Jamiyat va inson falsafasi ma’ruza rejasi



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana21.07.2022
Hajmi0,72 Mb.
#833312
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Jamiyat va inson falsafasi(13)



JAMIYAT VA INSON FALSAFASI 
 
Ma’ruza rejasi: 
1. Jamiyat tushunchasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari. 
2. Sivilizatsiya tushunchalari va uning tiplari. 
3. Jamiyat rivojida til, ong va tafakkur imkoniyatlari.
4. Ongning tabiati, strukturasi va funksiyalari. 
5. Onglilik va ongsizlik dialektikasi.

 
1.Jamiyatning falsafiy tahlili. 
Jamiyat nima? Insoniyat azal-azaldan jamoa bo'lib yashaydi . Yer saierasi uning abadii 
makoni, umumiy Vatanidir. Kuyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar 
oilasini jamiyat deb atash odattusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma'noda jamiyat 
odamzodning umri, hayoti o'tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog'liq barcha o'zgarish va 
jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti. sivi- 
lizatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo'llanadi. Har 
qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo'lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a'zosi deb 
ataladi. Jamiyat — tabiatning bir qismi. ya'ni ijtimoiy borliq bo'lib, odamlar uyushmasining 
maxsus shakli, kishilar o'rtasida amal qiladigan juda ko'plab munosabatlar yig'indisi, degan 
turlicha ta'riflar ham bor.
Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har 
bir yangi davrda jamiyat mo- hiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustakdllik tufayli 
jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo'ldi. Prezident Islom Karimovning qator 
asarlarida jamiyat mohiyati- ni yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi. Jamiyat moddiy 
va ma'naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma'naviy hayot bir-
biridan keskin farklanar edi. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson moxdyati 
bilan uzviy bog'liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo'lmagani singari, jamiyatning 
moddiy va ma'naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning biriniikkinchisidan ustun 
qo'yish mantiqqa ziddir. Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma'naviy 
manfaatlarini uyg'unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekani ta'kidlan- gan. Inson ma'naviyatini 
yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi 
davrda aholi ma'naviyatini yuksaltirishga, milliy g'oya va mafkura asoslarini shakllantirishga katga 
e'tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo'lgani uchun ilmsiz bo'lmaydi, balki, 
aksincha — ilmsiz bo'lgani uchun qashshoqbo'ladi. Shuning uchun yurtimizda xalq ma'naviyatini 
yuksaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni ta'minlashga katta e'tibor berilyapti. Kishilarni oila bo'lib, 
jamoa bo'lib Jamiyat genezisi uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim 
zamonlardanoq ulug' mutafakkirlar e'tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish uni ilohiy 
kuch, Xudo bilan bog'lab izoxdashdir. Dunyoviy qarashlarga ko'ra, odamlar o'zlarining moddiy va 
ma'naviy ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo'lib birlashishga ko'nikkan. 
Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo'lib yashashning qulay, afzal va zarurli- 
gini tushungan. Bu jarayonda o'zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni 
takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma'naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri 
bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini bergan. Kishilik 
jamiyatining paydo bo'lishi to'g'risida turlicha ilmiy farazlar ilgari surilgan. Markaziy Osiyodan 
yetishib chiqqan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlar kishilik jamiyati 
paydo bulishi sabablarini insonning boshqa mavjudotlarga nisbatan ojizligi, birdamlik hissining 
rivojlachganligi bilan izox^aganlar. I. Kant jamiyatning vujudga kelishini axloqning shakllanishi 
bilan izoxlagan. Keyinchalik 3. Freyd bu g'oyani rivojlantirib, kishilik jamiyatining paydo 
bo'lishida axloqiy tabu muhim rol` o'ynaganligini asoslashga harakat qilgan. Gegel` esa insoniyat 
jaiyatini vujudga kelishi mutlaqruhtaraqqiyotining mahsuli, deb hisoblaydi. Sobiq mehnatkash 
xalq tarixning haqiqiy ijodkoridir. Marksizm ta'limotida kishilik jamiyatining paydo bo'lishida 
mehnat hal qiluvchi rol` o'ynagan, insoniyat tarixi ma'lum ma'noda meh- nat qurollarining 


takomillashuvi tarixidan boshqa narsa emas, degan qarashlar mavjud. Tarixiy tajriba. ijtimoiy 
amaliyot bunday qarashlar bir yoqlama va xato ekanligini ko'rsatdi. Aslida ma'naviyat (ruhiy olam, 
ong, tafakkur, axloq, imon, fan va h.k.) tufayli insoniyatning eng qadimgi ajdodlari aniqo'z xatti-
hara- katlari, xulq-atvorini tartibga solgan, oila kishilik jamiyati paydo bo'lishiga birlamchi 
asoslaridan biri bo'lgan. Ong va tafakkurning rivojlanishi bilan inson meqnat kurollari yaratish, 
moddiy ne'matlar ishlab chiqish va tabiatga qaramlikdan qutilish imkoniyatiga ega bo'lgan. 
Yuksak ma'naviyat tufayli insonning mehnat faoliyati ijtimoiy faolligi bunyodkorlik va yaxshilik 
uchun xizmat qilgan. Aksincha, ma'naviy qashshoqlik, ilmsizlik, mutaassiblik chuqurlashgan 
davrda ijtimoiy adolatsizlik kuchaygan. Shu tufayli demokratik taraqqiyot yo'lini tanlagan 
mamlakat va xalkdar iqtisodiy va siyosiy erkinligi sharoitida yuksak ma'naviyatning yuksalishiga, 
ilm-fan, san'at, axloq, din va huquqni rivojlantirishga katta e'tibor berganlar. Manfaat va maqsadlar 
to'qnashuvi, iqtisodiy, siyosiy, g'oyaviy maqsadlardagi tafovutlar har qanday jamiyat taraqqiyoti 
uchun xos bo'lgan xususiyatlardandir. Biroq, ijtimoiy ziddiyatlarni sun'iy ravishda kuchaytirish 
qan- chalik zararli bo'lgani singari, ularni zo'ravonlik bilan yo'q qilish, jamiyatda soxta 
ziddiyatsizlik holatini yaratishga urinish ham shunchalik xavflidir.'Ijtimoiy munosabatlarning 
amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq, 
shahar) vujudga kelgan. Odamlar o'rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, 
iqti- sodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so'z bilan ijtimoiy munosabatlar 
deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga yordam 
beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti hisob- lanadi. Masalan, oila, 
davlat, ta'lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o'z mohiyatini yo'qotadi. 
Jamiyatning modtsiy Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ov- va ma'naviy hayoti qatlaR’ kiyim-
kechak, ui-joi, transport vositalari, o'zini himoyalash, zurriyot qoldi rish kabilardan 
iboratdir..Ma'naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o'zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka 
intilish, bilim, san'at, g'oya, mafkura, go'zallik bilan, ma'naviy kamolot yo'lidagi intilishlar kiradi. 
^nsonning asl mohiyati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida yaqqol namoyon 
bo'ladi. Inson akd- li mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun 
tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma'naviy olamni uyg'unlashtirishga, tabiat va 
jamiyatni o'z maq- sadlariga mos ravishda o'zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va texnika 
insonning ma'naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. 
Inson yuksak ma'naviyat tufayligina o'z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to'laroq 
qondirish imkoniga ega bo'ladi. Mamlakatimizda ma'naviyat masalalariga alohida e'tibor 
berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma'naviy hayoti kishilarning 
moddiy va ma'naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog'liq holda vujudga keldi., Jamiyatning moddiy 
hayotiga quyidagilar kiradi: — kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur 
bo'lgan iqtisodiy shart-sharoitlar; — oziq-ovqat, kiyim-kechak, turarjoy, yoqilg'i, kommunikatsiya 
vositalari; — moddiy ne'matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish; — 
ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; — 
moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar.
Jamiyatning ma'naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to'g'risidagi qarashlar, 
nazariyalar, ta'limotlar, g'oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta'lim-tarbiya, axborot vositalari, 
madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi. 'Jamiyatning moddiy va ma'naviy hayotini 
boshqarish, kishilar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, 
siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o'rin tutadi.-Jamiyatni boshqarishning 
siyosiy-huquqiy ji- hatlari ham muhimdir.* Kishilar tomonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning 
chuqur o'zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
) Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlari qondirilishida mehnat, mulk va 
mehnatning ijtimoiy aqsimla- nishi beqiyos ahamiyatga ega/ Mehnatni kishilarning qobiliyatiga 
qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shug'ullanadigan toifalar, guruh, 
qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o'ziga xos o'rin egallaydi, jamiyat 
taraqqiyotiga muayyan yicca qo'shadi. Jamiyat taraqqiyoti Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning 
gglgtshmpshmpatshj mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis 


