Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida
Jamiyat - kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo'lib, o'z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi. Jamiyatimiz sosial tizimining muayyan konkret shakli sifatida, uning funksional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo'lakchalarning o'ziga xos tomonlarini, o'zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o'rganib, to'g'ri boshqarish muhim ahamiyatga ega.
Chunki, o'z vaqtida keyingi oqibati o'ylanmagan, oldindan sosiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi.
Jamiyat nima. Yer saiyerasi uning abadii makoni, umumiy Vatanidir. Kuyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odattusiga kirgan. Demak, umumbashariy maʼnoda jamiyat odamzodning umri, hayoti oʻtgan hamma davri, joy va hududi bilan bogʻliq barcha oʻzgarish va jarayonlarni ifoda etadi.Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti. sivilizatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qoʻllanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushuncha boʻlib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat aʼzosi deb ataladi.
Jamiyat — tabiatning bir qismi. yaʼni ijtimoiy borliqboʻlib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar oʻrtasida amal kdladigan juda koʻplab munosabatlar yigʻindisi, degan turlicha taʼriflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustakdllik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo boʻldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratadi.
Jamiyat moddiy va maʼnaviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va maʼnaviy hayot bir-biridan keskin fark^anar edi. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson moxdyati bilan uzviy bogʻliq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib boʻlmagani singari, jamiyatning moddiy va maʼnaviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qoʻyish mantiqqa ziddir.
Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va maʼnaviy manfaatlarini uygʻunlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekani taʼkidlangan. Inson maʼnaviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Sh uning uchun ham hozirgi davrda aholi maʼnaviyatini yuksaltirishga, milliy gʻoya va mafkura asoslarini shakllantirishga katga eʼtibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq boʻlgani uchun ilmsiz boʻlmaydi, balki, aksincha — ilmsiz boʻlgani uchun qashshoqboʻladi. Sh uning uchun yurtimizda xalq maʼnaviyatini yuksaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni taʼminlashga katta eʼtibor berilyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |