II-BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish ko‘rsatkichlari.
II.1. Ta’limiy- tarbiyaviy faoliyatning ijtimoiy pedagogik mohiyati.
Zamonaviy ta’lim tashkiloti yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashni maqsad qilib qo‘ymoqda, bunda har bir shaxsning tabiy qobilyatlarini rivojlantirish, bo‘lajak avlodni ijtimoiy muhofaza ya’ni ruhiy kamolotini yuksaltiruvchi muhitni yaratish, buning uchun sog‘lom muhit va tarbiyaviy ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish muhimdir.
Tarbiyaviy ishlar tashkil qilishni asosiy tarkibiy qismlari:
• maqsadni aniq mezonlarda ifodalanishi;
• faoliyat maqsadini amalga oshirishda xizmat qilishi;
• bolalar tarbiyasidagi faoliyatni tarbiyachi, ota- ona va jamoa hamkorlikda boshqaruvini ta’minlash muhimdir:
Tarbiyaviy ishlarga nisbatan zamonaviy talablar:
• Har bir tarbiyaviy ish jarayonini maqsadini aniqligi va uni tashxis etish mumkinligi;
• Dasturdagi mavzularga oid nazariy va amaliy masalalar, yechimidagi usullari;
• Mavzudagi matnlarni ketma ketligi, zamonaviyligi, bosqichma bosqich bayon etilishi;
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishni bosh mezoni barkamol avlodni ma’naviy tarbiyasiga e’tibor qaratishdir.
O‘zbekiston Respublikasi 1- Prezidenti I.A.Karimov o‘zining “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida:
“Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo, insonni tushunish, anglash kerak” Shu sababli har bir tarbiyaviy ishlar mazmuni “Ma’naviy meros, madaniy boylik va ko‘xna tarixiy yodgorliklar” eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Yoshlarni ma’naviyat ruhida tarbiyalash, unga xos fazilatlarni shakllantirish: o‘z o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U insonni ona suti, ota- ona namunasi, avlodlarimizning ahloq odobiga doir o‘gitlari, tarbiyasi orqali amalga oshiriladi.
Abdulla Avloniy aytganidek: “Agar inson yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqlardan saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta bo‘lsa, har kim qoshida maqbul baxtiyor bir inson chiqar”. Shu sababdan, A.Avloniy tarbiyaning inson hayotida zarurligini nazarda tutib “tarbiya- yo hayot, yo momot, yo najot yo falokat ” dur deb ta’kidlagan edi.
Insonning ma’naviy barkamollik xalollik, birovlarning xaqiga hiyonat qilmaslik , sabr qanoatli, mehr shavqatli kabi fazilatlar bezaydi. Ahmad Yassaviy nafsni tiyish, poklik bo‘lmasa ”Haq yo‘lig‘” kirib bo‘lmasligini. To‘g‘ri ko‘rsatib insonni ma’naviy ahloqiy tarbiyasiga e’tiborni qaratdi. Ma’naviyat iborasi keng tushuncha bo‘lib u jamiyatshunos, ahloqshunos, huquqshunoslik, san’atshunos olimlarning diqqat e’tborini o‘ziga qaratmoqda.
Komil inson tarbiyasi qonuniy tadrijiy rivojlanish xususiyatiga ega. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish metodikasi fani ijtimoiy tarixiy xarakterga ega bo‘lganligi sababli o‘ziga xos dialektik rivojlanish qonuniyatlari mavjud. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda munosabatlardagi qarama qarshiliklar, tarbiyaviy ta’sirchanlikni bir yoqlamaligi , hulq atvordagi qarama qarshiliklar, natijasida inson shakllanib rivojlanadi.
Tarbiyaviy ishlarning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy fazilatlarni singdirish ko‘p jihatdan tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni ijodiy faoliyatni tashkil qilishga bog‘liq. Ular quyidagi omillarni qo‘llash asosida vujudga keladi.
• Tarbiyaviy jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik hayotiy voqealar jamoadagi tartib qoida va xulq atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun yondashuvini tarbiyaviy munosabatlar deyiladi.
• Tarbiyaviy tadbirlarning maqsadi, aniqligi va ta’sirchanligi. Tarbiyaviy jarayonni loyihalashtirish, shakl, metod, shart sharoitlarni oldindan aniqlab qo‘yilgan maqsadga muvofiqlashtirish.
• Tarbiyachi va tarbiyalanuvchining o‘zaro munosabatlari. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari, munosabat va muloqatda bo‘lishlari, ijobiy ruhiy shart sharoit yaratilishi, tarbiyaviy tadbirlarni gigiena qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi, tarbiyaviy tadbirlarni muvoffaqqiyatli tashkil etish omillaridan biridir.
• Tarbiyalanuvchilarning faolligi va mustaqil ijodiy faoliyatni tashkil etish. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda tarbiyalanuvchilarni faolligi ko‘p jihatdan ixtiyoriylik, fidoiylik, tashkilotchilik va ijodkorligiga bog‘liq. Har bir tadbirni bola ko‘rsin, unda intilish hissi uyg‘onsin, unda o‘zini shaxsiy munosabatlarini bildirish imkoni vujudga kelsin.
• Tarbiyaviy tadbirlar ta’lim jarayonida olgan bilmlariga uyg‘un bo‘lishi. Tadbirlarni rejalashtirishda tasodif holat bo‘lmasdan, turli fanlarni integratsiyasidan kelib chiqadigan mavzular ijobiy xarakter kasb etadi.
Tarbiyaviy ishlarning ta’sirchanligi va dialektik qonuniyatlarini amalga oshiruvchi omillar hisoblanadi. O‘tgan davr mobaynida sog‘lom va har tomonlama rivojlangan o‘sib kelayotgan avlodning shakllanishini ta’minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta’lim tizimini tashkil qilish bo‘yicha kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, mavjud tizimli kamchiliklar maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini to‘liq amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda, xususan:
- birinchidan, maktabgacha ta’limni boshqarishning amaldagi holati tizimli muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, mazkur sohada, shu jumladan, nodavlat sektorda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermayapti;
- ikkinchidan, maktabgacha ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb qilishga, shu jumladan, ijtimoiy-hammabop maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish, ularni moddiy-texnik jihatdan qayta jihozlash va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy qilinmagan;
- uchinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining amaldagi holati bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermayapti, mamlakatda aholi sonining o‘sishi ayrim maktabgacha ta’lim tashkilotlarining haddan tashqari bandligiga olib kelmoqda;
- to‘rtinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik (shu jumladan, o‘yinlar va o‘yinchoqlar) materiallar va badiiy adabiyotlarni tayyorlash hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga joriy etish ishlari zamonaviy talablarga javob bermaydi;
- beshinchidan, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning amaldagi tizimi maktabgacha ta’lim sohasini bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlay olmaydi;
- oltinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimining past darajada ekanligi malakali kadrlarni jalb qilish imkonini bermayapti;
- yettinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hududiy sog‘liqni saqlash organlari ishini tashkil etishdagi kamchiliklar bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, shu jumladan, sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda.
MTT da bola odatda jamoada faoliyat yuritishga tayyorlanadi va ushbu jarayonda inoqlashuv davrini ham olg‘a suradi. Ayniqsa, bolalar o‘z murabbiylari va tarbiyachilarini diqqat bilan kuzatadi. O‘z navbatida tarbiyachilar va murabbiylar ham bolalarni nima qila olishlarini, nimani bilishlarini, ijodiy bilimlari bormi yoki yo‘qmi, mehnatsevarmi yoki yo‘qmi kabi nuqtai nazarlardan o‘rganadilar. Bunday holatlarda murabbiy va tarbiyachilarning asosiy vazifasi – hamisha ijodiy, sinchkov va tashabbuskor bo‘lishdan iborat bo‘lib, ularning asosiy shiori tarbiyalash, o‘qitish, o‘rgatish va o‘rganishdir. Har bir o‘tkazilayotgan mashg‘ulotning maqsadi aniq bo‘lishi kerak va uni bolalarga «................. ni amalga oshiramiz», deb aniq tushuntirish kerak. Belgilangan maqsadni amalga oshirishda tarbiyachi yoki murabbiy bolalar bilan birgalikda faol muloqotli faoliyat yuritish kerak. Ana shunday o‘zaro faol jarayonlarning nechog‘lik samarali bo‘lishi murabbiy va tarbiyachilarning shaxsiy xislatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Bu borada MTT da faoliyat yurituvchi pedagogik kasb xodimlariga zarur bo‘lgan shaxsiy xislatlarni shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin:
1. Bolalarni sevish va ularni tushuna olishga bog‘liq xislatlar.
2. O‘z – o‘zini nazorat qilish, sabr – toqatli bo‘lish, bolaning har qanday holatida unga mos bo‘lgan muloyim muomalani qila bilishiga oid xislatlar.
3. Har bir yangi kelgan bolaga «Biz sizni kutgandik, kelishingizdan xursandman» va u kelib qo‘shiladigan guruhni ko‘rsatib «Mana shu sizning eng yaqin do‘stlaringiz» kabi muloyim muomalalarni qalbdan ayta ola bilishiga oid xislatlar. «Tarbiyachi (murabbiy) o‘z vazifasining o‘ta mas'uliyatli bo‘lishini sezishi bilan birga, unga mos ilmli, bilimli bo‘lishga erishish barobarida madaniyatli va ma'naviyatli bo‘lishiga ham doimo harakatda bo‘lishi kerak».
4. MTT xodimlari va bolalarni (u qaysi guruhdan bo‘lishidan qat’iy nazar) tushuna bilish qobiliyatiga mos xislatlar.
5. MTT xodimlari va bolalarga ta’sir o‘tkaza olishga doir xislatlar.
6. MTTda ma’naviyat, ma’rifat, «Zakovat» mashg‘ulotlarini samarali olib borishga oid xislatlar.
7. MTT dagi pedagogik kasbga ega xodimlarning ibrat – namuna bo‘lishga oid xislatlari.
Shuningdek, MTTdagi tarbiyachi va murabbiylarining shaxsiy xislatlari bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning bolalar jamoasidagi vazifalari o‘sha jamoadagi bolalar tarbiyasi orqali aniqlanadi. Shu sababli murabbiy va tarbiyachilarning ham shaxsiy xislatlari bola tarbiyasida o‘ta muhimdir. Ularni biz quyidagicha ifodalashni lozim topdik:
• bolalar bilan ishlashda, ularning tarbiyasi va rivojlanishiga qiziqish, bolalarni tushunish qobiliyatiga ega bo‘lish, ularga ishonch, ularning faollik, havaskorlik, ijodiy qirralarini ochish, shuningdek, tashkilotchilik faoliyatiga bo‘lgan katta qiziqish va bu boradagi faolligi, jamoaviy ishlarni tashkil etishda bolalarga ta’sir qila olish, o‘z bilim va mahoratini ularga bera olish va ulardagi tashabbuskorlik, javobgarlik hislarini shakllantira olish;
• bolalar jamoasida ishlashga bo‘lgan moyillik (bolalarni sevish, ular jamoasini hurmat qilish), bolalar jamoasi shaxs shakllanishining asosi ekanligini anglash;
• bolalarni jamoaviy ijodiy faoliyat usullari bilan tarbiyalashga bo‘lgan qiziqish;
• o‘z – o‘zini boshqara olish, sabr – toqat, tanqidiy va tahliliy fikrlarni to‘g‘ri qabul qila olish;
• o‘z – o‘ziga o‘ta talabchanlik, o‘z – o‘zini tanqid qila olishlik, o‘z – o‘zini nazorat qila olishlik;
• kirishuvchanlik, samimiylik, barcha bilan muloqot qilishga qiziqish;
• bolalar bilan tezda kirishib ketish, ya’ni muloqotda erkinlikka erisha olishlik;
• sezgirlik, sinchikovlik asosida mehribonlik, hamkorlik qila olishlikka oid xislatlar;
• yangiliklarga nisbatan xayrixohlik, ularni tez va o‘z vaqtda qabul qila olishlik;
Do'stlaringiz bilan baham: |