failasufi G. Gegel` jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi 
bilan, J1. Feyerbax din bilan bog'lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan 
izlagan. Frantsuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma'naviy 
taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks 
jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o'zgarishlar bilan bog'lagan, barcha 
ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun'iy 
ravishda mutlanutashtirgan va ziddiyatlarni \al etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni 
amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday 
nazariyaning bir yok^ama ekanini ko'rsatdi. Jamiyat taraqqiyoti ko'p bosqichli jarayon ekani 
to'g'risidagi qarashlar AQSH faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga 
ko'ra, jamiyatlar taraqqiyotiga binoan agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga 
ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizatsiyali yondashuv g'oyasi ilgari 
surilmoqda. Bunday yondashuvga ko'ra, har bir xalq o'zining betakror, noyob, o'ziga xos va o'ziga 
mos turmush tarzini sakdab qolgan holda, boshqa xalkdar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali 
ijtimoiy taraqqiyotning o'ziga xos modelini yaratadi. Turli tarixiy davrlarda jamiyat 
taraqqiyotining mezoni masalasi falsafa fanida muhim muammolardan biri bo'lgan. Hozirgi zamon 
Yevropa falsafasining ilg'or namoyandalari shaxs erkinligi darajasining o'sib borishi jamiyat 
rivojlanishining muhim ko'rsat- kichi, o'lchovi deb hisoblamoqdalar. Jamiyatdagi har qanday o'zga 
rishlar inson ehtiyojlari doirasining kengayib borishi bilan bog'liqdir. Maqsadsiz odam bo'lmagani 
sababli har qanday jamiyat ham o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib, istiqbolda erishishi lozim 
bo'lgan maqsad va vazifalarni belgilaydi. Uning maqsad va muddao- lari davlatlarning 
Konstitutsiyasida, qonunlarida, ichki va tashki siyosatida o'z ifodasini topadi. Har qanday jamiyat 
muayyan bosqichda o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish imkoniyatlaridan to'liq foydalanib 
bo'lgach, muqarrar ravishda umumiy inqirozga duch keladi. Shu paytgacha ijtimoiy taraqqiyotni 
ta'minlagan g'oyalar tizimi keyingi rivojlanish yo'lida tusiq bo'ladi. Bu g'oyaviy-ma'naviy inqiroz 
jamiyatning boshqa yo'nalishlarida ham tanazzulni vujudga keltiradi. Shuning uchun g'oyaviy 
tizimlarning dogmaga aylanishiga yo'l qo'ymaslik ijtimoiy taraqqiyotning asosiy omillaridan 
biridir. Prezident I.A. Karimov ta'kidlaganidek, xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirish, uning siyosiy 
va huquqiy madaniyatini rivojlantirish mamlakatimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat barpo 
etishning muhim shartidir. Zero, ma'naviy qashshoq kishilar o'z kuchi va qobiliyatiga ishonchsizlik 
bilan qaraydilar, mutelik va qaramlikka moyil bo'ladilar. Jamiyat hayotiga barqarorlik va 
beqarorlik ham xos. Har bir inson o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va 
tinchlikka muhtoj bo'lgani kabi jamiyat ham o'z oldiga qo'ygan vazifalarni ado etishi uchun 
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi. Demokratik jamiyatni barpo etish - O'zbek jamiyat 
kiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Bu jamiyat kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy 
madaniyatiga asoslanadigan demokratik taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin 
uyushmalarning ko'p qirrali aloqasi bo'lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat 
tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi. turli ziddiyat va ixtiloflarni 
qonun doirasida o'zaro kelishuv, sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi 
jamiyatdir. Demokratik jamiyat umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o'ziga 
xos turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O'zbekiston milliy mustaqilligining 
dastlabki yillaridanoq shunday jamiyat asoslarini barpo etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. 
Demokratik jamiyatda davlatning qator vazifalari fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organlari 
qo'liga o'ta boshlaydi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Bunday jamiyat 
asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati. ijtimoiy-siyosiy 
faolligiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular 
vakolatining kuchaytirilishi xalqimizning o'z-o'zini boshqarish, idora etish madaniyatini 
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarni kamol 
toptirish, o'z-o'zini bosh- qarish, demokratik qadriyatlarni ro'yobga chiqarish maktabidir.
Yurtimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab 
etadi. O'z navbatida, ma'naviy yetuk avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shadi. Shunday 


yetuk kishilarni tarbiyalashda jamiyat to'g'risidagi falsafiy bilim va qarashlarni o'zlashtirish va 
hayotga tatbiq etish alohida ahamiyatga egadir. 

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish