II.2. MTTlarda tarbiyaviyaviy ishlarni modellashtirish: Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila.
Rus pedagogi K D Ushinskiy– “Hamma uchun umumiy bo‘lgan birgini tug‘ma odat borki, hamisha tarbiya shunga tayanishi mumkin u ham bo‘lsa, xalqning o‘zi yaratgan va xalqchilik asosida qurilgan halqning tarbiyachilik san’atiga boy merosidan foydalanish ijobiy ahamiyat kasb etadi3.” - deya ta’rif bergan.
Tarbiyaviy ishlar tizimini amalga oshirishda:
1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini tarbiya jarayonida guruhlar bosqichida o‘qituvchilar shaxsini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgatishlari va “Namunali o‘quvchi” timsolidan nisbat olishlari va tarbiyani uzluksizligini ta’minlashda tashabbuskor bo‘lishlari lozim.
1. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshiruvchi yangi tizim tashkilotchilari –pedagoglar, ota- onalar va keng jamoatchilikdir. Bolalar jamoasida o‘z o‘zini boshqaruvni yo‘lga qo‘yish muhimdir. Shu bilan birga tarbiyaviy ishlar jarayonida ilg‘or tajribalarga suyanish, maktabdan tashqari ishlarni samaradorligini oshirish.
2. Tarbiyaviy jarayon bir tomondan ustoz, ota- onalarni o‘qituvchi ta’siri emas, balki ta’sir ijodiy va hamfikirlikda bo‘lishi kerak.
3. Tarbiyaviy jarayonni tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasidagi oila va mahalla hamkorligida amalga oshirish.
Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda oqilona reja asosida maqsad va vazifalarni belgilash muhimdir. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayoni va tizimini boshqaruvi quyidagi tamoyillarga asoslanishi lozim:
- Aniq maqsad barkamol avlod tarbiyasi:
* insonparvarlik:
* uzluksizlik:
* ilmiylik:
* tizimlilik
* muvofiqlik
* hayotiylik:
* yosh va bilim saviyasiga moslik.
Bunday tamoyillarga amal qilish tarbiya tizimidagi faoliyatni samaradorligini oshiradi. Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini to‘liq amalga oshirishga ayrim tizimli kamchiliklar to‘sqinlik qilmoqda. O‘rganish shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’limni boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermayapti.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining hozirgi holati bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermayapti. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir malakali mutaxassislar bilan ta’minlay olmaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning oziq-ovqat, moddiy ta’minoti va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda ham jiddiy kamchiliklar kuzatilmoqda.
Shu munosabat bilan, Davlat rahbari tomonidan 2017-yil 9-sentabrda qabul qilingan ”Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror bilan Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topildi. Qarorda maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha Dastur tasdiqlandi, uning doirasida maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tizimli tashkillashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash borasidagi ishlar boshlab yuborildi.
Shu bilan birga oʼtkazilgan tahlillar shuni koʼrsatadiki, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish-taʼmirlash ishlarini tashkil etish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, hududlarni obodonlashtirish, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishini taʼminlash borasidagi vakolatli davlat organlarining faoliyati ayniqsa joylarda hamon past darajada qolmoqda. Maʼlumki, Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etilmasdan avval tizimda zamonaviy dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash boʼyicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan. Taraqqiy etgan mamlakatlardagi kabi bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga yoʼnaltirilgan maxsus davlat taʼlim dasturlari tatbiq qilinmagan edi. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oʼrta maxsus maʼlumotga ega boʼlib, bolalarni maktab taʼlimiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermas edi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish ham Kontseptsiyaning asosiy yoʼnalishlaridan biridir. Mazkur tizimda innovatsiyalarni, ilgʼor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini kompyuterlar bilan taʼminlash, internet tarmogʼiga ulanishi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
MTTda bolalardagi ma’naviy sifatlarni shakllantirishga keng imkoniyatlar mavjud. Ularni quyidagi ma’naviy sifatlar qamrovida olib borgan ma’ qul:
- atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo'lish;
- jonkuyarlik, kamtarlik, odob bilan gaplashish;
- mehmondo‘st, kattalarga sizlab, ismi - sharifini to‘ liq aytib murojaat qilish;
- muloyimlik; xushmuomalalik; shirinso'zlik; odoblilik;
- ziyraidik; jonkuyarlik; dilkashlik; sabrlilik; mas’ uliyatlilik; intizomlilik; tashabbuskorlik; xushxulqlik;
- mustaqillik; mehnatsevarlik; mehribonlik va shu kabilar.
Bu ma’naviy sifatlar bir qarashda bog‘cha yoshidagi bolalarga ko'plik yoki og‘irlik qiladiganga o ‘xshab ko‘rinadi. Ularning hammasi bolaning bog‘cha ostonasiga kirib ko‘rish bilan boshlanadigan faoliyat turidir. Faqatgina bunga murabbiy va tarbiyachilar o‘zlari ibrat — namuna ko‘rsatib, e’tibor berib boradi. Bu borada ular oldida qator vazifalar bor. Biz ularni namuna (andoza) sifatida quyidagicha ifodalashni lozim topdik:
• tarbiyachilar bolalarga axloq - odobning muhim me’yorlari - salomlashish, yurish - turish, so‘zlashish, ovqatlanish, tozalik, ozodalik kabi fazilatlami izchillik bilan singdirib borishlari shart;
• bolani kundalik tartibga rioya qilishga o ‘rgatish;
• bolaning tashkilotda ham jismonan, ham ma’nan o‘sib rivojlanishiga sharoit yaratish va bunga doimo g‘amxo‘ rlik qilish;
• bolani o‘zaro hurmat ruhida tarbiyalashning samarali usul yoki uslublaridan foydalanish;
• bola shaxsini hurmat qilish, ularning ishlari, qiziqishlari, manfaatlari bilan hisoblashish;
• bolada ma’naviy sifatlarni tarkib toptirishga muntazam ravishda e’tiborda boiish;
• bolalarda turli xil illatlarning paydo bo‘lib qolishidan juda ham ehtiyot bo‘lish;
• bola ongiga umummanfaat bilan hisoblashish zarurligini singdirib borish;
• bolaning nutqiga va uning ravonligi hamda mazmundorligiga doimo e’tibor berish;
• bola tarbiyasiga oid didaktik vositalar va materiallami yetarli qilib to‘plab olish hamda ulardan samarali va ijodiy foydalanish;
• bolada burch va mas’ uliyat hissini shakllantirish.Bu qayd etilgan vazifalar qat’iy emas, balki sizda bundan-da mukammalroq vazifalar tizimi bordir. Bizning umumiy maqsadimiz farzandlarimizni ma’naviy yetuk va barkamol qilib tarbiyalashdan iboratdir, chunki ular O‘zbekiston kelajagining mustahkam poydevoridir. Shu o‘rinda quyidagi fikr tadqiqotimizning ahamiyatini tasdiqlaydi: «Tartib asosida ish qiladigan bola berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida puxta bajarishga, jamoat orasida ham o ‘zini tutishga va imkon qadar e’tibor qozonishga odatlanib boradi. Bundan tashqari, kun tartibi bolani sog‘lom, tetik, baquvvat bo‘lib o‘sishiga hamda aqliy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishiga katta ta’sir etadi. Bola o ‘zi sevgan mashg‘ uloti bilan shugullanishga vaqt topa oladi. U hamisha ruhan tetik, ma’lum maqsadga intiluvchan, serzavq, o‘z ishidan mamnun bo‘ladi.
Demak, biz yuqorida keltirib o‘tgan bolaning ma’naviy sifatlari va ularning bola ongida tarkib toptirishdagi murabbiylar yoki tarbiyachilar vazifalari tizimi oila yoki MTT uchungina emas, balki jamiyat va uning ma’naviy rivoji uchun ham ma’naviy «ozuqa»dir. Bunga sabab, bolalarimiz turmushda yoki tevarak — atrofimizda uchraydigan turli xil salbiy yoki ijobiy holatlami farqlay olishlari kerak, aks holda ular ongida turli xil illatlar ildiziari tomir otib ketishi mumkin. Bu jihatlar dastlab oiladan boshlanadi ya’ni oiladagi tartib - intizomlik, tozalik - ozodalik bola MTT borganda ham sezilib turadi. Shuning uchun ham oila va MTT hamkorligi o‘ta muhimdir. Demak, oilada va MTT da shakllangan bolalaming ma’naviy sifatlari ulami maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |