Bir xil kuch ta’sirida jismlarning olgan tezlanishlari ular mas
sasiga teskari proporsionaldir.
Nyutonning ikkinchi qonuni formulasi va ta’rifi
O‘tkazilgan tajribalarning natijalari a tezlanish, F kuch va m massa
orasidagi munosabatni aniqlashga imkon beradi. (2) va (3) formulalarni
birgalikda yozib ko‘raylik:
a = –F
m . (4)
Bu – Nyutonning ikkinchi qonuni formulasi. U quyidagicha ta’riflanadi:
Jismning tezlanishi unga ta’sir etayotgan kuchga to‘g‘ri pro
porsional, massasiga esa teskari proporsionaldir.
(4) formuladan F ni topib, Nyutonning ikkinchi qonunini quyidagicha
ifodalash ham mumkin:
F = ma. (5)
Xalqaro birliklar sistemasida kuch birligi qilib nyuton (N) qabul qilinganini
bilasiz. (5) formuladan:
1 N = 1 kg ּ 1 m
—
s
2
= 1 kg m
—
s
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |