgan edi. Akbarshohning asl maqsadi Balx va Badaxshonni, imkoni bo’lsa, Xurosonni ham o’ziga bo’ysundirish edi. Shu tufayli, Abdullaxon II bunday ittifoqqa rozi bo’lmaydi. Bu paytda Eron hukmdori shoh Abbos I Eronni birlashtirishga, mustahkamlab obshga erinshgan edi. Ana shunday sharoitda Badaxshonda Abdullaxonga qarshi isyon ko’tarildi. Buxoroda isyonda Akbarshohning qo’li bor degan gumon paydo bo’ladi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: XVI asrda Buxoro xonligida madaniy hayot

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Shayboniylar ta’lim sohasida ham islohot o’tkazdilar. Bu islohotning o’tkazilishiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo’ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo’yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo’lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko’ra, ko’p bosqichli o’qitish tizimi joriy etildi. Har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi. Bolaga 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo’ldi. Maktabda ikki yil o’qigach, o’quvchilar madrasaga o’tkazilardi. XVI asrda Samarqandda Shayboniyxon madrasasi, Buxoroda Abdullaxon, Toshkentda Baroqxon va Ko’kaldosh madrasalari va boshqa ta’lim muassasalari quriladi va faoliyat yuritadi. Madrasada 3 bosqichli ta’lim joriy etilgan bo’lib, uning har bir bosqichida 7 yildan o’qitilardi. Shunday qilib, o’qish 21 yil davom etardi. O’quvchilar Ilohiyot ilmidan, hisob-kitobdan, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she’r san’atidan ilm olardilar. Albatta, ta’lim olishga hammaning ham imkoni bo’lmas edi. Savodxonlikning Movarounnahrda XVI asrdagi ana shunday rivojlanishi o’zbek tili rivojlanib, keng tarqalishiga, adabiy aloqalar rivoj topishiga ancha ijobiy ta’sir ko’rsata oldi.

Ilm-fan. Shayboniylar davrida fan va madaniyat sezilarli darajada rivojlangan. Bunga-ushbu sulola hukmdorlari orasidan o’z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib chiqqanligi ham ta’sir ko’rsatgan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko’chkun­chixon va Ubaydullaxonlar o’z davrining nihoyatda o’qimishli kishilari bo’lganlar. Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalarida o’z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo’lgan. Bundan tashqari, Movarounnahrda Mirzo Ulug’bek akademiyasi an’analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishib chiqdi.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Ashtarxoniylar davlatining tashkil topishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa


Download 386,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish