I bob. Movarounnahr Shayboniylar hukmronligi davrida


A)"Taqvdorlar maslagi" B)



Download 386,5 Kb.
bet5/9
Sana30.01.2017
Hajmi386,5 Kb.
#1440
1   2   3   4   5   6   7   8   9

A)"Taqvdorlar maslagi"

B)"Oriflar murodi"

C)"Najot tantanasi''

D)"Bahoriyat"

2. Qaysi mansab amaldorlar xonga in'om etgan buyumlarni hamda harbiy anjomlarni

ro’yhatga olgan?

A)Mushrif

B)Dodxoh

C)Mirzaboshi

D)Kitobdor

3. Ashtarxoniylar sulolasiga mansub hukmdorlardan kim Madina shahrida Chorbog" bunyod etgan?



A)Imomqulixon

B)Abdulazizxon

C)Subxonqulixon

D)Ubaydullaxon

4. Yoshligidan xudojo'y,porso bo’lib o’sgan hukmdorni aniqlang.



A)Amir Shohmurod

B)Olimxon

C)Amir Nasrullo

D)Xudoyorxon

5. Amir Haydar davrida birinchi berlib kimlar qo’zg’olon ko’tardilar?



A)Shahrisabz kenagas qabilasi

B)Samarqand qipchoqlari

C)Marv turkmanlari

D)Orolbo'yi qoraqalpoqlari

6. Yuqoridagi Buxoro amirlaridan qaysi biriga xalq hurmat bilan"amiri mas'um"(begunoh amir) unvonini bergan?



A)AmirHaydarga

B)Amir Muzaffarga

C)Amir Shohmurodga

D)Muhammad Rahimxonga
7. Shahar markazida 6 qirrali chorsu qurdirib "Toqi muqaddas" deb atagan Buxoro amirini toping?

A)Amir Haydar

B)Amir Muzaffar

C)Amir Shohmurod

D)Amir Nasrullo

8. Buxoro va Eron manfaatlari to’qnashgan asosiy nuqta......



A)Usmoniylar imperiyasi edi

B)Xuroson edi

C) Movarounnahr edi

D)Mo’g’iliston edi

9. "Saroyning oldi ( ya'ni Registon) tinch bo’lsa bo’lgani" degan gapni doimo takror-lab turgan Ashtarxoniy hukmdor kim edi?



A)Abdulazizxon

B)Ubaydullaxon

C)AbuIfayzxon

D)Subhonqulixon

10. Abdullanoma ( Sharafnomai shohiy) asarining muallifi kim ?



A)Hofiz Ko’hakiy

B)Sharofiddin ali Yazdiy

C)Mirza Nuhammad Haydar

D)Hofiz Tanish Buxoriy

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Xiva xonligining tashkil topishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Xorazm hududida jami 20 ga yaqin o’zbek qabilasi istiqomat qilar edi. Ular orasida qo’ng’irot, mang’it, nayman, qipchoq va qiyot qabilalari ko’p sonli va eng kuchli qabilalar bo’lgan. Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm temuriy Sulton Husayn Boyqaro boshliq Xuroson davlati tasarrufida edi. Xorazmda qo’ng’irot qabilasidan chiqqan Chin So’fi hokim edi. U rasman Husayn Boyqaro noyibi hisoblanardi. 1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. Vazir shahri qozisi Umar qozi yetakchiligida safaviylar hukmronligiga qarshi harakat boshlanadi. Xorazmning mo’tabar zotlari mamlakat taxtiga Shaybon avlodlaridan Berka Sultonning o’g’li Elbarsxonni o’tqazishga qaror qildilar. U bu davrda Dashti Qipchoqda edi. Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan bo’lsa-da, ular o’zaro dushmanlik munosabatida edilar. 1480-yilda o’zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon tomonidan o’z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansub Berka Sultonning o’ldirilganligi buning sabablaridan biri edi. Xorazmning erksevar xalqi Elbarsxon yetakchiligida 1511-1512 yillarda Eron qo’shinlarini mamlakatdan butunlay quvib chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Shu tariqa 1511-yilda Xorazm mustaqilligi tiklandi va bu davlat endi Xiva xonligi deb atala boshlandi. Bu davlat asoschisi ham shayboniylar vakillari bo’ldi. Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1770-yilgacha davom etdi. Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga ko’chirildi. Elbarsxon Vazir shahrini Eron qo’shinlaridan ozod etgach, bu g’alaba sharafiga o’z o’g’illari nomiga "g’ozi" laqabini qo’shib aytishni buyurgan. Elbarsxon davrida Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko’pgina qabilalarning ko’chib kelishi yanada kuchaydi. Natijada, xonlik hukmdorlarining ijtimoiy tayanchi mustahkamlandi. Bu omil Xiva hukmdoriga xonlik hududini qo’shni davlatlar hisobiga kengaytirib olish imkonini berdi. Chunonchi, Elbarsxon 1516-yilgacha bo’lgan hukmronlik davrida Shimoliy Xuroson, Shimoliy Erondagi Saraxs, Orol va Mang’ishloq egallandi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: XVII-XVIII asrning birinchi yarmida Xiva xonligidagi siyosiy ahvol

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XVII asr Xiva xonligining siyosiy hayotida o’ziga xos ikki xususiyat-bu, bir to­mondan, markaziy hukmron sulola nufu­zining pasayishi bo’lsa, ikkinchi tomondan, qabila boshliqlari ta’sirining kuchayishi bo’ldi. Qabila boshliqlari: beklar, biylarning kuch-qudrati shu darajaga borib yetgan ediki, ular oliy hukmdorga o’z xohish-istaklarini o’tkaza olganlar. Xon davlat hayotiga oid har bir masalani ularsiz mustaqil hal eta olmas edi. Aksincha, aynan shu qabila boshliqlari xon taqdirini hal etardilar. Binobarin, Xiva xonligida davlat parokandaligi yuz ber­di. Parokandalik Arab Muhammadxon davri (1602-1621)da yuqori nuqtasiga yetgan edi. Amudaryo o’zanining o’zgarishi bu davrda ham davom etdi. Natijada, Arab Muhammadxon xonlik poytaxtini Urganchdan Xivaga ko’chirishga majbur bo’ldi. Yuz bergan iqtisodiy tanglik davlatning siyosiy ahvoliga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bundan tashqi kuchlar foydalanib qolishga urindi. Chunonchi, Arab Muhammad davrida Rossiya chegarasini qo’riqlab turgan Yoyiq kazaklari ataman Nechay, ko’p o’tmay ataman Shamay Urganchga hujum qildilar. Biroq, ular talonchilikdan iborat maqsadlarini amalga oshira olmadilar. Aksincha Xiva qo’shiniularni tor-mor etdi. 1616-yill Arab Muhammadxonning o’g’illari Habash Sulton bilan Elbars Sulton nayman va uyg’ur qabilalarining boshliqlariga tayanib, otalariga qarshi isyon ko’tardilar. Ota farzandlariga yon bosdi. Ular boshqaruviga topshirilgan hududlarga Vazir shahrini ham qo’shib berdi. Biroq bu bilan nizo tugamadi. 1621-yili ular yana isyon ko’tarishdi. Bu safar otalari Arab Muhammadxon tarafida uning boshqa ikki o’g’li-Asfandiyorxon va Abulg’ozi Sulton urushda qatnashdilar. Bu urushda Habash Sulton va Elbars Sulton qo’shinlari g’olib keldi. Noqobil farzandlarning amri bilan asir olingan otaning ko’ziga mil torttirildi va Xivaga keltirib qamab qo’yildi. Oradan ko’p vaqt o’tmay, xon qatl etildi. Abulg’ozi Sulton Buxoro xoni Imomqulixon saroyida panoh topdi. Asfandiyorxon esa Hazoraspda yashirindi. Keyinchalik u Eron shohi Abbos I huzuriga yo’l oldi va uning yordamida 1623-yilda Xiva taxtini egalladi va Habash hamda Elbars qatl etildi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Xiva xonligida iqtisodiy va madaniy hayot

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Xiva xonligida Xiva, Ko’hna Urganch, Yangi Urganch, Vazir kabi o’nlab shaharlar mavjud bo’lgan. Ulardan eng qadimiysi Xiva shahri bo’lib, 1997-yilda uning 2500 yilligi nishonlandi. Bu haqda YUNESKO 1995-yilda qaror qabul qilgan edi. Qaror-Xiva shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida o’rnining e’tirofi bo’ldi. Bugungi avlod o’z ota-bobolarining madaniy meroslari bilan haqli rayishda faxrlana oladi. Xiva shahri milloddan ahlalgi V asrda yuzaga kelganidan buyon uning tarixi butun Xorazm tarixi bilan chambarchas bog’liq bo’lib keldi. Xivaning mashhurligi u bunyod etilgan davrlaridanoq Sharq bilan G’arbni bog’lovchi savdo yo’li o’tganligi bilan izohlanadi. Xiva shahri XVI asr boshlaridan 1920-yil fevralgacha Xiva xonligining poytaxti bo’lgan. Xonlikning yana bir shahri-Ko’hna Urganch (Gurganch) shahridir. Qadimda bu shahar joylashgan hudud hozirgi Turkmaniston (Toshhovuz viloyati) tarkibidadir. Ko’hna Urganchga asos solinganligiga 2000 yildan oshdi. Shahar muhim savdo karvoni yo’llari kesishgan yerda joylashganligi uchun ham tez rivojlangan. Ko’hna Urganch X-XI asrlarda Xorazm davlatining poytaxti edi. Bu shahar arab geograflari asarida Jurjoniya nomi bilan qayd etilgan. X asr 2-yarmida poytaxt Gurganchda mustaqil amirlik tuzilgan. 995-yilda Gurganch amiri Ma’mun ibn Muhammad poytaxti Kot shahri bo’lgan xorazmshohlarni tor-mor etib, o’zini Xorazmshoh deb e’lon qilgan. Shu tariqa Gurganch Xorazm davlatining yagona poytaxtiga aylangan. XI-XII asrlarda bu shaharda madaniyat, ilm-fan rivojlandi. Shahar mustahkam qal’a-devor bilan o’rab olindi.1646-yilda Abulg’ozixon hozirgi Urganch shahriga asos soldi. Bunga yuqoriqa qayd etilgan Amudaryoning o’z yo’nalishini o’zgartirib, Orol dengizi tomon oqa boshlagani, buning oqibatida Gurganchning (Ko’hna Urganch) suvsiz qolganligi sabab bo’lgan edi. Shundan keyin qadimgi Gurganchning nomi Ko’hna Urganch bo’lib qoldi. Vazir Xorazmning shahar-qal’alaridan biri bo’lgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha shayboniylardan bo’lgan Mustafoxon tomonidan XV asr o’rtalarida asos solingan. XVI asrda shayboniylarning o’zaro urushlari shaharni vayron bo’lishiga olib kelgan. 1558-yilda Xivaga kelgan Antoniy Jenkinson bu haqda bunday deb yozgan edi: "Vazir shahri keyingi 7 yil mobaynida o’zaro urushlar oqibatida to’rt marta vayron bo’ldi. Shuning uchun ham bu yerda savdogarlar juda kam, borlari ham nochor".

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Takrorlash

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Abulg’ozixon Yangi Urganchga asos solgach, Vazirning qolgan aholisini ham shu yerga ko’chirgan. Shu tariqa shahar o’z ahamiyatini butunlay yo’qotgan. Xiva xonligi tarixiy manbalarida hunarmandchilikning 27 sohasi qayd etilgan. Amalda esa, ular bundan-da ko’p bo’lgan. Hunarmand malakali usta bo’lishi uchun ko’p yil mashaqqatli mehnat qilgan. Odatda, usta o’z kasbini to’ng’ich o’g’liga o’rgatgan. Ayrim hollarda, ishda qo’shimcha kishining mehnati talab qilinsa, chetdan ham shogirdlar qabul qilingan. Shogirdga kasb o’rgatish shartlari va muddatlari yozma shartnomada rasmiylashtirilgan. Shogird hunarmand ustadan oq fotiha olib, o’zining alohida ustaxonasini ochishdan avval hunarmand ustalar oldida o’z mahoratini namoyish etishi kerak bo’lgan. Sinovdan o’tgan shogird shu tariqa ustaxona ochishga ruxsat olardi. Hunarmandlar o’z uyushmalariga ega edilar. Bu uyushmalar hunarmandlarning faoliyatini tartibga solib turardi. Shu yo’l bilan ularning manfaatini himoya ham qilardi. Uyushma boshlig’i xonning xazina siyosatini o’tkazuvchi shaxs ham hisoblanardi. Xiva ustalarining juda oz qismi xususiy ustaxona-do’koniga ega edi. Hunarmand o’z uyida ham do’kon ochishi mumkin edi. Ko’pchilik hunarmandlar xonga va boshqa boylarga tegishli do’konlarni ijaraga olib mehnat qilishardi. Ayrim hunarmandlar buyurtma asosida ham ishlardi. Xonlik aholisi asosan qishloq xo’jaligi bilan shug’ullangan. Dehqonchilik va u bilan bog’liq bo’lgan chorvachilik qishloq xo’jaligining asosiy sohasi edi. Dehqonchilikda g’alla, paxta va poliz mahsulotlari yetishtirish yetakchi o’rin egallagan. Ekinzorlarning yarmidan ortig’ida g’alla yetishtirilgan. G’allachilikda kuzgi bug’doy ekish yetakchi o’rin egallagan. Dehqonlarning don ekinlaridan mo’l hosil olishlariga hatto chet elliklarning ham tan berganligiga tarix guvoh. Chunonchi, Xivaga kelgan yevropalik sayyohlardan biri aytgan quyidagi so’zlar manbalarda saqlanib qolgan: "Men Germaniyaning o’zida dalada ishlovchilarning Xivadagidek mirishkorligini ko’rmaganman". Don ekinlari ichida jo’xori ekish bug’doydan keyin ikkinchi o’rinda turgan. Sholi esa asosan suv ko’p hududlarda yetishtirilgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Xiva xonligida qo’ng’irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: Xiva xonligidagi siyosiy vaziyat hukmron tabaqalarning urushlari va qabilalar o’rtasidagi mojarolarni to’xtatishga qodir bo’lgan kuchli markaziy hokimiyatning barpo etilishini taqozo etardi. Bunday hokimiyatni barpo etishga qodir kuch sifatida maydonga o’zbeklarning qo’ng’irot qabilasi chiqdi. Bu zaruriyatning natijasi o’laroq, XVIII asrning 60-yillaridan boshlab, Xiva xonligida hokimiyatni qo’ng’irot qabilasi boshliqlari asta-sekin o’z qo’llariga ola boshladilar. Yirik zodagonlar va ruhoniy tabaqasining madadiga tayangan qo’ng’irot qabilasining yo’lboshchisi Muhammad Amin 1761-yilda inoqlik lavozimiga ko’tarilgan. U turkmanlarning yovmut va chovduz qabilalariga qarshi kurash olib borgan. Biroq u dastlab muvaf­faqiyatsizlikka uchrab, Buxoroga-Doniyolbiy otaliq yoniga ketadi. Turkman qabilalari Xorazmni egallab, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Kat, Shohobod shaharlarini xonavayron qiladilar. Ocharchilik va vabo tarqalib, o’zbeklar Orol va Buxoroga ketishga majbur bo’ladilar. 1770-yilda Muhammad Amin inoq Buxorodan qaytib kelib, yovmutlarga qarshi kurashni uyushtiradi va ularni Xorazmdan haydab chiqaradi. Muhammad Amin mahalliy beklarni ham bo’ysundidshga muvaffaq bo’ldi. U xon avlodidan bo’lmagani sababli taxtga Abulfayzxonning o’g’li Bo’lakayxonni nomiga, qo’g’irchoq xon sifatida o’tqazadi. Hokimiyatni esa o’zi boshqaradi. 1782-yilda Buxoro amirligi qo’shinlarining hujumini qaytarib, Xiva xonligi mustaqil­ligini saqlab qoladi. Xiva xonligini boshqargan Muhammad Amin inoq 20 yil davomida 13 marta soxta xonlarni almashtirgan. Hukmronligining so’nggi yillarida o’z qabilasining faol qatlamiga, savdogarlar va ruhoniylar madadiga tayangan hamda turli turkman qabilalari o’rtasidagi o’zaro nizolardan oqilona foydalana olgan Muhammad Amin mamlakatda nisbatan siyosiy osoyishtalik vaziyatini yaratishga erishdi. Bularning barchasi mamlakat iqtisodining ko’tarilishini ta’minlaydi. Jon saqlash uchun o’zga yurtlarga qochib ketgan fuqarolar yana qaytib kela boshladilar. Avaz Muhammad inoq davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan ancha mustahkamlandi. Muhammad Amin ham, uning o’g’li Avaz (1790-1804) ham davlat hokimiyatini inoq unvonida boshqarganlar. Qozoq­chingiz biylaridan soxta xonlar chaqirilib turilgan. Hokimiyat amalda inoq va maxsus kengash tomonidan boshqarilgan. Kengash tarkibiga qo’shbegi, mehnat, vazir va otaliqlar kirgan. Inoq va kengash soxta xon nomidan ish yuritgan. Faqat Avazning o’g’li Eltuzar (1804-1806) hukmronligi davrida chetdan soxta xon chaqirish to’xtatildi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 8 sinf

I.Mavzu: Xiva xonligining tashqi siyosati

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa


Download 386,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish