I-bob. Milliy sport vositasida o’quvchi yoshlarda qadriyatli munosabatni shakllantirishning nazariy metodologik asoslari



Download 90 Kb.
bet3/4
Sana12.05.2022
Hajmi90 Kb.
#602436
1   2   3   4
Bog'liq
1.1. paragraf

Qadriyatlarda besh alomat zohir:
a) ular tasavvurlarda yoki e’tiqodlarda mudom mavjud;
b) biron bir narsaga erishish maqsadiga muvofiq bo’lgan holatlar xususidagi bilimlar;
v) o’ziga xos vaziyatlar izi;
g) kishi hayotida yoki uning xulq-atvori evolyutsiyasi davomida ma’lum bir voqealarni saralash imkoniyati mujassamligi;
d) muayyan darajadagi muhimlilikka ega.
Keyinchalik qadriyatlar muammosi ijtimoiy bilish kontekstiga kiritilgan. Qadriyatlarni ushbu jarayon determinantlari sifatida ko’zdan kechirish g’oyasi A.Tejfelga taalluqlidir. Individ dunyoni qadriyatlar prizmasi orqali anglaydi, ijtimoiy olam esa, tabiiyki, ijtimoiy qadriyatlar prizmasi orqali o’rganiladi. Ular turli darajada bo’lishi mumkin: global - yaxshilik, go’zallik, erk va h.k., shuningdek, kundalik turmushimizga yaqin- yaxshi oila, farovonlik, farzandlar va h.q., har bir konkret odamda jamiyat, madaniyat qadriyatlarini o’z qadriyatlari bilan mutanosiblashtirish muammosi mavjud.
Mak Gvayer tomonidan har bir odam uchun muhim bo’lgan qadriyatlar turkumini ifodalovchi “qadriyatga oid maydon” tushunchasi taklif etilgan.
Qadriyatlarni bugungi kun yoshlarining tarbiyasida nechog`lik zarurligi, ularning O`zbekistonning porloq kelajagiga dadil ishonch bilan yuksalib borayotganligini, xalqimizda yuksak insonparvarlik qadriyatlari tiklanayotganligi va takomillashayotganligini ifadolovchi o`ziga xos dunyoqarashida ko`rishimiz mumkin.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov mustakillikni mustaxkamlash va kelajak avlod salomatligini yanada yaxshilash yulida sportning axamiyatiga kuyidagicha baxo beradi: «.. .Biz uchun davlat siyosati darajasiga kutarilgan ustuvor vazifa-nafakat ma’naviy yetuk, zukko va bilimdon, shu bilan birga, sport va kurash maydonlarida toblangan, kiyinchiliklarni yengishga kodir, iroda va e’tikodi bakuvvat, bellashuvlarda chinikkan mard farzandlarni tarbiyalash darkor»5.
Ma’lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog‘liqdir. Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada komil insonga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma’lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim.
Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolariga to‘g‘ri yondoshish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta’siri vositalarini bilish zarur. Shaxsning rivojlanish jarayoni bir qancha omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. Bular irsiyat, ya’ni biologik omil hamda muhit, ta’lim va tarbiya, shaxs faolligi (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi.
Jamiyat integratsiyasi uchun qadriyatlarning muhim ahamiyatga egaligi, shaxsning jamiyat hayotiga integratsiyalashuvining mohiyati M.Veber tomonidan ochib berilgan. Mutaxassis qadriyatlarning ijtimoiy ongning muhim tarkibiy qismi ekanligini e’tirof etadi. Uning fikricha, qadriyatlarda uyg‘unlashgan tarzda madaniyatning mohiyati ifodalanadi. Qadriyatlar tizimi madaniyatning “qon tomiri”ni belgilaydi, shaxslarning qiziqishlari, ehtiyojlari, ma’naviy mohiyati va ijtimoiy umumiyligini o‘zida mujassamlashtiradi.
Xuddi shu fikrga hamohang tarzda M.S.Kagan, L.N.Stolovich ham qadriyatlar konsentratsiyalashgan tarzda madaniyatda o‘z ifodasini topishini ta’kidlaydi. Madaniyatning barcha sohalari inson tomonidan egallanganda u qadriyatlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
P.A.Florenskayaning fikricha, madaniyat insonni boyituvchi, rivojlantiruvchi vositadir. Madaniyat inson hayotining me’yorini aniqlaydi. Madaniyatga ega bo‘lgan kishilar mazkur me’yorni ham doim aniq belgilaydilar. Chunki ular faraz qilingan asosiy qadriyatlarni muhokama etmaydilar. Mazkur qadriyatlar madaniy qadriyatlar va inson hayotining mazmuni bilan uyg‘unlashadi. Ushbu qadriyatlar insonlarning ongi va faoliyatida saqlanib, avloddan-avlodga uzatiladi. Xuddi shu xususiyatlarga ko‘ra, o‘quvchilarda qadriyatli munosabatlar tajribasini shakllantirish muhim pedagogik ahamiyatga ega. Chunki insonning o‘zi oliy qadriyat sifatida umummadaniy boyliklarni o‘zlashtirish huquqiga ega.
Har bir shaxs o‘ziga qadriyat sifatida yondashishi natijasida o‘z-o‘zini anglash imkoniyatiga egadir. Shundagina u tabiat qonunlariga nisbatan o‘zining chuqur maqsadlari, intilishlari va unga oid bilimlari yordamida shaxsiy erkinligini ta’minlay oladi. Qadriyatlar inson hayotining sifatini ta’minlovchi yuqori darajadagi prinsiplar bo‘lganligi uchun ham unga tayangan holda shaxslararo munosabatlar doirasida kelishuvga erishiladi. Shuning uchun ham qadriyatlar insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Qadriyatlar ijtimoiy voqelikni jonlantiruvchi, insonlarga hayotbaxsh etuvchi, hayotida faoliyat sifatida ishtirok etuvchi hodisadir. Shuning uchun ham qadriyatlar o‘zida insoniyatning katta miqdordagi tarixiy tajribasini mujassamlashtirgan bo‘ladi. Shu ma’noda qadriyatlar insonlarning ijtimoiy turmush tarziga singib, ularning o‘z amaliy faoliyatlarini boshqarishlarida muhim o‘rin egallaydi.
Qadriyatlar shaxsning mustaqil fikrini ifodalash xarakteriga ega. Shuning uchun ham qadriyatlar madaniy meroslarning asosiy qismini tashkil etadi hamda milliy dunyoqarashning o‘ziga xos jihatlarini ifodalaydi. Shaxsning jamiyat hayotiga integratsiyalashuvida qadriyatlarning mohiyati beqiyosdir. Chunki qadriyatlar o‘zaro uyg‘unlashgan tarzda o‘zbek xalqi milliy madaniyatida o‘z ifodasini topgan. Zero, madaniyat shaxs ongini boyituvchi, rivojlantiruvchi vositadir. U inson hayotining me’yorini aniqlashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham o‘quvchilarga insonni oliy qadriyat sifatida idrok etish ko‘nikmasini hosil qilish ularni madaniyat sari yetaklash, jamiyat hayotiga integratsiyalash imkonini beradi.
Demak, qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmuini tushunish lozim.
Dissertatsiya mavzusiga doir pedagogik, psixologik, sotsiologik va falsafiy adabiyotlarni o’rganishimiz davomida shu narsa ma’lum bo’ldiki, “qadriyat”, “qadriyatlar tizimi” masalasi, ularning vujudga kelishi hamda insonlarda qadriyatli munosabatni shakllantirish muammosiga doir ko’plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Jumladan, M.G.Davletshin, E.G’.G’oziev, V.M.Karimova, M.M.Mamatov, N.S.Safaev, A.M.Jabborov, I.I.Maxmudov, F.S.Tatibaeva kabi psixolog olimlar va tadqiqotchilar etnik qadriyat genezisi, vazifalari va tuzilishi bilan bevosita yoki bilvosita bog’liq muammolarni chuqur o’rganishgan. M.G.Davletshin va E.G’.G’oziev mamlakatimizda etnopsixologiya fanining rivojlanishi bilan bog’liq muammolarni, M.M.Mamatov va N.S.Safoevlar etnik va milliy o’zlikni anglash muammolarini, F.S.Tatibaeva ijtimoiylashuv jarayonida etnik stereotiplarning shaxsga ta’sirini, I.I.Mahmudov xulq-atvorning etnik stereotiplarini, S.S.Otamurotov O’zbekiston mustaqilligi sharoitida ijtimoiy faol yoshlarning milliy o’zlikni anglash masalalari tadqiq qilgan bo’lsa, M.Salaeva o’zbek oilasining regional hamda etnopsixologik tafovutlarini, V.M.Karimova yosh yigit va qizlarning o’zbek oilasi xususidagi ijtimoiy tasavvurlarini, O.B.Muxammatberdiev O’rta Osiyo xalqlarining zamonaviy taraqqiyot bosqichidagi o’zlikni anglash masalalarini o’rganganlar.
Akademik, professor B.R.Qodirov o’zbek yoshlarida aqliy salohiyat va qadriyat xislatlarining mutanosibligini o’rgangan.
M.G.Davletshin, V.M.Karimova, G’.B.SHoumarovlarning ishlarida shaxsning ahloqiy shakllanishida ma’naviy tasavvurlarni ijtimoiy hayotning barcha sohalarini o’zida mujassamlashtiradi, hamda o’smirlik va yoshlik davrida asosan yuzaga keladigan xususiyatlariga qarab insonning keyingi hayoti qanday borishi ko’rsatiladi.
O’zbek olimlaridan J.Tulenov birinchilardan bo’lib, qadriyatlar
falsafasini tadqiq etgan. Shuningdek, faylasuf va siyosatshunos olimlardan
E.Yusupov, Q.Nazarov, N.Jo’raev, A.Mavrulov, S.Valieva, K.Tulenova, M.Imomnazarovlar o’zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida aksiologiyaning turli jihatlarini yoritishga harakat qilganlar.
XX asrning 80-yillaridan boshlab pedagogik aksiologiya ta’lim
falsafasi sifatida tadqiqotlar sohasiga aylandi. Pedagogik faoliyatning
aksiologik tavsifi E.O.Turdiqulov, O.Musurmonova, S.Nishonova, F.Yuzlikaev, M.Quronov, N.Ortiqov, U.Maxkamov, O.U.Hasanboeva, V.A.Slastenin, Ye.N. Shiyanov, Sh.Mardonov, N.M.Egamberdieva, Sh.S.Shodmonova, A.S. Kaldibe- kova, B.X.Xodjaev, S.T.Yuldashevalarning tadqiqotlarida o’z aksini topgan.
Pedagogik aksiologiya fani doirasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida olimlar tarbiyaviy qadriyatning quyidagi asosiy turlarini ajratib ko’rsatishgan.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish