Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ota-onalarni ta’limiy-tarbiyaviy jarayonlarga faol jalb etishning samaradorligini oshiruvchi omillarni aniqlash, ularning oʼziga xos hususiyatlarini tahlil qilish va amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
1. Mavzuga oid falsafiy, pedagogik va metodik manbalarni oʼrganish, taxlil qilish, umumlashtirish asosida ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda ota-onalarning hamkorligining yo‘qligi pedagogik muammo ekanligini aniqlash.
2.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda ota-onalarning faolligini oshiruvchi pedagogik imkoniyatlarni aniqlash;
3. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish modelini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish.
4. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning samarali yoʼllarini aniqlash.
5. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir ilmiy – metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining obʼekti: - Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ota-onalarni ta’limiy-tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta’minlash jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ota-onalarni ta’limiy-tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta’minlashning mazmuni, shakl va metodlari.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kurs ishiga kirish, 2 bob, 4 paragraf, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatidan iborat.
I-BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyaviy ishlarni modellashtirishning nazariy asoslari.
I.1.Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish mazmun mohiyati.
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir. Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg'ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali o'yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o'z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o'z-o'ziga xizmat qilish, sayrlar o'tkazish, gigiyenik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish MTTdagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to'g'ri tashkil etishga bog'liq. MTTning pedagogik jarayonida ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik hayotda, o'yinda, mehnatda, faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Mashg'ulotda ta’lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o'stirish va savod o'rganish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo'yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko'nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalar MTT dasturida belgilab berilgan bo'lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Mashg'ulotlarda ta'lim berish didaktika printsiplari asosida bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib ma'lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo'ladi. Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o'tkaziladigan mashg'ulotlar soni va har bir mashg'ulot qancha davom etishi belgilab qo'yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o'zining haftalik mashg'ulotlar jadvalini tuzib oladi, bu ta'limning hamma bo'limlari bo'yicha belgilangan ta'lim-tarbiya ishlarini to'g'ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashg'ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim-tarbiyaviy ishini modellashnirish, rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Modellashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko‘rsatib, ta'lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir. Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda yetakchi hisoblanadi1.
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko‘ra pedagogik ta'sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo‘llangan bo‘lishi kerak. Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab bo‘lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to‘g‘risidagi bilimlarni, ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi.
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rish metod va usullarni yaxshilab o‘ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi lozim. Shu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo‘lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o‘zgarishlar kiritish mumkin.
Shuning uchun MTTda bir-birini to‘ldiradigan bir necha xil reja tuziladi: MTTning yillik rejasi, Istiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTT mudirasi, metodist tarbiyachi tomonidan tuzilib, bolalar tashkilotda amalga oshiriladigan barcha ishlarni o‘z ichiga oladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi bilishning o‘zi yetarli emas, shu bilan birga, har bir bolaning shaxsini rivojlantirish yo‘llarini yaxshi bilish, bolaning bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini ham e'tiborga olish kerak. Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati - uning metodik qo‘llanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga o'xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida esa, tarbiya obʼekti alohida hususiyatlarga ega. Ular – ijtimoiy munosabatlarga endi kirishayotgan, tabiat, jamiyatga, Vatanga, tarixga, oʼz-oʼziga munosabatlari toʼliq anglanmagan bolalardir. Shu sababli MTTda «maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimi» ni MTT tarbiyaviy ishlar tizimining gʼoyaviy boyitilgan sinonimii sifatida tushunish mumkin.
Respublikamizda mustaqillik yillari amalga oshirilgan pedagogik tadqiqotlar tahlili mamlakatimizda yangi – ilmiy – uslubiyatiga oid ishlarda yaqqol koʼzga tashlanmoqda. Bu maʼnaviy-maʼrifiy ishlar pedagogikasining shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasida yuksak maʼnaviyatli, komil insonni tarbiyalash modeliga qator tarbiya yoʼnalishlari nazariy asoslanmoqda. Uning aqliy, estetik, mehnat, ekologik, huquqiy, iqtisodiy, tibbiy tarbiya qatoriga maʼnaviy-axloqiy tarbiya yoʼnalishi ham kiritildi.
Pedagogika fanlari doktori maʼnaviy – axloqiy tarbiya jarayoniga: insonparvarlik, adolatlilik, vatanparvarlik, eʼtiqodlilik, vijdoniylik, sabrlilik, andishalilik, doʼstlik, hurmat, samimiylik, milliy gʼurur, nazokatlilik, xushmuomalalik, rostgoʼylik, tavozeʼ, muammolarni mustaqil hal qila olish va boshqalarni kiritadi. Bu fazilatlarni shakllantirishda pand-nasihatlar, oʼgit, eʼtiqodni shakllantirish, qiyoslash, suhbat, bahs, maslahat, maʼruza, tajriba-tadqiqot, namuna koʼrsatish, tushuntirish, majbur qilish, ragʼbatlantirish, jazolash va boshqa uslublar turkumini tashkli qiladi.
Tanlangan mavzuimiz nuqtai nazaridan pedagogika fanlari doktori M. Quronov tomonidan ishlab chiqilgan, oʼquvchilarning milliy tarbiyalanganlik mezonlari, koʼrsatgichlari, darajalari va fazilatlarini oʼlchashning uch qatlamli oʼlchov tizimi qiziqish uygʼotadi.Chunki, olim tadqiqotida shaxsning tabiiy milliy tuygʼusiga bevosita va bilvosita bogʼlanuvchi fazilatlar: Oʼzbekiston vatanparvarligi, milliy gʼururlik, millatlararo muloqot madaniyati, vijdoniylik, milliy odob va milliy mafkuraviy onglilikni uygʼun shakllantirishda ilmiy va halq pedagogikasining amaliy birligidan kelib chiqib yondashadi.
Miliiy tarbiyaning 12 funktsiyasidan 7 tasi bevosita ijtimoiy-pedagogik xususiyatga ega. Shu tufayli ulardan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida amalga oshriladigan maʼnaviy – maʼrifiy ishlarni ijtimoiy-pedagogik asosda qurishda foydalanish mumkin.
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar mazmuniga oydinlik kiritishda pedagogika fanlari doktori U. Mahkamov oʼtkazgan tadqiqotlar natijalari ham katta axamiyat kasb etadi. Olim Oʼzbekistonni rivojlantirishning maʼnaviy-ahloqiy negizlari va uning maʼnaviy yoʼnalishlari, oʼquvchilarning aqliy imkoniyatlari, ularga qoʼyiladigan tarbiyaviy va taʼlimiy talablarni inobatga olgan holda oʼquvchilarni tarbiyalashning «Milliy istiqlol mafkurasi», «Maʼnaviy madaniyat», «Faoliyatga boʼlgan munosabat» kabi bloklarni asosladi. Xususan, «Maʼnaviy-madaniyat» blokida maktabda «Maʼnaviyat va maʼrifat» markazini tashkil qilish, maʼnaviyat asoslarini belgilovchi hulq-odob meʼyorlari, qadriyat va anʼanalarning istiqlol mafkurasi asosida oʼquvchilar hayotiga amaliy joriy etish kerak.
Mustaqil Oʼzbekistonda qurilayotgan adolatli, insonparvar, huquqiy, demokratik davlatning mohiyatini tushuntirish; halqimizning umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qoʼshgan ulkan hissasini yosh avlod ongiga yetkazish; ularda milliy gʼurur, milliy iftihor, Vatanga muxabbat va istiqlol gʼoyalariga sadoqat tuygʼularini tarbiyalash va boshqa vazifalarni amalga oshirish zarurligi taʼkidlanadi. Mazkur yondashuvda axloqiy, maʼnaviy, milliy, mafkuraviy, siyosiy, huquqiy ijtimoiy tarbiya yoʼnalishlarining oʼzaro aloqadorligi axlit yondoshuv kontseptsiyasi orqali ochib beriladi. Bu esa maktabgacha taʼlim tashkilotida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning nazariy, ijtimoiy – pedagogik mohiyatini oydinlashtirdi, tarbiya mazmunini muayyanlashtirdi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning amaliy-pedagogik maqsadi – bu maktabgacha yoshdagi bolalarda maʼnaviy madaniyatni shakllantirishdir. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar natijasi bolaning maʼnaviy madaniyati va uning tarkibiy qismlariga pedagogik taʼsirining samarali yetib borishiga bogʼliq. Ushbu pedagogik shart-sharoitni taʼminlash maqsadida muammoni oʼrganish va tahlil qilishda biz pedagogika fanlari doktori O. Musurmonova tomonidan ishlab chiqilgan oʼquvchilar maʼnaviy madaniyatini shakllantirishning yangi metodologik yondashuvidan kelib chiqdik. Unga koʼra, shaxsning ichki maʼnaviy dunyosi maʼnaviy ehtiyoj, maʼnaviy qiziqish, maʼnaviy faoliyat va maʼnaviy qadriyat kabi asosiy tarkibiy qismlar tizimidan iborat.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim tahkilotlarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o‘qishga tayyorlash, bolani sog‘lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo‘lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o‘qishga, tizimli ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |